🚜 Lazerli tekislash texnologiyasi
Choʻl-yaylov yerlaridan samarali foydalanish uchun yer maydonini intensiv texnologiya asosida tekislash mumkin. Ushbu texnologiyalardan biri — lazerli tekislash mashinasi.
🌱Bugungi kun sugʻorma dehqonchilik tizimida qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishdagi suv resurslaridan samarali foydalanish - zahmatkash dehqon va fermerlarimiz faoliyatidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Silkadan o'tish 👇🏻👇🏻👇🏻
📺AgroTomchi">You-tube 🌐Sayt 💬Gruppa 💬Kanal
ЁЗ ЧИЛЛАСИДА ҒЎЗА ПАРВАРИШИ: Чилпишни механик усулда ўтказиш
🚜 Механик усулда чилпиш ғўзанинг юқори қисмини кесиб ташлаш культиваторнинг олд қисмига махсус мослама ўрнатилган ҳолда амалга оширилади.
🚜 Бу усулда чилпиш ғўзанинг бўйи жуда баланд ўсиб кетган далаларда унинг бўйига мосланиб амалга оширилиши ҳамда ғўзанинг уч қисмининг ортиқча кесилиб кетишига йўл қўймаслик керак.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Ҳукумат_қарори
❗️Қишлоқ хўжалиги экинлари ҳосилини суғурталашда суғурта мукофотининг бир қисми учун субсидия ажратиш тартиби белгиланди
Суғориш меъёрини биласизми?
“Қанча кўп сув қуйсанг шунча ҳосил кўп бўлади” деган тамойил тўғрими?
💧 Меъёридан ортиқча сув бериш шундоқ ҳам тақчил бўлган сувни йўқатишга, тупроқдаги озуқа элементлари ва минерал ўғитларни ювилиб кетишига, тупроқни зичланиб сув-физик хоссаларини ёмонлашувига, суғоришдан кейин тупроққа ишлов беришни қийинлаштиришга ва натижада суғориш сонини 1-2 марта ошиб кетишига олиб келади.
💦 Суғоришдан олдин қуйидаги барча таёргарлик ишлари амалга оширилган бўлиши керак:
🔵 Ариқлар тозаланган, гидротехник иншоотлар таъмирланган;
🔵 Суғориш жихозлари таёр ҳолга келтирилган (қўлда кўчирилувчи тўсиқлар, сифонлар, трубалар, полиэтилен пленкалар, чим, фонус ва ҳ.к.);
🔵 Далада ўқариқлар олинган, ёввойи ўтлардан тозаланган, ўғитлар солинган бўлиши керак.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Rahel Byosh xonim va unga hamroh bo'lgan shaxslar bugun O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi doirasida hamkorlikda bajarilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Samarqand shahridagi “Suvchilar maktabi” idorasida treninglsr jarayoni bilan tanishdilar.
Shu yerni o’zida, “suvni yetkazib berish xizmati” deb o'zgartirilgan suv xo'jaligi tashkilotlarining vakillari bilan birgalikda, mahalliy darajada suv sektori islohoti va gender tamoyilini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Muhokamada loyiha benefitsiarlari ishtirok etdilar.
Foto reportajimizni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Shveysariya elchixonasining missiyasi Shveysariya tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning bajarilishi bilan tanishdi
Shveytsariya elchixonasining missiya rahbari o'rinbosari/hamkorlik bo'limi rahbari Rahel Byosh xonim 2024 yil 4-6 iyul kunlarida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar. Tashrif maqsadi suv, infratuzilma va iqlim o’zgarishi bo'yicha Shveytsariya tomonidan qo'llab-quvvatlanib kelgan loyihalarning bajarilishi bilan tanishishdan iborat.
Shuni aytib o'tishni o'rinli deb bilamiz ki joriy yil boshida “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” va “Suvchilar maktabi” o‘rtasida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shu bois Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi “Suvchilar maktabi” muassasalariga, ya’ni ofis va eksperimental ko‘rgazma maydoniga 5 iyulda bo’lgan tashrif ham foydali, ham qiziqarli bo‘ldi.
Mehmonlarga Shveysariya taraqqqiyot va hamkorlik agentligi mablag‘lari hisobidan sotib olingan va “Suvchilar maktabi” monitoring dalalarida o‘rnatilgan agrometeorologik stansiyalarning ishlashi va ulardan olingan ma'lumotlari monitoringi namoyish etildi. Aytish joizki, shunday meteorologik stansiyalar Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida “Suvchilar maktabi” koʻrgazma maydonlarida oʻrnatilgan. Shuningdek “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” va “Suvchilar maktabi” o’rtasidagi hamkorlik va kelajak rejalar muhokama qilindi.
Rahel Byosh xonim va unga hamroh bo'lgan shaxslar bugun O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi doirasida hamkorlikda bajarilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida boshqa uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. Kanalimizdan uzoqlashmang. Ma’lumot berib turamiz.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
ЁЗ ЧИЛЛАСИДА ҒЎЗА ПАРВАРИШИ: ЧИЛПИШ
Чилпишни қачон ўтказиш керак?
🌱 Чилпиш қўлда, механизм ёрдамида ёки "Сожеан", "Энтожеан" ва бошқа таркибида мепикват хлорид бўлган ретардантлардан фойдаланиб амалга оширилади.
🌱 Ғўзани чилпишнинг кечиктирилиши ёки сифатсиз ўтказилиши оқибатида пояси бўйига ўсиб ғовлаб кетади, пахта ҳосили 15–20% камайиб, пишиб етилиши 7–10 кунга кечикиб, кўсаклари кичрайиб, вазни камайиб, ғўза сербарг бўлиб, кўсаклар қобиғи қалинлашиб,
ҳашаротларни ўзига кўпроқ жалб этади.
🌱 Ғўза навлари хусусиятларига қараб, унумдор тупроқларда ғўза тупида 12–13, ўртача унумдор тупроқларда 11–12 ва унумдорлиги паст ерларда 10–11 ҳосил шохи тўпланганда чилпиш ўтказиш тавсия этилади. Қўшқатор экилган ерларда бу тадбирни ғўза тупида 9–10 дона шох ҳосил бўлганда ўтказиш мумкин.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔹 Mazkur ma’lumotlarni avvalgi uch kunlik davr (1 iyuldan 3 iyulgacha bo‘lgan oraliq) ma’lumotlari bilan solishtirish Samarqand (Oqdaryo), Buxoro (Buxoro) va Xorazm (Urganch) viloyatlarida suvning bug‘lanishi har kuni 1 mm dan ortib borganini, ya’ni har bir gektar ekin maydonidan suv uch kunda 30 m3 gacha ko‘p bug‘langanini ko‘rsatdi.
🔹 Namangan (To‘raqo‘rg‘on), Navoiy (Karmana), Farg‘ona (Quva) va Andijon viloyatlarida ham suvning bug‘lanishini sezilarli ortgan va har bir gektar ekin maydonidan suv uch kunda avvalgi uch kunlikka nisbatan 17-19 m3 ko‘p bug‘langan.
🔹 Ayrim hududlarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus), Qashqadaryo (Qarshi) va Sirdaryo (Guliston) viloyatlarida suvning bug‘lanishi avvalgi uch kunlikka nisbatan 7-9 m3/ga kam bo‘lgan.
Jizzax (Paxtakor), Toshkent (Darxon) va Surxondaryo (Termiz) viloyatlarida suvning bug‘lanishi avvalgi uch kunlik ko‘rsatkichlari bilan qariyb bir xil bo‘lgan.
🔹 Suvchilar maktablari tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari – femerlar yetishtirayotgan ekinlari turlari hamda ekin koeffitsentlari asosida, shuningdek hududdagi suv ho‘jaligi holatidan kelib chiqib (suvning mavjudligi, navbat holati) o‘z sug‘orish ishlarini keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlashtirishlari mumkin.
✅ Kanalga ulanish | 💬 Savollar | 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Қулупнайзор ташкил этиш 🍓
🍓Қулупнайзор ташкил этиш учун текис, унча нишаб бўлмаган, сув билан яхши таъминланган майдонлар танлаб олинади. Майдонга шудгор олдидан тупроқ унумдорлигига қараб 40–60 тонна ярим чириган гўнгга 600–1000 кг суперфосфат аралаштириб солинади.
🍓Сўнгра майдон камида 30 см чуқурликда ҳайдалиб, кетидан текисланади ҳамда кўчатларни экиш учун ариқлар олинади.
🍓Кўчатлар қатор оралари 70–90 см, шағалли тупроқларда 60 см қилиб олинган ариқларга туп оралиғи 20–25 см қилиб экилади. Бунда 1 гектарга 44,4 мингдан 71,4 минг донагача кўчат экилади. Экиладиган қулупнай кўчатлари яхши ривожланган илдиз тизими камида 4–5 см ўсган, 2–3 барг чиқарган бўлиши керак.
🍓 Қулупнай кўчатини экиш олдидан майдон қондириб суғорилади, сўнг қулупнай кўчатлари қўлда 5–7 см чуқурга экилади.
🍓Июль ойида ҳарорат юқори бўлганлиги боис, кўчатлар куннинг иккинчи ярмида, соат 17:00 дан кейин экилади.
Кўчатлар экиб бўлингач, ҳаво ҳароратига қараб, 2–3 кун давомида жилдиратиб сув бериб, тупроқда намлик сақланади.
🍓Орадан 8–10 кун ўтгач, экилган кўчатлар текшириб чиқилади. Бунда тутмаган, қуриган кўчатлар ўрнига янгиси экилади.
Кейин ҳар 8–10 кунда, кузга бориб, ҳар 15–20 кунда бир маротаба сув берилади.
🍓Шуни унутмаслик керакки, қанчалик қулупнай кўчати июль ойининг биринчи ярмигача экиб бўлинган бўлса, шунчалик кузгача (3–4 дона) кўп ҳосил куртагини ташкил этади.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Ekin dalalaridan bug‘lanishga sarflanayotgan suvning miqdori
Hurmatli Tomchi kanali muhlislari – qadrli fermerlar - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mamlakatimizning barcha viloyatlarida joylashgan “Suvchilar maktablari” tajriba dalalarida o‘rnatilgan meteostansiyalarning ma’lumotlariga asoslanib mazkur hududlarda 1 iyuldan 3 iyulgacha oraliqdagi 3 kunlik muddatda bug‘lanishga (etalon evapotranspiratsiya) sarf bo‘lgan suvlarning (namlik) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.
Suvchilar maktablari tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari – femerlar mazkur ma’lumotlardan foydalanishlari va yetishtirayotgan ekinlari turlari hamda ekin koeffisentlari asosida, shuningdek hududdagi suv ho‘jaligi holatidan kelib chiqib (suvning mavjudligi, navbat holati) o‘z sug‘orish ishlarini aniqlashtirishlari va amalga oshirishlari mumkin.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
❗️Ғалладан бўшаган майдонда сомонни ёқмаслик тавсия этилади.
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 88-моддасига кўра, дала ва аҳоли пунктларида анғиз, хазон ва шох-шаббаларни ёки ўсимликларнинг бошқа қолдиқларини ёқиб юбориш, атмосфера ҳавосини зарарли моддалар билан ифлослантиришга олиб келса, — фуқароларга 1 млн 700 минг сўмгача, мансабдор шахсларга эса — 3 млн 400 минг сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.
Ушбу ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилган бўлса, — фуқароларга 2 млн 380 сўмгача, мансабдор шахсларга эса — 5 млн 100 минг сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.
👉 Manba:
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат соҳасидаги ислоҳотлар жадаллаштирилади
🇺🇿 Bugun, 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi!
Mustaqillik timsolimiz bilan faxrlanamiz, yurtimiz ravnaqi bo‘lsin! 🇺🇿
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Ekin dalalaridan bug‘lanishga sarflanayotgan suvning miqdori
Hurmatli Tomchi kanali muhlislari – qadrli fermerlar - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mamlakatimizning barcha viloyatlarida joylashgan “Suvchilar maktablari” tajriba dalalarida o‘rnatilgan meteostansiyalarning ma’lumotlariga asoslanib 28 iyundan 1 iyulgacha oraliqdagi 3 kunlik muddatda bug‘lanishga (etalon evapotranspiratsiya) sarf bo‘lgan suvlarning (namlik) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.
👉 BATAFSIL
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Видеоролик
Томчилатиб суғориш (инфографика)
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Дарахт экишда дренаж тизими қандай аҳамият касб этади?
🌲 Агарда боғда дренаж тизими (намни қочириш) мавжуд бўлса, дарахт экиш учун ҳар қандай тynроқ ҳам мос келади.
🌳 Аммо дарахт қанчалик йирик бўлса, унга шунчалик қалинроқ нами қочирилган унумли тупроқ, керак бўлади. Масалан, резавор мевалар учун 30-45 см. , мевали дарахтлар учун - 60 см. унумли ер қатлами талаб этилади . Шу билан бирга , смородина , олхури, нок ва олманинг қайта ишлаш учун мўлжалланган навлари етарли дренаж қилинмаган тупроққа бемалол мослашиши мумкин . Хўжағат, шафтоли ва гилос эса яхши дренаж қилинган тупроқдагина жадал ривожланиши, гуллаши ва ҳосил бериши мумкин.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hovuz-tindirgich tomchilatib sug‘orish tizimiining barqaror ishlashi uchun zarur suvni saqlashga xizmat qiladi. Hovuzda saqlanayotgan suv quyosh nuri, issiq harorat va oziq moddalar ta’sirida gullaydi, ya’ni suvda bir hujayrali mayda suv o‘tlari paydo bo‘ladi. Gullagan suvda oziq moddalar ko‘pligi tufayli hovuz suvida yirik suv o‘tlari ham paydo bo‘la boshlaydi.
📹 Hovuz-tindirgich gullashini oldini olish choralariga bag‘ishlangan videolarimizni ko'rsatdik.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Июль ойида токзорларда бажарадиган тадбирлар🍇
🍇 Токзорларда ток туплари қалинлашиб кетишига йўл қўйилмаслик керак. Ток тупларида узум бошларини соялатиб қўядиган бачки новдалар кучли ўсиб кетганда, уларда 2–3 та барг қолдириб, қолган қисми қирқиб ташланади, чунки улар ҳосилнинг етилишини, новданинг пишишини кечиктиради ва замбуруғли касалликларнинг ривожланишига сабаб бўлади.
🍇 Осилиб қолган новдалар кўтарилиб, боғлаб қўйилади.
Токзорларда хомтокларнинг сифатли бажарилишига эътиборни қаратиш, қалинлашиб кетган ва оидиум (кул) касаллиги токзорларда тарқалгани кузатилса, уларга қарши туйилган олтингугурт билан чанглатилиши керак.
🍇 1 гектарга 30 кг олтингугурт ва 10–15 кг оҳак кукуни қўшиб, ОШУ-50 осма чанглагичда ишлов берилади.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
СУВ ТЕЖАШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГ
PULSAR СУҒОРИШ ТИЗИМИ
💦 Пулсар суғориш тизими замонавий суғориш инфратузилмаси ва муваффақиятли исботланган жараёндир. Тизим Пулсар суғориш тизимидан, тупроқ шаклланиши ва ер ости дренаж плиткаларидан иборат.
💦 Пулсар суғориш тизимининг таркибий қисми сув таъминоти тизимидир. Сув билан таъминлаш самарадорлигини анъанавий суғоришнинг ҳозирги даражасидан 25%, инновациялар билан 75% дан 80% гача ошириш мумкин.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hovuz-tindirgich tomchilatib sug‘orish tizimiining barqaror ishlashi uchun zarur suvni saqlashga xizmat qiladi. Hovuzda saqlanayotgan suv quyosh nuri, issiq harorat va oziq moddalar ta’sirida gullaydi, ya’ni suvda bir hujayrali mayda suv o‘tlari paydo bo‘ladi. Gullagan suvda oziq moddalar ko‘pligi tufayli hovuz suvida yirik suv o‘tlari ham paydo bo‘la boshlaydi.
📹 Hovuz-tindirgich gullashini oldini olish choralariga bag‘ishlangan videolarimizni davom etamiz.
📹 Shularni e’tiboringizga havola qilamiz
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
ЁЗ ЧИЛЛАСИДА ҒЎЗА ПАРВАРИШИ: ЧИЛПИШ
Чилпиш нима учун керак?
🌱 Ғўзанинг бўйи 70–80 см. гача ўсиб, 11–12 та ҳосил шохи шаклланганда ҳосил элементларини кўпайтириш, тезроқ кўсакка айлантириш ва пишиб етилишини жадаллаштириш учун чилпиш ўтказилади. Яъни бу даврда ғўзани чилпиш энг муҳим ишлардан саналади.
🌱 Чилпишни эртароқ ўтказиш орқали, ғўзанинг ўсиши ва ривожланишини янада тезлаштириш мумкин. Шунда ҳосил элементлари тўкилиши камаяди, гул ва кўсаклар сони ошади, ғўза зараркунандаларнинг салбий таъсири камаяди, кўсакларнинг пишиши 5–10 кунга тезлашади, ҳосилдорлик гектаридан 3–4 центнердан 6–8 центнергача ортади.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hurmatli Tomchi kanali muhlislari – qadrli fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mamlakatimizning viloyatlarida joylashgan “Suvchilar maktablari” tajriba dalalarida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida 2 iyuldan 4 iyulgacha oraliqdagi 3 kunlik muddatda ekin maydonlaridan bug‘lanishga (etalon evapotranspiratsiya) jadvalda keltirilgan miqdorlarda suv bug‘langan:
Читать полностью…Hovuz-tindirgich tomchilatib sug‘orish tizimiining barqaror ishlashi uchun zarur suvni saqlashga xizmat qiladi. Hovuzda saqlanayotgan suv quyosh nuri, issiq harorat va oziq moddalar ta’sirida gullaydi, ya’ni suvda bir hujayrali mayda suv o‘tlari paydo bo‘ladi. Gullagan suvda oziq moddalar ko‘pligi tufayli hovuz suvida yirik suv o‘tlari ham paydo bo‘la boshlaydi.
📹 Hovuz-tindirgich gullashini oldini olish choralariga bag‘ishlangan videolarimizni davom etamiz.
📹 Shularni e’tiboringizga havola qilamiz
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
СУВ ТЕЖАШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГ.
💧 Netafim ўзининг ақлли суғориш ечимлари бўйича глобал пешқадамлик даражасидаги энг яхши мини Спринклерини намоиш этмоқда.
Бу видео Д-Нет Мини Спринклернинг ноёб хусусиятлари, ўрнатиш ва техник хизмат кўрсатиш тўлиқ кўргазмали қўлланмасидир.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hovuz-tindirgich tomchilatib sug‘orish tizimiining barqaror ishlashi uchun zarur suvni saqlashga xizmat qiladi. Hovuzda saqlanayotgan suv quyosh nuri, issiq harorat va oziq moddalar ta’sirida gullaydi, ya’ni suvda bir hujayrali mayda suv o‘tlari paydo bo‘ladi. Gullagan suvda oziq moddalar ko‘pligi tufayli hovuz suvida yirik suv o‘tlari ham paydo bo‘la boshlaydi.
📹 Hovuz-tindirgich gullashini oldini olish choralariga bag‘ishlangan videolarimizni davom etamiz.
📹 Shularni e’tiboringizga havola qilamiz
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hovuz-tindirgich tomchilatib sug‘orish tizimiining barqaror ishlashi uchun zarur suvni saqlashga xizmat qiladi. Hovuzda saqlanayotgan suv quyosh nuri, issiq harorat va oziq moddalar ta’sirida gullaydi, ya’ni suvda bir hujayrali mayda suv o‘tlari paydo bo‘ladi. Gullagan suvda oziq moddalar ko‘pligi tufayli hovuz suvida yirik suv o‘tlari ham paydo bo‘la boshlaydi.
📹 Hovuz-tindirgich gullashini oldini olish choralari bilan sizlarni tanishtirish uchun bir nechta videoroliklar tayyorlaganmiz.
📹 Shularni e’tiboringizga havola qilamiz
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
❗️ ТОМЧИ реестрдан ўтган корхоналар диққатига!!!
Томчилатиб суғориш технологиясини қуриш бўйича бажарган ишларингизни бошқалар хам кўришини хохлайсизми?
Бунда биз Сизга ёрдам берамиз. 🤗
Биз билан боғланинг (93 007 90 02) ва тажрибаларингизни ўртоқлашинг!!! 🤝
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Yer osti suvlari: qimmatli resursmi yoki muammolar manbaimi? Qishloq xo'jaligida yo'l qo'ymaslik kerak bo'lgan xatolar
💧Suv - hayot manbai. Undan oqilona foydalanish esa nafaqat zamon talabi, balki har birimizning burchimiz hamdir.
🌲 Hozirgi kunda ekin maydonlarini yer osti suvlaridan foydalangan holda me'yoridan ortiq sug'orilishi esa bir qancha salbiy oqibatlarga olib keladi.
📼 Ushbu infografika orqali yer osti suvlaridan ortiqcha va samarasiz foydalanish nimalarga olib kelishi haqida bilib olishingiz mumkin.
👉 Manba:
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Do'stlar, evapotranspiratsiya nima ekanligini bilasizmi?
Bu sug'orishni boshqarishda muhim jarayondir.
Bu qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish samaradorligiga qanday ta'sir qiladi?
💬Komentariyalarda o'z fikringizni bildiring.
✅ Kanalga ulanish| 💬 Savollar| 📱"TOMCHI" - ni o'rnatish