Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўймоқда
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#tanlovlar #korruspiya
TerDUda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida turli ko‘rinishdagi targ‘ibot tadbirlari, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda
🟢Profilaktik tadbirlar universitetning korrupsiyaga qarshi kurash "Komplaеns nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari hamda viloyat huquqni muhofaza etuvchi organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#amaliy_dars
TerDU Tarix fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotlari nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilmoqda
O‘zbekiston tarixi fani o‘qituvchilari: tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nozim Ikromov, Abdusamad Fayziyev rahbarligida talabalarimiz Termiz tumani hududida joylashgan arxeologik, tarixiy va madaniy meros obyektlarida bo‘lishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga ma’qullandi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni tasdiqlandi.
Hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi etib tayinlandi.
Bizni kuzating
#anons
“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial
Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.
Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda “Renessans TV” telekanali orqali efirga uzatiladi.
#inson_huquqlari #ijtimoiy_rolik
Meni ham eshiting!
📹Mening ismim O‘g‘iloy. Yoshim o‘n yettida. Orzum o‘qishga kirish…
Bizni kuzating
#natijalar
🎓 “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g'oliblari aniqlandi
Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Kuni kecha tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2348
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#jarayon
🔘Ayni damda TerDUning sport bazasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining voleybol turlari bo‘yicha hududiy bosqichi o‘tkazilayapti.
Unda viloyatimizdagi 6 ta OTM talabalari o‘zaro bellashishmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Kun_hikmati
Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur!
✍️ Jaloliddin Rumiy
🇺🇿Davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari o‘rtasida eng yaxshi videorolik, insholar va tasviriy san’at asarlari tanlovlari o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra,
🟢Insholar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Bahodirova Marjona (O‘zbek filologiyasi fakulteti);
2-o‘rin: Turdiyeva Aziza (Tarix fakulteti);
3-o‘rin: Ochilova Marjona (O‘zbek filologiyasi fakulteti).
🟢Videoroliklar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Akmurotov Otamurod (Yuridik fakulteti);
2-o‘rin: Olimnazarov Xayotbek (Yuridik fakulteti);
3-o‘rin: Oltibayeva Mohira (Fizika matematika fakulteti).
🟢Rasmlar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Bekkeldiyev Jonibek (Milliy libos va san'at fakulteti);
2-o‘rin: Abduraxmonova Xurshida (Milliy libos va san'at fakulteti);
3-o‘rin: Xolmurodov Abdumanon (Milliy libos va san'at fakulteti).
Tashkil etilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#insholar_tanlovi
TerDUning professor-o‘qituvchilari Janubiy-g‘arbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘lishib, "Jadidlarda milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzusida insholar tanlovini o‘tkazishdi
Ma’lumki, armiya nafaqat qurol-aslaha, balki ona Vatan uchun jonini fido qilishga tayyor o‘g‘lonlari bilan qudratlidir. Harbiylarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishda albatta ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik madaniyatining o‘rni beqiyos, tanlov ham ayni jihatlar inobatga olingan holda tashkil etildi.
Bizni kuzating
ТеrDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
ТеrDU rektori Termiz shahri "Tinchlik" MFY hududidagi universitetga qarashli manzilda bo‘lib, quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi. Jarayonda mas'ullarga hududni obodonlashtirish, har bir qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 14.06.2024-yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida TerDUda qo‘shimcha 1000 kVt stansiya qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.
Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sana
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻining 33 yilligi munosabati bilan Xitoyda tahsil olayotgan TerDU talabalari so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Milliy qadriyatlar – bu nafaqat o‘tmishdan meros bo‘lib kelgan an’analar, balki zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, yangi avlodlar tarbiyasiga asos bo‘ladigan tamoyillardir.Yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, oilaga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida "Milliy qadriyatlar millat ko‘zgusi" deb nomlangan tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda guruhlardan tashkil topgan jamoalar osh chempionati, salat tayyorlash hamda karvin san’ati bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakunda yuqori o‘rinni egallagan jamoalar fakultet dekani tomonidan diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🗣“Islohotlar bilimdoni – 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi natijalari!
🏛 Barcha g‘oliblarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzating:
#xalqaro_psixologlar
📅 TerDUda 22-noyabr “Xalqaro psixologlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
🟢Sana munosabati bilan universitetning 4-TTJ istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida “Ijobiy hayot sari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
👥 Ishtirokchi-yu tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etuvchi "Shartni bajar", "Kim chaqqon" nomli psixologik trening va o‘yinlar asnosida talabalar o‘z intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xushxabar #besh_tashabbus
TerDUning sport bazasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining voleybol turi bo‘yicha hududiy bosqichi o‘tkazilayotganligidan xabaringiz bor
Kecha ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda TerDU qizlar jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bugungi bahslarda yigitlarimizga teng keladigani topilmadi.
Ular “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining voleybol turi bo‘yicha respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#konferensiya
TerDUda “Badiiy grafika va dizayn sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Termiz davlat universitetining 70-yillik yubileyini keng nishonlash, shuningdek, badiiy grafika, dizayn, yengil sanoat va muhandislik grafikasi sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan konferensiya onlayn va oflayn formatda tashkil etildi.
Unda respublikamizning qator institut va universitetlaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Qatnashchilar yalpi majlisdan so‘ng 3 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#suhbat
TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan talabgorlar birinchi bosqich suhbat jarayonlaridan o‘tkazildi
Xabaringiz bor, TerDU 🇷🇺 Vladimir davlat universiteti, 🇧🇾Polotsk davlat universiteti hamda 🇨🇳Szyansu universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Yuqorida keltirilgan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar universitetning maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar keyingi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili imtihonida ishtirok etadilar.
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan treningda filial xodimi Aziza Nuriddinova tomonidan mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, unda ishtirok etish hamda ariza yuborish tartiblari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
‼️ TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING QO'SHMA TA'LIM DASTURLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Hurmatli abituriyentlar,
2024-yil 20-noyabr kuni Termiz davlat universiteti va nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha birinchi bosqich suhbat imtihoni bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.
🕐 Suhbat imtihonlari quyidagi tartibda o'tkaziladi:
Ertalab soat 8:00 da:
- Turizm va mehmondo'stlik
- Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili
- Iqtisodiyot
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun.
Soat 14:00 da:
- Lingvistika: ingliz tili
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti binosi, 105-xona.
📌 Mo'ljal: Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali ro'parasi.
❗️Abituriyentlardan quyidagilar talab etiladi:
✅ O'z vaqtida belgilangan joyga yetib kelish;
✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelish;
✅ Imtihon jarayoni tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilish.
ℹ️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
Tel: +998 93 638 80 26, +998 93 076 22 25
Telegram: @Normuminov_Salokhiddin, @Iskandar_Salimov
Har bir noto‘g‘ri qaror halollikdan uzoqlashtiradi. Korrupsiya hayotingizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymang!
Bizni kuzating
#InnoWeek2024
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblari sharaflandi
Tantanali marosimida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Sherali Xolmamatov “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#Iftixor
🇺🇿 Davlatimiz bayrog‘i — har bir o‘zbekistonlikning g‘urur va iftixor manbai.
Bizni kuzating
#bayroq33
🇺🇿 Bayrogʻimizning 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari professor-o‘qituvchilarni o‘zgacha kutib olishdi.
Bizni kuzating
🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor hissini in'om etadi. Jonajon yurtimiz bayrog'ining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating