▪️Тупроқ ғоваклигини шудгорлаш орқали ошириш мумкин. Шудгорлаш асосий агротехник тадбирлардан бўлиб, тупроқнинг ҳайдалма қатлами унумдорлиги ва қишлоқ хўжалиги экинлари ҳосилдорлиги ошишига хизмат қилади. Республикамиз шароитида ғоваклигини ошириш учун тупроқ кузда шудгор қилинади.
▪️Шудгорлаш қуйидаги мақсадларда амалга оширилади:
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Жорий йилнинг 1 июль ҳолатига сувни тежовчи технологияларни жорий қилиш ишлари умумий режага нисбатан 162 фоизни ташкил қилмоқда.
Бу борада барча туманларда ишлар ташкил қилинган ҳамда 19та пудратчи корхоналар томонидан қурилиш-монтаж ишлари олиб борилмоқда.
Агробанк томонидан 211 та талабгорнинг 9,9 минг гектар экин майдонида мазкур ишларни амалга ошириш учун жами 123,2 млрд. сўмдан ортиқ кредитлар ажратилган.
Вилоятимизда 2019-2023 йилларда жами 13,9 минг гектар майдонда томчилатиб суғориш технологияси жорий қилинган бўлса, амалдаги йилда ўтган йилга нисбатан деярли 4 баробар кўп майдонда мазкур суғориш технологиясининг жорий қилиниши режалаштирилган,
▪️Тупроқларнинг асосий кўрсаткичларидан бири бу хосилдорлик ёки унинг xусусиятларининг бирлашиши бўлиб, бу экинларнинг хосилдорлигини таъминлайди.
▪️Тупроқ унумдорлиги потенциал (табиий) ва самарали (антропоген иқтисодий) турларга ажратилади.
▪️Потенциал унумдорлик ўсимлик учун зарур озиқ моддаларнинг умумий заҳираси ҳамда ўсимлик ривожининг табиий сув, ҳаво ва иссиқлик режимлари билан белгиланади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Xurshida Xodjayeva Asaka tumani "Suv yetkazib berish xizmati" DM da bosh gidrometr lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Video rolikda Xurshidaxon o‘z kasbi xaqida gap yuritmoqda.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Xayrli yakshanba tongi, aziz obunachilar!
🇺🇿 O'zbekiston
Namangan Аrshan ko'li
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#bu_qiziq
🇯🇵 Yozda Yaponiyada fermerlar barcha zararkunandalarni o'ldirish uchun minglab o'rdaklarni guruch dalalariga qo'yib yuborishadi.
🦆 Bu pestitsidlardan foydalanmasdan tabiiy mahsulotni olish imkonini beradi.
Hatto bu maqsadlar uchun o'rdak bolalarini yetishtiradigan zavodlar ham mavjud.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ "SUN PANEL PLAST" МЧЖ лойихалари
💧 Сирдарё вилояти, Ховос тумани, “Raimqul Ota” ФХ
🌱 35 гектар, Пахта даласини томчилатиб суғориш тизими
📞 +998(93) 430-76-55
📍 Навоий вилояти, Қизилтепа тумани, Узилишкент кўчаси, 66 уй
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
GIDROTARAN – ELEKTR ENERGIYASIZ ISHLAYDIGAN NASOS
✅ Bir necha yillardan buyon Andijon tumanidagi “Green world” MCHJga qarashli bog‘lar gidrotaran qurilmasi yordamida sug‘orib kelinmoqda.
Gidrotaran – dvigatelsiz harakatlanadigan, charxpalakka o‘xshash qurilma bo‘lib, gidravlik harakat ta’sirida suvning ma’lum balandlikka ko‘tarilishini ta’minlaydi. Ushbu qurilmani elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan joylarda ham bemalol qo‘llash mumkin.
Bugungi kunda jahonda gidrotaran keng qo‘llaniladi.
– Ekin maydonlarimiz qir-adirliklarda joylashgan, – deydi “Green world” MCHJ rahbari Rahimjon Rahimov. – “Shahrixonsoy” soyi 8–10 metr pastdan oqadi. Ushbu soydan kichikroq ariq tortib, unga gidrotaran o‘rnatdik. Gidrotaran o‘zimizning charxpalakka o‘xshash bo‘lib, cho‘michlari tagiga o‘rnatilgan suv 20 millimetrli plastmassa shlanglardan bosim yordamida filtr orqali asosiy quvurga yo‘naltirilib, hech qanday elektr egergiyasi sarflanmasdan 10 metr balandlikka o‘rnatilgan 30 tonnalik bochkaga to‘ldiriladi.
✅ Ushbu bochkadan tortilgan plastmassa shlanglar yordamida suv bog‘larimizga bosim orqali yetkazib beriladi. Bochka balandligi qanchalik past bo‘lsa, yetkazib beriladigan suv miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bochka to‘lgach, suvni yopib qo‘ysa ham bo‘ladi.
✅ Bunday qurilmani o‘rnatish unchalik qiyin ham, qimmat ham emas. Uni doimo suv oqib turadigan istalgan joyda barpo etish mumkin.
Gidrotaran asosan bog‘larni sug‘orish uchun juda qulay.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Ҳайдов сифати унинг бир хил чуқурликда бўлиши, тупроқ қатлами қай даражада ағдарилганлиги ва майдаланганлиги, шудгорда эгат ва марзанинг кам бўлиши билан баҳоланади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
SHU SOATDA
Shu soatda Andijon viloyatidagi “Suvchilar maktabi” MCHJ ko‘rgazma maydonida “Norin-Qoradaryo Havza” tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari va Andijon viloyati fermerlari uchun bir kunlik mahorat darsi o‘tkazilishi boshlandi. Dars mavzusi Ekinlarni tomchilatib sug‘orish tizimlarini ishlatish, foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish”.
Seminardan ko‘zlangan maqsad Norin-Qoradaryo Havza tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari va Andijon viloyati fermerlarining zamonaviy suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishdan iborat.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ "TOMCHIDUNYOSI" МЧЖ лойихалари
💧 Жиззах вилояти, Зомин тумани, Муғол қишлоғи, “ZAMIN WONDERFUL FOOD” МЧЖ
🌱 93 гектар, Интенсив боғнинг томчилатиб суғориш тизими
📞 +998(99) 067-50-38
📍 Жиззах вилояти, Зомин тумани, Ш.Рашидов МФЙ, Мустақиллик кўчаси, 25уй
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Тупроқнинг ҳажмий массаси ва солиштирма оғирлиги унинг энг муҳим физик кўрсаткичларидан саналадилар.
📎 Тупроқнинг ҳажмий массаси табиий ҳолатдаги (ўзгармаган) маълум ҳажмдаги тупроқнинг массасига унинг зичлиги ёки хажмий массаси дейилади.
Тупроқнинг ҳажмий массаси қуруқ тупроққа нисбатан ифодаланади ва г/см3 ларда ўлчанади.
Ўзбекистонда тарқалган тупроқларнинг ҳажмий массаси (зичлиги) асосан 1,05 дан 1,8 г/см3 гача (енгил тупроқларда 1,1–1,3; ўртача – 1,4–1,6 ва оғир – 1,7–1,8) оралиқда ётади.
Тупроқнинг ҳажмий массаси (зичлиги) тупроқнинг минералогик ва механик таркиби, структураси ва таркибидаги органик моддаларнинг миқдорига боғлиқ.
Тупроқнинг ҳажмий массасига тупроққа ишлов бериш жараёни ва фойдаланилаётган қишлоқ хўжалик техникаси таъсир кўрсатади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔹 Suv va suvdan foydalanish sohasida yagona huquqiy hujjat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan Suv kodeksi loyihasida bir qator muhim normalar o‘z aksini topmoqda.
🔹 Jumladan, suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasida Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, vazifa va funksiyalariga aniqlik kiritilyapti. Qolaversa, suvni yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlar suv yetkazib berish xarajatlarini qoplashi hamda suv yetkazib beruvchining rentabelligini ta’minlashi zarurligi belgilanmoqda.
🔹 Bundan tashqari, suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish shartlari belgilab berilib, suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlari soddalashtirilmoqda.
🔹 Qonun loyihasi bilan suv fondi yerlari, shu jumladan tabiiy suv manbalari hududlari (daryolar, soylar, jilg‘alar, ko‘llar, botqoqliklar va buloqlar) Suv xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy tizim tashkilotlarining balansiga o‘tkazilishi ham taklif etilmoqda.
☑️ Majlisda ta’kidlanganidek, suvga doir munosabatlarda xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda. Suv kodeksi loyihasida havolaki normalar chiqarib tashlanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan normalar kiritildi. Shu sababli, Suv kodeksi qabul qilinishi bilan Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari va ular bilan tasdiqlangan nizom va tartiblar bekor qilinadi.
☑️ Kodeks suvdan oqilona foydalanish, samarali boshqarish va muhofaza qilishni ta’minlaydigan huquqiy shart-sharoitlar yaratishga, suv yetkazib beruvchilar va suv iste’molchilarining mas’uliyati oshirishga, suvdan foydalanishda ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishiga xizmat qiladi.
☑️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Манба:
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ "OASIS WISDOM" лойихалари
💧 Фарғона вилояти, Фарғона тумани, “Расулжонов Иқболжон” ФХ
🌱 15 гектар, Ғалла майдонида ёмғирлатиб суғориш тизими
📞 +998(90) 407-53-17
📍 Фарғона шахар, Ахмад Яссавий кўчаси, 43А уй, 14 хонадон
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔵Тупроқ турини аниқлаш учун Америка Қўшма Штатлари Қишлоқ хўжалиги вазирлиги тавсия қилинган учбурчак диаграммадан фойдаланиш мумкин.
Мазкур учбурчак диаграмманинг чап томонида тупроқ таркибидаги лой зарралари, ўнг томонида майда чанг зарралари, учбурчакнинг қуйи томонида қум зарралари фоиз кўринишларида жойлаштирилган.
🔵Лаборатория таҳлиллари натижалари асосида, заррачалар фоизларининг учбурчак диаграммада кесишган нуқтасига кўра муайян тупроқнинг турини осон аниқлаш мумкин.
🔵Мисол учун таҳлиллар натижаларига кўра, тупроқ таркибидаги лой зарралари 30 %, қум зарралари 40 % бўлиб, улар ўзаро қўшилганда оғир лой юзага келади. Мазкур зарраларнинг диграммада жойлашган кесишган нуқтаси қизил ранг билан белгиланган. Демак, ўрганилаётган тупроқ, таркибида лой бўлган қумоқ тупроқ деб баҳоланади.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi
♻️Joriy yilning 3-5 avgust sanalarida ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Natijalarga qaraganda Buxoro (Buxoro shahri - 276 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani -267 m3/ga) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani - 230 m3/ga) hamda Qashqadaryo (Qarshi tumani - 222 m3/ga) viloyatidagi tajriba maydonlarida eng yuqori bo‘ldi.
💧Shu muddatda maktabning Samarqand (Oqdaryo tumani - 201 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani - 200 m3/ga), Surxondaryo(Termiz tumani - 199 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani– 195 m3/ga) va Namangan (To‘raqo‘rg‘on - 188 m3/ga), viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha(204 m3/ga) qiymatga yaqin bo‘ldi.
🚛Suvchilar maktabining Sirdaryo (Guliston - 180 m3/ga), Toshkent (Darxon - 179 m3/ga), Andijon(Andijon - 168 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 155 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi ko‘rsatkichlari boshqa viloyatlardagiga nisbatan kamroq bo‘lgan.
⏰Biroq kuzatuv davri mobaynida mazkur ekin maydonlaridan namlikni bug‘lanishi keskin ortganligi kuzatildi. Xususan, Jizzax, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlaridagi uchastkalarda namlikni bug‘lanishini ortishi (40-60 m3/ga) yaqqol kuzatilgan. Sirdaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi uchastkalarda bug‘lanishning ortishi 30-33 m3/ga ni tashkil qilgan. Ekin dalalaridan namlikni bug‘lanishi iyul oyi oxiri va avgust oyi boshida o‘zining eng yuqori qiymatlariga yetgan. Bunday issiq kunlarda, suv tejovchi sug‘orish usullari qo‘llanilgan paxta dalalaridagi g‘o‘zalar hosil tugunlarini tashlab yubormasliklari uchun suvsiz qolmasliklari lozim.
🌱Tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) ekin maydonlarini sug‘orish grafigini aniqlashtirib olishingiz mumkin.
Suvchilar maktabi | Tomchi
✅ Mastura Sayfiddinova, O‘zbekiston Anorchilar assosiatsiyasi boshqaruvi raisi: «Menga anorni tomchilatib sug‘orish qiling deganda ko‘nmaganman. Xato qilgan ekanman.»
Muhbirimizning Mastura opa bilan bo‘lgan suhbatini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Agro Tomchi zavodidagi barcha mahsulotlar ekstruziv va granulali polietilendan tayyorlanadi va qat'iy sifat nazoratidan o'tadi.
Shuningdek, bizning mahsulotlarimiz fermerlarimiz va bog'bonlarimiz tomonidan intensiv bog'larda, paxta va don maydonlarida, issiqxonalarda va qishloq xo'jaligining boshqa ko'plab sohalarida keng qo'llaniladi.
———
Вся продукция на заводе Agro Tomchi изготавливается из экструзионного и гранулированного полиэтилена и проходит строгий контроль качества.
Также наша продукция широко используется фермерами и садовниками в интенсивных садах, хлопковых и зерновых полях, теплицах и многих других областях сельского хозяйства.
📞 +99878 777-04-04
📲Instagram | 📢Канал | 💬Группа |🌐Сайт
✅ "MASTER SYSTEM EAST" лойихалари
💧 Жиззах вилояти, Бахмал тумани, Муғол қишлоғи, “G`ani o`g`li Zarafjon” МЧЖ
🌱 10 гектар, Олма боғининг томчилатиб суғориш тизими
📞 +998 (95) 222-10-40
📍Жиззах шахар, А-Саноат худуди, Лойихалаш кўчаси 81
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
▪️Тупроқ ўз молекуляр тортишиш кучи ҳисобига ўзида турлича миқдордаги намликни тутиб тура олади. Унинг бу хоссасига тупроқнинг намлик сиғими дейилади.
▪️Энг кам (ёки дала чегараланган) намлик сиғими тупроқ ҳаракатланмай турган шароитда (аввал тупроққа кўп миқдорда сув қуйилиб, унинг ортиқча миқдори сизилиб чиқиб кетган) тупроқ томонидан ўзида ушлаб турадиган намликнинг миқдори саналади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Komilov Tursunboy" fermer xo‘jaligi rahbari.
🌱 Bu yil 110 gektar paxta va sholi maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etgan.
💧 Xitoydan selka olib kelib, sholi ekib, tomchilatib sug‘orish qilgan. Tomchilatib sug‘orish tizimining afzalliklari xaqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashmoqda.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Ишлаб чиқилган бороналаш агрегати қўлланилганда бороналарни тиқилиб қолган ўсимлик қолдиқлари ва бегона ўтлардан тозалаш ҳамда уларни бир даладан иккинчи далага ўтказиш учун ҳеч қандай қўшимча ишчи кучи ва транспорт воситаси талаб этилмайди.
Бунинг ҳисобига иш унуми икки мартагача ошади ҳамда ерларни бороналашда ёнилғи сарфи 1,6-1,8 марта ҳамда меҳнат сарфи 8-10 марта камаяди.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔵Тупроқнинг меxаник xоссалари тупроқнинг намлиги билан чамбарчас боғлиқ хоссалар саналади.
Тупроқ намлигининг асосий кўрсаткичи унинг намлигидир.
🔵Тупроқ намлиги деганда тупроқдаги намлик тушунилади, у бутунлай куруқ тупрок массасининг фоиз улуши ёки бирлик бирлигига тўғри келади.
Ўсимликларни етиштиришда тупрок намлиги динамик кўрсаткич бўлиб, тупроқнинг меxаник таркибига, ўсимликларнинг ривожланиш тури ва босқичига, суғориш режимига ва эвапотранспирацияга боғлик.
🔵Тупроқ намлиги тупроқнинг меxаник таркиби билан чамбарчас боғлик бўлган бир қатор кўрсаткичлар билан тавсифланади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🇨🇭 Shveytsariya milliy kuni bilan!
Bugun biz Shveytsariya Alp tog'larining go'zalligini, mazali shokoladlarni va soatlarning beqiyos sifatini qadrlaydigan barchani tabriklaymiz.
Shveytsariya Konfederatsiyasiga O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasini qo‘llab-quvvatlagani va moliyalashtirgani uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Bu kun Sizga quvonch, baxt va ko'plab yoqimli daqiqalarni olib kelsin. Sizga va yaqinlaringizga omonlik, sog'lik va farovonlik tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo’lsin 🎉
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
👤 Ikrom Toʻxtayev “Bektemir Zufar” fermer xoʻjaligi.
✅ Paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orish usuli joriy etilgach, paxta hosildorligini deyarli ikki barobar oshirishga erishdi. Fermer tizimning afzalliklari haqida gapirib, qo‘shni fermer xo‘jaliklariga ham undan o‘rnak olishni maslahat beradi.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
👤 Hurmatli TOMChI muhlislari:
“Dunyodagi eng sho‘r suvli ko‘l qaysi?”- deb bergan savolimizga ko‘pchilik muhlislarimiz dunyodagi eng sho‘r suvli ko‘l sifatida Isroil va Iordaniya davlatlari o‘rtasida joylashgan O‘lik dengiz ko‘lini ko‘rsatishgan. Lekin bu to‘g‘ri javob emas.
📌 O‘lik dengiz suvining sho‘rligi 34 ‰ ga teng, ya’ni uning bir litr suvida 337 gramm tuz bor. Bu ko‘rsatkich bilan O‘lik dengiz dunyodagi hisobga olingan sho‘r suvli ko‘llar orasida faqat 8-o‘rinda turadi xolos. Demak undan oldinda 7 ta ko‘l bor.
👀 Dunyodagi eng sho‘r suvli ko‘l sifatida Habashiston (Efiopiya) mamlakatida joylashgan Gaetal ko‘li tan olingan.
Gaetal ko‘li suvining sho‘rligi litriga 786 grammgacha boradi, o‘rtacha esa 433 gramm/litrga teng, yani 43,3 ‰ (promille).
✅ Shunday qilib, har doimgiday eng reklama qilingan narsa zo‘r emas ekan. Bu yerda ham tuz O‘lik dengiz suvida emas, balki boshqa ko‘l suvida ko‘p ekan.
📌 Ma’lumot uchun, Orol dengizi (g‘arbiy qismi) suvining sho‘rlilik darajasi 10-15 ‰, dunyo okeani suvining sho‘rligi 3,5 ‰ , ya’ni 35 gramm/litrga teng.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Чимқирқарли плугларда чимқирқарлар асосий корпусга нисбатан 25-30 см олдинда туриши ҳамда унинг ҳайдаш чуқурлиги 10-12 см оралиқда бўлиши керак.
✅ Икки ярусли плугларда уларнинг юқориги ярус корпуслари пастки ярус корпусларига нисбатан 45-55 см олдинга ва 15-20 см ён (дала) томонга ҳамда ҳайдов чуқурлиги 30 см бўлганда улар пастки ҳолатга, 30 см дан кўп бўлганда юқориги ҳолатга ўрнатилиши лозим.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Buxoroda g‘o‘za takroriy ekin sifatida ekildi
📌 Joriy yilda mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "Merganteks" paxta to‘qimachilik klasteri tashabbusi bilan Olot tumanidagi "Shukrullo O‘rinov" fermer xo‘jaligining 47 gektar maydonida mahalliy iqlimga mos, serhosil Xitoy qattiq bug‘doyi tajribadan o‘tkazildi. Mahalliy bug‘doydan farqli o‘laroq, chet el naviga mansub bug‘doy vaqtli pishib yetildi. Har gektar yerdan 100 syentner hosil olindi.
📌 Ayni kunda fermer xo‘jaligining 45 gektar maydonida Xitoydan keltirilgan g‘o‘zaning Xin Lu Zao -78 navi ekib parvarishlanmoqda. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orilayotgan ekinlarning rivoji erta bahorda ekilgan g‘o‘zaning o‘sish fazalari bilan deyarli barobar va nishona, ko‘saklar soni ham teng.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ayni paytda g‘o‘za nihollarida 10 donadan ortiq gul borligini ko‘rish mumkin va bu natija hosildorlik har gektariga 45-50 syentnerni tashkil qilishidan dalolatdir. Aniqrog‘i, kuz oylariga borib, 45 gektardan kutilayotgan hosil xirmoni 212 tonna atrofida chamalanmoqda.
📌 Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Merganteks" paxta - to‘qimachilik klasteri rahbari Ibrohim Hamroyevning fikrlari bilan o‘rtoqlashdik.
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
O‘zbekistonda Suv kodeksini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda – bugun deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar
Hujjat suv xo‘jaligida DXSh mexanizmlarini amalga oshirish shartlarini belgilaydi va suvdan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishni soddalashtiradi.
Shuningdek, suv fondi yerlarini, shu jumladan tabiiy suv manbalari hududlarini Suv xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy tashkilotlari balansiga o‘tkazish taklif etilmoqda.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Кузги бошоқли экинлардан бўшаган далалар чимқирқарли ҳамда икки ярусли айланма плуглар билан шудгорланиши лозим.
Бунда тупроқ ҳайдов қатламининг тўлиқ ағдарилиши туфайли ўсимлик қолдиқлари, бегона ўтлар, уларнинг уруғлари ва илдизлари тупроққа чуқур кўмилиб, чириндига айланади, майдонларда марза ва эгатлар каби нотекисликлар ҳосил бўлмайди.
Плуг тўғри созланса, ер сифатли ҳайдалади.
Бундан ташқари ёнилғи сарфи ва ишчи қисмларнинг ейилиши камаяди.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish