23480
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
📹"Muvaffaqiyatim poydevori — TerDUdagi bilimlarim"
Nematullah Kamal, TerDU bitiruvchisi
Bizni kuzating
#brifing
Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javoblar
AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokidagi brifing.
👉 Matn shaklida o‘qish.
Bizni kuzating
🇨🇳 Xitoyda bo‘lib turgan TerDU delegatsiyasi xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda
🟢 TerDU vakillari Vuhan to‘qimachilik universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar Xitoyning mashhur kompaniyalari joylashgan Fuchjou shahriga tashrif buyurishdi. Bu shahar Xitoyning dengiz bo‘yidagi yirik port va sanoat markazlaridan biri hisoblanadi.
🟢 Delegatsiya a'zolari quyidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi:
▫️ Fujian Nebula Electronics
▫️ Deyi Cultural and Creative Group
▫️ Fujian Yongfu Power Engineering
▫️ Fujian Haishi Group
▫️ Hengshen Holding Group
▫️ Fujian Hanggang Knitwear
▫️ Fujian Jinyuan Textile
▫️ Fujian Jinlun High-tech Fiber
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢TerDU xodimlari Xitoyda xalqaro seminarda ishtirok etmoqda
🟢Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
🟢TerDUda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida talabalar uchun navbatdagi ma’naviy tadbir tashkil etildi.
🟢TerDUda kimyo olimpiadasi – iqtidor, ilm va kelajak uchrashuvi!
🟢Termiz davlat universiteti siz uchun ajoyib imkoniyat taklif etadi!
🟢Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti talabalari ikki hafta davomida amaliyot o‘tab qaytishdi
🟢(Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.
🟢Kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi!
🟢TerDU delegatsiyasi Tyanszin sport universitetida!
🟢 “Munozara” respublika turniri g‘oliblari aniqlandi!
🟢Termiz davlat universiteti akademik litseyida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Azizbek Ikromov | 30-son
Читать полностью…
🔔Termiz davlat universiteti akademik litseyida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅Unda universitet rahbariyati tomonidan litsey bitiruvchilarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
🟢Ma’lumot o‘rnida joriy o‘quv yilida akademik litseyni 150 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 15 nafari imtiyozli diplomlar, 2 nafari oltin va 3 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qo‘yishmoqda.
🟢E’tiborli tomoni, bitiruvchi o‘quvchilarning 84 nafari fan bilish sertifikati, 102 nafari chet tilidan SEFR sertifikati, va 2 nafar o‘quvchilar IELTS, sertifikatlarini olishgan.
Bizni kuzating
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan xorijiy tillar to‘garaklarining o‘tish kuni va vaqti bilan tanishing.
Bundan tashqari universitetda o‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni va sport tadbirlari ham tashkil etib boriladi.
❗️Barcha to‘garaklar bepul o‘tiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
#Dolzarb90Kun
🟢Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.
🟢Maqsad – o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.
🟢Shu maqsadda turli sohalarni qamrab olgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san'at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.
🟢To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.
🟢Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
🏛 Termiz davlat universitetida nafaqat bilim beriladi, balki kelajak ham yaratiladi.
Bizni kuzating
Termiz Yoshlar texnoparki DM tomonidan tashkil etilgan
InnoX biznes inkubator va akselerator dasturining 3-mavsumi ga start berildi.
G'oyasi bor lekin loyihaga aylantira olmayotgan Iqtidorli talaba-yoshlar va tadbirkorlar diqqatiga
"INNOX" biznes inkubator va akseleratsiya dasturi yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va ulkan yutuqlarga erishish yo‘lida noyob platforma bo‘lib, kelajakda ularning muvaffaqiyatli innovatorlarga aylanishiga ko‘mak beradi.
Termiz Yoshlar Texnoparki davlat muassasasida "INNOX" biznes inkubator va akseleratsiya dasturi doirasida yoshlarga innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishda keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Dastur yoshlarni startap yaratish, biznesni rivojlantirishga amaliy yordam beradi.
Loyiha yuklash sanasi : 1-iyun dan 25 - iyungacha.
Ma’lumot uchun: +99888809-45-45
@Afruza_Lady
Bizni kuzating
🇺🇿🤝🇨🇳 TerDU delegatsiyasi Tyanszin sport universitetida!
🟢Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin sport universitetida bo‘lib turibdi.
🟢Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan:
🟢Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🟢O‘qituvchi-murabbiylar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik kurslarini tashkil etish;
🟢 Sportchilar uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini birgalikda tashkil qilish;
🟢 O‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirib, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
🟢 Sport psixologiyasi va reabilitatsiya markazlari, shuningdek, sport ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini (Tyanszin sport universiteti namunasi asosida) yaratish masalalari kelishib olindi.
Tashrif davom etmoqda.
Bizni kuzating
📹Termiz davlat universitetida ilk bor Respublika fan olimpiadasining "Kimyo" yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bizni kuzating
E’lon: MTCP Stipendiya Dasturi 2025
Malayziyada Magistratura bosqichida o‘qish imkoniyati!
Malayziya Texnik Hamkorlik Dasturi (MTCP) doirasida 2025-yil uchun magistratura stipendiyasi e’lon qilindi!
Ushbu dastur orqali Malayziyaning nufuzli oliygohlarida to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.
✅ Yo‘nalishlar:
🟢 Sun’iy intellekt
🟢 Kiberxavfsizlik
🟢 Raqamli transformatsiya
🟢 Iqtisodiyot, muhandislik, matematika
🟢 Fan va texnologiya
🟢 Oziq-ovqat xavfsizligi
🟢 Islom moliyasi
🟢 Huquqshunoslik
🟢 Davlat boshqaruvi va siyosatshunoslik
🟢 Barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish
✅ Talablar:
🟢Yosh: 45 yoshdan oshmagan.
🟢Til: Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS/TOEFL talab qilinishi mumkin).
🟢Boshqa: Akademik yutuqlar, ish tajribasi va boshqa mezonlarga moslik.
📝 Ariza topshirish tartibi:
Ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish (18-iyungacha): https://mtcp.kln.gov.my/scholarship
📂 Hujjatlar yig‘imi (3 nusxada):
2025-yil 15-iyungacha Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limiga topshirilishi lozim!
📍 Aloqa:
📨 Telegram: @Salokhiddin_Normuminov
📞 Tel: +998 93 638 80 26
🗓 Ariza topshirish muddati: 18-iyun 2025
🗓 Hujjat topshirish muddati (Universitetga): 15-iyun 2025
📬 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
✉️ Email: mtcp_scholarship@kln.gov.my
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢TerDU mezbonligida Kimyo fanidan Respublika fan olimpiadasi davom etmoqda
🏛Ayni damda Termiz Davlat Universitetida Kimyo fanidan Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
🟢1-bosqichda 23 ta oliy ta’lim muassasasidan 60 nafarga yaqin iqtidorli talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 2-bosqichga 4 ta OTMdan 5 nafar eng yuqori ball to‘plagan talabalar yo‘llanma oldi.
🟢Hozirda 2-bosqich ishtirokchilari kimyoviy tajribalar asosida amaliy ishlarni bajarmoqda. Bu esa ularning fan bo‘yicha egallagan chuqur bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini bermoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
👍👍👍👍👍🕸
📱 Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.
✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.
🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.
⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.
✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🟢Talabalar amaliyotda — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!
🟢 2024–2025 o‘quv yilining o‘quv reja va yuklamasiga asosan Iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari amaliy ta’lim jarayonini boshladilar.
🟢 Talabalarimiz Termiz shahridagi korxonalar, tashkilotlar va tijorat banklarida malakaviy amaliyot o‘tashmoqda.
🟢 Ushbu amaliyot jarayonlari talabalarga real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini bermoqda.
Bizni kuzating
Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib bormoqda
“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.
Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.
Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”,
Bizni kuzating
#№36
#Himoya_2025
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Xayitova Feruza Abdixalikovna Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan «Ingliz va o‘zbek tillarida toponimlarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Feruza Abdixalikovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
#qabul2025
📹Termiz davlat universitetining qabul komissiyasi faoliyati haqida
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
📹Termiz davlat universitetida kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
#munozara2025 #final
🗣“Munozara” respublika turniri g‘oliblari aniqlandi!
Xorazm viloyatida Urganch davlat pedagogika instituti mezbonligida o‘tgan respublika turniri mamlakatning turli hududlaridan saralangan 18 ta jamoa ishtirokida qizg‘in va murosasiz, shu bilan birga do‘stona ruhda o‘tdi.
🗣Yakunda quyidagi 3 jamoa yuqori o‘rinlarni egalladi:
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin 30 million so‘m, 2-o‘rin 20 million so‘m va 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan smart televizorlar, shuningdek, I, II va III darajali diplomlar, shuningdek, turnir g‘olibi chempionlik kubogi bilan tantanali taqdirlandi.
Bizni kuzating:
#Dolzarb90Kun
🟢“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining universitet bosqichi o‘tkazildi.
✅Ushbu chempionat talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar kibersport yo‘nalishidagi o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
✅G‘olib jamoalar bellashuvda yuqori natijalar ko‘rsatib, Respublika chempionatining hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Bu esa ularning kelgusi bosqichlarda universitet sharafini munosib himoya qilishlariga imkon yaratadi.
Bizni kuzating
#kun_hikmati
Bolaning erkinligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jazolash zarurati shunchalik kam bo‘ladi. Rag‘batlantirish qanchalik ko‘paysa, jazo berish shunchalik kamayadi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90Kun
🟢Termiz davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mustahkam hayotiy qarashlarini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🟢Shu jumladan, talabalarning ruhiy olami, irodasi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Garov" nomli o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi.
🟢Film tomoshasi davomida talabalar chuqur hayajon va qiziqish bilan voqealarni kuzatdilar. Unda ilgari surilgan ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy g‘oyalar yoshlarda yuksak insoniy fazilatlar — fidoyilik, jasorat, va sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Bizni kuzating
#munozara2025 #final
🗣“Munozara” respublika turnirining final bosqichi yarim final ishtirokchilari aniqlandi! Ular:
➡️Termiz davlat universiteti “Gumata” jamoasi;
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Maorif yulduzlari” jamoasi;
➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kritics” jamoasi;
➡️Navoiy davlat universiteti “Sitseron” jamoasi.
Ayni damda yarim final bellashuvlari davom etmoqda.
Bizni kuzating:
TerDU professor-o'qituvchilari yangi O'zbekiston futbolining tarixiy natijasi haqida...
Bizni kuzating
🏆 Kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi!
Xabaringiz bor Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda 60 nafardan ortiq bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
✅Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi:
🟢 1-bosqich — yozma ish (video kuzatuv ostida);
🟢 2-bosqich — laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy topshiriqlar.
🎯 Har ikki bosqichda a'lo natijalar ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball to‘plagan uch nafar talaba g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin: Mamashukurov Nuridin (TerDU)
🥈 2-o‘rin: Rajabova Munisa (SamDU)
🥉 3-o‘rin: Isaev Elchinbek (UrDU)
✅ G‘oliblarga maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda magistraturaga imtiyozli o‘qishga qabul qilish yo‘llanmalari topshirildi.
🟢Taqdirlash marosimida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ishtirok etib, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishdagi bunday musobaqalarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Samimiy muloqotlar yakunida esdalik uchun suratlarga tushildi.
Bizni kuzating
Yozgi kasblar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Markazda texnika, IT, tikuvchilik, pazandachilik, dizayn, robototexnika kabi ko‘plab yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarning qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul2025
📞 Termiz davlat universiteti qabul komissiyasining aloqa markazi (Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.
Sizni ham qabul to'g'risida qandaydir savol qiynayotgan bo'lsa, 76 228 03 40 raqamiga qo'ng'iroq qiling va huquqiy tushuntirishlar oling. Bundan tashqari qabul komissiyasi negizida "Abituriyentlar shtabi" tashkil etilgan bo‘lib hujjatlar topshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlarga amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar beriladi.
❗️Ma'lumot uchun: TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.
🟢Dam olish kuni: Yakshanba.
🟢Tushlik vaqti: 13:00-14:00
📞Murojaat uchun: +998762280340
📍"Abituriyentlar shtabi"37.2318548,67.2885716,156m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dfe82a6c555:0xf5bcedb6ce775bcd!8m2!3d37.2315697!4d67.2884653!16s%2Fg%2F11wb1g78pk?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYwOC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D"> joylashuvi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#raqamlashtirish #interaktiv_xizmatlar
⚡️My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 15 taga yetdi.
📱 Endilikda siz, my.gov.uz mobil ilovasi orqali vazirlikning quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.
➡️ O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim);
➡️ Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (litsey va kasbiy taʼlim muassasalaridan);
➡️ Oliy taʼlim muassasasalari talabalari uchun akademik maʼlumotnoma (transkript) olish;
➡️Stipendiya haqida maʼlumot;
➡️Diplom dublikatini olish;
➡️Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash;
➡️ Talabalar turar joyiga joylashish;
➡️Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;
➡️Doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
➡️Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
➡️Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
➡️Magistraturaga kirish uchun ariza yuborish;
➡️Oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;
➡️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish.
📲 Smartfonimiz har doim yonimizda bo‘lgani uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda my.gov.uz mobil ilovasi eng qulay tanlov hisoblanadi.
📱 Ilovani yuklab olish bu yerda: Google Play va AppStore.
Bizni kuzating