Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🇺🇿🇲🇾TerDU va Malayziyaning Utara universiteti (QS reytingida 491-o‘rin, THE 401–500) o'rtasidagi hamkorlik aloqalari ko'lami kengaymoqda.
🟢Xabaringiz bor bundan bir muddat oldin TerDU rektori boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Utara universitetida boʻlib, turli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarining huquqiy asosi memorandum imzolashgan edi. Utara universiteti mas'ullarining TerDUga tashrifi ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni keng koʻlamda olib borilishiga zamin yaratmoqda.
🟢Tashrif davomida prof. Mohd Azizuddin Mohd Sani tomonidan “Ertangi kun uchun ta’lim: global o‘zgarishlar davrida ASEAN–Markaziy Osiyo hamkorligi” mavzusida seminar-trening o'tkazilib unda dunyodagi global o‘zgarishlar fonida xalqaro integratsiyaning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
🟢Prof. Arpah binti Abu Bakar esa “Universitet yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish” mavzusida, xususan AACSB tajribasi asosida, amaliy trening o‘tkazdi hamda Utara universiteti tajribalarini bo'lishdi.
🟢Ushbu mashg‘ulotlar nafaqat o‘qituvchilar, balki yosh tadqiqotchilar va magistrantlar uchun ham yangi bilimlar, xalqaro tajribalar va keng ufqlar eshigini ochmoqda.
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Texnikum
📣 Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi
🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
➖118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
➖20 650 nafari dual ta’lim shakliga.
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Давлатимиз раҳбари ёшларни қўллаб-қувватлаш ва салоҳиятини рўёбга чиқариш бўйича янги ташаббусларни илгари сурди.
—
Глава государства выдвинул новые инициативы, нацеленные на поддержку молодежи и реализацию ее потенциала.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#seminar_trening
📢TerDUda Malayziyaning Utara universiteti (QS 491, THE 401-500) prorektori bilan maxsus seminar-trening tashkil etiladi.
📝 Mavzu: Universitet ta'lim yo'nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida (AACSB tajribasi asosida)
✅Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
- Xalqaro akkreditatsiya tushunchasi va ahamiyati
- Akkreditatsiyaga tayyorgarlik bosqichlari
- Asosiy akkreditatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlar
- Amaliy mashg‘ulotlar
📅 Muddat: 30-iyun 2025-yil, dushanba, soat: 14:30 – 16:30
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Rektorat majlislar zali, 1-qavat
🇬🇧 Seminar ingliz tilida o'tkaziladi. (🇺🇿Tarjima birgalikda olib boriladi)
🔎 Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!
Bizni kuzating
#Yoshlar_Kuni
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.
Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.
Bizni kuzating
🇺🇿🇮🇩#xalqaro_hamkorlik
🏛Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Termiz davlat universitetida Indoneziyaning nufuzli oliygohi – Indoneziya Pedagogika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
🟢 Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
🟢Q1, Q2, Q3 Scopus jurnallarida hamkorlikda maqolalar chop etish;
🟢Universitet ilmiy ko‘rsatkichlarini (indekslarini) oshirish;
🟢Kelgusida qo‘shma diplom (Joint Degree) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
📄 Shuningdek, muzokaralar natijasida fakultet miqyosidagi faoliyatga bag‘ishlangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bizni kuzating
#seminar_trening
📢TerDUda Malayziyaning Utara universiteti (QS 491, THE 401-500) prorektori bilan maxsus seminar-trening tashkil etiladi.
📝 Mavzu: "Ertangi kun uchun ta'lim: global o'zgarishlar davrida ASEAN – Markaziy Osiyo hamkorligi" (Educating for Tomorrow: ASEAN–Central Asia Partnerships in a Time of Global Transition)
✅Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
- Oliy ta'limning mintaqaviy hamkorlik va global rivojlanishdagi o'rni
- ASEAN va Markaziy Osiyo o'rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash
- Universitetlarning diplomatiya va madaniyatlararo muloqotdagi roli
- Oliy ta'lim orqali barqaror kelajakni qurish
🗓 Muddat: 30-iyun 2025-yil, dushanba, soat: 10:30 – 12:00
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti, 1-qavat 105-xona
🇬🇧 Seminar ingliz tilida o'tkaziladi. (🇺🇿Tarjima birgalikda olib boriladi)
👍 Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Rayxona Raxmonova | 32-son
Читать полностью…🎓 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI— XORIJIY TA’LIM MAKONIDA
🇺🇿🇷🇺TerDUning xorijiy nufuzli OTM bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, qo‘shma ta’lim dasturlari- talabalarimizga xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda
🟢Masalan, 2019–2023-yillarda Termiz davlat universitetida bakalavr darajasini olgan. O‘roqov Azamat 2023–2025-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Qozon Federal Universiteti (QFU)ning magistrlik darajasini muvaffaqiyatli yakunladi.
🎓Magistrlik dissertatsiyasi: “O‘rta asrlarda Termiz va uning atrofi arxeologiyasi” mavzusida yozilib, a’lo bahoga himoya qilindi.
🟢Shuningdek, Mingturaev Asliddin ham QFU Xalqaro aloqalar bo‘limining “Turk xalqlari tarixi, iqtisodiyoti va madaniyati” magistrlik yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.
📊 Qozon Federal Universiteti 2025-yilgi QS World University Rankings reytingida 401-o‘rinni egallagan bo‘lib, bu universitetda olingan bilim va ilmiy tajriba bitiruvchilarimizga keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
Yilda faqat ikki kun borki, siz hech narsa qila olmaysiz.
Ulardan biri kecha, ikkinchisi esa ertaga.
🔗 Jon Vuden
Bizni kuzating
🟢Termiz davlat universitetining xalqaro ta’lim yarmarkasi
📍 Termiz xalqaro savdo markazida TerDU mas’ullari va talabalari ishtirokida “Sizning kelajagingiz – Termizda!” shiori ostida xalqaro taʼlim yarmarkasi tashkil etildi. Viloyat hokimi U.Qosimov ham ishtirok etgan tadbir davomida xorijiy mehmonlar va afg‘onistonlik yoshlarga universitetimizning imkoniyat va salohiyatlari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
📸 Yarmarka ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javob olishdi.
📝 Tadbir yakunida abituriyentlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🔗Ilm yo‘lida chegaralar yo‘q – sizning kelajagingiz aynan shu yerdan boshlanadi!
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
✅Sariosiyo tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
🟢Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasida Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
🟢Tadbir davomida universitetning o‘quv va ilmiy yutuqlari, talabalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, amaliyot va innovatsion loyihalar keng jamoatchilikka namoyish etildi.
🟢Bitiruvchi yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari, malaka oshirish kurslari hamda kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq suhbatlar tashkil etilib, ularga to‘g‘ri kasb tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
📹Darbandda yangi turizm va yashil energetika sari dadil qadam!
Bizni kuzating
🌄 Darbandda yangi turizm va yashil energetika sari dadil qadam!
🟢TerDU huzuridagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida viloyat hokimi U.Qosimov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz davlat universiteti rektori tomonidan hududning tabiiy imkoniyatidan unumli foydalanish, sayyohlik oqimini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan bir qator loyihalar taqdim etildi.
🟢Davlatimiz rahbarining xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, mavjud sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan viloyat hokimining ko‘rsatmasi bilan Darband darasi bo‘ylab zamonaviy turistik xizmatlar tashkil etiladigan bo‘ldi.
🟢Taqdimotda bazada qurilayotgan mini-GES orqali nafaqat mazkur direksiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanishi, balki hududiy elektr tarmoqlariga ham energiya yetkazib berish imkoni yaratilayotganligi keltirib o‘tildi. Bu esa yashil energetika va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omildir.
🟢Viloyat rahbari bilan bo‘lgan samimiy muloqot turizmning noyob va daromadli yo‘nalishlarini hayotga qisqa fursatlarda tatbiq etilishida katta ahamiyat kasb etdi.
🟢U.Qosimov tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, katta salohiyatdan unumli foydalanish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
Ilm va tahlil maydoni — “TerDU xabarlari”ning yangi sonini ushbu havola journals.tersu.uz/ orqali yuklab olishingiz mumkin!
📖 Bu sonda:
🟢 “Yozuvlarning qiyosiy tahliliga doir dastlabki mulohazalar”
🟢 “Avesta”ning jahon tillaridagi tarjimalari tahlili
🟢 Novie naxodki koloniy Cepea hortensis v Minske i Minskoy oblasti (Belarus)
🟢 Quyi Surxon florasining transformatsiyasi va adventiv turlari
🟢 Surxondaryo viloyati sharoitida Lavandula angustifolia Mill. urug‘ining unuvchanligi
🟢 Sopolli madaniyati aholisi kundalik turmush tarzi: ovqatlanish ratsioni, kasallik va jarohatlar (antropologik, paleobotanik va arxeozoologik manbalar asosida)
🟢 Surxondaryo hududiy transport tizimlarini takomillashtirishning iqtisodiy geografik jihatlari
Bizni kuzating
#qabul2025
🏛Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni bilan tanishing!
➡️60210400-Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto)
➡️60210400-Dizayn (milliy kostyum)
➡️60210500-Rangtasvir (dastgohli)
➡️60210800-Amaliy sanʼat (badiiy kulolchilik)
➡️60211400-Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik)
➡️60211500-Cholgʻu ijrochiligi xalq cholgʻulari (rubob, prima, qashqar va afgʻon rubobi)
➡️60211700-Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
➡️61010200-Sport faoliyati (basketbol)
➡️61010200-Sport faoliyati (boks)
➡️61010200-Sport faoliyati (dzyudo)
➡️61010200-Sport faoliyati (erkin kurash)
➡️61010200-Sport faoliyati (futbol)
➡️61010200-Sport faoliyati (gandbol)
➡️61010200-Sport faoliyati (kurash)
➡️61010200-Sport faoliyati (og‘ir atletika)
➡️61010200-Sport faoliyati (voleybol)
➡️61010200-Sport faoliyati (yengil atletika)
➡️61010300-Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
➡️60320100-Jurnalistika
Qabul jarayonlariga oid barcha savollaringizga aloqa markazi orqali javob oling!
📞+998762280340
⬇️ Batafsil ma'lumot:
https://tersu.uz/struct/view/1000414
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
🎓 Oliy ta’lim – har bir yoshga yaqin!
🏛 TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan Muzrabod tumanida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi.
Termiz davlat universiteti, Muzrabod tuman hokimligi hamda Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida tumanining olis qishloqlarida istiqomat qiluvchi yoshlarga oliy ta’lim imkoniyatlari kengroq tanishtirildi. Mehnat yarmarkasi orqali esa korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari xususida kengroq ma’lumotlar berildi.
🎯 Tadbir davomida yoshlar:
🟢 Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi;
🟢 TerDU fakultetlari faoliyati haqida ma’lumot olishdi;
🟢 Kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar oldilar;
🟢 Ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan tanishdilar.
➡️ Ushbu tashabbus yoshlarimizni oliy ta’limga jalb qilishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Ёшларнинг олийгоҳга кириш кўрсаткичи бўйича Сурхондарё бир йил ичида 11-ўриндан 4-ўринга кўтарилиб, катта сакраш қилди. Жиззах ва Сирдарё ҳам яхши натижа кўрсатмоқда.
Икки йил олдин халқаро фан олимпиадаларида 7 та ҳудуддан 45 нафар ўқувчи соврин олган бўлса, ўтган 6 ойда уларнинг сафига Жиззах, Андижон, Наманган, Самарқанд, Сурхондарё, Хоразм, Тошкент вилоятлари ўқувчилари ҳам қўшилиб, жами 166 та медаль қўлга киритилди.
“Бир миллион дастурчи” лойиҳаси доирасида 325 минг ёшлар ўқитилди. Айниқса, Хоразм, Қашқадарё ва Самарқанд ёшлари ITдан катта даромад топишни ўрганиб олди.
Бошқа бир мисол: ўтган йили 150 мингдан зиёд ёшларимиз халқаро тил сертификатлари олди, бу 2023 йилга нисбатан 2 баравар кўп.
Хорижий тилларни мукаммал билиш бўйича Тошкент шаҳри, Фарғона, Наманган, Бухоро ва Самарқанд ёшлари анча илгарилаб кетди.
Facebook|Instagram|X
#Sharhsiz #YoshlarKuni
Bizni kuzating
#YoshlarKuni
🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklaymiz!
Hurmatli yoshlar!
Shubhasiz yurtimiz kelajagi, taraqqiyoti va barqarorligi sizning bugungi intilishlaringizga bog‘liq, har soniya va har daqiqa ilm olishga chog‘laning.
Ana shu ulkan va ezgu maqsad yo‘lida sizlarga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢Rektorimiz "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi
🟢Talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda ochiq osmon ostida she'riyat va adabiyot tadbiri o'tkazildi.
🟢Kurashdagi yuksak natijalar e’tirof etilgan uchrashuv
🟢TerDUda yulduzli mehmon – Eldor Shomurodov!
🟢Bandixon tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
🟢Professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot
🟢TerDU sportchilari – O‘zbekiston sport maydonlarida yana bir tarix yozdi!
🟢 Darbandda yangi turizm va yashil energetika sari dadil qadam!
🟢Sariosiyo tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
🟢Termiz davlat universitetining xalqaro ta’lim yarmarkasi
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI— XORIJIY TA’LIM MAKONIDA
🟢TerDUda "Dolzarb 90 kun": Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
🟢"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Rayxona Raxmonova | 32-son
Bizni kuzating
#Mutolaa
🔶 Hikoya: Yoshlar qahvaxonasi
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 12:38
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
✅TerDUda "Dolzarb 90 kun": Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
🟢Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bir qator ilmiy-amaliy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Kimyo fakultetida yo‘lga qo‘yilgan “Bir talabaga – bir loyiha” to‘garagi ayniqsa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🟢Talabalar “Tabiiy efirlar singdirilgan vermikulit asosida gipoallergin xushbo‘ylantiruvchi mahsulotlar olish” hamda
“Plastik chiqindilardan suyuq yoqilg'i olish” mavzularida tajriba-sinov ishlarini olib borishmoqda.
🟢To‘garak mashg‘ulotlari iyul va avgust oylarida ham davom etadi. Bu jarayonlar talabalarni innovatsion g‘oyalar bilan ishlashga, ilmiy izlanishlar orqali muammolarga yechim topishga undamoqda.
🏛TerDU – yoshlarning ilmiy izlanish maydoniga aylangan maskan!
Bizni kuzating
#№38
#Himoya_2025
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi tayanch doktoranti Mamatkulov Eldor Safarovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ijtimoiy falsafa" ixtisosligidan “O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy makonni yaratish tamoyillari va imkoniyatlari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Eldor Safarovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
#qabul_2025
✅Universitetimizda yaratilgan sharoitlar "Termiz" erkin iqtisodiy zonasidagi xalqaro savdo markazida tashkil etilgan targ'ibot tadbirida qo'shni Afg'oniston fuqarolariga yetkazildi.
🟢Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar, jumladan, qo'shma ta'lim dasturlari, masofaviy va "part-time" ta'lim shakllari, ilmiy laboratoriyalar va sport inshootlari faoliyati, professor-o'qituvchilar va talabalarimiz erishayotgan yutuqlar tashrif buyurganlarda qiziqish uyg'otdi.
🟢Bu kabi tadbirlar universitetda xorijlik talabalar ulushini oshirish orqali viloyatda ta'lim eksportini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
''Dolzarb 90 Kun'' loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Bizni kuzating
📅 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
🟢1993-yil 24-iyundan buyon ushbu sana har yili mamlakatimizda keng nishonlanadi. Aynan 1906-yil 27-iyunda milliy matbuot tarixida yorqin iz qoldirgan ilk oʻzbek tilidagi “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni nashr etilgan.
🟢Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti jamoasi OAV xodimlarini hamda soha mutaxassislarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Bizni kuzating
📢E’lon: 19-Boku Yozgi Energetika Maktabi – “Energy Connectivity Edition”
🇦🇿 Boku va Aktau shaharlarida, 2025-yil 23-iyun – 4-iyul kunlari
Ozarbayjon Respublikasining nufuzli ADA universiteti tomonidan tashkil etilayotgan Baku Summer Energy School (BSES) dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📌Dastur mavzusi:
Energetika xavfsizligi, yashil energiya, transport bog‘lanishi va mintaqaviy barqarorlik
🟢Asosiy yo‘nalishlar:
🟢Energiya diplomatiyasi va xalqaro shartnomalar
🟢Barqaror rivojlanish va yashil energiya siyosati
🟢Kaspiy mintaqasi geosiyosati va transport infratuzilmasi
🟢CICA doirasida mintaqaviy hamkorlik amaliyoti
🎓Kimlar uchun?
Energetika, xalqaro aloqalar, siyosatshunoslik va iqtisodiyot sohalariga qiziquvchi talabalar va mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyat!
💵Maxsus imkoniyat:
Hozirda 50% chegirma amal qilmoqda!
🔗Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://idd.az/en/announcements/2115
📍Joylashuv: Boku va Aktau, Kaspiy mintaqasi
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Bizni kuzating