"Горбольница"дан уйга қайтаётиб, шифохона дарвозаси ёнида турган таксилардан бирига ўтирдим.
Одатда яхши суҳбатдошман.Индамай кетолмайман.))
Шофёрнинг бир гапи мани таъсирлантирди.
- Анави орқани кўрсатувчи ойнагингиз тепага қараб қолибди.
- Ўзим шундай қилиб қўйгандим.
- Иее, нега?
- Таксига асосан аёллар чиқади. Беҳосдан кўз-кўзга тушиб қолади. Ҳам ўзимни, ҳам уларни эҳтиёти учун.
✍️ Малика Азамжонова
👉/channel/TomchiHikoya
МЎЪЖИЗА
«...агар бу хабарни бешта одамга юборсангиз мўъжиза содир бўлади.» У СМСни ўқиб бўлгач, бир қанча одамга юборди. Бироздан сўнг кайфияти бузилди:
-Қани, ҳеч қандай мўъжиза содир бўлмадику?
Ёнидаги синглиси ҳазил аралаш:
- Шуни англаб етганингизни ўзи бир «мўъжиза» эмасми, -деди пичинг билан опасига...
Рахмат БОБОЖОН
👉/channel/TomchiHikoya
Tanlov natijalari: (2-qism)
I. №27 (hikoyani o'qish)
II. №7 (hikoyani o'qish)
III. №4 (hikoyani o'qish)
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№33
Mo'jiza
Mana shu birgina ovoz uni hayotga yana qaytardi . .ushalmay qolgan orzular..nursiz tuyilgan kelajagida yana yorug'lik his etdi..Uni hayotga qaytargan mitti mo'jiza esa dunyoga kelganidan darak berib yig'lar edi....
✍ Oydinoy Kamolova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№31
Afsus
"...azizam, meni kechir..Afsusdaman....Men seni sevaman.Senga sevgan gullaringni olib keldim " dedi-yu, yangi tuproqqa qo'lidagi lolalarni ekib qoydi va uning qo'llarini qayirgancha qabristondan qamoqqa olib ketishdi.
✍️Mohlaroyim
👉/channel/TomchiHikoya
Bugun so‘nggi muddat! Soat 23:59 da ijodiy ishlar qabuli yakunlanadi.
Harakatni kuchaytiring.
P. S: Ayni vaqtgacha yuborilgan ijodiy ishlar 20-fevralgacha kanalda e'lon qilinadi.
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№28
Шифо нури
Аввалги жирканч ишларидан ўзининг ҳам виждони қийналарди. Даво излади.
Унинг тун каби қора қалбини қандайдир нур ёритиши кeрак эди, зарур эди, йўқса унга ҳeч қандай дори ёрдам бeролмасди.
... иймон нури барига шифо бўлди.
✍Aброрбeк Aбдухошимов
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№26
HIDOYAT.
U tushundi... Tushundiki, ortda qolgan 25 yillik umri davomida ko'rgan tonglarining hech biri bugun musulmon holatda ottirgan ilk tongidek go'zal emasdi.
✍Mahzuna Mamajonova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№24
Қумсоат
Улар бир-бирларини жуда ҳам яхши кўришади. Турмуш қуришганига 5 йилдан ошди. Аммо Тангри уларни фарзанддан қисган. Эрнинг тоқати тоғ бўлди. Аёлини яхши кўрсада, ажрашмоқчи эканини айтди: уни она бўлишини истардида. Аёл эрига сездирмай шифокор кўригига борди. У - соғлом. Айб эрида. Бироқ турмуш ўртоғидан ажралишни истамайди. Қандай қилиб бўлса ҳам ҳаётини у билан давом эттирса бас. Аёл қанчалик нотўғри эканини билсада қарор қабул қилишга мажбур. Чунки турмуш ўртоғини севади. Усиз бир кун яшашни тасаввур ҳам қилолмайди.
Мактаб даври ортидан юрган синфдоши Орифга қўнғироқ қилди... У энди она бўлади...
Бахт учун қилинган хиёнатдан бехабар эркак эндигина туғилган чақалоқни бағрига босаркан оталик бахтини ҳис этди.
✍ Ойбек ЮСУФ
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№22
Musofir...
Rossiya. 2006-yil. Akmalni bu yerga oilasini farzandini tashlab ishlash uchun kelganiga man 9 yil bo'ldi. Ishni deb pulni deb, ota-ona mehridan, ayolini taftidan, farzandlarini ota mehridan judo etdi. Farzandi ota tarbiyasini ko'rmay katta bo'ldi. Mashina olaman, to'y qilaman, boylardek hayot kechiraman deb mana 12 yilni musofirlikda o'tkazdi. Hatto onasini janozasiga ham kelmadi. Endi maqsadiga erishdi. Endi uni puli ko'p. 10 kundan keyinga bilet oldi. Lekin sog'lig'i yomonlashdi. Doktorga bordi tekshirishdi. Rak ekan.... Shu topda Akmalni qalbini endi pul dardi emas boylik ortidan quvib o'tkazilgan umriga achinish hissi egalladi. Afsus endi kech edi...
✍Ne'matov Umidjon
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№20
-Va nihoyat bizning ham farzandimiz bor.
-Ha, endi u bizniki.
Uni izlab kelib qolisha-chi?
İkkisining ham xayolida faqat shu qo'rquv bor edi.
✍ Sofia
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№18
Iqror
Men kimman... razil va sharafsiz bir hayvonman. Qilgan tubanliklarimdan yuzsizga aylanib bo‘lganman. Gunohlarim tufayli allaqachon jahannamning qaridan joy ajratilgan bo‘lsa kerak! Yuzimga niqobimni shu qadar mahkam taqib olganmanki aslida kim ekanligimni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Endi esa o‘zim yartgan, qalbimning tub-tubiga joylashib olgan, jaholat botqog‘iga botib ketganligimni anglab yetayabman. Har kuni ertalab uyg‘onganimda oynaga ro‘baro bo‘laman. Shunda bu iflos yuzimni ko‘rmaslik uchun (qalbimni berkitganimday) yuzimni yashiraman!
✍️ Mukallaf
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№16
Farzand
Uning umrlik orzusi ushalgan edi, uyidan xushbo'y ifor taralardi...
✍️ Shohrux Davron
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№14
— Nega buncha kech qoldingiz, shifokorlar ham shunchalik mas'uliyatsiz bo`ladimi, qizimning qorni og'rib, og`rig`i kuchaygani uchun tez yordamga telefon qilganimga ham yarim soat bo`ldi. Bolamning ahvoli shunchalik yomonki, ichaklari tushib ketdi-ya..... -Qizingizning yoshi nechada? -12 da. Doktor, ayting, qizimga nima bo`libdi? -Qizingiz ona bo`ldi.
-Nima?
✍️Qurbonova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№12
Bola onasiga savol berdi:
— Оnajon inson oyog'ining osti uning ustidan yumshoq boladimi ?
Onasi:
— Аlbatta bolajonim men buni sen tug'ilganingdayoq sinab ko'rganman!
✍️ Shaxnozaxon Mamirjonova
👉/channel/TomchiHikoya
Ака-укалар ва ҳаёт
Улар болалигида арзимаган нарсалар учун талашгани-талашган эди. Жанжаллашарди, юмдалашарди, ҳатто бирини-бири уришгача боришарди. Орадан йиллар ўтиб аста-секин улғайдилар ва аста-секин тушуна бошладилар, ака-ука ўртасидаги меҳр-оқибат, ҳурмат, бир-бирини ҳимоя қилиш, бир-биридан ҳеч нарсани аяамаслик. Орадан яна бир неча йиллар ўтиб улар ростмана улғайдилар, уйландилар ва яна болалигига қайтди. Арзимаган нарсалар учун талашгани-талашган, арзимаган нарсаларни деб жанжаллашгани-жанжаллашган, арзимаган нарсаларни деб ҳатто бирини-бири уришгача боришади...
✍️ Оқил Тўрақул
👉/channel/TomchiHikoya
Tanlov natijalari: (3-qism)
I. №15 (hikoyani o'qish)
II. №8 (hikoyani o'qish)
III. №13 (hikoyani o'qish)
👉/channel/TomchiHikoya
Tanlov natijalari: (1-qism)
I. №9 (hikoyani o'qish)
II. №20 (hikoyani o'qish)
III. №2 (hikoyani o'qish)
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№32
Баъзан юзимизни кафтимиз бирла яшира оламиз...
Бироқ қандай эканимиз ҳақиқати олдида , бутун замин ҳам торлик қилгудек.
✍️ Алишер Турдиматов
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№30
Tavba...
Asror bugun ham kimnidur qon qaqshatdi. Cho'ntagidagi hozirgina o'g'irlangan pulni sanar ekan egasi o'g'irlanganini bilgunicha bu yerdan qochish kerakligini o'yladi-yu tez yurib qorong'ulikka g'arq bo'ldi. Uyga keldi,charchagan edi uxlab qoldi. Tush ko'ribdi. Tushida qiyomat emish. Hisob-kitob payti Alloh Asrorga qiyo ham boqmaganini Farishtalar Asrorni olovli do'zaxga sudrayotganini, minglab odamlar Asrordan haqqini talab qilayotganini aniq ko'rdi. Sapchib uyg'onib ketdi. Huddi o'ngida bo'lganidek. Asror qachondir shu kun kelishini bilardi ammo tavba qilish haqida hech o'ylab ham ko'rmasdi. Minglab odamlarni haqqini yeganini,endi bu gunohlarini qanday yuvish kerakligini o'ylab yuragi qo'rquvga to'ldi. U shu paytda Allohga tezroq qaytish kerakligini his qilardi. Tongda turdiyu umrida birinchi bor tahorat oldi. Endi hech qachon yomon ishlar qilmasligiga, bu yog'iga bor umrini faqat yaxshilik qilishga sarf qilishiga qasam ichdi va Joynamozini oldiyu Allohga gunohlarini kechirishini so'rab yig'lab Namoz o'qidi. Gunohlarini avf etishini so'rab uzundan-uzun duolar qildi. Shu ulug' tongda Asrorni hayotiga Allohni inoyati bilan ajib bir yorug'lik kirib kelgandi...
✍ Ne'matov Umidjon
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№29
Bolajonim-degancha bu dunyodan kõz yumarkan bechora ona farzandini ilk va sõnggi bor bağriga bosdi.
✍️ DURDONAXON TOSHTEMIROVA
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№27
Mehr bo‘sasi
Farzand qarib, to‘zib yura olmay qolgan onasini tavof qildi va oyog‘ini uzoq uqaladi, so‘ngida o‘pib qo‘ydi. Uni ulug‘ladi. Sekin boshini yuqoriga ko‘tardi va ajin to‘la yuz bilan jilmayib qarab turgan onasini ko‘rdi.
- Nechun yuzingizda tabassum onajon? - so‘radi o‘g‘il.
- Yoshligingda oyog‘ingdan o‘psam qiqir-qiqir kular eding! O‘shanda oyog‘ingdan emas yuragingdan o‘pgan ekanman... - deya ona Allohga omonatini topshirdi.
P.S. Sizni sevaman onajonim!
✍ Husan Nasrullayev
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№25
Nahorga yaqin bodaning ta'siridan sarxush uyg‘ongan er quchog‘ida aft-angori momataloq, hushsiz xotinini ko‘rardi.
✍ ANTIQIY
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№23
Yangi hayot
Usmon bundan o‘n ikki yil avval nomus sabab xotinini urib o‘ldirgan. Uning ozodlikdagi oxirgi so‘zlari shunday edi:
- Men qilgan ishimdan zarracha afsusda emasman!!! Fohisha..."
Bugun esa Usmon amnistiya sabab qamoqdan chiqdi va mahbusligida aytgan so‘ngi gaplari shunday bo‘ldi:
- Men... Afsuslanmayman... Takror va takror shu ishni qilgan bo‘lar edim. Ammo bilasizlarmi nima? Men hayotimni yangidan boshlamoqchiman...
✍ Xondamir o‘g‘li
✍/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№21
Bemor
Ahvolim og'ir. Menga zudlik bilan donor topish kerak. Qalbini beradigan...
✍Iroda Xolbekova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№19
Eng shirin ne'mat
Ayol kechasi ug'onib ketdi. Uzoq o‘yga toldi,hayajondan ko‘zlarida yosh qalqdi. Nima qilishni, qanday aytishni bilmasdi. O‘rnidan turib 2 rakat namoz o‘qidi.
U bugun 8 oydan so‘ng ilk farzandini bag‘riga olishini eshitgandi.
✍Rayxonova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№17
Turli xil o'yinchoqlar bilan bezatilgan mo'jazgina xona. Xona ichidan allaqanday yoqimli ifor va beg'ubor chaqaloqning kulgusi eshitilardi. Ha bu o'sha 15 yillik sabrning mevasi edi.
✍️ Ruslan Ergashev
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№15
Farishta
Xiyonatkor erining kuchli mushtidan qoshi yorilgan ayol, ortiq chiday olmasligini angladi va arqonni olib, ogʻilxonaga ketayotgan edi. Ammo beshikdagi chaqalogʻining bezovta yigʻisi eshitilib qoldi...
✍️ Mushtariy Kozimjonova
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№13
Hamshira:
— Тabriklayman pahlavon o'g'il! Kechirasiz siz bobosi bo'lasizmi?
— Yo'q, men dadasiman! u bizni 18 yillik sabrimiz mevasi...
✍️ Ne'matjon Alimkulov
👉/channel/TomchiHikoya
#tanlovga
№11
Pok niyat bilan Allohga yuzlangan qoʻllar
Inshaalloh noumid qaytmaydi.
✍️ Akmal Raxmon Oʻgʻli
👉/channel/TomchiHikoya