Matematik topishmoq: tarvuz va suv! 🍉
20 kg og'irlikdagi tarvuzni tasavvur qiling, u 99% suvdan iborat.
Bir oz quriganidan keyin tarvuzdagi suv miqdori 98% gacha kamayadi.
Endi savol 👇
#Muvaffaqiyat_tarixi
💧 Qashqadaryo viloyati Mirishrkor tumanidagi “Guliston oq suvi” fermer xo‘jaligi rahbari Sanjar Pirmatov, 15 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Andijon viloyatida Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi davom etmoqda.
Bugun “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini suvni tejaydigan sugʻorish tizimini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tajribasini ommalashtirish” mavzusidagi trening ishtirokchilari suvni tejash texnologiyalarini (STT) joriy etish uchun davlat subsidiyalari olgan fermerlar dalalariga tashrif buyurdilar.
Foto lavhalarimiz bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi
"Ayollar ham teng huquqli, erkaklar erishayotgan natijaga ayollar ham erisha oladi"
“Qishloq xoʻjaligi ekinlarini suvni tejaydigan sugʻorish tizimini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tajribasini ommalashtirish” mavzusidagi treningdan videolavhamiz
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Sug‘orish shlangining va tomizgichning turiga qarab tozalash usullari
💧 Tomizgichlar tiqilib qolgan bo‘lsa, ularni tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdan tashqari, sug‘orish shlangining va tomizgichning turiga bog‘liq bo‘lgan tozalash usullarini qo‘llash mumkin.
Agar ishlatayotganingiz yassi qattiq tomizgichli lenta bo‘lsa va tiqilib qolgan bo‘lsa:
1️⃣ sug‘orish tizimingizni katta bosimli suv bilan yuvib tashlashga harakat qiling.
2️⃣ tomizgichli lentalarni kislota eritmali suv bilan yuvib turing.
3️⃣ emitter joylashgan yerga tashqaridan urib ko‘ring.
4️⃣ oddiy nasos yordamida pudab tashlashga harakat qiling.
imkon bo‘lsa:
5️⃣ sug‘orish lentasini shu yerini qirqib tashlab boshqa lenta ulang.
6️⃣ sug‘orish lentasi qatorini to‘liq almashtiring.
Tashqi tomizgichli tizimlarda tomizgichni ochib tozalab tashlash mumkin.
Kompensatsiyalanmagan tomizgichlarni yangisiga almashtirganingiz foydaliroq, chunki ular uncha qimmat turmaydi.
💧 Kompesatsiyalangan tomizgichlar ochiladigan qilib ishlanganligi bois ularni ochib tozalagan maqul.
Ichki tomizgichli sug‘orish shlangi tomizgichi tiqilib qolgan bo‘lsa, shlangni quruq paytida bir tomonidan ushlab yerga urib urib tashlasangiz tomizgich ochilib ketishi mumkin.
💧 Tomizgich tiqilib qolishi muammosiga duch kelmay desangiz sug‘orishga berayotgan suvingizni tiniq bo‘lishiga intiling, bo‘lmasa muammoga doim to‘qnash kelaverasiz.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Экин даласидаги тупроқ намлигини лаборатория шароитида аниқлаш ва унинг ўзгаришларини баҳолаш экинларни суғориш вақтини белгилашнинг энг аниқ усули ҳисобланади....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#tabiat_mo`jizasi
🇷🇺 Vasyugan botqoqlari dunyodagi eng katta botqoqlardir.
G'arbiy Sibirda, Tomsk viloyatidagi Ob va Irtish daryolari va Xanti-Mansiysk avtonom okrugida joylashgan. Botqoqlarning maydoni 53 ming km², g'arbdan sharqqa uzunligi 573 km, shimoldan janubga - 320 km. Botqoqliklar Shveytsariyaga qaraganda kattaroqdir.
Vasyugan botqoqlarida katta miqdordagi toza suv mavjud bo'lib, uning hajmi 400 km3 ni tashkil qiladi. Olimlarning fikriga ko'ra, botqoqlarda kamida 800 ming ko'l bor.
Vasyugan botqoqlari sayyoramizning ulkan "o'pkasi" bo'lib, uni haddan tashqari qizib ketishdan sovutadi va uglerodni o'zlashtiradi, uni hijobda to'playdi va shu bilan issiqxona effektini yumshatadi. Botqoqlik yiliga 10 million tonnagacha karbonat angidridni o'zlashtiradi va 4 million tonnaga yaqin kislorod ishlab chiqaradi. Vasyugan tundrasining torf zahiralari 1 milliard tonnadan ortiq.
Biroq, botqoq atmosferaga zararli metan chiqaradi, ammo u karbonat angidridni o'zlashtirganidan ancha kichikroq hajmda.
Botqoqlarning yoshi atigi 10 ming yil; Hududning 75% so'nggi 500 yil ichida paydo bo'lgan. Botqoqlik tobora ko'proq yangi hududlarni egallab, o'sishda davom etmoqda. Bir yil davomida Vasyugan botqoqlari 800 gektarga ko'payadi.
Botqoqliklarning suv manbai - yomg'ir (11%), er osti suvlari (23%) va qor (66%). Qishda bu erda qor ko'chkilarining balandligi bir metrga etadi, qor yiliga yetti oy - oktyabrdan aprelgacha erimaydi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
📰 Termizdagi seminardan lavha.
👉 МАНБА
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Навоий вилояти
НАВОИЙДА СУВЧИ АЁЛЛАР ИШТИРОКИДА СЕМИНАР-ТРЕНИНГ ЎТКАЗИЛДИ
Қуйи Зарафшон ирригация тизимлари хавза бошкармаси биносида “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси: III-босқич” доирасида “Сув хўжалиги соҳасида интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида семинар-тренинг ўтказилди.
Семинар-тренингда Қуйи Зарафшон ирригация тизимлари ҳавза бошқармаси, тизим ташкилотларида фаолият юритувчи аёллар ҳамда фермер хўжаликлари раҳбар-аёллари “Вали обод” фермер хўжалиги рахбари Раъно Валиева ва “Мехринисо Адизова” фермер хўжалиги рахбари Адизова Мехринисолар иштирок этишди.
👉 МАНБА
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi
🌼 Ushbu videoda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i va trener Saodat Xudoybergenova O‘zbekistonda gender siyosatining rivojlanishi haqida gapirib, suv resurslarini boshqarishda ayollarning teng huquqliligi va hissasini e’tirof etish muhimligini ta’kidlaydi. U muvaffaqiyatli ayollar misollari bilan o'rtoqlashadi.
🌼 Xudoybergenova xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishida qo‘shma treninglar o‘tkazish, ularni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlaydi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
давоми
Тадбир давомида йиғилганлар ўз ҳаётий мисоллари билан намуна бўладиган воқеаларни ўртоқлашишди. Бу бошқаларга ўзлигига бўлган ишончни ортишига, келгусида янада шижоат билан севимли касбини етук мутахассиси бўлишда ўз устида ишлашга руҳан далда бўлди, десак муболаға бўлмайди.
“Семинар жараёнларимиз интерактив конкурс ва тест савол-жавоблари билан қизиқарли тарзда олиб борилди. Бу эса ўз навбатида аёлларимизни янги чўққиларни забт этишга бўлган иштиёқларини янада оширди” – дейди Қўшкўпир туман “Сув етказиб бериш хизмати” давлат муассасаси бош гидрометри, “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” тренери Адолат Хасанова.
👉 МАНБА
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔹 Тупроқнинг намлигини ўзгаришларини баҳолаш асосида экинларининг суғориш меъёр ва муддатлари белгиланади. Бунда турли техник воситалардан фойдаланиш мумкин ва бу усулларга тупроқ намлигини ўлчашнинг инструментал усуллари дейилади.
🔹 Тупроқ намлигини дала шароитида назорат қилишнинг бир нечта инструментал усуллари бўлиб, амалиётда уларнинг асосан иккитасидан кенг фойдаланилади....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Президент_қарори
❗️Шоли етиштирувчилар фаолияти қўллаб-қувватланади
Suv xo‘jaligida ayollarning roli
✅ Poytaxtimizdagi “Suvloyiha” binosida “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi” 3-bosqichi doirasida “Suv xo‘jaligi sohasini integral boshqarishda xotin-qizlarning roli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
✅ Seminarda Toshkent viloyatining Chirchiq-Ohangaron ITHB, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, meliorativ ekspedisiya, irrigatsiya tizimi boshqarmalari hamda tumanlar «Suv yetkazib berish xizmati»larida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar hamda ayollar daftarida turadigan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
✅ Seminarni Chinoz tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi Madina Abdurahmonova olib bordi. Bugun irrigatsiya tizimini ayollarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
✅ Seminarda gender tenglik, gender stereotiplik, O‘zbekistonda gender tenglikka oid qonunchilik asoslari hamda suv resurslarini boshqarishning gender jihatlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
👉 MANBA
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Ғўза дефолиациясида пуркагичларни ишлатиш тартиблари (2):
Шамолнинг тезлиги 4 м/с дан юқори бўлса вентиляторли пуркагичлар ўрнига штангали пуркагичлардан фойдаланиш зарур;
🔵 вентилятор соплосининг тебраниш амплитудасини ростланг: паст бўйли ғўза майдонлари учун 1800, ўртача бўйли ғўза майдонлари учун 1600, баланд бўйли
🔵 ғўза майдонлари учун 1400 (дефолиацияда сифат таъминланади);
🔵 дефолиация жараёнида вентиляторнинг пастки қирраси ва ғўза туплари орасидаги масофа 0,8-1метр бўлсин (тупларга тўла ишлов берилади);
🔵 тўзитгич қопқоқлари унинг корпусига конуси ичкарига қараган ҳолатда маҳкамланганда суюқлик кам сарфланади ва майда томчилар шаклида пуркалади;
🔵 қопқоқлар конуси ташқарига қараган ҳолатда маҳкамланса суюқлик сарфи ортади ва йирикроқ пуркалади;
🔵 манометр стрелкаси 1 атмосферадан паст босимни кўрсатганда фильтр ифлосланган ёки насос бузилган ёки баклар бўшаган бўлади (фильтр дарҳол тозалансин, насос тузатилсин, баклар эритма билан тўлдирилсин)
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔵Экинларни суғориш вақтини тупроқ намлигини қайд қилувчи электр ўтказувчанликка асосланган асбоблар воситасида аниқлаш мумкин.
🔵Бу тупроқ намлигини аниқлаш ишларини тезкор бажариш имкониятини беради ва қўл меҳнатини 10-15 мартага камайтиради....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Ғўза дефолиациясида пуркагичларни ишлатиш тартиблари (1)
Пуркагичнинг остки қисмини юмшоқ мато ёки қоплар билан ўрамасдан дефолиацияни бошлашга рухсат этилмайди;
агрегатнинг ишчи тезлиги - ғўзалари паст бўйли ва сийрак майдонларда: 6,3-7,5 км/соат, ғўзалари баланд ва қалин майдонларда: 5,3-6,5 км/соат;
АГРЕГАТ ТЕЗЛИГИ ҲАР БИР ДАЛАДАГИ ҒЎЗАНИНГ РИВОЖИГА ҚАРАБ ИНДИВИДУАЛ РАВИШДА ТАНЛАНИШИ ЛОЗИМ!
Тупроқ намлигини назорат қилишнинг замонавий усулларидан бири тензиометрлар ёрдамида тупроқнинг сўриш кучини аниқлашдан иборат...
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
SHU SOATDA
Andijon viloyatiga Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini suvni tejaydigan sugʻorish tizimini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tajribasini ommalashtirish” mavzusidagi trening doirasida tashkil etildi.
Mezbon tomon Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi. Trening loyiha faol hamkorlik qilayotgan Andijon “Suvchilar maktabi” oʻquv markazida boshlandi.
Bugun nazariy o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar Andijon viloyati misolida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi, shuningdek, normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va subsidiyalar ajratish tartibini o‘rganadilar.
Kanalimizdan uzoqlashmang. Tashrifni yoritib boramiz.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#tabiat_mo`jizasi
🇨🇷 Kosta-Rikada siz bananlarning noodatiy xilini - qizil bananlarni topishingiz mumkin.
Ular sariq rangga qaraganda ko'proq beta-karotin va S vitamini o'z ichiga oladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Avgust oyida g‘o‘zani sug‘orish va qator orasini yumshatish
🌱 Turli viloyatlarda g‘o‘za navlarining xususiyatlaridan kelib chiqib,sug‘orish me’yori gullash-hosil to‘plash davrida gektariga 900-1100, pishish davrida 700-800 kubometrnitashkil etishi tavsiya etiladi.Gʻo‘zaning hosil to‘plash davridasug‘orish muddatlari kechikishi hisobiga 6-7 s/ga hosil yo‘qotiladi,tez-tez sug‘orish ham zararli bo‘lib namlik ortib ketishidan hosilga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Avgust oyida g‘o‘za qator orasini yumshatish ishlarini davom ettirish, g‘o‘za tuplari orasida havo almashinuvini yaxshilaydi, ko‘saklarga issiq havo va shamol tegib, tez yetiladi.
🌱 Agar qator oralarida g‘o‘za tuplari tutashib-birlashib ketmagan bo‘lsa, bunday dalalar 1-2 marta kultivatsiya qilinishi mumkin. Kultivatsiya shunday o‘tkazilishi kerakki, g‘o‘za tuplariga ziyon yetkazmasin, ko‘saklarni to‘kmasin.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Aqlli sifon sug‘orish jarayoni
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Семинарда гендер ва гендир тенглик тушинчалари, гендир ва жинс тушунчалари, салбий гендир стереотиплар, Ўзбекистонда аёллар ҳуқуқларини химоя қилиш ҳамда сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш, сув ресурсларини бошқаришда ҳотин-қизларнинг имкониятларини кенгайтириш каби мавзуларда тренинг олиб борилди. – дейди Қуйи Зарафшон ИТҲБ мутахассиси И.Султонова. – Семинар-тренинг ўтказишдан асосий мақсадимиз сув соҳасида банд бўлган аёлларнинг салоҳиятини оширишга қаратилган.
Семинарга таклиф этилган хотин-қизларнинг фикрлари бахс ва мунозараларга бой бўлди.Тадбир сўнгида иштирокчиларга лойиҳа томонидан сертификатлар тақдим этилди.
👉 МАНБА
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Avgust oyida piyozini ekish
🧅 Piyozning mahalliy sharoitda yaratilgan “Oq dur”, “Sumbula”, chet elning “Sibir”, “Aldoba” nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi.
🧅 Piyozni erta – kuzgi muddatda janubiy mintaqalarda 5 avgust-5 sentyabr, markaziy mintaqalarda 15 avgust-15 sentyabr, shimoliy mintaqalarda 30 avgust-30 sentyabrlarda urug‘i ekiladi.
Piyoz urug‘i gektariga 12-15 kg. Me’yori da sarflanadi. Piyoz SKON-4,2, SMM-4 rusumli seyalka bilan yerning nishabiga qarab qator oralarini 70-90 sm. dan olib to‘rt qatorli usulda ekiladi. Urug‘lar yerga 1,5-2,0 sm chuqurlikka ko‘miladi.
🧅 Yozgi-kuzgi muddatlarda piyoz o‘rtagi muddatda, yozgi sabzavot va kartoshka hosili yig‘ishtirib olingandan hamda g‘alladan keyin ekiladi.
🧅 Piyoz ikki-uch marta dastlab o‘simliklarning bo‘yi 6-8 sm ga yetganda, ikkinchi marta bog‘lab chiqariladigan tovar holiga kelganda o‘toq va yagana qilinadi. Qator oralaridagi begona o‘tlar KRN-2,8 A kultivatori bilan yerga 15-16 sm chuqurlikda ishlov beriladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
БУХОРОДА ГЕНДЕР ТЕНГЛИК- СУВ XЎЖАЛИГИ СОХАСИДА ФАОЛ АЁЛЛАР
✅ Аму-Бухоро ирригация тизимлари ҳавза бошқармасида бошқарма ва унинг ҳузуридаги тизим ташкилотларида меҳнат фаолиятини олиб бораётган аёллар иштирокида семинар бўлиб ўтди.
✅ Ҳалқаро Оролни Қутқариш Жамғармаси GEF Агентлиги томонидан “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” III босқичи доирасида “Сув хўжалиги соҳасида хотин-қизларнинг ҳуқуқи ва имкониятларини кенгайтириш” мавзусидаги ушбу семинарда гендер масалалари бўйича барча тизим ташкилотларида фаолият юритаётган аёл ходималарнинг салоҳиятини ошириш мақсадида Гендер ва гендер тенглик, Гендер стереотиплар, Гендер ва жинс тушунчалари, Стереотиплар ва урф одатлар ва сув ресурсларини бошқаришда хотин-қизлар имкониятларини кенгайтириш масалалари бўйича маъруза ва мавзуга оид роликлар тақдим этилди.
✅ Мулоқот баҳс-мунозараларга бой бўлди. Семинар сўнгида иштирокчиларга сертификатлар топширилди.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИ
❗️АЁЛ – ДУНЁНИ ТЕБРАТАР!
📖 Жорий йилнинг 22 август куни Чапқирғоқ Амударё ирригация тизимлари ҳавза бошқармасида Халқаро Оролни Қутқариш Жамғармаси GEF Агентлиги томонидан “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” III босқичи доирасида “Сув хўжалиги соҳасида хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва имкониятларини кенгайтириш” мавзусида вилоят тизим ташкилотларида фаолият юритувчи аёллар ҳамда фермер хўжаликлари раҳбар-аёллари иштирокида семинар-тренинг ташкил этилди.
Унда гендер тенглик, аёллар салоҳиятини чекловчи стереотиплар, юртимизда аёллар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш бўйича амалга оширилаётган чора-тадбирлар, сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва сув ресурсларини бошқаришда хотин-қизларнинг имкониятларини кенгайтириш каби мавзуларда тақдимотлар, маърузалар ва баҳс-мунозаралар бўлиб ўтди.
👉 МАНБА
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi
🌸 Amu-Qashqadaryo ITHB bosh dispetcheri Shoxista Shukurova gender tengligi sohasida o‘z tajribasi va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.
U xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlarida ishtirok etishi, ularning suv xo‘jaligiga qo‘shgan hissasi muhimligini ta’kidlaydi.
🌸 Shohista xotin-qizlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va e’tibor ularni kelgusida yanada samarali ishlashga undashiga ishonadi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Avgust oyida g‘o‘zani sug‘orish.
Gʻo‘zani cho‘llatib ham ko‘llatib ham sug‘orish mutlaqo yaramaydi. Shu kunlarda g‘o‘zani tungi sug‘orish juda yaxshi samara beradi, lekin bu paytda suvni nazoratsiz qoldirish yaramaydi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Agar suv taqchil joylarda g‘o‘za qattiq chanqatib qo‘yilsa, juda ko‘p gul va tugunchalarni to‘kadi, ko‘saklari kichrayib, vazni 1-2 g kamayib ketadi, tolasi yaxshi yetilmaydi, chigiti puch bo‘lib qoladi, oqibatda hosil salmog‘i pasayib ketadi.
Bordi-yu, dalalar ko‘llatib uzoq sug‘orilsa, g‘o‘za bo‘yiga zo‘r berib o‘sadi, bachkilaydi va g‘ovlab ketadi, hosilini to‘kadi, namlik ko‘payib turli zamburug‘lar avj oladi, natijada pastdagi ko‘saklari chirib, qorayib qoladi, sifati pasayadi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
- Gender tengligi bu - jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, suv xo‘jaligi sohasida ham xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlari tengligini anglatadi
- Asalarichilikka ixtisoslashgan dehqon xo‘jaligining rahbariman
- Avvallari, bu sohada faqat erkaklar ishlaydi yoki ishlashi shart, degan tushuncha bo‘lardi. Biz ayollarning turli sohalarda mehnat qilayotganimizning o‘zi – gender tenglikning yorqin isboti, deb o‘ylayman.