Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!
Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.
Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.
Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.
Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 12-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅60211400 - Vokal san'ati an'anaviy xonandalik ta'lim yo‘nalishi 1-guruh – YUKLAB OLISH;
✅60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 5-guruh – YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 3-guruh – YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 4-guruh – YUKLAB OLISH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 1-guruh – YUKLAB OLISH;
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ta'lim yo‘nalishi 2-guruh – YUKLAB OLISH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!
🟢 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
🟢 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
✅Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.
📅Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
💳 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.
Bizni kuzating
#brifing
14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
◾️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.
🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.
🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.
🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.
🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.
🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.
🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.
Batafsil videolavhada
👉 Matn shaklida o‘qish.
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi TerDUda!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 254-sonli buyrug‘i asosida Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vazirlik boshqarma boshlig‘i B.Sobirov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.
Tashrif doirasida, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, akademik litsey hamda texnikum direktorlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, B.Sobirov universitetimizda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maktab o'quvchilari uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
TerDU jamoasi yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida faol ish olib bormoqda.
Bizni kuzating
TerDUda boʻlib oʻtayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan videolavha
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida diplom topshirish haftaligi bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat universitetida “Oq yoʻl sizga, bitiruvchi!” tadbiri oʻtkazildi. Unda bakalavr va magistratura taʼlim bosqichida tahsil olgan bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Joriy oʻquv yilida universitet bakalavriatining kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarini 1 ming 854 nafar, sirtqi taʼlim yoʻnalishini 2 ming 841 nafar talaba, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 154 nafar magistrant tamomladi. Ular orasidan minglab talaba-yoshlar tegishli ish beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish orqali oʻrinlariga yoʻllanma oldi.
Shuningdek, Termiz davlat universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mehnat yarmarkalari tashkil etilib, korxonalar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolanmoqda.
#Bitiruvchi_2025
Bizni kuzating
TerDUda “Dolzarb 90 kun”: Talabalarning ilmiy salohiyatiga kuchli turtki!
📚 Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar izchil olib borilmoqda.
🔬 Fizika-matematika fakulteti qoshidagi “Bir talabaga – bir loyiha” nomli ilmiy-amaliy toʻgarak talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida samarali ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularga amaliy tajriba berish hamda innovatsion fikrlashni ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.
🌱 Mazkur toʻgarak doirasida Fizika-matematika fakultetining Astronomiya yoʻnalishi talabasi Voxidova Ruxshona ilmiy rahbar — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narbayev Azamat boshchiligida “Tomchilatib sugʻorish tizimini avtomatlashtirish” mavzusida tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
📆 Toʻgarak mashgʻulotlari iyul va avgust oylarida ham davom ettiriladi. Bu esa talabalarni yozgi taʼtil davrida ham ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanishga, muammolarga innovatsion yechimlar topishga undamoqda.
🚀 “Bir talabaga – bir loyiha” – bu nafaqat bir fikr, balki yosh olimlarni yetishtirishga xizmat qiluvchi kuchli pratformadir!
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 10-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 3-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅60211700 - Xalq ijodiyoti folklor va etnografiya ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (erkin kurash) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (og‘ir atletika) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
🏛TerDUda diplom topshirish haftaligi — hayajonlarga boy, faxrli onlar!
✅Termiz davlat universitetida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchilarining hayotidagi muhim bosqichlardan biri — diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.
➡️Bu yil: 12 ta fakultet va 1 ta magistratura mutaxassisligini jami
👨🎓 4944 nafar talabamiz ta’limni muvaffaqiyatli yakunladi.
🟢Kunduzgi ta’lim: 2008 nafar
🟢Sirtqi ta’lim: 2841 nafar
🟢 95 nafar bitiruvchi imtiyozli diplom sohibiga aylandi. E’tiborli tomoni shundaki, bitiruvchilarimizning:
✅ 61% IT, IELTS, milliy sertifikatlar, shuningdek biznes boshlash, hunarmandchilik, pazandalik va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida huquqiy hujjatlarga ega.
✅68% bitiruvchi esa muqarrar ish joyiga ega bo‘lgan holda katta hayot sari qadam tashlamoqda.
🎆 Diplom topshirish marosimlari esa, har bir bitiruvchining hayotida unutilmas sahifa sifatida muhrlandi. Ustozlar duosi, tarbiyaga boy nutqlar va ko‘zlardan oqqan shodlik yoshlari — bularning barchasi TerDUning muqaddas dargohligi-yu imkoniyatlar beshigi ekanligini amalda namoyon etdi.
Bizni kuzating
#kun_hikmati
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.
✍️Imom G‘azzoliy
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj |TerDUda «Dolzarb 90 kun» yoshlarning yozgi ta‘til kunlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar
Bizni kuzating
#bitiruvchi2025 #TerDU
📸 Termiz davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish haftaligi doirasidagi tadbirlardan fotoreportaj
Tantanali marosimlar fakultetlar kesimida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
TerDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oldi jarayonlar...
Bizni kuzating
#talabaga_qulaylik
Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.
Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz ishlab chiqildi.
Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Bizni kuzating
#Mutolaa
🔶 Hikoya: O‘g‘ri
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 06:42
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
OAV | Termiz davlat universitetida diplom topshirish haftaligi bo‘lib o‘tdi
Bizni kuzating
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
📌 Yodingizda bo‘lsin:
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
📌 Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Termiz davlat universitetida abituriyentlar kasbiy ijodiy sinovlarda ishtirok etishyapti
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 11-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 4-guruh. YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 3-guruh. YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 4-guruh. YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLISH;
✅61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLISH;
✅60211500 - Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLISH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanishi kerak. Men ham, barcha rahbarlar ham sizlarga yordamchi bo‘lamiz,
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bizni kuzating
#TerDU #bitiruvchi2025🎓
🏛TerDUda diplom topshirish haftaligi
Bizni kuzating
TerDU rektori kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bilan tanishdi
Abituriyent va mas'ullar bilan bo'lgan muloqotlarda yaratilgan sharoit va qulayliklar haqidagi fikrlarini eshitib, sinov jarayonlarini adolatli va shaffof o'tishida har kim vijdonan yondashish lozimliligini uqdirdi hamda abituriyentlarga omad tiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 7–15-iyul kunlari Termiz davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun 19 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tadi.
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 9-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅60210400 - Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅60210500 - Rangtasvir: dastgohli ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅60210800 - Amaliy san'at: badiiy kulolchilik ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (dzyudo) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (dzyudo) ta'lim yo‘nalishi 2 -guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (boks) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;
✅61010200 - Sport faoliyati (boks) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
🎓Bitiruvchilariga diplom topshirish marosimini instagram orqali jonli kuzatish:👉 https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/17918116692121355
Читать полностью…🎓Bitiruvchilariga diplom topshirish marosimini instagram orqali jonli kuzatish:👉 https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18078333151925328
Читать полностью…#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 8-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅Dizayn: milliy kostyum 1-guruh (DMK-1)
YUKLAB OLISH;
✅Dizayn: milliy kostyum 2-guruh (DMK-2)
YUKLAB OLISH;
✅Sport faoliyati (yengil atletika) 2-guruh (SFYA-2) YUKLAB OLISH;
✅Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 1-guruh (JFT-1) YUKLAB OLISH;
✅Sport faoliyati (kurash) 3-guruh (SFK-3)
YUKLAB OLISH;
✅Sport faoliyati (kurash) 4-guruh (SFK-4)
YUKLAB OLISH;
✅Sport faoliyati (basketbol) 1-guruh (SFBL-1)
YUKLAB OLISH;
Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
#qabul2025
TerDUda adolat va shaffoflik asosida kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etilmoqda
TerDU rektori universitetda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari bilan tanishdi.
🟢Imtihonlar TerDU kampusi va stadionida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari samarasida, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan zamonaviy sport maydonlari, kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda.
A.Toshqulov mas’ullar bilan uchrashuv chog‘ida ta’kidladi: "Adolat – har qanday faoliyatning bosh mezoni bo‘lishi shart. Seleksiya jarayonlari vijdonan amalga oshirilsa, haqiqiy iqtidorlar saralanadi. Biz bilim va layoqatga tayanadigan, yangi O‘zbekistonning fidoiy yoshlarini tanlashimiz kerak."
Bizni kuzating