Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#Xushxabar 🇺🇿🥋
🏆 TerDU sportchilari – O‘zbekiston sport maydonlarida yana bir tarix yozdi!
23–26-iyun kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Dzyudo bo‘yicha “O‘zbekiston Kubogi” musobaqasida Termiz davlat universitetining ikki nafar polvoni barcha raqiblarini ortda qoldirib, finalgacha yo‘l oldi!
🏆 90 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yigitlarimizni tabriklaymiz:
🥇 Mengto‘rayev Saidbek – 2-bosqich talabasi, O‘zbekiston chempioni!
🥈 Allaberdiyev Ramazon – 4-bosqich talabasi, kumush medal sohibiga aylandi!
🏛 TerDU polvonlari – yurt sha’ni, universitet sharafi!
Sizlar bilan faxrlanamiz va kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz
Bizni kuzating
Viloyat hokimining bir kunlik ish faoliyati
25.06.2025-yil;
➖ Yozgi kasblar markazi faoliyati va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlari o‘rganildi;
➖ Olis tog‘li qishloqda sayyor qabul o‘tkazildi;
➖ Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm markazi tashkil etish master-reja loyihalari ko‘rib chiqildi;
➖ Sherobod tumanida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
📹 Termiz davlat universiteti Sport faoliyati dekani Ilyos Xasanov bilan suhbat...
Читать полностью…#kelajakka_qadam
✅TerDU qoshida tashkil etilgan «Kelajakka qadam» markazi –talabalarini tadbirkorlik sari undamoqda!
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini doirasida teruvda faoliyat yuritayotgan «Kelajakka qadam» markazi talabalarning intilishlari va tashabbuslariga qanot bo‘lmoqda.
🟢2025-yil 25-iyun holatiga ko‘ra, Termiz davlat universitetining 19 nafar talabasi o‘zini-o‘zi band qildi.
2 nafar talaba yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib ish beruvchi maqomiga ega bo‘ldi.
Bu raqamlar – yoshlarimizning bilim, tashabbus va g‘ayrat bilan kelajak sari intilayotganining yaqqol isbotidir.
🟢Ma’lumot o‘rnida, TerDU qoshida tashkil etilgan «Kelajakka qadam» markazi Termiz shahridagi barcha OTMlari talabalarining biznes, tadbirkorlik, start-up g‘oyalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar asosida qo‘llab-quvvatlaydigan markaz sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qabul kunlari quyidagicha:
🏛Termiz davlat universiteti
📅 JUMA 09:00-12:00 14:00-16:00
👤Toshev Akbar Xonimqulovich
👤Imomov Ermaxmat Shoymardonqulovich
📞97 841 72 27
📞94 510 72 72
🏫 Termiz davlat pedagogika instituti
📅 PAYSHANBA, 09:00-12:00, 14:00-16:00
👤 Eshmo‘minov
O‘ktam Bobomurodovich
👤Alimova Sabohat Uralovna
👤Tursunova Nargiza Odilovna
📞 90 520 55 66
📞90 245 98 85
📞93 635 04 25
🏫Termiz davlat muhandislik va
agrotexnologiyalar universiteti
📅 PAYSHANBA, 09:00-12:00, 14:00-16:00
👤Bobomurodov Murod
👤Annaqulob Xusan Boysoatovich
👤Charshanbiyev Alibek Begxanovich
📞97 552 22 87
📞99 258 00 85
📞94 208 91 91
🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali
📅 JUMA 09:00-12:00 14:00-16:00
👤Berdiyev Jonibek
👤Jabborova Hilola
📞93 639 23 23
📞91 586 83 61
Milliybank AJ xodimlari
👤Suvonov Norpo‘lat 919664949
👤Fayzullo Qoʻshoqov 770391275
Bizni kuzating
#Mirziyoyev #tashrif #Mugʻiliston
Mo‘g‘ulistonlik yoshlarining O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olishi kengaytiriladi
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, Prezidentlar huzurida o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi.
Mo‘g‘uliston Davlat saroyida ikki davlat rahbarining tor doiradagi muzokaralari chog‘ida ham oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ulistonlik yoshlarning O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qayta yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
#mutolaa
Mahmud xo‘ja Behbudiy qalamiga mansub 13 darslik, 3 ilmiy asari (nashr qilinmagan), 4 nomdagi badiiy asar va tarjimalar, 6 loyiha, alohida mavzularga bag‘ishlangan 214 ta maqola, 48 nomdagi turkum maqola, 6 ta forsiycha maqola – jami
295 nomdagi asar ro‘yxati o‘rin olgan
...
Bizni kuzating
#qabul2025
Nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari qabuli davom etmoqda
🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 300)
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 10 nafar.
🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
- Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
- Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar
🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
- Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Iqtisodiyot (magistratura) - 10 nafar
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar
✅ Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.
📂 Szyansu universiteti bilan ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga hujjatlar 2025-yil 4-iyulgacha, Vladimir davlat universiteti hamda Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga esa hujjatlar 2025-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi:
- ID karta yoki pasport nusxasi (Szyansu universitetiga hujjat topshiruvchilar uchun — xorijga chiqish pasporti talab etiladi);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) (faqat Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti yo'nalishiga topshirayotgan abituriyentlar uchun!) (PDF formatida).
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
📹Bandixon tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
⭐️TerDUda yulduzli mehmon – Eldor Shomurodov!
🟢Bugun rektorimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi, faxrimiz Eldor Shomurodov bilan bo'lgan samimiy muloqotda sport sohasi, xususan universitetda futbol yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun muhim taklif va rejalarni muhokama qildi.
🟢Uchrashuv davomida talabalar va murabbiylar mahoratini oshirish, futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
🟢 Talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda ochiq osmon ostida she'riyat va adabiyot tadbiri o'tkazildi.
🟢 Ustoz-murabbiylar she’riyat va mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Talabalar esa sevimli shoirlarining she’rlarini o‘qib, adabiyotga bo‘lgan mehrini namoyon etishdi.
🟢 Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi shoirlarning she’rlari, ayniqsa "Nido" dostonining birgalikda o‘qilishi barchada chuqur taassurot qoldirdi.
🟢Bu kecha talabalar qalbida ilhom, zavq va unutilmas xotiralar qoldirdi.
Bizni kuzating
Mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuniga marhamat
Ertaga 2025-yilning 24-iyun sanasi soat 08-00 da 17-sonli MFCHO'IMda Bandixon tuman hokimligi, tuman kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko'maklashish bo'limi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tadi.
Barcha Bandixonlik yoshlarni ushbu mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuniga taklif etib qolamiz.
⚡️Diqqat! Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
⏳2025-yil 25-iyun soat 23:59 – Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning SO‘NGGI SANASI!
❌So‘nggi kunlarga qoldirmang! Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin.
🔹 ERTA RO‘YXATDAN O‘TING!
🔹 Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring!
🔹 Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang!
ℹ️ 25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi!
✅Eslatma:
✔️ Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring.
✔️To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling.
✔️So‘nggi kunlarda tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin – hozirroq harakat qiling!
🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Dildora Abdumo'minova | 31-son
Читать полностью…TerDU magistranti Sherzod Tursunmurodov ERASMUS+ dasturi doirasida Yevropaning Fransiya, Angliya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya va Italiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tadqiqotlar olib bormoqda.
Читать полностью…Filologiya fanlari doktori, professor Masud Asadov bilan suhbat...
Читать полностью…#Qabul2025 #Statistika
📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni.
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
📊 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.
🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 644 027 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 71 476 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 14 959 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar.
🔸Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar;
👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.
❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.
Bizni kuzating
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda infratuzilmasini yanada yaxshilashga oid qarorida Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm maskanini tashkil etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish belgilangan.
Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida o‘tkazgan sayyor qabuldan so‘ng Termiz davlat universitetining "Darband" o‘quv-amaliyot bazasi bilan tanishdi. U yerda universitet rektori tomonidan mavjud imkoniyatlar, ulardan samarali foydalangan holda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.
Shuningdek, Xo‘jamayxona darasi bo‘ylab yurilib, zamonaviy turizm markazini tashkil etishga qaratilgan master-reja loyihalari bilan joyida tanishildi. Mazkur rejani takomillashtirish, unga zip-layn, kapsulali uylar, "hiking", "hard trekking", 5 kilometrli velo va piyoda yo‘laklari hamda boshqa zamonaviy turizm infratuzilma elementlarini kiritish vazifalari belgilandi.
Ushbu tashabbuslar Xo‘jamayxona darasida ekoturizmni rivojlantirish, 1-2 kunlik tabiat qo‘ynidagi sayrlar hamda 3 kun va undan ziyod davom etadigan ekstremal sayyohlik turlari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
Prezidentimiz raisligida joriy yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida olis va og‘ir hududlarda sayyor qabullar tashkil etish topshirilgan edi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanining tog‘li hududida joylashgan "Temir darvoza" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda ushbu hududga yaqin bo‘lgan "O‘rta Machay" va "Yuqori Machay" mahallalari fuqarolari ham ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida viloyat rahbari mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar ishtirokida 45 nafar fuqaroning 64 ta turli masaladagi murojaatlarini tingladi. Ushbu murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi uchun aniq muddat belgilandi. Barcha masalalar alohida nazoratga olindi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
#Dolzarb90Kun
#karyera
Uzun tumanida ham TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti tashabbusi bilan Uzun tumanidagi bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida Ochiq eshiklar kuni targ‘ibot tadbiri hamda Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida Termiz davlat universitetida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqotlar chog‘ida universitet kampusida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy texnik baza, ilmiy va amaliy imkoniyatlar, shuningdek, universitetning moliyaviy va akademik mustaqil maqomi haqida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilarga, shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari tanishtirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Yakunda, tadbirni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Uzun tumanidagi mas’ul tashkilotlar vakillariga Termiz davlat universiteti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.
Bizni kuzating
#Qabul2025
#Eslatma
✅ Bugun qabulning so‘nggi kuni
❓ Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
✅JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
✅To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❗️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Bizni kuzating
#tafsilot
Professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot
Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov kampusning asosiy binosida joylashgan Yuridik, Tarix va Ijtimoiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda rektor yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, taklif va tashabbuslarni tinglash maqsadida universitet boshqaruv apparati bilan birgalikda ishtirok etayotganini ta’kidladi. O‘qituvchilarning mehnat ta’tili arafasida bo‘lishiga qaramay, rektor ularni yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlashga chorlab, barcha sharoitlar yaratilishini bildirdi.
Muloqot davomida universitet hududi va unga qarashli Darband o‘quv-amaliyot bazasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Ustozlarning takliflari va rektor ko‘rsatmasi asosida yangi o‘quv yiliga qadar 3 ta fakultetning ma’ruza xonalari zamon talablari darajasida jihozlanishi, kafedralar ta’mirlanib, zarur sharoitlar yaratilishi belgilandi. Shuningdek, Rektor auditoriyasi va Dekan auditoriyasi tashkil etilishi rejalashtirildi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
#karyera
Bandixon tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Bandixon tumanidagi 43 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak faoliyat” mavzusida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tashkil etildi
🎓 Tadbirda universitetning:
🟢 70 yillik tarixiy yo‘li
🟢 51 ta bakalavriat yo‘nalishi
🟢 31 ta magistratura mutaxassisligi
🟢 O‘quv-ilmiy bazasi va zamonaviy sharoitlari
🟢 Xalqaro almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
🟢 Bitiruvchi o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda foydali maslahatlar olishdi.
🔖 Tadbir yakunida esa Bandixon tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda ta’lim bo‘limi xodimlariga Termiz davlat universiteti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni maqsad sari ilhomlantirish va ularni oliy ta’lim sari yetaklashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi!
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
📚TerDU talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishmoqda
Bizni kuzating
🏛Kurashdagi yuksak natijalar e’tirof etilgan uchrashuv
✅19–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Kurash bo‘yicha Vazir Kubogi final bahslarida talabalarimiz ajoyib natijaga erishganidan xabaringiz bor.
🏆Unda jami 5 ta vazn toifasida gilamga tushgan polvonlarimiz:
🥇3 ta oltin
🥈1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
🟢 Bugun universitet rektori A. Toshqulov g‘alaba sohiblari va ularning murabbiylari bilan uchrashib, samimiy suhbat o‘tkazdi. Unda yoshlarimizning sportdagi yutuqlari, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘z bordi.
✅ “Bu kabi natijalar ortida talab, mehnat, sabr-toqat hamda, ustozlarning mehri va fidokorona yordami turibdi”, – dedi rektor.
✅ Rektor topshirig‘iga ko‘ra, sovrindor talabalar belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantiriladigan bo‘ldi
Bizni kuzating
🟢Rektorimiz "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi
✅Bugun Termiz davlat universiteti rektori "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi. Suhbat davomida mas'ullar qabul jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish borasida yo‘lga qo‘yilgan platforma orqali ishlar tizimli olib borilayotganligi xususida ma'lumot berdi.
🟢Aytish kerakki qabul binosida faoliyat yuritayotgan Abituriyent shtabi, Aloqa, Maslahat markazlari orqali abituriyentlar va ularning ota-onalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, har bir murojaat tizimli tarzda hal etilmoqda.
🟢A.Toshqulov ijodiy imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish borasida ko‘p yillik tajribasiga tayangan holda o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi.
Bizni kuzating
#№37
#Himoya_2025
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Otamurodova Shamsu Qamar Otamurodovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligidan “Diversifikatsiya tamoyili asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasini takomillashtirish (ona tili o‘qitish metodikasi fani misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Shamsu Qamar Otamurodovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢Xitoyda bo‘lib turgan TerDU delegatsiyasi xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda
🟢Talabalar amaliyotda — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!
🟢TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟢Surxondaryoda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi hamjihatlik
🟢Surxondaryo viloyati turizm salohiyati Gonkongdagi xalqaro anjumanda namoyish etildi.
🟢Tashabbuskor va ilgʻor yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.
🟢Boysun tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
🟢"Universitet tanlashda adashmang"!
🟢TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🟢“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionati viloyat bosqichi yakunlandi!
🟢Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
🟢TerDU va Vladimir davlat universiteti (Rossiya) o‘rtasida samarali hamkorlik!
🟢TerDUda yozgi ta’til - bilim, faoliyat va ilhomga boy kunlar!
🟢TerDU kurashchilari – vazir kubogi g‘oliblari!
🟢Filologiya fanlari doktori, professor Masud Asadov bilan suhbat...
🟢ERASMUS+ dasturi doirasida Yevropa davlatlarida bo‘lib turgan TerDU magistranti bilan suhbat
🟢Viloyatimiz hududida Xitoy olimlari bilan hamkorlikda qo‘shma arxeologik tadiqiqotlar olib borilmoqda.
🟢"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Dildora Abdumo'minova | 31-son
Bizni kuzating
#xorijiy_OAV
Viloyatimiz hududida Xitoy olimlari bilan hamkorlikda qo‘shma arxeologik tadiqiqotlar olib borilmoqda
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
📌 Sizni qiziqtirgan muhim savollarga javoblar:
🚩Savol: OTMlarga hujjat topshirish qachon tugaydi?
✅Javob: 25-iyun soat 23:59da!
🚩Savol: Maktabni avvalgi yillarda tamomlaganlar qancha to'lov qilishi kerak?
✅Javob: 170 000 so'm!
🚩Savol: Qachongacha to'lov qilish kerak?
Javob: 25-iyun soat 23:59gacha!
🚩Savol: Bakalavrga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?
✅Javob: 14-iyul boshlanib, 28-iyul tugaydi!
🚩Savol: Magistraturaga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?
✅Javob: 1-iyul boshlanib 30-iyul tugaydi!
🚩Savol: Perevod uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?
✅Javob: Xorijdan perevod ham ichki perevod ham o'qishni tiklash uchun ham ariza qabuli 15-iyul boshlanib, 5-avgust tugaydi!
🚩Savol: iyul-avgust oylari ham ijara to'lovi beriladimi? iyul-avgust oylari ham yotoqxona ochiq bo'ladimi?
✅Javob: Yo'q, yotoqxonalar yopiladi, ijara to'lovlari faqat o'qish davrida to'lanadi, ta'til davrida ijara to'lovi to'lanmaydi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#vazir_kubogi #kurash
🗣Kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!
🤼♂️ Joriy yilning 19-20-iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi barcha talaba-yigitlar o‘rtasida KURASH sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Bizni kuzating: