terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#xushxabar

🥇 TERDU KURASHCHILARI – VAZIR KUBOGI G‘OLIBLARI!

19-20-iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Oliy ta'lim tashkilotlari o‘rtasidagi Vazir Kubogining final bellashuvlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

😀 Musobaqada Termiz Davlat Universitetining polvonlari yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etishdi!

🟢5 ta vazn toifasida gilamga tushgan kurashchilarimiz:
🥇 3 ta OLTIN,
🥈 1 ta KUMUSH medalni qo‘lga kiritishdi!


🟢Umumjamoa hisobida esa TERDU faxr bilan 1-o‘rinni egalladi!

Balli, yigitlar! Siz bilan faxrlanamiz!

Tabriklaymiz, aziz kurashchilarimiz va ularning murabbiylarini Muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🤝🇷🇺 TerDU va Vladimir davlat universiteti (Rossiya) o‘rtasida samarali hamkorlik!

🟢Ayni damda qo'shma ta'lim dasturi asosida Vladimir davlat universitetining filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarimiz, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilmoqdalar. Bu voqea hamkorlik samarasi va ta’lim sifati yuksalayotganining yorqin dalilidir.

🟢 Hamkorlik nima berdi?
• Yangi va zamonaviy ta’lim uslublari joriy etildi
• O‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashuvi tashkil etildi
• Talabalarning bilimi va faolligi oshdi
• Qo‘shma ilmiy loyihalar yo‘lga qo‘yildi
• Talabalar tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoqda

🟢Bu kabi hamkorliklar talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Termiz davlat universiteti — imkoniyatlar maskani!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🟢“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionati yakunlandi!

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘tgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining hududiy yakuniy bosqichi kutilganidek talabalarimizning ustunligida o‘tdi.

🟢Ushbu nufuzli turnir davomida talabalar o‘zlarining strategik fikrlash qobiliyati, jamoaviy ishlash tajribasi va tezkor qaror qabul qilish salohiyatini namoyon etishdi. Chempionat “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy raqamli sohalarga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

🟢Unda ishtirok etgan Termiz davlat universiteti talabalari musobaqalarning "Just Dance" hamda "Dota2" yo‘nalishlarida 🥇-o‘rinni, CS2" yo‘nalishida esa 🥉-o‘rinni egallab joriy yilning 21-24-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Biz esa talabalarimizga musobaqaning respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Sohalar bo‘yicha prorektorlar boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishda dastlab ijro intizomiga oid masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

🟢Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohalar bo‘yicha ijro hujjatlarining yuritilishi holati tahlil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 1-yanvar sanasidan 16-iyun kuniga qadar universitetga jami 3506 ta hujjatlar (topshiriqlar) kelib tushgan bo‘lib. Ushbu hujjatlarning 2875 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan, 102 tasi muddatidan kech bajarilgan, 7 tasi bajarilmagan (3 ta band) hamda 525 tasi ayni vaqtda ijro jarayonida.

🟢Yig‘ilishda faqatgina topshiriq kutib, faoliyatiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan qat’iy ta’sir choralari belgilandi.

🟢A.Toshqulov yangi o‘quv yiliga auditoriya va binolarni tayyorlash jarayonlarining borishi, 300 talik reytingga kirgan xorijiy OTM lar dasturlari asosida o‘zimizning akademik dasturlarni ishlab chiqilish bilan bog‘liq vazifalar ijrosi bo‘yicha ham o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

🟢Bundan tashqari universitet ARM kitob fondini boyitish borasida mas’ullarga qator vazifalar berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

"Eng zo‘r qobiliyatlar bekorchilik sabab so‘nadi"

✏️— Mishel de Monten.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Boysun tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tashabbusi bilan Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 39-umumta’lim maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak faoliyat” mavzusida Ochiq eshiklar kuni hamda Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida 70 yillik tarixga ega Termiz davlat universitetining 51 ta bakalavriat yo‘nalishi va 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv bazasi, ilmiy va amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi talaba almashinuvi va qo‘shma dasturlari doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va maktab jamoasi faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#magistratura

🎓 Termiz davlat universiteti magistraturasi
20 yillik tajribaga ega!


Magistraturada yuqori sifatli ta’limni TerDU bilan boshlang!


2003-2004 o‘quv yilidan beri TerDUda yuzlab mutaxassislar tayyorlandi. Bu yil — 2024-2025 o‘quv yilida 36 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar qabul qilindi!

Hozirgi kunda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy va dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ham qabullar boshlangan:


🟢 71010201 - Sport faoliyati: futbol
🟢 70410501 - Moliya
🟢 70230401 - Kompyuter lingvistikasi
🟢 70210801 - Tasviriy va amaliy bezak san’ati
🟢 70210402 - Kompyuter grafikasi va dizayn
🟢 71010101 - Turizm va mehmondo‘stlik
🟢 70520202 - Ekologiya
🟢 70310301 - Psixologiya
🟢 70420101 - Advokatlik faoliyati yo‘nalishi (1-yillik maxsus dastur asosida)

Shuningdek,
Szyansu universiteti bilan hamkorlikda (Xitoy) (Top 300) (1+1)
🟢 Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
 🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti mutaxassisligi (magistratura - 10 nafar)
ham mavjud!

👤Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
📍Talabalar uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi.

Bu markaz — siz uchun ilmiy ishlar va amaliyotni uyg‘unlashtirishda asosiy poydevor!

📞Aloqa uchun tel: 76 228 0340

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xabaringiz bor joriy o‘quv yilining yakunlanishi arafasida, davlatimiz rahbari maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozga ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 1-iyun sanasidan 30-avgust kunigacha “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qilingan edi

🟢Berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatimiz markazida Yozgi kasblar markazi faoliyatida tashkil etildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va qo‘llab-quvvatlashda Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.

🟢Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san’at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.

🟢To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.

🟢Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇨🇳🇰🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-iyun kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitidagi ishtiroki.

Manba: Gorizont

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹Boysunda TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Termiz davlat universiteti — imkoniyatlar maskani!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

Termiz davlat universitetida tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, 200 dan ortiq o‘g‘il-qizlar tahsil olishmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

Nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari qabuli boshlandi


🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 300)
  - Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
  - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 10 nafar.

🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
  - Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
   - Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar

🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
   - Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Iqtisodiyot (magistratura) - 10 nafar
   - Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar

Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.

📂 Szyansu universiteti bilan ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga hujjatlar 2025-yil 4-iyulgacha, Vladimir davlat universiteti hamda Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga esa hujjatlar 2025-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi:

- ID karta yoki pasport nusxasi (Szyansu universitetiga hujjat topshiruvchilar uchun — xorijga chiqish pasporti talab etiladi);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) (faqat Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti yo'nalishiga topshirayotgan abituriyentlar uchun!) (PDF formatida).


📝 Onlayn ariza topshiring yoki TerDU xalqaro aloqalar bo'limiga tashrif buyuring.

🔗 Batafsil ma'lumot uchun:
Tel.: +998919781998,
+998936388026,
+998930762225.
Telegram: @abdulatifjumazoda,
@Salokhiddin_Normuminov,
@Iskandar_Salimov.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryoda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi hamjihatlik

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🏛 TerDUda yozgi ta’til - bilim, faoliyat va ilhomga boy kunlar!

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab o‘quvchilari va barcha xohlovchilar uchun xorijiy til kurslari faoliyat yuritmoqda.


📌 Darslar jadvali:
Dushanba, chorshanba, juma — Ingliz tili 🇬🇧 va Turk tili 🇹🇷
Seshanba, payshanba, shanba — Fransuz tili 🇫🇷, Nemis tili 🇩🇪, Rus tili 🇷🇺

Barcha mashg‘ulotlar bepul bo‘lib, tajribali va mahoratli ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

➡️ Aziz yoshlar! Termiz davlat universiteti jamoasi sizlar uchun yozgi ta’tilni nafaqat maroqli, balki manfaatli o'tishini ta'minlashga xayrxoh. Barcha eshiklar siz uchun ochiq!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

Ilmning avvali chiroyli eshitish, so‘ngra tushunish, undan so‘ng amal qilish va oxirgisi tarqatishdir.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️Sufyon ibn Uyayna

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

🟢Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetining 2-3-kursida tahsil olayotgan 196 nafar talabalar Samarqand, Toshkent viloyatlaridagi quyidagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamoqdalar:

📍Samarqand kimyo (superfosfat) zavodi
📍Samarqand "PULSAR GROUP BREWERY” MCHJ
📍 Samarqand “ASL NAFIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati
📍 Samarqand “Xorvenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ
📍Samarqand chinni zavodi
📍Sovplastital” O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi
📍Toshkent lak- bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasi
📍Toshkent o‘simlik moddalari kimyosi, bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi va fizikasi instituti va yadro fizikasi institutlarida) ilmiy-tadqiqot institutlari

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xalqaro_tanlov

XALQARO INNOVATSIYA TANLOVI – CICSIC 2025
🇨🇳 Xitoyda o‘zingizni innovator sifatida namoyish eting!

📣 Xitoy xalqaro talabalar innovatsion tanlovi (CICSIC) 2025-yilgi bosqichiga ro‘yxatga olish boshlandi!

🌐 150dan ortiq mamlakatdan 130 000+ ishtirokchilarga mezbonlik qiladigan eng yirik global tanlovlardan biri!

📌 Final bosqichi joyi: Chjenchjou shahri, Xitoy
📅 Ro‘yxatga olish: 2025-yil 19-iyun – 15-iyul

Ishtirok etish shartlari:
2–15 kishilik jamoa;
35 yoshdan kichik talabalar (yoki so‘nggi 5 yilda bitirganlar);
Idea yoki Startup bosqichida bo‘lishi kerak;

🎁 Mukofotlar:
🟢 500 ta loyiha finalga chiqadi.
🟢Shundan 150 tasi Xitoyda bo‘ladigan final bosqichida qatnashadi.

📄 Kerakli materiallar:

🟢 Loyihani PDF yoki PPT formatida topshiring. Qo‘shimcha hujjatlar: 1 daqiqalik video (ixtiyoriy).
🟢 Har bir jamoa a’zosi – talabalik guvohnomasi yoki diplom nusxasini topshirishi kerak. Mentor bo‘lsa, uning ma’lumotlari ham kiritiladi.
🟢 Barcha materiallar ingliz yoki xitoy tilida bo‘lishi shart.

🔗Batafsil: bu yerda

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@shohabbos_bozorov
📞+998919109696

📌 O‘z g‘oyangizni global miqyosda namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🟢 Do‘stlaringiz bilan ulashing va jamoa tuzing!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"UNIVERSITET TANLASHDA ADASHMANG!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

Agar siz:
Ikki davlatning rasmiy diplomini bir vaqtning o‘zida olishni istasangiz;
Chet elda ta’lim olish orqali dunyoni ko‘rishni orzu qilsangiz;
Xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib yetishmoqchi bo‘lsangiz;

🏛 Termiz davlat universiteti siz uchun ajoyib imkoniyat taklif etadi!

Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga start beriladi!
🟢 Bakalavriat: 2 yil TerDUda + 2 yil xorijiy hamkor universitetlarda!
🟢 Magistratura: 1 yil TerDUda + 1 yil xorijiy hamkor universitetlarda!

Nega aynan biz?
Qulaylik va qo‘llab-quvvatlash – moslashish bo‘yicha yordam!
Ikkita diplom + xorijiy tajriba

Murojaat uchun raqamlar:
+998 93 638 80 26
+998 91 978 19 98
+998 93 076 22 25

Telegram:
@Iskandar_Salimov
@abdulatifjumazoda
@Normuminov_Salokhiddin


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹TerDUning targ‘ibot tadbirlaridan videolavha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:

2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yashil” rivojlanish dasturini qabul qilish va uni amalga oshirishga imkon qadar tezroq kirishish muhimdir.

Cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, qurg‘oqchil va cho‘l hududlarda bioekologik barqarorlikni oshirish sohasida muloqot va sheriklik uchun bizning formatda Ekologik alyansni tuzishni taklif etaman.

Qayd etmoqchimanki, Xitoy tajribasi va uslubidan foydalangan holda, biz mintaqada kompleks ko‘kalamzorlashtirish va pitomniklar yaratish, biomuhandislik, biomonitoring stansiyalarini rivojlantirishni, shuningdek, ijtimoiy-ta’lim dasturlarini qamrab olgan sinov tariqasidagi loyihalarni amalga oshirishimiz mumkin.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:

Sanoat sohasidagi va infratuzilmaviy bog‘liqlikning kuchayishi mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Shu maqsadda “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilmaviy belbog‘ini yaratishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishni taklif etaman.

Bu o‘rinda gap Xitoyning investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb etgan holda, o‘zaro bog‘liq sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish haqida bormoqda.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tavsiya

☀️Jaziramada himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar:

🟢 Quyoshdan himoyalaning – Bosh kiyim kiying, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh ostida yurmang.

🟢 Ko‘p suv iching – Gazlangan va shirin ichimliklar o‘rniga oddiy suv iste’mol qiling.

🟢 Yog‘li taomlardan saqlaning – Yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar, meva-sabzavotlar tanovul qiling.

🟢 12:00–16:00 oralig‘ida tashqariga chiqmang – Bu vaqtda issiqlik eng kuchli bo‘ladi.

🟢Belgilarni bilib oling – Oftob urishi: bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, hushdan ketish bilan namoyon bo‘ladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#taqdirlash

⚡️ “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli tantanali konsert dasturida 2025-yil davomida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, tashabbuskor va ilgʻor yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.

🇺🇿Ular orasida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Tolipov Izzatullabekning faoliyati ham alohida e’tirofga sazovor boʻldi.

Mazkur yuksak e’tirof yoshlarimizning jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasining yana bir dalilidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

"Agar hayot rejangiz bir yilga bo'lsa, unda sholi eking!
Rejangiz o'n yilni ko'zlasa, daraxt o'tqazing.
Agar mo'ljalingiz yuz yil bo'lsa, farzandlaringizni o'qiting!"


✍️ Konfutsiy

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Robbit akademiyasi Termiz filialiga robototexnika va IT sohasida bolalarga ta'lim bera oladigan, ilmga chanqoq va rivojlanishga intiluvchan ustozlarni qabul qilmoqda

- Tajriba kerakmi ?
- Yo‘q, mana biz beramiz-da uni
)

⚡️ Ushbu dastur rejasiga ko'ra, mutaxassislikka tayyorlov 15 kun davom etadi hamda dastur davomida quyidagilar o'rgatiladi:

💬 Kompyuter savodxonligi
💬 Scratch
💬 Tincerkad
💬 3D loyihalash
💬 Lego robototexnikasi (WEDO va EV3)
💬 Pyhton dasturlash
💬 Arduino asoslari


Biz kimlarni qidirmoqdamiz?


-Bolalar bilan ishlashni yoqtiradigan;
-Kuchli muloqot ko‘nikmasiga ega;
-Yangi bilimlarni tez o‘zlashtira oladigan;
-Kelajakda ta’lim sohasida ishlashni reja qilgan;
-IT, Matematika yoki Informatika yo‘nalishida ta’lim olgan.

Batafsil ma'lumot

🔗Pastagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va ustozlar safiga qo'shiling.

Ro'yxatdan o'tish

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢Surxondaryo viloyati turizm salohiyati Gonkongdagi xalqaro anjumanda namoyish etildi.

🟢Ushbu nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari rahbarligidagi delegatsiya tarkibida bo'lgan TerDU professor-o‘qituvchilarining fikrlari xorijiy OAV keng yoritildi.

🟢Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston uchun ajratilgan maxsus pavilonda Surxondaryo viloyatining boy tarixiy merosi, milliy an’analari, urf-odatlari, an’anaviy liboslari, shuningdek, tarixiy obidalari va zamonaviy turistik obyektlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🟢Shuningdek, xalqaro turoperatorlar va turistik kompaniyalar vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida faol muzokaralar olib borildi. Natijada, o‘nga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube |

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🔊 Surxondaryolik yoshlar, galakonsertga marhamat!

"Yoshlar oyligi" doirasida joriy yilning 17-iyun kuni, soat 19:00da Termiz shahridagi "Mustaqillik" maydonida viloyat galakonserti o‘tkaziladi .

🎙 Mazkur shou-konsertda estradamizning mashhur yulduzlari, xalqimiz ardog‘idagi xushovoz xonandalar ishtirok etib, barcha surxondaryoliklar uchun bayramona kayfiyat ulashadi.

⚡️ Yoshlarga bag‘ishlangan ushbu galakonsertda kutilmagan lahzalar, yorqin chiqishlar va jo‘shqin muhit kafolatlanadi.

❗️Kirish bepul.

Barchani ushbu yuksak kayfiyat, musiqiy zavq va jo'shqin onlarga boy konsert dasturi tomoshasiga taklif etamiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tafsilot

🟢TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi apparat yig‘ilishida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etishdi.

🟢Yig‘ilish avvalida rektor A. Toshqulov Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari, unda ko‘rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

➡️Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🟢Qarzdor talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish holati;
🟢Shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq vazifalar ijrosi;
🟢 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida har bir mahallada o‘tkaziladigan mehnat yarmarkalarida universitet bitiruvchilarining ishtirokini ta’minlash;
🟢Masofaviy ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish, buning uchun platforma yaratish va fan resurslarini tayyorlash;
🟢Auditoriyalar va laboratoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash;
🟢Universitetdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining targ‘ibotini kuchaytirish;
🟢Fakultetlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga kirishish;
🟢Universitetda xorijlik talabalar ulushini oshirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi.


Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga topshiriqlarning ijrosi va nazorati bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал