✅ "VOBKENT TOMCHI SERVIS" МЧЖ лойихалари
💧 Бухоро вилояти, Коракул тумани, Шурработ кишлоги, “AGRO SIFAT 2020” ФХ
🌱 24 гектар, Пахта майдонининг томчилатиб суғориш тизими
📞 +998(91) 417-98-90
📍 Бухоро вилояти, Вобкент тумани, Халач МФЙ
✅ Kanalga ulanish 💬 Savollar 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi
♻️Joriy yilning 23-25 iyul sanalarida ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Natijalarga qaraganda Qoraqalpog'iston Respublikasi (Nukus tumani - 243 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri - 243 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani - 237 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida eng yuqori bo'ldi.
💧Shu muddatda maktabning Samarqand (Oqdaryo tumani - 199 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 193 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani - 191 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani - 176 m3/ga) va Toshkent (Darxon - 162 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug'lanishi o'rtacha qiymatlarda bo'ldi.
🚛Suvchilar maktabining Namangan (To'raqo'rg'on - 148 m3/ga), Sirdaryo (Guliston - 146 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani - 139 m3/ga), Andijon (Andijon - 122 m3/ga) va Farg'ona (Quva tumani – 108 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug'lanishi boshqa viloyatlardagiga nisbatan kam bo'lganligi kuzatildi.
⏰Kuzatuv davri mobaynida kuzatuv hududlarida ekin maydonlaridan namlikni bug'lanishi turli tomonlarga o'zgardi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi uchastkalarda suvning bug'lanishi ortgan bo'lsa, Jizzax, Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg'ona viloyatlaridagi tajriba maydonlarida esa bug'lanish bir muncha kamaydi.
🌱Tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) ekin maydonlarini sug‘orish grafigini aniqlashtirib olishingiz mumkin.
Suvchilar maktabi | Tomchi
✅ "VALLEY PARADISE GARDENS" МЧЖ лойихалари
💧 Фарғона вилояти, Тошлоқ тумани, “Соҳибжон замини” ФХ
🌱 21 гектар, Пахта майдонида томчилатиб суғориш тизимларини ўрнатиш
📞 +998(99)600-07-77
📍 Фарғона вилояти, Тошлоқ тумани, Пиёзчилик МФЙ, Муҳандислик кўчаси, 169 уй
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Тупрокнинг меxаник таркиби.
▪️ Тупрокни текстураси бўйича таснифлашнинг xалқаро тизимлари бир-биридан бир оз фарқ қилади.
Бироқ уларнинг барчасида тупроқ зарралари катталигининг юкори чегарасини аниқлаш "гил" билан боғлиқ равишда амалга оширилади ва унинг катталиги одатда 0,002 мм қабул қилинади.
▪️ Мазкур кўрсаткич тупроқ зарраларининг физик-кимёвий xоссалари ушбу чегарадан каттароқ ва кичикроқ бўлганда улард муҳим ўзгаришлар юз берганлиги учун танланган.
▪️ Тупроқнинг меxаник таркиби бўйича таснифланиши таркибни фракцияларнинг икки ўлчамли ўзгаришлари тарзида, уч кисмдан иккитасининг - қум, чанг ва лойнинг зарраларининг таркибига кўра ифодалашга асосланган.
▪️ Учинчи фракциянинг таркиби 100 фоизга етиш учун қўшилиши керак бўлган фарқ сифатида аниқланади. Бу ҳолатда учинчи фракциянинг миқдори дастлабки икки фракциянинг миқдорига боғлик бўлади.
▪️ Тупроқларни меxаник таркиб бўйича таснифлаш умумий қабул қилинган тизимида «физик лой» атамаси кенг қўлланилади (<0,01 мм)
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔵Юқори ҳосил олиш учун тупроқ ва иқлим шароитларга мос навларни танланг.
🔵Томорқадаги ўсимлик ўзини тутиб олгандан кейин уни ҳар куни бироз суғоргандан кўра, бир ҳафтада бир марта яхши сув бериш керак. Шундай қилинса, илдизлар чуқурроқ, ўсади ва экинлар урғоқчиликка чидамлироқ бўлади.
🔵Умуман олганда, ер сатҳига 2,5 см ҳажмда сув берилганда 15–20 см чуқурликдаги тупроқ сув ичади.
🔵Экинлар бўйи 15 см га етганда уларни органик - чиринди билан мулчалаб озиқлантиринг. Бу намликни сақлаб, бегона ўтлардан асрайди. Мулча солишдан аввал тупроқ намлигини ва бегона ўтлар йўқлигини текшириб чиқинг.
🔵Сув бергандан кейин полиз тупроғи 20–25 см чуқурликда нам бўлиши керак.
Агар намлик бу даражада чуқур бўлмаса, сув бериш усулингизни қайта кўриб чиқинг.
🔵Ўсаётган пайтида тарвуз ва қовунга кўп сув берилади, лекин улар пишаётганида суғорилмайди.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Қовун ва тарвуз экинлари илдиз қисмлари жуда кучли ўсиб тупроқнинг 3, айрим холларда 5 метр чуқурликдаги қатламигача таралади, диаметри эса 8–10 метрга боради.
Шунинг учун ҳам полиз экинлари қурғоқчиликка ўта чидамлилиги билан бошқа экинларидан ажралиб туради.
Бўз тупроқли ерларда ўсув даврида ҳар гал гектарига 400-500 м3 ҳисобидан 8-9 марта суғорилади.
Сизот суви юза жойлашган далаларда эса бўз тупроқли ерларга қараганда камроқ, 4-5 марта суғорилади.
Ўсув даврида тарвуз палагини сув билан бир текис таъминлаш ҳосилни ошириш гаровидир.
👉 Довоми
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Retba ko'li, Senegal. 🇸🇳
Ko'lning suvi shunchalik sho'rki, unda faqat mikroorganizmlar yashaydi. U katta tuz zahiralari bilan mashhur.
Mahalliy aholi ko‘l tubidan tuz qazib tirikchilik qiladi.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧Navoiy viloyatida, Navbahor tumanida "Sardor-Sabrina" fermer xo‘jaligi tomonidan 20 ga paxtaga o'rnatilgan tomchilatib sug'orish tizimi mukammal ishlashi videoda ko'rsatilgan.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ "MAXSUS AGRO" махсус сув хизматлари
💧 Наманган вилояти, Чуст тумани, Саримсоқтепа МФЙ, "CHUST AZIZBEK ISLOMBEK" МЧЖ
🌱 29 гектар, Буғдой майдонини ёмғирлатиб суғориш тизими
📞 +998 (91) 166-87-77
📍 Тошкент шаҳар, Бектемир тумани, Чирчиқ кўчаси, 3-уй
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi
(2024 yilning 23 - 25 iyul kunlari oralig‘idagi o‘zgarishlar)
Hurmatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar “Suvchilar maktabi”ning mamlakatimiz viloyatlarida joylashgan tajriba dalalarida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijalarining ko‘rsatishicha 2024 yilning 23 iyulidan 25 iyuligacha bo‘lgan davrda ekin maydonlaridan namlikning bug‘lanishi Suvchilar maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani - 228 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri - 243 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani - 237 m3/ga) va Xorazm (Urganch tumani – 203 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida eng ko‘p bo‘ldi.
✅ Shu muddatda maktabning Surxondaryo (Termiz tumani-196 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani - 183 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani - 177 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani - 164 m3/ga), Toshkent (Darxon - 162 m3/ga) va Sirdaryo (Guliston - 153 m3/ga)viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi o‘rtacha qiymatlarda bo‘ldi.
✅ Suvchilar maktabining Namangan (To‘raqo‘rg‘on - 136 m3/ga), Andijon (Andijon - 120 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 111 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi boshqa viloyatlardagiga nisbatan kam bo‘lganligi kuzatildi.
✅ Kuzatuv davri mobaynida kuzatuv hududlarida ekin maydonlaridan namlikni bug‘lanishi turli tomonlarga o‘zgardi. Masalan, Xorazm, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridagi uchastkalarda suvning bug‘lanishi ortgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi uchastkalarda esa bug‘lanish bir muncha kamaydi.
✅ Keltirilgan ma’lumotlar asosida Suvchilar maktablari tajriba maydonlariga yaqin joylashgan (20-25 km radiusdagi) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘z sug‘orish grafiklarini aniqlashtirib olishlari mumkin.
Suvchilar maktabi | Tomchi
💧 Suv tejovchi texnologiyalar
🇺🇿 Davlat berayotgan imtiyoz va yengilliklar (4)
➡️ Manba
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproqning o‘rni.
Butun jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim o‘ringa ega bo‘lgan tuproq qishloq xo‘jaligining asosiy tabiiy boyliklaridan biri sanaladi.
Tuproq – litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar ta’sirida o‘zgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilmadir, ya’ni yer po‘stining yuza va unumdor qatlamidir.
👉 BATAFSIL
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Suv tejovchi texnologiyalar
🇺🇿 Davlat berayotgan imtiyoz va yengilliklar (3)
➡️ Manba
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
O‘simliklar hayot faoliyatining omillari.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan tashqi muhit sharoitlarga o‘simliklar hayot faoliyatining omillari yoki o‘simliklar hayot kechirishi uchun zarur bo‘ladigan omillar deyiladi.
O‘simliklar hayot kechirishi uchun zarur bo‘ladigan tashqi muhit omillari sirasiga yorug‘lik, havo, suv, issiqlik va oziq moddalar kiradi.
Mazkur omillarning optimal miqdorlarigina o‘simliklar ehtiyojini to‘liq qondirishga imkon beradi va o‘simliklarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishini ta’minlaydi.
Tashqi muhit sharoitlari o‘simlik ehtiyojlariga mos bo‘lmasa, o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi va o‘simlik rivojlana olmay nobud bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar hayot faoliyati omillari quyidagi omillarga ajratib ko‘rsatiladi:
- yer (zamin) omillari, ya’ni tuproq va atmosferadan olinadigan suv, havo va oziq moddalar;
- kosmik omillar, ya’ni quyosh energiyasidan olinadigan issqlik va yorug‘lik.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Сабзи етиштиришда тупроқнинг тўйинган дала нам сиғимига нисбатан суғоришдан олдинги тупроқ намлиги 70-75% бўлиши керак.
🥕 Кечки сабзи ёзнинг энг иссиқ пайтида, яъни июнь охири июл бошларида сепилади, уларнинг илдизмева ҳосил қилиш даври кузги салқин кунларга тўғри келади. Шунинг учун кечки сабзи уруғи сепилгандан кейин 2-3 кунгача марзанинг тепаси қорайгунча сув қўйилади. Орадан 2-3 кун ўтказиб, яна уруғ суви берилади. Бунда тупроқ намини ҳисобга олиб, суғориш муддатини бир суткадан ошириб бўлмайди. Уруғ суви майсалар қийғос кўкаргунча берилади. Сабзи уч-тўрт марта суғорилганда майсалар ёппасига кўринади.
👉 Довоми
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Тупроқнинг турини аниқ билиш учун одатда лаборатория таҳлиллари ўтказилади. Лаборатория таҳлиллари тупроқ таркибидаги лой ва қум заррачаларининг аниқ миқдорларини аниқлаш имконини беради.
🔵Лаборатория xулосасини кутиш имкониятлари чегараланган шароитларда тупроқ турини оддий усуллар ёрдамида ҳам аниқлаш мумкин.
🔵Бунда бир қисм тупроқни олиб, уни кам миқдордаги сув билан намлаб, ҳосил бўлган массани бармоқлар ёрдамида думалоқ ёки ингичка ип шаклида айлантиришга ҳаракат қилинади.
🔵Тупроқнинг юзага келадиган шакли ёрдамида тупроқ турини тахминан аниқлаш мумкин.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
ЧИЛЛАНИНГ ҲАР БИР КУНИ ҒАНИМАТ
ғалладан бўшаган майдонларни пешма-пеш шудгорлаш ва такрорий экинларни экишга тайёрлаш
✅ Кузги бошоқли экинлардан бўшаган далалар пешма-пеш шудгорланса, тупроқнинг яхши уваланиши ҳисобига шудгор юзасида катта кесаклар ҳосил бўлмайди, ўсимлик қолдиқлари ва бегона ўтлар тўлиқ ва чуқур кўмилади, иш унуми юқори бўлиб, меҳнат ва ёнилғи-мойлаш материалларининг сарфи камаяди, ерларни такрорий экинларни экишга тайёрлаш енгиллашади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#bu_qiziq
🇮🇸 Islandiyadagi yashil maydonlar, sariq daryo, qora plyaj va moviy dengiz.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi.
📼 Ushbu videoda “BOYOVUTLIK HUMOYUN” fermer xoʻjaligi rahbari Abdulla Begmatov paxtachilikda tomchilatib sugʻorish usulining joriy etilishi va afzalliklari haqida soʻz yuritmoqda.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiya Afg’onistonda
Shavkat Hamroyev, Tolibon Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Ataulla Umariy bilan uchrashdi.
Tomonlar suv toshqinlari paytida ekinlar va qirg‘oqdagi uylarni vayron qiladigan Amudaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar.
Manba: ✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Пахта-тўқимачилик кластерлари молиявий соғломлаштирилади
Tuproqning suv-fizik xossalari
Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi barcha xossalar yig‘indisiga tuproqning suv-fizik xossalari deyiladi.
Tuproqning eng muhim suv-fizik xossalari tarkibiga tuproqning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va suv ko‘taruvchanlik qobiliyatilari kiradi.
Tuproqning quyidagi suv-fizik xossalari sug‘oriladigan dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega sanaladi:
1️⃣ mexanik tarkibi (yengil, o‘rtacha va og‘ir tuproqlar);
2️⃣ tuproqning hajmiy massasi va solishtirma og‘irligi;
3️⃣ tuproqning nam sig‘imi (to‘liq nam sig‘imi (maksimal nam sig‘imi),
- dala chegaraviy nam sig‘imi (dala nam sig‘imi),
- eng kam nam sig‘imi,
- maksimal molekulyar nam sig‘imi);
4️⃣ suv o‘tkazuvchanligi (infiltratsiya);
5️⃣ suv ko‘tarish xususiyati;
6️⃣ suv berish xususiyati.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Ош лавлагини озиқлантиришда бўз тупроқ ерларда соф ҳолда 150 кг азот, 80 кг фосфор, 50 кг калий солиш керак. Фосфор ўғити йиллик миқдорининг 75%, калийни ҳаммаси ерларни асосий ишлов даврида, қолган 25% фосфорни ерни бороналаб эгат олишда бериш тавсия этилади. Азотли ўғитларни ҳаммаси ўсув даврида озиқлантиришда иккига бўлиб берилади.
✅ Биринчи озиқлантириш ўтоқ қилиб ўсимлик сони сийраклаштирилгандан сўнг, иккинчиси эса 2-3 тадан чинбарг пайдо бўлганда ўтказилади.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Tuproq, uning tuzilishi va asosiy xususiyatlari.
Tuproq bu yer yuzasi qatlamlarining tabiiy tuproq hosil bo‘lish omillarining birgalikdagi ta’siri ostida o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan tabiiy jism.
Tuproq tuproq profilini hosil qiluvchi tuproq orizontlaridan iborat va ular o‘zaro unumdorliklari bilan ajralib turadilar.
Tuproqlarning xilma-xilligi tuproq turlarida aks etadi.
Tuproqni tuproqshunoslik deb ataluvchi maxsus fan, shuningdek agronomiya, geologiya, gruntshunoslik, geoximiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlar o‘rganadi.
Tuproq o‘ziga xos gomogen tizim bo‘lib, u uchta: qattiq, suyuq va gazsimon fazalardan iborat.
👉 BATAFSIL
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Кечки бодрингни парваришлаш
🥒 Мамлакатимиз шароитида бошоқли дон экинлари ҳосили йиғиштириб олинган майдонларда такрорий экин сифатида кечки бодринг ҳам етиширилади.
Бодринг сувга талабчанлиги бўйича сабзавот экинлари орасида биринчи ўринларда туради. Бодринг найчалаш ва меваси етилган даврларда сувни айниқса кўп талаб қилади.
🥒 Июннинг охири – июлнинг бошларида экилган кечки бодрингнинг ўсув даври нисбатан қисқа бўлади. Ўсув даврининг бошланиши ёзнинг иссиқ пайтига, ҳосил тўплаш даври эса кузги салқин пайтга тўғри келади.
👉 Довоми
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ Samarqand Irrigation System "TurboPlast" лойихалари
💧 Самарқанд вилояти Оқдарё тумани, Қоратери қишлоғи, "Green world" МЧЖ
🌱 50 гектар, Олма боғининг томчилатиб суғориш тизими
📞 +998 (91) 701-60-06
📍 Самарқанд шаҳар, Спитаменшох кўчаси 270
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🫑 Ширин қалампир сувга талабчан ўсимлик бўлиб сизот суви чуқур жойлашган ерларда ўсув даври мобайнида суғоришда ҳар гал 1 гектарга 500-600 м3 ҳисобидан 18-20, сизот суви юза ўтлоқ ва ўтлоқ-ботқоқ тупроқли ерларда 12-15 марта суғорилади.
🫑 Ўсув даври мобайнида тупроқ намлиги 75-80% бўлишини таъминлаш учун сизот суви чуқур жойлашган ерларда ҳосил етилгунча ҳар 8-12 кунда, ҳосил ёппасига пишганда эса 6-8 кунда суғорилади. Куз бошлангандан кейин экин камроқ суғорилади.
🫑 Ширин қалампир ҳаддан ошиқ захлатиб юборилса, сўлиш касаллигига чалинади, шунинг учун тупроқнинг намланиши ўсимлик поясига 5-10 см қолганда суғоришни тўхтатиш лозим.
👉 Довоми
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
✅ "SherProMax" MCHJ лойихалари
💧 Самарқанд вилояти Нуробод тумани, “Just Cause” ФХ
🌱 20 гектар, Пахта даласини томчилатиб суғориш тизими
📞 +998 (33) 447-07-77
📍 Самарқанд шахар, Хазора МФЙ
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Assalom aleykum qadrli yurtdoshlar sizlarga, ishonchli va foydalanish uzoq muddatli Valley Valmont kompaniyasining yomg'irlatib sugʻorish mashinalarini taklif qilamiz.
Bu mahsulot sizga:
- 2 yil garantiya mahsulot eksplotatsiya muddati 25-30 yil servis xizmatlar 24/7 tarifida
- Xosildorlik ortishi 20 - 40 % va undan yuqori
- Suv tejalishida ekin turi, tuproq va iqlim sharoitiga qarab 30- 50 % gacha
- Avtomatlashtirilgan boshqaruv
- Subsidiya 8 - 12 mlngacha so'm
- Hamda eng asosiysi almashlab ekishni ushbu sugʻorish tizimi bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Maʼlumotlar uchun:
📞 +998881476600 +998999926754
📞 /channel/uzvalley
💧 Suv tejovchi texnologiyalar
🇺🇿 Davlat berayotgan imtiyoz va yengilliklar (2)
➡️ Manba
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish