Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#Kun_hikmati
To'xtamasangiz, qanchalik sekin borishingiz muhim emas.
Konfutsiy
Bizni kuzating
#ijtimoiy_rolik
📹 JOY BER!
Joy ber!
Mening yelkamga botib ketdi bu yuk. Bu yukni manzilga yetkazishim kerak! Keksaydim, sochim oqardi, yelkam qavardi, tizzalarimga og‘riq kirdi. Mamont va filni yetaklagan qo‘llarim toldi. Bu yuk nima? Bu og‘ir va tabarruk yuk. Bu or-nomusning yuki, burchning, mehr va sadoqatning muqaddas yuki. Hayot yuki!
Menga joy ber, bolam!
Biz bitta vagonda, bitta avtobusda, yo‘q-yo‘q – bitta dunyoda ketyapmiz.
Sen, ey, I asrning qiz-u o‘g‘loni! Ey, qo‘lidagi smartfonga mahliyo avlod! Ey, hayotimning davomchisi, kamolim kelajagi! Xizmat qilganlarga, keksalarga, hayotda senga joyini berib ketayotganlarga, andisha qilib tik turganlarga, avvalo onalarga, bo‘lg‘usi onalarga – vatanning tirik timsollariga joy ber!
JOY BER!
JOY BER!
JOY BER!
Bizni kuzating
🎓 Surxondaryoda test sinovlarining navbatdagi kuni ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Bugun, Surxondaryo viloyatidagi belgilangan test markazlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlarining beshinchi kuni yuqori tashkilotchilik va intizom asosida boshlandi.
🟢Test jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan jadval va talablar asosida, barcha xavfsizlik hamda qulaylik choralariga amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
🟢 Ushbu muhim jarayonda Termiz davlat universitetining ishchi guruhi ham faol ishtirok etyapti. Ular abituriyentlarga zarur yordam va maslahatlarni taqdim etib, test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
✅ Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
#talabalar #Xitoy
🇺🇿🇨🇳TerDU talabalari Pekinda xalqaro yozgi maktabda!
🟢Ayni damda Termiz davlat universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida tashkil etilgan 14-kunlik yozgi maktab dasturida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga yetib borishdi.
🟢Dastur davomida talabalar yotoqxona, oziq-ovqat, transport bilan ta’minlanadi.
🟢Pekin shahrining diqqatga sazovor joylari (Buyuk Xitoy devori, Qirol saroyi, Summer Palace, Temple of Heaven) va muzeylariga sayohatlar tashkil etiladi.
🟢Xalqaro do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Xitoy ta’lim tizimi bilan tanishishadi.
🟢Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.
Bizni kuzating
#texnikum #bitiruvchi
🎓 Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida TerDUda davom ettirishlari mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga, jumladan Termiz davlat universitetiga, kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida qabul qilinmoqda.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Quyidagi mezonlarga mos keluvchi texnikum bitiruvchilari:
✅ Butun o'qishi davrida faqat “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” baholar olganlar;
✅ Umumiy fanlardan kamida 50% (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — kamida 85%) “5 (a’lo)” bahoga ega bo‘lganlar.
❓ Qabul tartibi qanday?
✅ Bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi;
✅ Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.
❓ Qaysi texnikum va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari TerDUda tahsilni davom ettirishi mumkin?
Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali oling:
🔗 Texnikum bitiruvchilari uchun muhim
📞Murojaat uchun tel: +998999392022
🏛 Fursatdan unumli foydalaning — Termiz davlat universiteti sizni kutmoqda!
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim xodimlari uchun yangi imkoniyat!
Oliy ta’lim tizimi pedagoglari va mutaxassislari uchun “Andragogik yondashuv va interaktiv metodlar” yo‘nalishida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi.
Kurs Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilib, ochiq onlayn kurslar — mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi.
Kurs bepul, masofaviy va istalgan vaqtda o‘qish mumkin!
Kurs sizga nima beradi?
➖Andragogika tamoyillari bilan tanishish
➖Interaktiv metodlardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
➖Ochiq ma’ruzalarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
Bugun Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Termiz davlat universitetining "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda dastlab universitetimizning ijtimoiy fanlar fakulteti vakillari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Ular TerDUdagi o‘qish imkoniyatlari, kasb tanlashda muhim jihatlar va universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklarning bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
🟢Tadbir denovlik yoshlar uchun kelajak kasbini tanlashda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Oliy ta’lim sari ishonch bilan qadam tashlashga undadi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
🧬 "Dolzarb 90 kun" – Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
🟢Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bir qator ilmiy-amaliy to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Kimyo fakultetida tashkil etilgan “Bir talabaga – bir loyiha” to‘garagi ayniqsa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samarali ilmiy hamkorlik muhitini shakllantirmoqda.
🟢Fakultet talabasi Asomiddinov Elbek texnika fanlari falsafa doktori, dotsent X. Eshmurodov rahbarligida “Epoksid smola ishlab chiqarish” mavzusida amaliy tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda.
🟢To‘garak mashg‘ulotlari iyul va avgust oylarida ham davom etadi. Bu jarayon talabalarni innovatsion g‘oyalar asosida fikrlash, ilmiy izlanishlar orqali muammolarga yechim topishga rag‘batlantirmoqda.
Bizni kuzating
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
Oliy taʼlim yo‘nalishlari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh
Bizni kuzating
#qabul2025
📹Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi faoliyatiga oid BRIFING
Bizni kuzating
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovni qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatda futzalni rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda ushbu sport turini ommaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Surxondaryo viloyatida futzalni rivojlantirish jarayoni nisbatan kech boshlangan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda taraqqiy etmoqda. Xususan, "Surxon" jamoasi qisqa fursat ichida birinchi ligadan mamlakatimiz Oliy ligasi jamoalari safidan mustahkam o‘rin egallab, elitadagi mavqeini saqlab kelmoqda.
Bu esa yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol voyaga yetishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda futzalning ommalashuvida muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.
Mazkur uchrashuv doirasida viloyatda futzal bo‘yicha musobaqalarni keng qamrovda tashkil etish, iqtidorli yoshlarni saralab, ularni qo‘llab-quvvatlash va klub faoliyatini institutsional asosda davom ettirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
Kelajak sari dadil qadam!
Qumqo‘rg‘on tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!
Bu safar universitetimizning Sport faoliyati fakulteti jamoasi tashabbus ko‘rsatdi — yoshlarga imkoniyatlar eshigi ochildi!
💡 Tadbir davomida:
🟢TerDUning o‘quv, ilmiy va innovatsion yutuqlari taqdim etildi
🟢Talabalar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar namoyish qilindi
🟢Bo‘sh ish o‘rinlari, malaka oshirish kurslari va kasbiy yo‘nalishlar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi
🟢Eng muhimi — yoshlar bilan ochiq suhbatlar orqali ularga to‘g‘ri kasb tanlash bo‘yicha real tavsiyalar berildi!
Bu nafaqat tadbir, balki kelajakni birgalikda qurish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bizni kuzating
#tafakkur
🟢 Inson hayotdagi eng katta dushmani bu – uning o‘zi.
🟢 Inson hayotidagi eng ahmoqona qilig‘i bu – yolg‘on ishlatishi.
🟢 Inson hayotidagi eng katta qoqilish bu – uning ishonchsizligidir.
🟢 Inson hayotidagi eng katta kulfati bu – hasad.
🟢 Inson hayotidagi eng katta aybi bu – noshukrligi.
🟢 Inson hayotidagi eng katta yo‘qotish bu – umidini yo‘qotishida.
🟢 Inson hayotidagi eng ulkan yutug‘i bu – sog‘ligi va aqli.
🟢 Inson hayotidagi eng buyuk qobiliyati bu – uning ulkan qalbi.
TerDU rektor huzurida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor tarkibiga kiruvchi bo‘lim va tuzilmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🟢Yangi o‘quv yiliga binolar, auditoriyalar va yotoqxonalarni tayyorlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
🟢Yangi o‘quv yiliga boshlangunga qadar ma’nan eskirgan kompyuter, jihoz va boshqa vositalarni hisobdan chiqarish;
2- va 8-o‘quv binolarning yerto‘la qismidagi Dizayn studiyasi va Tikuvchilik ustaxonalarini kosmetik ta’mirlash, havo almashtirish tizimni tashkil etish Mebellarni joriy ta’mirlash kabi kechiktirib bo‘lmas vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.
🟢Muloqotlar davomida mas’ullar tomonidan rektorimizning o‘quv yili yakuni arafasida kampusning asosiy binosida joylashgan Yuridik, Tarix va Ijtimoiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuv jarayonidagi topshiriqlari ijrosi yuzasida ma’lumot berildi.
🟢Ma’lumot o‘rnida, A.Toshqulovning ko‘rsatmasiga asosan yangi o‘quv yiliga qadar fakultetlarning ma’ruza xonalari zamon talablari darajasida jihozlanadi kafedralar ta’mirlanib, zarur sharoitlar yaratiladi.
🟢Yig‘ilish yakunida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda mas’ul xodimlardan yuqori mas’uliyat, doimiy rivojlanish va universitet strategiyasini amalga oshirishda faollik talab etilishi alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
📢 ТеrDU doktoranti xalqaro ekspeditsiya tarkibida
🟢Termiz davlat universiteti arxeologiya yo’nalishi doktoranti Jasur Turdiyev Tojikiston Milliy muzeyi, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Etnologiya va antropologiya instituti hamkorligidagi xalqaro ekspeditsiyada ishtirok etmoqda.
🟢Tadqiqotlar Tojikistonning “Sari Mayn” nomli qabriston hududida olib borilmoqda. Bu yerda 5–8 asrlarga oid 30 ga yaqin inson skeletlari topilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, marhumlarning ko‘pchiligi mumiyalashgan bo‘lib, skeletlar ideal holatda saqlangan.
🟢Antropologlar tomonidan qoldiqlarning yoshi, jinsi, kasallik belgilari aniqlanmoqda. Ushbu tadqiqotlar nafaqat Tojikiston, balki butun O‘rta Osiyo hududining qadimgi aholisi, ularning etnik kelib chiqishi va salomatlik holati haqida muhim ma’lumotlar berishi kutilmoqda.
🟢Termiz davlat universiteti tadqiqotchilarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtiroki biz uchun faxrdir!
Bizni kuzating
Kecha TerDUning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tashabbusi bilan «Qabul-2025» komissiyasi a’zolari ishtirokida «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi», “Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton»” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Jarayonda Termiz davlat universiteti Kengashining 2023 yil 26 avgustdagi 1-son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan «Termiz davlat universitetining ichki tartibi qoidalari» va «Odob-axloq kodeksi» hamda boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning ahamiyati yana bir bor uqtirildi. Shuningdek, ayni vaqtda oliy ta’lim tizimida kuzatilayotgan ayrim korrupsion holatlar haqida statistik ma’lumotlar va misollar keltirib, ularning salbiy oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.
Imom G‘azzoliy
Bizni kuzating
#natija_2025
UCHUNCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Eʼlon
Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Bizni kuzating
📣Abituriyentlar diqqatiga!
Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!
💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.
🧑🏻💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️Ta’lim shakli: kunduzgi
📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈
✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025
Bizni kuzating
Mahalla – davlat va fuqaro o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" tizimi aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi.
Ushbu tizim orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan samarali ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishdagi ishlar va "yettilik" faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, "Mahalla yettiligi"ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish va manzilli yordamni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlariga har kuni ikkitadan mahallada "yettilik" faoliyatini o‘rganish va amaliy natijalarga erishish vazifasi yuklatildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirayotgan abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish maskanlaridagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
#Live #Onlayn #Seminar
Mustaqil izlanuvchilikka topshirmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!
Ayni daqiqalarda “Oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakliga hujjatlar qabuli” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlariga oid dolzarb savollarga javoblar, hujjatlar topshirish tartibi va muhim yangiliklar muhokama qilinmoqda.
Onlayn ishtirok etish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=aT9SxP1DtHM
Barcha qiziqqanlar ishtirok etishlari mumkin!
Bizni kuzating
#OʻqishniKoʻchirish #OʻtishBallari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 15-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 7-guruh, YUKLASH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 8-guruh, YUKLASH;
✅61010200 - Sport faoliyati: gandbol (qoʻl toʻpi) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh, YUKLASH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
#OʻqishniKoʻchirish
⚡️E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#qabul2025
📹 Ijodiy imtihon jarayonlaridan videolavha
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 14-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 3-guruh, YUKLAB OLISH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 4-guruh, YUKLAB OLISH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 5-guruh, YUKLAB OLISH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 6-guruh, YUKLAB OLISH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
“Surxon” davlat qo’riqxonasida noqonuniy morxo’r ovlanishi bilan bog’liq huquqbuzarlik fosh etildi
Joriy yilning 5-iyul kuni qo‘riqxonaning "Xatak" bo‘limi,"Oltikunlik" massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida, noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r) noqonuniy ravishda ovlanganligi ma’lum bo’ldi.
Reyd davomida qo’riqxona hududida qurol bilan harakatlanayotgan uch nafar fuqaro shubha uyg’otadi, ularning harakati zimdan kuzatiladi. Ular toshloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlashtirilib boriladi. Shubhali shaxslar to‘xtab dam olayotgan hududga yetib borilganida, aynan o‘sha vaqtda O’zbekiston Qizil Kitobiga Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining CITESning “Qizil” ro’yxatiga kiritilgan kam uchrovchi ikki bosh burama shoxli echki -morxo‘r ovlanib, so‘yilayotganligi aniqlandi.
Shaxslar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. So’yilgan hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti qoshidagi “Sud-Zoologik ekspertizadan o’tkazilganda bir va uch yosh atrofidagi erkak va urg’ochi morxo’r ekanligi tasdiqlandi.
Mazkur holat yuzasidan to’plangan hujjatlar qonuniy tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Hozirda holat bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢TerDUda ijodiy va kasbiy imtihonlar boshlandi!
🟢 TerDUda diplom topshirish haftaligiga start berildi
🟢Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
🟢TerDU rektori universitetda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari bilan tanishdi.
🟢Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!
🟢Termiz davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish haftaligi doirasidagi tadbirlardan fotoreportaj
🟢 TerDUda “Dolzarb 90 kun”: Talabalarning ilmiy salohiyatiga kuchli turtki!
🟢 Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi TerDUda!
Bizni kuzating