Barchasi BEPUL!
Toifaga tayyorgarlik ko'rish davomida TEST va OG'ZAKI savollarga tayyorlanish maqsadida yopiq test guruhlariga yoki yopiq ovozli guruhlarga pul to'lab qo'shilayotganlar ham bor oramizda.
Sir emas, o'zim ham pullik yopiq guruh ochib dars o'tdim ozgina (guruhdagi darslar ayrim sabablarga ko'ra o'tilmay ham qoldi).
Hudo hohlasa, endi bunday pullik guruhlarga qo'shilishingizga xojat qolmaydi.
Telegram kanallarga sizdirilgan test savollari asosida dastur orqali ishlanadigan testlar ro'yxatini javoblari bilan tuzib chiqdim. Xozircha faqatgina bu dastur kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Yaqin kunlar yoki oylarda imkonini qila olsam telefonlar uchun ham yaratish maqsad bor.
Og'zaki savollarning javoblarini esa telegramning o'zida dasturlab yaratish xarakatini boshlamoqchiman. Faqat buning uchun menga yordamchilar kerak.
Yordam bermoqchi bo'lganlar diqqatiga "O'z bilimiga ishonadiganlar va bu proyekt oxiriga yetkunga qadar yordam bera olaman" deganlar bo'lsa telegramdagi @Tibbiyot_admin_bot ga yozishinglar mumkin.
Do'stlaringiz va hamkasblaringizni ham
@tibbiyot_haqida kanaliga taklif qiling.
Test ishlash uchun yaratilgan dasturni ertaga kanalga joylayman!
T.me/tibbiyot_admin_bot
Open budjetga ovoz beraman deganlar bo'lsa lichkamga yozsin. To'lovini kelishamiz!
@tasdiqlanmagan
Kanal a'zolariga kichkinagina iltimos bor edi.
Open budjetga ovoz yig'ishda yordaminglar kerak!
Kim yordam bermoqchi bo'lsa, iltimos lichkamga yozinglar!
Patronaj hamshiralarni test savollari asosida dastur ishlayapman. Tayyor bo'lishi bilan kanalga yuklayman!
Unga qadar, DAVOLASH ISHI bo'yicha kimda test savollarini tayyor belgilangan javoblari bilan birgalikda tayyori bo'lsa botga yoki lichkamga tashlab berishsa davolash ishi bo'yicha ham dastur tuzib berar edim.
Ma'lumotni hamkasblarga ham yetkazing!
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Antibiotiklarni nega tartibsiz qabul qilmaslik zarur?
Nega antibiotiklar (antibakterial preparatlar) nazoratsiz va pala-partish qo’llash halokatli oqibatlarga olib keladi? Ushbu dorilarni qanday tartibda qabul qilish kerak.
Antibiotiklar haqida hamma eshitgan, deyarli hamma ularni turli infeksion kasalliklarda qo’llagan. Ko’pchilik hozir ularni o’zboshimchalik bilan shamollashda, diareyada va shunga o’xshash vaziyatlarda o’z-o’ziga tayinlaydi. To’g’rida arzimagan shamollash uchun ham shifokor huzuriga borib o’tirish shartmi ? Axir shunday effektiv ta’sir ko’rsatadigan dorilar borku ? Ustiga yurtimizda dorixonalar son-sanoqsiz ulardan bemalol shifokor retsepisiz erkin kerakli dorilarni xarid qilish mumkin, cheklovlar yo’q. Yo’q bunday qilish mumkin emas. Bu yaxshi oqibatlar olib kelmaydi.
1942-yil Aleksandr Fleming tomonidan birinchi antibiotik penitsillin kashf etildi. Bu olamshumul kashfiyot bo’lgan. Ungacha millionlab odamlar har yili oddiy jarohat infeksiyalaridan, gangrenadan halok bo’lishardi.
Mikroblarda doriga rezistenlik bu unga chidamlilik, barqarorlik qarshilik ko’rsatish kuchi!Читать полностью…
Maymunchechak
Maymunchechak kam uchraydigan infeksion kasallik boʻlib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema bilan tavsiflanadi.
Etiologiyasi - Qoʻzgʻatuvchisi poxviruslar (chechak viruslar) oilasiga mansub virusdir. U birinchi marta 1958-yilda kasal maymunlardan ajratilgan. U tuzilishi va xususiyatlari boʻyicha inson chechak virusiga oʻxshaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, maymunpox virusi antigen aloqa jihatdan sigir chechak virusiga qaraganda chinchechak virusiga koʻproq oʻxshaydi. Tovuq embrionining qobigʻida yaxshi oʻsadi va koʻpayadi.
Infektsiyaning uzatilishi asosan havo tomchilari orqali uzoq muddatli shaxsiy aloqada sodir boʻladi, bu kasallikning oʻtkir holatida boʻlgan odamning oila aʼzolarini infektsiyaning eng katta xavfiga qoʻyadi. Yuqtirish emlash yoki yoʻldosh orqali ham sodir boʻlishi mumkin (tugʻma maymunchechak) Maymunlar infeksiyaning manbai hisoblanadi, ammo infeksiya odamdan odamga yuqqan holatlar ham boʻlgan. Kasallik holatlari asosan Yevropada kuzatilgan, ammo Shimoliy Amerika, Afrika va Avstraliyada ham uchraydi. Asosan bu kasallik 16 yoshgacha boʻlgan bemorlarda aniqlanadi.
Maymunchechak odamda kasallik sifatida birinchi marta 1970 -yilda Kongo Demokratik Respublikasida (sobiq Zair), Ekvatoriya provinsiyasining Vasankus shahrida aniqlangan. 1981—1986-yillarda KDR JSST kuzatuvi asosida 338 ta tasdiqlangan holatlar va 33 ta oʻlim (oʻlim darajasi 9,8 %) qayd etilgan[6]. 1996—1997-yillarda KDRda ikkinchi odam epidemiyasi aniqlangan. 1991 va 1999-yillar orasida KDR da 511 ta holat qayd etilgan. Kongo havzasidagi kasallik KDRda endemik oʻchoq boʻlib qolmoqda va oʻlim holatlari yuqori.
Yana bir MPXV genetik xazina Gʻarbiy Afrikada topilgan. Oʻlim darajasi 1 % dan kam. 2022-yilda Yevropada maymunchechak epidemiyasi boshlanishidan oldin virusning odamdan odamga yuqishi qayd etilmagan. Gʻarbiy Afrika qitʼasi 2003-yilda AQShning Oʻrta Gʻarbiy qismida choʻl itlari egalari orasida Afrikadan tashqarida birinchi maymun chechak epidemiyasini boshdan kechirdi. Xabar qilinishicha, 71 kishi kasallangan, ulardan hech biri vafot etmagan.
Anʼanaviy maymunchechak tropik oʻrmonlari ekologiyasi bilan chegaralangan. Bu holat 2005-yilda buzildi, oʻshanda Sudanda (hozirgi Janubiy Sudan) 49 ta oʻlimsiz holat qayd etilgan. Genetik tahlil shuni koʻrsatadiki, virus Sudanda paydo boʻlmagan, lekin katta ehtimol bilan KDR dan kirib kelgan.
Markaziy va Gʻarbiy Afrikada, xususan, Kongo Demokratik Respublikasida maymunchechakning koʻproq holatlari qayd etilgan, 2011 va 2014-yillar oraligʻida yiliga 2000 ta holat maʼlum. Yigʻilgan maʼlumotlar koʻpincha toʻliq emas va tasdiqlanmagan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan maymunchechak holatlari sonini real baholashni qiyinlashtiradi. Biroq, 2018-yil holatiga koʻra, maymunchechak bilan kasallanganlar soni koʻpaygan va tarqalish geografiyasi kengayganligi taxmin qilinmoqda.
AQShda avj olishi (2003) 2003-yil may oyida Viskonsin shtatining Miluoki shahri yaqinidagi mahalliy burga bozoridan sotib olingan dasht iti tomonidan tishlaganidan keyin kichkina bolada isitma va toshma simptomlari bilan kasal boʻlib qoldi. 2003- yilning 20-iyuniga qadar jami 71 ta maymunchechak kasalligi qayd etilgan. Barcha holatlar 2003-yil aprel oyida Texasdagi ekzotik hayvonlar distribyutori tomonidan Gananing Akkra shahridan olib kelingan Gambiya ogʻmaxon kalamushlari bilan bogʻliq. Hech qanday oʻlim holatlari yoʻq. Elektron mikroskopiya va serologik tadqiqotlar odamlarda maymunchechak ekanligini tasdiqlagan.
Maymunchechak bilan ogʻrigan odamlar odatda isitma, bosh ogʻrigʻi, mushak ogʻrigʻi, titroq va kuchli terlashning prodromal belgilarni boshdan kechiradilar. Yuqtirilgan odamlarning taxminan uchdan birida quruq yoʻtal bor edi. Ushbu prodromal fazadan 1-10 kun oʻtib, papulyar toshma rivojlanishi bilan kuzatiladi, bu odatda pufakchalar, pustulyatsiya, kindik shakllanishi va qobiq paydo boʻlish bosqichlarida oʻtadi.
⚡️Айтишларича, бюджет ташкилотлари ходимлари иш ҳақи ошиши кутилмоқда
Бюджет ходимлари ойлик маошлари сентябрдан ошиши мумкин.
Хабар ҳали расман тасдиқланмаган.
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Pastdagi dasturni ochishda kerak bo'lgan muhim ishni bajarish!
1. Toifaga tayyorgarlik dasturini ochganingizda yuqoridagi rasm chiqadi.
2. Qizil strelka bilan ko'rsatilgan ptichkani o'chiring va Запустить tugmasini bosing.
3. Tayyor!
Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling!!!
@tibbiyot_haqida
Akusherlik ishi bo’yicha ham test dasturi tayyor!
Dasturni ertaga yuklayman.
Dastur yuklanguniga qadar kanalga do’stlaringizni ham taklif qiling!
t.me/tibbiyot_haqida
Malaka Toifasini olmoqchiman, lekin imtihonidan yiqilsam nima bo'ladi?
( mana shu savollarni o'ziga berib ikkilanib yurgan tanishlarga jo'natib qo'yasiz ) 😉
To'plagan ballarga ko'ra qanday malaka toifasi beriladi?
Attestatsiyaning ikkinchi ( testdan keyingi bosqich ) bosqichida olingan umumiy ballar yig'indisiga qarab xar bir talabgor bo'yicha komissiya tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos bo'ladi:
• to'planishi mumkin bo'lgan eng yuqori (50) ballning 60% yoki 30 ball va undan yuqorisi uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida.
• to'planishi mumkin bo'lgan eng yuqori ballning 50% (25 ball) dan 60% (30 ball) gacha - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir pog'ona past malaka toifasi berish haqida.
• to'planishi mumkin bo'lgan eng yuqori ballning 45% (22.5 ball) dan 50% (25 ball) gacha - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki pog'ona past malaka toifasi berish haqida.
• eng yuqori ballning 45% (22.5 ball) dan kam ball uchun yoki tegishli past pog'onadagi malaka toifasi mavjud bo'lmagan xollarda - malaka toifasi berishga noloyiq, deb topish haqida.
Ikkinchi bosqichda to'plangan umumiy ballar yig'indisi umumiy maksimal 50 ballning 45% foizidan kam bo'lgani uchun malaka toifasi berishga noloyiq, deb topilgan talabgor attestatsiya o'tkazilgan kundan boshlab uch oy o'tgach, umumiy asoslarda attestatsiyadan o'tish uchun xujjatlarini topshirishi mumkin.
Attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga kelmagan talabgorlar navbatdagi ikkinchi bosqich attestatsiyadan o'tadigan talabgorlar ro'yxatiga kiritiladi. Bu xaqda talabgor Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Toifa olish bo'yicha ma'lumotlarni
T.me/tibbiyot_haqida kanalida kuzatib boring
Gazli gangrena - anaerob (Bacterium perfringens, V. oldematiens, Vifrion Septicus, Hystoleticus^ap qoʻzgʻatadigan infeksion kasallik. Ular oʻzidan toʻqimalar va qon tanachalarini eritib yuboradigan zahar chiqaradi. Chuqur yirtilgan, ezilgan, keng jarohatlarda kuzatiladi. Asosan yumshoq toʻqimalarga, koʻproq yogʻ qatlamiga va muskullarga zarar yetkazadi. Bunda toʻqimalar shishib ketadi, iriydi (nekroz), ichida gaz toʻplanadi, bemorning umumiy ahvoli ogʻir boʻladi. Kasallik ogʻir va tez oʻtib, koʻpincha oʻlimga sabab boʻladi.
Hystoleticus Nisbatan kamroq uchraydi.
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Endi Toifada tushishi mumkin bo'lgan testlarni yechish uchun yopiq guruhlarga pul to'lab qo'shilishingiz shart emas! 😎
Dasturni yuklab oling va bemalol, eng muhimi BEPUL foydalaning!
Test dasturi tayyor!
( yuqoridagi videoda qanday ishlashini ko'rishingiz mumkin )
Testga qayta kirilganda 490ta savollarni ichidan 50ta savollar ketma ketlikda avtomatik yangilanaveradi.
1ta savolga 1 daqiqa vaqt beriladi. 50ta savolni yechib bo'lib yakunlaganingizdan so'ng natijalaringizni ko'rsatiladi. Qaysi savolga to'g'ri javob berganingizni va qaysi savolga xato javob berganingizni ko'rsatadi.
Dasturni qanday ishlatish videoda ko'rsatilgan.
1. Ismingizni kiritasiz.
2. Начать тестирование ni bosasiz.
3. Berilgan savoldan to'g'ri deb bilgan javobingizni tanlaysiz va принять ответ ni bosasiz.
4. Hamma javoblarni belgilaganingizdan keyin dastur sizning natijalaringizni ko'rsatadi.
5. Посмотреть отчёт tugmasini bossangiz natijalaringizni batafsil ko'rsatadi.
( dasturdagi 1ta kamchilik, savolga javob belgilab принять ответ ni bosganingizdan keyin u savolga qaytib bo'lmaydi )
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tug'diruvchi holat; haddan tashqari kuchli ta'sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, mos kelmaydigan qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli ro'y beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, ba'zan o'zining og'ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, o'rnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin bo'ladi). Keyinchalik es-hushi joyida bo'lsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq bo'lib qoladi. Og'riqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi pasayadi, terisi muzdek bo'lib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna bo'ladi, ba'zan qayt qiladi.
SHOK - O'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining bir ko'rinishi bo'lib, kuchli ekzogen va endogen ta'sirlarga nisbatan organizmning ximoya va javob reaksiyasi xisoblanadi.
Shokning zamonaviy tasnifi
1.GIPOVALEMIK SHOK
- Gemoragik shok
- Travmatik shok
- Kuyish shoki
- O'tkir degidratsion shok
2.QAYTA TAQSIMLANUVCHI SHOK
- Anafilaktik shok
- Infeksion toksik shok
- Neyrogen shok
3.KARDIOGEN SHOK
- Chin kardiogen shok
- Reflektor kardiogen shok
- Aritmik kardiogen shok
- Areaktiv kardiogen shok
4.Obstruktiv shok
- O'pka arteriyasi trombo emboliyas
- Zo'riqish pnevmotoraksi
Shok xolatining umumiy klinikasi
- Shokning sindromal diagnozi bemorlarda o'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining quyidagi belgilari bo'lganda qo'yiladi.
- Teri rangining oqish-sianotik yoki marmar tusga kirishi va sovuq ter yoqishqoq ter bilan qoplanganligi
- Tirnoq yostiqchasida kapilyar qon oqimining sekinlashuvi yoki to'xtashi
- Xushning xiralashuvi
- Dispnoe, oligouriya, arterial va puls bosimining pasayishi
Shok fazalari
Eriktil faza - bu fazada bemor agressiv, o'lim vaximasi bosgan, dodlagan, es-hushi noaniq, og'riqdan baqiradi.
Torpid faza - shokning bu fazasida bemor bexush holatda bo'ladi
SHOK INDEKSI
Shok indeksi bu pulsning sistolik bosimga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Ya'ni bemorning pulsi soni uning arterial qon bosimining sistolik ko'rsatkichiga bo'linadi.
Puls - 60
Qon bosimi 120/70
120:60=2 shunday. Shok indeksi bemordagi shokning og'irlik darajasiga aniqlik kiritadi
👩⚕ @tibbiyot_haqida
Apgar shkalasi
A – (appearance) - teri va shilliq pardalar rangini tavsiflaydi;
P (puls) – yurakning ishini baholash, ya'ni zarba;
G –(Grimace) - chaqaloqni stimulyatsiya qilish uchun javob sifatida;
A – (Activity) - bolaning faoliyati, uning mushak ohangini baholash;
R (Respiration) – nafas olish, shuningdek, refleksli qo'zg'aluvchanlik.
Vaziyatni baholash
7-10 ball - yaxshi.
3-7 ball — ba'zi reanimatsiya jarayonlari talab qilinishi mumkin.
0-3 ball - shoshilinch reanimatsiya jarayonlari talab qilinadi.
Apgarning baholashlari bolaning aqliy qobiliyatini baholash bilan hech qanday aloqasi yo'q.
👩⚕ @tibbiyot_haqida
Open budjetga ovoz olaman 10 ming so'mdan.
Bemorlarni manfaati uchun yig'yapman!
Ovoz beraman deganlar bo'lsa lichkamga yozishlari mumkin.
T.me/tasdiqlanmagan
Adminga chin dildan yordam bermoqchi bo'lgan kanal a'zolari bo'lsa, open budjet quyidagi loyixaga ovoz berishlaringizni iltimos qilib qolar edim!
Tuman tibbiyot birlashmasidagi liftning yaroqsiz xolatga kelib qolganligi sababli o'ta og'ir bemorlarni bo'limlar aro transpartirovka qilishda anchagina qiyinchiliklar tug'ilmoqda. Shu sababli tuman tibbiyot birlashmasiga bemorlar uchun maxsus mo'ljallangan zamonaviy turdagi lift o'rnatilishiga extiyoj mavjud.
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/cd79d716-249e-4fcc-bc04-b6c79883ceb8
Ниқоб қутқармайди: ЖССТ маймунчечак қандай юқишини маълум қилди.
Маълум қилинишича, вирус терига тегиниш орқали, айниқса, жинсий алоқа пайтида юқади. Инфекцияланган ҳайвондан ҳам касалликни юқтириш эҳтимоли мавжуд. Маймунчечак ҳаво-томчи йўли билан ҳам тарқалиши мумкин. Вирус билан зарарланган буюмлар, масалан, сочиқ ёки чойшаблар ҳам соғлом инсонга хавф туғдиради.
P.S: niqobdan foydalanish zarar qilmaydi!
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Menga bu dori anchadan beri ta’sir qilmaydi boshqa kuchlirog’i kerak degan so’zlarni eshitgan bo’lsangiz kerak.
Dorini 2-3 kun yoki bir kun olib, bir kun olmaslik, dorini ichish muddatini o’tkazib yuborish yaramaydi. Bu holatda dori nafaqat kasallikni yenga olmaydi, balki o’ziga nisbatan mikrobni chidamli ham qilib qo’yadi. Oqibatda boshqa kuchliroq, qimmatroq antibiotik dori qabul qilishga to’g’ri keladi. Kuchliroq dorining nojo’ya ta’sirlar ham kuchli bo’ladi.
Mikroblarni dorilarga chidamliligi ortib borib, hech bir dori ta’sir qilmay qo’yishi ham mumkin. Bunday mikrob chaqirgan kasallik super infeksiya deb ataladi. Nomidan ham ko’rinib turib bunday kasallik ancha yomon oqibatlarga olib keladi.
Oddiy shamollash, tumov ehtimoli kam bo’sa ham o’zboshimchalik va tartibsizlik natijasida super infeksiya darajasigacha yetishi mumkin
Sizda nima qilish kerak degan savol tug’ilishi tabiiy hol. Antibiotiklardan voz kechish kerakmi? Yoq shifokorlar antibiotik va mikroblarni bunday xusussiyatlarini biladilar. Ular har doim dorilarni asoslab, ehtiyotkorlik bilan tayinlashga harakat qiladilar. Ularning tafsiyalari va quyidagi qoidalarga amal qilish zarur. Ushbu qoidalarga amal qilinsa bakteriyalarda chidamlilik rivojlanish ehtimoli kamayadi va dori maksimal effektiv ta’sir ko’rsatadi.
Antibiotiklarni qabul qilish qoidalari
- Qa’tiyan mutaxasis ko’rsatmasiga binoan qo’llash lozim.
- Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksisitsilin) dori uzog’i bilan 8 soat davomida ta’sir ko’rsatadi. Mikroblar doriga ko’nikib chidamli bo’lib qolmasligi uchun ularga doimo 24 soat davomida ta’sir ko’rsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini o’tkazib yubormang.
- 3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yo’qolgandan keyin 3 kundan keyin dorini ist’emol qilishni to’xtatish kerak. Undan ertaroq to’xtatish kasallikni surunkali ko’rinishga o’tish yoki qaytalish xavfi bor.
- Uzoq muddar antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun protobiotiklarni qo’llash zarur (shifokor maslaxati bilan albatta). Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga ko’pincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Va hazm tizimda muommolarga olib keladi. Shu sababli protobiotiklar organizmga yordam beradi.
- Dorini qabul qilish tartibini ovqatdan oldinmi, keyinmi nima bilan ichish kerak shunga o’xshash narslarni mutaxasisdan yoki dorining yo’riq nomasidan aniqlashtiring.
- Davolash kursi vaqtida dietaga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va sho’r taomlarni ist’emol qilmang.
Nega antibakterial preparatlarnini o’z boshimchalik bilan qo’llash mumkin emas?
Odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar 2 xil bo’ladi.
1. Bakteriyalar ya’ni mikroblar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar. Meninget, zotiljam kabi kasalliklardan antibiotiklar himoya qiladi
2. Viruslar tomonidan chaqirilgan kasalliklar. Hamma biladigan GRIPP yoki oddiy shamollashda antibiotiklar yordam bermaydi. GRIPPda shifokor bu dorilarni tayinlasa boshqa kasalliklarni oldin olishni ko’zlagan bo’ladi
Shunday ekan siz o’zingiz qanday turdagi kasallik bilan og’riganizgizni bilmaysiz. O’zboshimchalik bilan dorilarni qo’llash xavfli. Antibiotiklar juda ko’p nojo’ya ta’sirlarga ega.
Antibakterial dori vositalari muhim va effektiv, lekin har doim ehtiyotkorlik bilan mutaxasis tafsiyasi bilan qo’llanilishi zarur.
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Singapurdagi holatlar (2019) - 2019-yilning 8-may kuni nigeriyalik 38 yoshli erkak Infeksion kasalliklar milliy markazi(ingl.)oʻzb. izolyatoriga yotqizildi. Singapurda u mamlakatda birinchi maymunchechak kasalligiga chalingani tasdiqlanganidan keyin, 22 kishi karantinga olindi. Holat Nigeriyadagi epidemiya bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
2021-yil - 24-mayda Buyuk Britaniyada Uels sog`liqni saqlash jamoat boshqarmasi(ingl.)oʻzb. bitta xonadonda maymunchechakning uchta holatini aniqladi. Kasalliklar haqida sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xankok ham deputatlarga murojaat qilib xabar berdi. Birinchi bemor 24-may kuni Nigeriyadan sayohat qilganidan keyin aniqlangan. Ikkinchi holat 2-iyunda, uchinchisi esa 24-iyunda. 16-iyul kuni Nigeriya safaridan qaytgan amerikalik AQShda maymunchechak kasalligiga chalingan. U darhol kasalxonaga yotqizilgan.
Klinikasi - Inkubatsion davri 7 kundan 19 kungacha davom etadi. Kasalik birdan, oʻtkir, tana harorati koʻtarilishi, bosh va mushaklardagi ogʻriq bilan boshlanadi, xuddi shunday bosh aylanishi, koʻngil aynishi va qusish ham kuzatilishi mumkin. Keyinchalik kasallik dinamikasi chinchechak simptomatikasiga oʻxshash boʻladi. Yengil va oʻrta ogʻir formasi koʻproq uchraydi. Maymunchechakning odam chechagidan asosiy farqi 90 % bemorlarda limfadenit kuzatiladi. Kasallikning 3-4 kunlarida toshmalar paydo boʻladi, dastlab yuzda, keyin qoʻllarda, biroz keyinroq butun tanani egallaydi.
Boshida toshmalar diametri 6-10 mm gacha boʻladi, keyin esa shu joyda papula hosil boʻladi, keyinchalik vezikulaga(ichida rangsiz suyuqlik saqlagan pufakcha) aylanadi. Undan keyin qobiqcha hosil boʻladi va oxirida chandiq qoladi.
Bemor holati tez yomonlashadi, taxikardiya paydo boʻladi, nafas olish tezlashadi, arterial bosim pasayadi, keyin esa bemorning holati asta-sekin yaxshilanadi. Kasallikning yengil shaklida bemor umumiy holati normal saqlanadi. Kasallikning umumiy davomiyligi 2-3 hafta.
Davolash - Maymunchechakni davolash inson chechak kasalligini davolash bilan bir xil tamoyillarga asoslanadi.
Yevropa Ittifoqida tekovirimat bir nechta chechakvirus kasalliklarini, shu jumladan maymunchechakni davolash uchun tasdiqlangan.
Oldini olish - Chechakka qarshi emlash odamlarni maymunchechak bilan yuqtirishdan himoya qiladi, chunki ular yaqindan bogʻliq viruslardir va vaktsina hayvonlarni maymunchechak bilan eksperimental halokatli infektsiyalardan himoya qiladi. Bu odamlarda ishonchli tarzda isbotlanmagan, chunki chechakka qarshi muntazam emlash chechakni yoʻq qilgandan keyin toʻxtatilgan edi.
Prognozi - Odatda yaxshi yakunlanadi, asosan vaksinatsiya qilinmagan 10 % bemorlarda oʻlim holati kuzatiladi.
Kuzatilishi mumkin boʻlgan asoratlar: ensefalit, meningoensefalit, pnevmoniya, sepsis.
2022-yilda avj olishi
2022-yil may oyida dunyoning koʻplab mamlakatlarida maymunchechak infeksiyasining yangi holatlari aniqlandi.
Mamlakatlar va ulardagi tasdiqlangan holatlar soni:
1. Ispaniya — 30
2. Portugaliya — 23
3. Buyuk Britaniya — 20
4. Italiya — 3
5. Belgiya — 2
6. Kanada — 2
7. Avstraliya — 2
8. Germaniya — 1
9. Shvetsiya — 1
10. Fransiya — 1
11. AQSh — 1
12. Niderlandiya — 1
13. Isroil — 1
Jami: 88 ta holat
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Aytganimizdek, ish xaqi 15% ga oshirildi!
1 000 000 oylik olsangiz, endi, 1 150 000 olasiz. 😅
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Endi AKUSHERLIK ISHI bo'yicha Toifada tushishi mumkin bo'lgan testlarni yechish uchun yopiq guruhlarga pul to'lab qo'shilishingiz shart emas! 😎
Dasturni yuklab oling va bemalol, eng muhimi BEPUL foydalaning!
Test dasturi tayyor!
( yuqoridagi videoda qanday ishlashini ko'rishingiz mumkin )
Testga qayta kirilganda 490ta savollarni ichidan 50ta savollar ketma ketlikda avtomatik yangilanaveradi.
1ta savolga 1 daqiqa vaqt beriladi. 50ta savolni yechib bo'lib yakunlaganingizdan so'ng natijalaringizni ko'rsatiladi. Qaysi savolga to'g'ri javob berganingizni va qaysi savolga xato javob berganingizni ko'rsatadi.
Dasturni qanday ishlatish videoda ko'rsatilgan.
1. Ismingizni kiritasiz.
2. Начать тестирование ni bosasiz.
3. Berilgan savoldan to'g'ri deb bilgan javobingizni tanlaysiz va принять ответ ni bosasiz.
4. Hamma javoblarni belgilaganingizdan keyin dastur sizning natijalaringizni ko'rsatadi.
5. Посмотреть отчёт tugmasini bossangiz natijalaringizni batafsil ko'rsatadi.
( dasturdagi 1ta kamchilik, savolga javob belgilab принять ответ ni bosganingizdan keyin u savolga qaytib bo'lmaydi )
Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Hammaga salom.
Akusherlik ishi bo'yicha toifada tushishi mumkin bo'lgan test savollariga javoblarni topishga ozgina qiyinchilik va vaqt borasida muammo bo'layotgani uchun Tug'ruq bo'limi va Ginekologiyada ishlaydigan Hamshiralarni @akusherlik_ishi guruhiga qo'shilishlarini va test savollariga javob topishda o'z xissalarini qo'shib yuborishlarini so'rab qolar edim.
yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
t.me/akusherlik_ishi
Hammaga salom! 🙋♂
Xozirgi vaqtda Akusherlik ishi bo'yicha test dasturini tuzyapman. 200-savolga yetdim, Hudo hohlasa shu hafta oxirigacha test dasturi tayyor bo'lib qoladi.
Foydalanish albatta BEPUL!!!
Hamkasblarni ham kanalga taklif qiling!
👩⚕ Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida
Patronaj
Akusherlik ishi
Laboratoriya
Va shunga o'xshash yo'nalishlarda yopiq test gruppa ochib ishlayotganlar adminlar kanalimni botiga yozinglar.
Pullik emas, Savobli ish maqsadida birga ishlaylik. Yuqoridagi Hamshiralik ishi yo'nalishidagi kabi test dastur ishlab beraman. Smenaga kelib, oyiga 700 mingdan - 1.200.000 gacha oylik oladigan xodimlar sizlarni yopiq guruhinglarga qo'shilish uchun 100ming va undan baland pul sarflashini xoxlamayman!
Shu xabarni Yopiq guruh adminlari o'qiyatgan bo'lsa yoki shunday adminlarga shu xabarlarni yetkazinglar. Boshqa tibbiyot hodimlariga yordam berish maqsadida birga ishlaylik. Xayot puldan iborat emas!
Bot manzili: @Tibbiyot_admin_bot
@tibbiyot_haqida
Pastdagi dasturni ochishda kerak bo'lgan muhim ishni bajarish!
1. Toifaga tayyorgarlik dasturini ochganingizda yuqoridagi rasm chiqadi.
2. Qizil strelka bilan ko'rsatilgan ptichkani o'chiring va Запустить tugmasini bosing.
3. Tayyor!
Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling!!!
@tibbiyot_haqida
Barchasi BEPUL!
Toifaga tayyorgarlik ko'rish davomida TEST va OG'ZAKI savollarga tayyorlanish maqsadida yopiq test guruhlariga yoki yopiq ovozli guruhlarga pul to'lab qo'shilayotganlar ham bor oramizda.
Sir emas, o'zim ham pullik yopiq guruh ochib dars o'tdim ozgina (guruhdagi darslar ayrim sabablarga ko'ra o'tilmay ham qoldi).
Hudo hohlasa, endi bunday pullik guruhlarga qo'shilishingizga xojat qolmaydi.
Telegram kanallarga sizdirilgan test savollari asosida dastur orqali ishlanadigan testlar ro'yxatini javoblari bilan tuzib chiqdim. Xozircha faqatgina bu dastur kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Yaqin kunlar yoki oylarda imkonini qila olsam telefonlar uchun ham yaratish maqsad bor.
Og'zaki savollarning javoblarini esa telegramning o'zida dasturlab yaratish xarakatini boshlamoqchiman. Faqat buning uchun menga yordamchilar kerak.
Yordam bermoqchi bo'lganlar diqqatiga "O'z bilimiga ishonadiganlar va bu proyekt oxiriga yetkunga qadar yordam bera olaman" deganlar bo'lsa telegramdagi @Tibbiyot_admin_bot ga yozishinglar mumkin.
Do'stlaringiz va hamkasblaringizni ham
@tibbiyot_haqida kanaliga taklif qiling.
Test ishlash uchun yaratilgan dasturni ertaga kanalga joylayman!
T.me/tibbiyot_admin_bot
Ikkinchi malaka toifasini olmoqchi bo'lganlar uchun tashkil etilgan yopiq guruhimizdagi a'zolarimizdan biri imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib olibdilar. 😎
@tibbiyot_haqida
Xuqnalar ( klizma ) va ularning turlari haqida
Xuqna - yo'g'on ichak pastki qismlariga suyuqlik yuborishdir. Xuqnani bir necha turlari mavjud.
1. Tozalovchi xuqna
2. Sifonli xuqna
3. Dorili xuqna
4. Yog'li xuqna
5. Oziqli xuqna va boshqalar
Tozalovchi xuqna qilish usuli
Tozalovchi xuqna - nomi bilan aytib turganidan to'gri ichakni tozalash uchun ishlatiladi.
Tozalovchi xuqna to'g'ri ichak orqali xar bir muolajadan oldin o'tkaziladi.
- 1. Buning uchun bemor yotgan joyida oyoqlari tizzadan bukilgan va qoringa tortilgan holda chap tomoni bilan yotadi.
- 2. Esmarx krujkasiga 1-1.5 litr suyuqlik ( oddiy suv ) solinib, shtativga mahkamlanadi. Sistemadan kranni burab xavo chiqarib yuboriladi.
- 3. Nay uchiga yaxshilab vazelin surtiladi va chap qo'l bilan bemor dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga kiritiladi. Nay uchi avvaliga yuqoriga, so'ngra oldinga 8-10 sm kiritiladi.
- 4. Kran ochiladi va suyuqlik oxirigacha yuboriladi. Kran yopilib, aylanma xarakat bilan chiqarib olinadi. Bemor chalqancha holatda yotib, 10 daqiqagacha suyuqlikni ushlab turishi va chiqarib yuborishi kerak.
- 5. So'ngra bemorga taxorat buyuriladi yoki kichik tibbiyot xodimlari tozalash ishlarini olib boradilar.
Sifonli xuqna qilish usuli
Sifonli xuqna - ichaklardagi zaxarlanishlarda, patalogik o'zgarishlarda amalda oshiriladi.
- 1. Sifonli xuqna qilish uchun bemor ostiga klyonka to'shaladi va bemor tizzalarini qorniga bukgan xolatda chap tomonga yonboshlab yotadi.
- 2. Sterillangan 1-1.5 metrli nay uchiga vazelin surtilib, to'g'ri ichakga 20-30 sm gacha kiritiladi.
- 3. Nayga varonka ulanadi va uni bemor tanasidan pastroqga qiya qilib ushlab, suyuqlikga to'ldiriladi, tanadan 0.5 (yarim) metr balandga ko'tariladi. Voronkadagi suyuqlik tugashiga ozgina qolganda, u tanadan pastga 0.5 (yarim) metr tushiriladi va tog'oraga to'nkariladi. Ichaklardagi suyuqlik qaytib tushadi.
- 4. Bu muolaja ichaklardan toza suyuqlik chiqgunga qadar takrorlanadi.
Dorili xuqna qilish usuli
Dorili xuqna - to'g'ri ichak orqali davo maqsadidagi muolajalar maqsadida o'tkaziladi.
- 1. Dorili xuqna qilish uchun avvalo tozalovchi xuqna qilinib, so'ngra sterillangan kateter bemor to'gri ichagiga 10-11 sm kiritiladi va shprits ( rezina balloncha ) yordamida 50-100ml dori eritmasi eritmasi yuboriladi.
- 2. Suyuqlik qaytib chiqib ketmasligi uchun kateterning tashqi uchi extiyotkorlik bilan ushlanib, shprits chiqariladi va xavo to'ldirilib kateterga ulanadi, xavo yuboriladi.
tomchili va oziqli xuqnalarni bajarish algoritmi dorili xuqnadek amalga oshiriladi.
👩⚕ @tibbiyot_haqida