terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#eco_plogging

🧹 Termiz davlat universitetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi qoshidagi "Qizlarjon" klubi a'zolari tashabbusi bilan Fizika-matematika fakultetida Eco plogging loyihasi bo‘yicha "Fakultetda bir kun — toza kun" shiori ostida tozalik ishlari amalga oshirildi.

Maqsad: Talabalarda atrof — muhit tozaligiga nisbatdan daxldorlikni oshirish.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🎶 Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti o‘qituvchi va talabalari ijrosida “Vatan azizdir” qo‘shig‘i

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Nodirabonu Abdurofiyeva|21-son

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#VazirKubogi #Sport #Targʻibot

📣 OTM rektorlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) oʻrtasida mini ⚽️, 🏓 va boʻyicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 4-mart kuni soat 09:30 da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport maydonida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqalar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari oʻrtasida sportni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

📍 Manzil: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Konfutsiy instituti binosi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Kanadada o’tkaziladigan butun dunyo yoshlarini qamrab oluvchi Young Professional Fellowship Kanada 2025 konferensiyasi

Talablar
🟢 Dunyoning istalgan burchagidan 16 - 40 yosh oralig'idagi yoshlar;
🟢 Ijtimoiy tajribaga ega bo'lmagan, ammo ijtimoiy o‘zgarishlarga oid o'z qarashlarini bildira oladigan;
🟢 Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan yoshlar qatnasha oladi. IELTS / TOEFL sertifikatlari talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
🟢 To'liq moliyalashtirilgan grant: borib-kelish safar xarajatlari, turarjoy, ovqatlanish xarajatlari, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va madaniy kechki marosimlarda qatnashish qoplanadi;
🟢 Qisman moliyalashtirilgan grant: turarjoy, ovqatlanish, konferensiya to'plami, madaniy kechalar, turli xil bayramlarda ishtirok etish.
🟢 Shuningdek, shaxsiy hisobdan qatnashish imkoni ham mavjud.

📅 Oxirgi muddat
05.03.2025

🔗 Batafsil
https://grantgo.uz/go/83190

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

https://youtu.be/04efyQCPklI

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan tabrigi

Hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik mohiyatiga uyg‘un bo‘lgan “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotganini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin.

Pok niyatlar ijobat bo‘ladigan ushbu qutlug‘ oyda jahonning turli mintaqalaridagi urush-janjallar, nizo va adovatlar barham topib, butun dunyoda tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamkorlik barqaror bo‘lishini chin dildan so‘rab, duolar qilamiz.

Yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon oyining boshlanishi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!


Tabrikning to'liq matni:  https://president.uz/oz/lists/view/7916

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Milliy liboslar – milliy qadriyatlar timsoli!

❇️ Bugun, Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan o‘ziga xos muhit yaratildi. Professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar milliy liboslarda xalqimizning boy madaniyati va qadriyatlarini namoyon etdilar.

❇️ Milliy kiyinish – bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqimiz tarixi, urf-odatlari va o‘ziga xosligini ifodalovchi bebaho merosdir. Fakultetimiz ushbu ezgu an’anani davom ettirib, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqatini namoyish etmoqda!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Дуал таълимнинг афзалликлари нимада? (+видео)

Дуал таълим нима? У стандарт ўқитиш тамойилларидан қандай фарқ қилади? Ушбу таълим жараёнининг қандай ижобий томонлари бор ва нега кўпчилик мамлакатлар учун бу таълим намунали ҳисобланади?

📽 https://youtu.be/KQKfL-2Q6CU

Батафсил: https://uza.uz/posts/692429

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Сурхондарё вилояти прокуратураси ва Термиз давлат университети ўртасида юридик кадрларни тайёрлаш соҳасида ҳамкорлик тўғрисида имзоланган Меморандум доирасида университетнинг "Бўлажак прокурорлар клуби“ аъзолари Ўзбекистон прокуратурасининг тарихи музейига ташриф буюришди.

Ушбу тадбирдан кўзланган мақсад ёшларда миллий қадриятлар ва урф-одатларга ҳурмат ва эҳтиром туйғуларини ошириш, шунингдек, давлатимиз тарихи, маданий ҳамда маърифий қадриятларни, прокуратура органлари тарихи, қатағон йиллари давомида қатағонга учраган ходимлар фаолияти билан яқиндан таништиришдир.

Музейга ташриф буюрганлар музей экспонатлари билан яқиндан танишиб, қатағон қурбонлари хотирасини ёд этишди.

Клуб аъзолари ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олиб, музей ходимларига ўз миннатдорлигини билдирди.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Sayt |Telegram | Instagram | uzbprokuratura">YouTube | Facebook

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU magistrlariga diplom topshirish marosimi oldidan…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetimizga qarashli Darband o'quv amaliyot direksiyasini mavsumga tayyorlash masalalari muhokama etildi.

🟢Ma’lumki TerDUning Darband o'quv amaliyot direksiyasi, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning kuzatuv va izlanishlar olib borishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir gap bu manzilda sportchi-talabalarimiz ham xalqaro musobaqalar oldidan so‘ngi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishadi. Rektorimiz huzuridagi muhokamalarda ayni jihatlar ta’kidlanib, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini risoladagidek tashkil etish lozimligi aytib o‘tildi.

🟢Shuningdek mas’ullarga hududni yoritish, xavfsizligini ta’minlash, mavjud bino va yordamchi xo‘jaliklarda zarur ta’mirlash ishlarini olib borish, basseyn yozgi amfiteatr va o‘rindiqlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Joriy yilning 15-may sanasidan boshlab talabalarning mavsumiy amaliyoti boshlanadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV

TerDU o‘qituvchi va talabalari "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘lishdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Халқаро конгресс марказида расмий ташриф билан мамлакатимизга келган Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Шаҳбоз Шарифни кутиб олишга бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.

В Международном конгресс-центре города Ташкента состоялась торжественная церемония встречи Премьер-министра Исламской Республики Пакистан Шахбаза Шарифа, пребывающего с официальным визитом в нашей стране.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Акция" ўзбек тилида "ялпи ҳаракат", "кешбэк" - "ҳадя-қайтим" бўладими?!

Бугунги кунда тилимизга кириб келган ва оммавий фойдаланилаётган 30 та хорижий сўзнинг ўзбек тилидаги муқобил варианти тақдим этилди. Келинг уларнинг қолган 15 таси билан таништирсам.

1. “Айсберг”- “Музтоғ”
2. “Брусчатка”- “Йўлғишт”
3. “Дискуссия”- “Баҳс, мунозара”
4. “Зона” - “Ҳудуд”
5. “Инструмент”- “Иш қуроли”
6. “Интенсив” - “Жадал”
7. “Полик”- “Тўшама”
8. “Балансировка” - “Мувозанатлаштириш”
9. “Светофор” - “Йўлчироқ”
10. “Экспулатация”- “Фойдаланиш”
11. “Акция” - “Ялпи ҳаракат”
12. “Кулер” - “Сувлик”
13. “Кешбэк” - “Ҳадя-қайтим”
14. “Повербанк” - “Кучлантиргич”
15. “Карвинг” - “Мева безакчилиги” сўзи таклиф этилди.

Таъкидлаб ўтиш керак, юқоридаги сўзлар жамоатчилик фикри асосида шакллантирилган ва бошқа фикр мулоҳазаларни ҳам мамнуният билан қабул қилиб, кўриб чиқилиши кўзда тутилмоқда.

Биз ҳам Рўйхатнинг давомини эълон қилиб борамиз, ўтказиб юборманг. Тилимизга бефарқ бўлманг!

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti


Milliy qadriyatlarimiz Malayziyada ham tarannum etilmoqda.


Rektor texnikumlarda sport ommaviyligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Marjona A'zamova |20-son (Malayziya).

Termiz davlat universitetida viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Viloyat hokimining ko‘rsatmasiga asosan, TerDUga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi 15 ta maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TerDU xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirokida tadbir tashkil etishdi.

Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli. (Malayziya)

Universitetimizga qarashli Darband o'quv amaliyot direksiyasini mavsumga tayyorlash masalalari muhokama etildi.

TerDU talabalari Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohat qilishdi.

Termiz davlat universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlayotgan 100 nafar talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zligimizni tarannum etadigan "Milliy qadriyatlar kuni" universitetimizdagi ma’naviy muhit va fayzni ko‘z-ko‘z etmoqda.

TerDUning barcha fakultetlarida Zulfiya tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar, tanlov va adabiy kechalar tashkil etildi.

Termiz davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Nodirabonu Abdurofiyeva|21-son

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TerDU rektori A.Toshqulov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshaboyev tomonidan talabalar va akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy o‘quv dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan memorandum imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7 ta ilmiy Kengash ega bo‘lib, QS WUR Asia reytingida Osiyo qit’asida 401-450-o‘rin, Markaziy Osiyo OTMlari orasida 23-o‘rin, O‘zbekiston OTMlari orasida 3-o‘rinda turadi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Xabaringiz bor, Termiz davlat universitetida haftaning shanbasi mustaqil ta’lim hamda to‘garaklar faoliyatini tashkil etish kuni sifatida ham belgilangan.

Turizm kafedrasi mudiri tomonidan nazariya va amaliyot uyg‘unligidagi tashkil etilgan ko‘chma dars mashg‘uloti Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi magistrantlari uchun manfaatli bo‘ldi.

Ular Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi, Qoratepa buddizm ibodatxonalari markazi hamda Fayoztepa buddaviylik monastirida bo‘lishdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🌸 Bugun 1-mart bahor faslining ilk kuni, atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun!

Ushbu sana oldidan TerDUning barcha fakultetlarida Zulfiya tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar, tanlov va adabiy kechalar tashkil etildi.

— Universitetning O‘zbek filologiyasi fakultetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.


— Xorijiy filologiya fakultetida talaba qizlari o‘rtasida ’’Zulfiyaxonim izdoshlari" mavzusida "BALLI QIZLAR" tanlovi bo‘lib o‘tdi.


— Universitetning Axborot texnologiyalari fakultetida shoira tavalludiga bag‘ishlab kecha tashkil etildi.


— Kimyo fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan tadbirda Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, uning ijodiga mansub she’rlar sahna ko‘rinishlardan namunalar keltirildi.


Ma’lumot o‘rnida, yurtimizda atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlari e’tiborga olinib, 1999-yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tavsiya

Qadrli talabalar!
Qonunchilikdagi muhim yangiliklar, Qonunchilik palatasidagi qizg‘in ish jarayoni, majlislarda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari, mamlakatimiz hayotiga daxldor muhim ijtimoiy-siyosiy voqealardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz deputatlar kanaliga a’zo bo‘ling!

📱 Kanal havolasi: /channel/rahimjon_hakimov

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#milliy_libos

Kimyo fakultetining professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari ham milliy liboslarni targ‘ib etishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#milliy_libos

Iftixor etishga haqli ajdodlarning boy ma’naviy merosi, urf-odat va qadriyatlarini targ‘ib etish, avlodlarga yetkazish, shubhasiz kishida faxr tuyg‘usini in’om etadi.

Shundan bo‘lsa kerak milliyligimizni tarannum etishga qaratilgan tashabbuslarda ustozlarimiz ham ibrat namunasini ko‘rsatishmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zligimizni tarannum etadigan  "Milliy qadriyatlar kuni" universitetimizdagi ma’naviy muhit va fayzni ko‘z-ko‘z etmoqda.

Bu kunda nafaqat milliy liboslar, balki ajdodlardan meros samimiylik, muomala madaniyati odob-axloq kabi insoniy fazilatlar ham targ‘ib etilmoqda.

Milliy liboslarimiz nafaqat bizning madaniyatimiz va ma’naviyatimizni ifoda etadi, balki dunyoda o‘tmishini qadrlagan ajdodlarini ulug‘lagan xalq sifatida namoyon etadi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🥉Xushxabar: Joriy yilning 24-27-fevral kunlari Farg‘ona shahri mezbonlik qilgan aralash jang san’ati bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti talabasi Anvarbek Beknazarov 3-o‘rinni egalladi.

Talabamiz 74,8 kg vazn toifasida 1-2-3 davra bahslarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqish bahsida Toshkent shahri vakiliga g'alabani boy berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#bitiruvchi2025 #magistrantlar

Bugun Termiz davlat universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlayotgan 100 nafar talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda universitet rektori A.Toshqulov so‘zga chiqib, avvalo talabalarning ota-onalariga, ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shu asnoda universitetimizning shonli tarixi, bugungi istiqbolli tashabbuslar, yaqin kelajakdagi rejalar xususida ma’lumot berdilar.

Aytish kerakki, ilmiy salohiyati 40 foizdan oshgan universitetni bu yil 20-magistrlar tamomlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2022/2023 o‘quv yilida 230 nafar, 2023/2024 o‘quv yilida 225 nafar, 2024/2025 o‘quv yilida esa 245 nafar talaba magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan.

Joriy o‘quv yilida universitet magistraturasida 24 ta mutaxassislik bo‘yicha 157 nafar talaba tahsil olgan bo‘lib, ularning 93 nafari talab darajasidagi sertifikatga ega. Bugun esa 100 nafar magistr muvaffaqiyatli bitiruvchi sifatida diplom olishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Toshkentdan gapiramiz


✅Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohat qilib, tashkil qilingan tuzilmalar; yuridik klinika, sud amaliyot xonasi, axborot resurs markazi, talabalar assotsatsiyasi bilan yaqindan tanishishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Terdu_yuridik">You tub

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli

Malayziyada bo‘lib turgan Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari milliy liboslarda qadriyatlarimizni tarannum etishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

1️⃣1️⃣1️⃣

Termiz davlat universitetida ilk bor ayollar o‘rtasida “Etno” sport musobaqasi tashkil etilmoqda. Unda nafaqat olima professor o‘qituvchilarimiz balki tyutor va ishchi xodimlar ham ishtirok etishlari mumkin.

Universitet kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar Kengashi sport klubi hamkorligida tashkil etilayotgan katta sport bayramiga marhamat. Etno sport musobaqasi, joriy yilning 28-fevral kuni universitet sport majmuasida soat 13:00 boshlanadi.

Sizni qiziqtirgan barcha savollarga quyidagi telefon raqam orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

📞 97-844-33-22

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekistonning raqamli kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing va IPHONE 16PRO yutib olish imkonini qo‘lga kiriting!

IT-ta’lim uyushmasi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan birgalikda aholining raqamli savodxonlik darajasini tahlil qilishga qaratilgan muhim tadqiqot o‘tkazmoqda.

Olingan natijalar, IT sohasida samarali ta’lim dasturlarini yaratishda va yangi karyera imkoniyatlarini ochishda yordam beradi.

Ushbu so‘rovnoma jami 32 ta savoldan iborat bo‘lib, atigi 10–15 daqiqa vaqtingizni oladi.

❗️Ha, aytgancha! Tadqiqot yakunida, ishtirokchilar orasida sovrinli o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda qanday qilib ishtirok etish mumkin, deysizmi?⬇️

📌So‘rovnomani to‘ldiring 
📌Aloqa uchun ma’lumotlaringizni qoldiring VA biz
📌Pochtangizga maxsus ID raqam va sovrinli o‘yin shartlarini yuboramiz! 

Unda, eng omadli ishtirokchilarni:
📱iPhone 16 Pro
🎧 AirPods 4
🎓Coursera’dan bepul o‘qish uchun vaucherlar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!

Keling, birgalikda yangi imkoniyatlar beruvchi raqamli kelajak sari qadam tashlaymiz.

Imkoniyatni boy bermang va so‘rovnomaga hoziroq o‘ting! 🚀
https://forms.gle/TfQMVMB2LwaL7oTf7

Sizning ishtirokingiz ta’limni barcha uchun yanada qulay va samarali qilishga yordam beradi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал