#TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Kurbanov Baxodir Nizomovich Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.
Baxodir Kurbanov 2018-yilning fevralida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019-yil fevralidan shu kunga qadar O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
#Hafta_xabarlari
DAYJEST: «ARMIYA HAFTA ICHIDA»
▪️Mudofaa.uz sayti orqali hafta davomida uzatilgan eng muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti bilan tanishing.
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda Parkent tumani umumta’lim maktab oʻquvchi yoshlari bilan “Mard askar yoshlarga namuna” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
🔵#Fotoreportaj
📍 “Chirchiq” poligonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatchilari oʻrtasida o‘tkazilgan “Men gʻolib” shoiri ostidagi Armiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
#Yoshlar_siyosati
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Sirdaryo viloyatida joylashgan SCHR batalyonida Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni doirasida nuroniylar, faxriylar va Avg’on urushi qatnashchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o’tkazildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
“Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
📕 Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
✔️ Unga koʻra:
✔️“Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining oʻquv dasturi va darsliklari yaratiladi;
✔️taʼlim tashkilotlarida CHQBT fani haftasiga ikki soatdan oʻqitiladi.
🗓 2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.
📌Shuningdek, taʼlim tashkilotlarida:
✔️oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi;
✔️ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;
✔️harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.
"Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlaganlarga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
#Huquqiy_axborot
🔰 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yilning 21 noyabrь kuni “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʼsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi 1004-son qonun imzolandi.
Qonunchilikka koʼra huquqbuzarliklarni sodir etish holatlari boʼyicha jazo choralari qoʼllanishi belgilangan. Jumladan:
🔹 taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish, - bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
🔹 «Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʼllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, - bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
🔹 «Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʼlmasa, - fuqarolarga bazaviy hisoblash mikdorining yigirma baravaridan oʼttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa-oʼttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
➡️Yangiliklarni kuzatib boring
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Respublikamizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.
Xalq xo‘jaligi maskanlari va aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borish “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da eng asosiy vazifalaridan deb, belgilangan.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
“Қуроллар қанчалик замонавий бўлмасин, миллий ғурурсиз иш битмайди” — мактабларга ҳарбий дарслар нега керак?
Қуролдан маҳоратли отишни ёки рақибни яксон қилишни кўр-кўрона ўргатиш ярамайди. Балки ёшларга қурол-аслаҳаларни ватанпарварлик ва юрт шаъни учун ҳимоя воситаси сифатида тушунтириш керак, дейди Мудофаа вазирлиги ҳузуридаги “Ватан таянчи” ҳаракати раҳбари Баҳром Зулфиқоров.
👉 https://kun.uz/kr/15787851
Kun.uz расмий канали
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlarda.
18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, Shahar hokimligi, davlat tashkiloti xodimlari hamda talabalar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
⚡️⚡️⚡️Poytaxtimizning “Yoshlik” talabalar shaharchasida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Millat bayrogʼi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari va Mudofaa vazirligi Harbiy tayyorgarlik oʼquv markazi talabalari hamda vazirlikning Аlohida namunali koʼrgazmali harbiy orkestri jamoasi ishtirok etdi.
👉/channel/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
⚡️⚡️⚡️Bugun, 18-noyabr kuni Mudofaa vazirligi qo'shinlarida muddatli harbiy xizmatchilar o'rtasida "Men g'olib" shiori ostida Armiya o'yinlarining tantanali ochilishiga start berildi.
"Vatan - muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" g'oyasi asosida hamda harbiy xizmatchilardagi yuksak ishonch, kasbiy iftixor tuyg'ularini shakllantirish, harbiy an'analar, sog'lom raqobat, milliy va jangovar ruhiyatni kuchaytirish, birdamlik, hamjihatlik, mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur armiya o‘yinlari 25 turdagi musobaqalarni oʻz ichiga olgan. Shiddatli bahslar 5 kun davom etishi rejalashtirilgan.
👉/channel/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
#tarixiy_faktlar
💬 1955-yil 15-noyabr Leningrad metrosi ishga tushirildi.
Zamonaviy yer osti metrosini loyihalash masalasi 1938 yilda Leningrad shahar kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi A.N. Kosыginga topshirildi.
1955-yil 7-oktyabrda birinchi elektr poyezdi ishga tushirildi. U 690, 691, 692, 693 rusumli avtomashinalardan iborat edi. Uni haydovchi N. Klimov, haydovchi yordamchisi L. Denisov boshqargan, ikkinchi avtomashinaning kabinasida zaxira haydovchi V. Lzetov bo‘lgan.
Tantanali ochilish 1955 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Leningrad metrosi doimiy foydalanishga kirdi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq general-mayor Xalmuxamedov Shuhrat G‘ayratjonovich mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat Xalmuxamedov bu vaqtga qadar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Men_g‘olib
“Men gʼolib”: muddatli harbiy xizmatchilar oʼrtasida oʼtkazilgan Аrmiya oʼyinlari yakunlandi
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Angren garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi miqiyosida oʻtkazilgan "Eng ilgʻor razvedka guruhi komandiri" , "Eng ilgʻor razvedkachi" musobaqasida faxrli 1-oʻrinni egallagani uchun harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan gʻoliblarni tantanali kutib olib ularga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
✔️ Prezidentimizning xalqchil tashabbus va gʻoyalari;
✔️ Hukumat oldiga qoʻygan ustuvor vazifalar;
✔️ “Oʻzbekiston–2030” Strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, Oliy majlisda taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining 5 yillik Harakat dasturi 10 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan.
Shuningdek ushbu yoʻnalishlar doirasida iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlar kesimida 400 ta chora-tadbir aniq belgilab olingan.
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷"Vatan tinchligi oiladan boshlanadi" shiori ostida Toshkent harbiy okrugi Angren garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi boʻlim boshligʻi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarini asrab avaylash, ularni doimiy ravishda eʼzozlash, yosh oilalarning boshqa hududlarda yashashini ta’minlash boʻyicha chora tadbirlar asosida seminar oʻtkazildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Chirchiq shahri Aranchi qo’rg’onida joylashgan harbiy qismda "O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi" bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirda bir guruh yoshlar ishtirok etib harbiylar hayoti hamda hayotiy bilimlarga ega bo'lishdi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
⚡️⚡️⚡️Chirchiq shahri Aranchi qo’rg’onida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarini bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazish hamda ma'daniy xordiq olishlari uchun "Turon" harbiy teatri tomonidan "Yog'du" spektakli namoyish qildindi.
👉/channel/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 22-noyabr 47-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.
Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.
📌O‘qish uchun https://anyflip.com/jpyhn/gtbg/
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Sirg’ali tumanida joylashgan Mudofaa ishlar bo’limida tuman hokimi, harbiy xizmatchilar, sektor rahbarlari va bir guruh yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar tomonidan Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarma boshlig'i bog'i tashkil etildi. Mazkur bog'da 120 tup daraxt ko'chatlari ekildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Bugun 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Angren shahrida davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘targan harbiy xizmatchilar, sportchi va talaba yoshlar, shahar hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari markaziy ko‘chalar bo‘ylab harakatlanishdi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
⚡️⚡️⚡️100 metrlik Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida
18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyatidan yo‘lga chiqqan rekord darajadagi 100 metrlik Davlat bayrogʻi harbiy xizmatchilar, yoshlar va vatanparvar yurtdoshlarimizning hamrohligida poytaxtimizdagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga olib kelindi.
👉/channel/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Chirchiq shahri Aranchi qo’rg’onida joylashgan harbiy qismda Chirchiq shahrida joylashgan 26-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ining 33-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33 yilligi muborak.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#tarixiy_faktlar
1971 yil 16 noyabrda– O‘zbekiston hukumati Toshkentda metropoliten qurilishini boshlab yuborish zarurati haqida qaror qabul qildi. Toshkent metropoliteni tarixi aynan shu kundan boshlanadi. Uning qurilishi 1972 yil yanvar oyida boshlanib, 1977 yil 6 noyabrda Chilonzor yo‘lining to‘qqiz ta bekati bilan metropoliten harakati ochildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram