GENDER TENGLIK ISBOTINI TOPMOQDA
✅ Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida “Suv xo‘jaligi sohasida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzuidas seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir ishiga Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlarida mehnat qilayotgan hamda fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini boshqarayotgan hotin-qizlar taklif etildi.
✅ Seminar qatnashchilari Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxasissi, trening tashkilotchisi Sitora Tojiboyevani “Suv resurslarini integral boshqarishda xotin qizlarning o‘rni” mavzuida ma’ruzasi orqali gender tenglik tushunchasi, mazmun-mohiyati va gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari haqida batafsil tushunchalar olishdi.
👉 MANBA
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
"ЗАРАФШОН ИТХБ" да "Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида тренинг ўтказилди (ВИДЕО)
"ЗАРАФШОН ИТХБ" да "Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида тренинг ўтказилгани хақида маълумот берган эдик. Бугунги видеомизда шу семинардан лавҳалар билан танишинг.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#tabiat_mo`jizasi
🇪🇬 Eng go‘zal vohalardan biri Misrdagi Siva vohasidir.
Misr vohalarining eng chekkasi, dengiz sathidan 18,3 m pastda joylashgan.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi
💧 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi “Jonibek Azamat o‘g‘li” fermer xo‘jaligi rahbari Azamat Umirov 2021 yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatgan.
Bu yil 4-yil foydalanishi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
"ЗАРАФШОН ИТХБ" да "Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида тренинг ўтказилди
Швейцария Конфедерацияси томонидан беғараз молиялаштирилаётган “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” 3-босқичи доирасида 19-август куни Зарафшон ирригация тизимлари ҳавза бошқармасида “Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли ” мавзусида семинар-тренинг ташкил этилди. Унда вазирликнинг марказий аппаратидаги масъул тренерлари ҳам ЗООМ платформаси орқали иштирок этдилар.
Семинарда Зарафшон ИТҲБ, Насос станциялари ва энергетика бошқармаси, мелиоратив экспедиция, ирригация тизими бошқармалари ҳамда туманлар «Сув етказиб бериш хизмати»ларида фаолият олиб бораётган хотин-қизлар билан бир қаторда фермер онахонлар ҳамда аёллар дафтарида турадиган хотин-қизлар иштирок этишди.
Семинар давомида қуйдаги мавзуларга эътибор қаратилди:
- Гендер тенглик, гендер стереотиплик
- Ўзбекистонда гендер тенгликка оид қонунчилик асослари
- Сув ресурсларини бошқаришнинг гендер жиҳатлари мавзусида тушунчалар берилди.
- Ўқув семинарининг асосий мақсади ҳудудларда тарғибот тадбирларини ташкил этувчи тренерларнинг хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар кафолатлари, хотин-қизлар ҳуқуқлари ҳамда уларга берилаётган имтиёзлар мазмун-моҳияти ҳақида билим ва кўникмаларини кучайтириш ҳисобланади, - дейди лойиҳа бўйича Самарқанд вилояти бўйича лойиха тренери, Г.Элмуродова. – Иштирокчиларга гендер тенглиги, аёлларнинг меҳнатга оид ҳуқуқлари, аёлларни ижтимоий ҳимоя қилиш ва уларни тадбиркорликка кенг жалб этиш масаласида, оилада аёллар ва болалар ҳуқуқлари, хотин-қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тизими, тўғрисида иштирокчиларга ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
Семинар-тренинг Сув хўжалиги вазирлиги томонидан сўнгги йилларда хотин-қизларнинг гендер масалаларидаги муаммолари, уларнинг самарали ечими ва ушбу соҳани такомиллаштириш юзасидан самарали иш олиб борилаётгани алоҳида таъкидланди.
Иштирокчилар томонидан ушбу соҳанинг самарадорлигини янада оширишга қаратилган бир қатор таклиф ва тавсиялар берилди. Шунингдек, аёлларнинг ва бошқа аҳоли вакилларининг ҳуқуқий саводхонлик даражасини ошириш орқали самарали натижаларга еришилиши таъкидланиб, бу борада аниқ чора-тадбирлар белгилаб олинди.
Тадбирда якунида иштирокчиларга сертификатлар топширилди.
Гулмира Элмуродова
Самарқанд вилояти бўйича ТОМЧИ каналининг муҳбири
#Muvaffaqiyat_tarixi
💧 Xonqa tumani, Namuna qishlog‘idagi "Otabek Garchak" fermer xo‘jaligi rahbari Jumaniyozov Odilbek paxta yetishtirish uchun 55 gektar yerga shartnoma tuzgan.
💧 “Omad star” kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgani tufayli ular a’lo natijalarni ko‘rmoqda.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#tabiat_mo`jizasi
🇵🇪 Shanay-Timpishka - Amazonkaning irmog'i.
Daryoning kengligi taxminan 25 m va chuqurligi 6 m, uzunligi esa atigi 6,4 km. U Perudagi Mayantuyaku qo'riqxonasida joylashgan.
♨️ Daryoning e'tiborli jihati - daryo suvi haroratining balandligidir. Yuqori harorat (50-100 ° C) mazkur suvga tushgan jonzotlarni bir necha soniya ichida uchinchi darajali kuyishga olib kelishi mumkin. Ko'plab yovvoyi hayvonlarni daryoga tushib ketib, kuyganligi ko'p martalab kuzatilgan.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Gʻo‘za defoliatsiyasi – kimyoviy preparatlar sepish orqali o‘simlik barglarini to‘kish – asosan
traktorlar bilan agregatlanadigan dori purkagichlar vositasida o‘tkaziladi.
Hozirgi paytlarda g‘o‘za defoliatsiyasida ventilyatorli OVX-600, VP-1, shtangali OSHU-50, OPSHX-12/5 hamda M-1600 pnevmatik quvurli purkagichlardan foydalanishni afzal deb biladilar.
Purkagichlar quyidagi agrotexnik talablarni qondirishi zarur:
eritmaning agregat qamrov kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi;
g‘o‘za tuplariga purkalayotgan eritma zarrachalarining maydalik darajasi (dispersligi);
g‘o‘za barglari sirtining eritma bilan qoplanish darajasi (bir kvadrat santimetr yuzaga to‘g‘ri keladigan tomchilar soni 25 donadan ortiq).
Mazkur talablar bajarilishi uchun eng avvalo, g‘o‘za tuplari yotib qolgan yoki kuchli g‘ovlagan bo‘lmasligi zarur dala ichidagi o‘qariqlar, uning boshi va oxiridagi agregat qayriladigan maydonchalardagi sug‘orish egatlari tekislangan bo‘lishi kerak.
Qayrilish maydonchalarining kengligi eng kamida 3,5 metr bo‘lishi shart!
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🌱 Экин далаларидан бўладиган умумий буғланиш таркибига дала очиқ тупрок юзасидан бўладиган физик буғланиш (эвапорация) ва экинлар (ўсимликлар) танаси ва баргларидан бўладиган буғланишлар (транспирация) киради.
✅ Ушбу кўрсаткичларнинг йиғиндиси экин даласидан бўладиган умумий буғланишни англатади ва уни умумий ном билан эвапотранспирация деб аталади....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Аҳоли томорқасида қўллаш учун мўлжалланган томчилатиб суғориш схемаси.
Сувни нафақат катта далаларда, балки уй хўжаликларида ҳам асраш шарт!
Dunyodagi eng katta baqlajon Ayova shtatidan (AQSh) havaskor havaskor Deyv Bennet tomonidan yetishtirildi.
🍆 Sabzavot mahalliy Qishloq xo'jaligi vazirligi vakili ishtirokida rasmiy ravishda o'lchandi va tortildi, u 8,33 funt (3,78 kg) og'irlikni qayd etdi.
🍆 Bu Deyv Bennetning ulkan sabzavot etishtirishdagi birinchi urinishi emas. O‘tgan yili uning 2,54 kg og‘irlikdagi baqlajoni Ayova shtatida rasman eng kattasi deb tan olingan edi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Қорақалпоғистон: Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида тренинг ўтказилди
Халқаро Оролни Қутқариш Жамғармаси GEF Агентлиги томонидан “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” III босқичи доирасида жорий йилнинг 24-26-июн кунлари гендер масалалари бўйича аёл тренерлар учун ўтказилган уч кунлик тренинг ўтказилган эди.
Бугун мазкур тренингнинг узвий давоми сифатида Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги ва унинг тизим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган аёл ходималар иштирокида “Сув ресурсларини интеграл бошқаришда хотин-қизларнинг роли” мавзусида тренинг ўтказилди.
Унда вазирликнинг марказий аппаратидаги масъул тренерлар ҳам ЗООМ платформаси орқали иштирок этдилар.
Ушбу видеода тренер Саодат Худойбергенованинг мавзу юзасидан фикрлари ёритилган.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
SHU SOATDA...
Xabaringiz bor, “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi” III bosqichi doirasida 2024-yilning 24-26-iyun kunlari Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan gender masalalari bo‘yicha ayol trenerlar uchun “Suv xo‘jaligi sohasida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida uch kunlik trening o‘tkazildi. Tadbirni TOMCHI kanalida yoritganmiz. Hozirgi kunda gender masalalari bo‘yicha trenerlar tomonidan Vazirlikning barcha tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda, 2024-yilning 15-22-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarning ayol xodimlari uchun “Suv resurslarini integral boshqarishda xotin-qizlarning roli” mavzusida bir kunlik seminar boshlandi.
Su soatda seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hodimlari uchun o’tkazilmoqda.
#tabiat_mo'jizalari
Qirg'izistondagi dengiz sathidan 3400 m balandlikda joylashgan Eshenkul ko'li tabiatining haqiqiy go'zalligi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#bu_qiziq
Sayyoramizda suv resurslari qanday taqsimlangani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Suvning asosiy qismi Jahon okeanida - 97,2%. Suvning ozgina qismi yer ostida (0,6%) va muzliklarda (2,1%). Biz tez-tez ishonadigan er usti suvi atigi 0,1% ni tashkil qiladi.
Insoniyat uchun zarur bo'lgan chuchuk suv gidrosfera umumiy hajmining atigi 2,5% ni egallaydi.
Ushbu notekis taqsimot suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va ulardan oqilona foydalanish muhimligini ta'kidlaydi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Muvaffaqiyat_tarixi
💧 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi “Erali A’zamovich” fermer xo‘jaligi rahbari Erali Tilakov, 20 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.
Bu texnologiya tufayli suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, o‘g‘it va texnika xarajatlarini minimallashtirish imkonini berdi. Paxtadan katta hosil olish kutilmoqda.
💧 Tomchilatib sug'orish katta foyda keltiradi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Gʻo‘za defoliatsiyasida purkagichlarni ishga tayyorlash tartiblari (2)
Barcha to‘zitgichlar yuzalari quvurga parallel (teshiklar yon tomonlarga qaragan) bo‘lsin!
🔵Regulyatorni traktor kabinasining o‘ng tomoniga shunday o‘rnatingki, bunda uning dastagini qo‘lda burash qulay bo‘lsin va monometr shkalasi traktorchiga yaqqol ko‘rinib tursin;
🔵Dastak soat strelkasi yo‘nalishida buralsa sistemadagi bosim va eritma sarfi oshadi, teskarisiga buralsa, kamayadi!
Purkagichning hamma qismlari soz va to‘g‘ri rostlangan bo‘lsa sistemadagi suyuqlik bosimi 2-4 atm. chegarasidan chiqmaydi!
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Дала шароитида тупроқнинг суғоришдан олдинги намлигини тупроқ намунасининг сочилиб кетишини назорат қилишга асосланган халқ усулларидан фойдаланиб аниқлаш мумкин:
✅ 1-усул
Ўсимлик ривожланишининг шоналаш босқичигача бўлган даврда тупроқ намунаси 10-20 см чуқурликдан олинади. Агар бу тупроқни қўл билан сиқилганда, зичлашиб қаттиқ ҳолга келса ва уни ерга отилганда парчаланмаса, тупроқдаги намлик етарли ҳисобланади.
Агар сиқимдаги тупроқ зичлашмаса ва ерга отилганда тез сочилиб кетса, даладаги экинни суғориш вақти келган бўлади.
✅ 2-усул
Бу усул, одатда, ўсимлик ривожланишининг шоналашдан кейинги босқичларида (шоналаш, гуллаш-ҳосилга кириш, пишиш) қўлланилади. Бунда тупроқ намунаси 30-40 см чуқурликдан олинади ва кўкрак баландлигидан ерга ташланади.
Агар тупроқ сочилиб кетса, суғориш вақти келганлигини билдиради, агар сочилиб кетмаса, тупроқнинг намлиги етарли саналади.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Gʻo‘za defoliatsiyasida purkagichlarni ishga tayyorlash tartiblari (1)
🔵purkagichlar texnik jihatdan soz bo‘lgan paxtachilik chopiq traktorlarining biriga osiladi;
🔵hamma g‘ildiraklarga himoya shchitoklari o‘rnatiladi;
🔵nasos, reduktor va monometrdagi moy sathi tekshiriladi;
Manometr korpusi ichida eritma bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang;
🔵barcha birikmalar mahkamlanib;
🔵rezina shlanglardan eritma tomchilamasligi, havo so‘rilmasligi kerak;
🔵ventilyator parragini aylantiruvchi va kojuxini tebratuvchi mexanizmlarning holati tekshiriladi;
Ventilyator kojuxidagi teshik va yoriqlar yamalishi shart;
🔵traktor osish mexanizmining markaziy tortqisi yordamida ventilyator o‘qining tik holatidan orqaga (traktor harakatiga teskari tomonga) qiyalanish burchagi 10-12 gradusga teng bo‘lsin;
🔵ventilyatorning pastki qirrasi va yer sathi orasidagi masofa 1,2-2 metr orasida rostlanadigan bo‘lsin;
🔵suyuqlik to‘zitgichlarni soploning o‘rtasiga tik o‘rnatilgan quvurdagi rezьbali teshiklarga qo‘lda qotiring (kalitda rezьbalar yediriladi);
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi
♻️Joriy yilning 16-18 avgust sanalarida ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Natijalarga qaraganda Buxoro (Buxoro shahri - 252 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani - 219 m3/ga) viloyatlari, Surxondaryo (Termiz tumani - 197 m3/ga) hamda Namangan ( To‘raqo‘rg‘on - 195 m3/ga) viloyatidagi tajriba maydonlarida eng yuqori bo‘ldi.
💧Shu muddatda maktabning Qoraqalpog’iston (Nukus - 190 m3/ga),Qashqadaryo (Qarshi tumani -188 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani– 176 m3/ga), Andijon( Andijon - 176 m3/ga), Jizzax ( Paxtakor tumani - 168 m3/ga) va Farg’ona ( Quva - 168 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha qiymatga yaqin bo‘ldi.
🚛Suvchilar maktabining Sirdaryo (Guliston - 147 m3/ga), Toshkent (Darxon - 136 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 131 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi ko‘rsatkichlari boshqa viloyatlardagiga nisbatan kamroq bo‘lgan.
⏰Ekin dalalaridan namlikning bug‘lanishi iyul oxiri va avgust boshidagi holatdan ancha kamaygan.
🌱Tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) ekin maydonlarini sug‘orish grafigini aniqlashtirib olishingiz mumkin.
Suvchilar maktabi | Tomchi
Avgust oyida g‘o‘za dalasida qilinadigan ishlar
🌱 Avgust oyida g‘o‘za qator oralarida kech yozgi va kuzgi begona o‘tlar sho‘ra, ituzum, qo‘y pechak, g‘umay va boshqalar zo‘r berib o‘sishi paxta hosilini kamaytiradi, zararli hasharotlar ko‘payishi va yaxshi qishlovga kirishiga olib keladi.
💧Sug‘orish suvlaridan va mahalliy o‘g‘itlardan samarali foydalanish (70% chirigan go‘ng) ham juda muhim bo‘lib, bunda sug‘orish sharbat usulida olib borilsa, namlik uzoqroq saqlanadi, sug‘orishlar oralig‘i uzayadi, g‘o‘za tez chanqab qolmaydi, hosil elementlarini kamroq to‘kadi, yosh tugunchalar tezroq ko‘sakka aylanadi, yangi ko‘saklar ko‘proq paydo bo‘ladi.
✅ Shu oyning boshlarida rivoji kechroq bo‘lgan dalalardagi g‘o‘zalarni chilpish ishlarini yakuniga yetkazish lozim. Shu yo‘l bilan kechki dalalarda ham paxta erta pishib yetilishi ta’minlanadi, hosili ham barakali bo‘ladi.
🌱Bu oyda ko‘pgina dalalarda g‘o‘za g‘ovlay boshlaydi, hosilini to‘kadi, baravj, ko‘m-ko‘k, serbarg bo‘lib qoladi, bu esa ko‘sak qurtining haddan ziyod ko‘payishiga olib keladi. Ushbu muammoni bartaraf etishda ham kimyoviy preparatlardan foydalanib chilpish o‘tkazishning samarasi katta.
✅ Shunda g‘o‘za qisqa bo‘g‘in bo‘lib o‘sadi, hosil nishonalari ko‘payadi, g‘o‘za qator orasida havo yaxshi aylanib, pishib yetilishi tezlashib, kasallik va hasharotlar ko‘payishiga noqulay sharoit yuzaga keladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧Тупроқ намлигини назорат қилишнинг асосий мақсади экинларнинг суғориш вақтини тўғри аниқлашга хизмат қилишдан иборат.
💧Умуман олганда экинларнинг суғориш вақтини тўғри белгилаш учун тупроқнинг намлигини назорат қилмасдан парваришланаётган экиннинг ҳолатига қараб белгиласа ҳам бўлади.
💧Бу усулларни экинларнинг суғориш вақтини аниқлашнинг анъанавий усуллари дейилади ва уладан деҳқонлар амлиётда кенг фойдаланишади....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Paxta hosilini saqlash va ko‘paytirish uchun avgust oyida qanday yumushlarni amalga oshirish kerak?
🌱 Bular g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, sug‘orish, begona o‘t va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlarini sifatli va o‘z muddatida bajarilishini taqozo etadi. Ya’ni, paxta hosilining mo‘l va ertagi muddatlarda pishib yetilishi, uning sifati yuqori bo‘lishi ayni shu oyda qilinadigan mehnat natijasi bilan o‘lchanadi.
🚜 Shu sababli avgust oyida g‘o‘za agrotexnikasi yuqori talablarga muvofiq bajarilsa, uning rivoji tezlashib, ko‘saklarga yangi-yangi ko‘saklar qo‘shiladi, uning salmog‘i ham oshadi, tolasi ham pishiq bo‘lib yetiladi. Ushbu mas’uliyatli oyda barcha paxtakor dehqonlarning, mutaxassis va mas’ullarning o‘rni dalada bo‘lishi, ayniqsa suvchi, mexanizator, agronom va entomologlar o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashmog‘i darkor.
💧Bu oyda g‘o‘zani qondirib sug‘orish, tuproqni juda obi-tobida kultivatsiya qilish, g‘o‘za qator orasini mayin yumshatish, zararli hasharotlardan ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, beda qandalasi, qora shira kabilarning xurujidan ishonchli himoya qilish, vilt va boshqa xavfli kasalliklarga qarshi choralar ko‘rish talab etiladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#tabiat_mo`jizalari
🇳🇦 Namibiya - cho'l suv bilan uchrashadigan mamlakatdir.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
❌ Иклим кўрсаткичларини ўлчашнинг кўплаб усуллари мавжуд бўлиб, улар асосийлари метеорологик станцияларда жамланган маxсус асбоб-ускуналар ёрдамида амалга ошириладиган инструментал усуллардир.
📈 Замонавий метеорологик станциялар ҳаво ҳарорати, ҳаво намлиги, шамол тезлиги ва йўналиши, умумий нурланиш, фотосинтезли фаол нурланиш, ултрабинафша нурланиш, ёмғир миқдори каби кўплаб кўрсаткичларни ўлчайдилар....
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
SUV KODEKSI LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI
🔵Zarafshon ITHB faolar zalida «O‘zbekiston Respublikasining suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash uchun qo‘shimcha takliflar bildirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔵Unda Zarafshon ITHB xodimlari, boshqarma huzuridagi meliorativ ekspedisiya va davlat muassasasi bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
🔵Tadbirda suv kodeksi o‘ta muhim va tarixiy hujjat ekanligi ta’kidlanib, uni takomillashtirish, xalqchil ko‘rinishga keltirish uchun takliflar berish lozim ekanligi aytib o‘tildi.
🔵Shuningdek, kelgusida mazkur kodeks ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🔵Ishtirokchilar hujjat loyihasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
👉 Manba
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Shu soatda “Suv resurslarini integral boshqarishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida o'kazilmoqda
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Ҳавонинг намлиги ҳавонинг ҳарорати билан бирга асосий иқлим кўрсаткичларидан бири ҳисобланади.
Ҳавонинг намлиги ҳаво куруқлиги даражасини белгилайди ва ўсимликларнинг холатига ҳавонинг ҳароратидан хам кўпроқ даражада таъсир килиши мумкин.
Ҳавонинг кечки қуруқлиги айниқса xавфли саналади. Маълумки, тунда ўсимликларнинг сувни истеъмол қилиши кўпаяди. Бундай пайтда ҳаво қуруқ бўлса ўсимликлар сувсизликдан кўпроқ азият чекади вастресс оқибатида улар ҳосилларини ташлаб юборишлари мумкин.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Aniq sug'orish tizimlari - bu o'simliklarni sug'orishda suvdan samarali va aniq foydalanishga qaratilgan qishloq xo'jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalar. Ushbu tizimlar suv yo'qotilishini minimallashtirish, chiqindilarni kamaytirish va ekinlarning o'sishi uchun maqbul sharoitlarni ta'minlashga intiladi. Bu yerda nozik sug'orish tizimlarining ba'zi asosiy jihatlari keltirilgan: ...
👉 BATAFSIL
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Hurmatli Shavkat Raximovich!
Sizni 60 yillik yubileyingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizning mahoratingiz va tajribangiz, fidoyiligingiz va yuksak professional fazilatlaringiz ko'pchilikni ilhomlantiradi. Siz mamlakat suv xo‘jaligini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdingiz va mehnatingiz natijalari kelajak avlodlar uchun muhim meros bo‘lib qolmoqda.
Sizga mustahkam sog'liq, so'nmas kuch va yangi yutuqlar tilaymiz! Har bir kun quvonch keltirsin va yaqinlaringiz sizni iliqlik va muhabbat bilan o'rab tursin.
Chuqur hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Tomchi jamoasi.