terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

"Afsonaviy Rimga xush kelibsiz!"

Joriy yilning 25-fevral kuni TerDU xorijiy filologiya fakulteti teatr-studiyasi rahbari Shaxlo Xodjaqulova talabalari ishtirokida shu mavzuda tadbir tashkil etishdi.

Talabalar teatr-studiyasi a’zolari tomonidan sahnalashtirilgan asarlar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Viloyat hokimining ko‘rsatmasiga asosan, TerDUga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi 15 ta maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Yil boshidan buyon ishlab chiqilgan reja grafigiga asosan 17 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan mobil metodik guruh a’zolari tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn mashg‘ulotlar o‘tilmoqda

Masalan bugun maktablarning tarix fani o‘qituvchilari uchun jahon tarixi kafedrasi professori, t.f.d. (DSc) T.R.Pardayevning "Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar" mavzusidagi ochiq mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#eslatma

☄️☄️Kasbiy ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun oxirgi kun!

Prezident qaroriga asosan Migratsiya agentligi tomonidan kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining reytingi tuziladi.

Reytingda eng ko‘p ball olgan 50 ta o‘qituvchiga 50 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz va ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilaringiz haqida ma’lumotni kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👉https://my.gov.uz/oz/service/1194

Ma’lumot uchun, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soniga qarab chet tili o‘qituvchilari reytingi tuziladi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

Termiz davlat universitetida viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning Yuridik fakulteti talabalari Milliy liboslarimizda azaliy qadriyatlarimizni tarannum etishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#aql_charxi

Oxirgi soatda qanday raqam boʻlishi kerak?

Javobingizni to'g'ri javob bilan tekshiring: 7:05


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Milliy qadriyatlarimiz Malayziyada ham tarannum etilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 TerDUda Prezident topshirig‘i ijrosi

Sportning voleybol turi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 84 mln so‘mni tashkil etadigan “Rektor kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi. Unda ilk bor universitetga biriktirilgan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilar jamoalari ham ishtirok etishdi.


📹You tube: https://youtu.be/qqIhPbCRdpo?si=69GMllxSqDlHriaX

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilanib, KPI natijalari tahlil etildi

Yig‘ilishda 5 ta studiya orqali universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.
Videokonferensaloqa ko‘rinishidagi yig‘ilishda universitet rektori A.Toshqulov pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalarining umumiy tahlili hamda joriy yildagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Rektorimiz 2024-yilda universitetda amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlarni keltirib, erishilgan yutuqlar uchun o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi, xizmatlarini e’tirof etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2017-yilda universitetning ilmiy salohiyati 14% ni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib 40% dan oshdi. Bundan tashqari o‘tgan yili Malayziya, Rossiya, Yaponiya, Italiya, Eron, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan ilmiy, ta’limiy hamda madaniy hamkorlik yuzasidan olib borilgan muzokaralar amaliy bosqichga o‘tdi.

Yig‘ilishda shuningdek universitet strategiyasida keltirilgan o‘quv sifatini oshirish, ilmiy, innovatsion, xalqaro hamkorlik va ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo‘nalishidagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Prezident qarori bilan OTMda ta’limda investitsiya va eksportni amalga oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar va uning ijrosi bo‘yicha vazifalar belgilandi. Rektorimizning universitet o‘qituvchilari o‘rtasida “Kitobxon oila” ko‘rik tanlovini o‘tkazish, haftaning juma kunini “Milliy qadriyatlar” shanba kunini esa “Sport kuni” sifatida belgilash takliflari bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilarning KPI natijalari tahlili to‘liq e’lon qilinib, yuqori o‘rinlarni olganlari e’tirof etildi. Ularning 250 nafariga joriy yilning 31-dekabrigacha tabaqalashtirilgan ustamalar belgilandi.

A.Toshqulov sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi va har bir mutaxassis o‘z ustida ishlab IT hamda ingliz tilini chuqur o‘rganishi lozimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUda "Shaxslararo munosabatlarni yaxshilash" mavzusida tadbir tashkil etildi

Universitetining xorijiy tillar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari va mas’ullari hamda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ayni damda vohamizda bo‘lib turgan chet el fuqarolari talabalari va o‘qituvchilari ham taklif etildi.

Samimiy muloqotlar jarayonida yurtimizga kelayotgan xorijiy mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar xususida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida samarali muloqot va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash xizmat qiladigan psixologik trening o‘yinlar o‘tkazildi. Musiqiy chiqishlar tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minladi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Malayziyada qishki maktab dasturiga jalb qilingan talabalarimizning tassurotlari

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyati markazi direktori va psixologi tomonidan talaba-qizlarimizga separatizm ya’ni har bir davlatning milliy, diniy, etnik, siyosiy, iqtisodiy sabablaridan kelib chiqqan holda yangi davlat tuzilmasi tashkil etishga qaratilgan harakat ekanligi hamda yurtimizdagi tinchlikka raxna solish niyatidagi kimsalar tomonidan buzg‘unchi g‘oyani targ‘ib qilish holatlari kuzatilayotganligi ta’kidlandi.

Muloqotlar jarayonida yoshlarda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish haqida fikrlar bildirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Say

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#o‘qishni_ko‘chirish #natija

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlangan

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborilgan.

OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari tavsiya etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

TerDU jamoasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Universitet-mahalla hamkorligi

🍃“Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tyutor va ko‘ngilli talabalari Termiz tumanidagi “Temirchilar” mahallasida bo‘lishib obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi, hamda 100 tupga yaqin archa ko‘chatlari ekishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Bugun universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda dastlab universitet rektori Kengash raisi A.Toshqulov kun tartibiga "Termiz universiteti" gazetasining 2024-yil 16-dekabrdagi 16 (370)-sonida Termiz davlat universiteti vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor tanlovi yakuniy bosqichini o‘tkazish hamda natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida masalalarni Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazdi.

E’longa asosan 92 ta vakant o‘rinlarga kelib tushgan arizalar asosida ovoz berish jarayonlari o‘tkazdirildi. Ovoz berish jarayoni raqamli texnologiyalardan unumli foydalangan holda elektron ko‘rinishda, shaffof va inson omilisiz o‘tkazildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan qisqa metrajli animatsion film – Robot

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📢 Surxondaryolik yoshlar uchun super imkoniyat

💼 Ingliz tilini bilasizmi? Xalqaro logistika sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Unda 26-fevral, soat 14:00 da IT Park Surxondaryo filialida bo'lib o'tadigan logistika sohasi bo'yicha seminarga taklif etamiz!

🔥 Sizni nimalar kutmoqda?

Prime Samarkand logistika korxonasida ishga joylashish imkoniyati;
Xalqaro biznes va logistika sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuv;
Tajriba almashish, networking va kelajak karyerangiz uchun qimmatli maslahatlar.

📍 Lokatsiya: IT Park Surxondaryo filiali
📅 Sana: 26-27 fevral
🕑 Boshlanish vaqti: 26 fevral, soat 14:00

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99894 696 97 76

Ro'yxatdan o'tish

🔗 Kelajak sizni kutmoqda – harakat qilish vaqti keldi!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Marjona A'zamova | 20-son (Malayziya)

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning talaba-yoshlari ustozlari hamrohligida xayrli tashabbuslarni amalga oshirishmoqda.

Shifo talablarga mehr ulashish, hush kayfiyat in’om etish orqali ham muolajalar samaradorligini chandon oshirish mumkin ekan. Ayni jihatlarni teran anglagan universitetimiz talabalari viloyat markazidagi shifoxonalarda bo‘lib, ezgu amallarga bosh bo‘lishmoqda.

Holidan xabar olingan bemorlarga sovg‘a-salomlar berildi. Tadbir asnosida xalqimizning kishilarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdek oliyjanob fazilati namoyon bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

https://uza.uz/oz/posts/

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti

Termiz davlat universiteti va Malayziyaning Utara universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda

Termiz davlat universiteti hamda Xitoyning Szyansu universiteti o‘rtasida tuzilgan qo‘shma ta’lim dasturi talabalari uchun onlayn  uchrashuv sessiyasi o‘tkazildi

Maqsad va harakat uyg‘unligi muvaffaqiyat omili”, — TerDU rektori A.Toshqulov

"Sog‘lom inson-sog‘lom millat umummilliy harakati bizning maqsadimiz"

TerDU talabalarining zafarli odimlari davom etmoqda

Universitet-mahalla hamkorligi

ТerDUda bahor nafasi

TerDUda Prezidentimizning ommaviy sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslariga asosan “Rektor kubogi” musobaqasiga start berildi

Talabalarning qishki maktab dasturi bo‘yicha Malayziyaga sayohati davom etmoqda

Universitet rektori mas’ullar hamrohligida kampusni aylanib, talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi

TerDUda "Shaxslararo munosabatlarni yaxshilash" mavzusida tadbir tashkil etildi

TerDUda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilanib, KPI natijalari tahlil etildi

TerDUda Prezident topshirig‘i ijrosi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢TerDUda Prezident topshirig‘i ijrosi

Sportning voleybol turi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 84 mln so‘mni tashkil etadigan “Rektor kubogi” musobaqalari yakuniga yetdi.
Unda ilk bor universitetga biriktirilgan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilar jamoalari ham ishtirok etishdi.
Musobaqaning birinchi kunida texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari o‘zaro bellashishdi. Natijalarga ko‘ra 12 ta jamoadan

🥇1-o‘rin – Angor tuman 2-son politexnikumi
🥈2-o‘rin – Sherobod agrosanoat texnikumi
🥉3-o‘rin – Sherobod tuman 1-son politexnikumi jamoasiga nasib etdi.

Rektor kubogi musobaqasining ikkinchi va uchinchi kungi bahslarida universitet professor-o‘qituvchilari erkaklar va ayollar jamoalari maydonga tushishdi.
Murosasiz kechgan bahslar so‘ngida g‘olib jamoalar nomi aniqlandi unga ko‘ra ayollar o‘rtasida 11 ta jamoadan

🥇1-o‘rin -Xorijiy filologiya fakulteti
🥈2- o‘rin -Fizika-matematika fakulteti
🥉3- o‘rin-ARM jamoasi

Erkaklar o‘rtasida 12 ta jamoadan
🥇1-o‘rin Rektorat jamoasi
🥈2-o‘rin Xorijiy filologiya fakulteti
🥉3-o‘rin Kimyo fakulteti

Musobaqaning final o‘yinida hakamlik qilgan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori Termiz davlat universiteti rektorining sportni ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib samimiy minnatdorchilik bildirdi va ehtirom ko‘rsatdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№8
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti moliya kafedrasi o'qituvchisi Shaymatova Nargiza Ashurovna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligidan “Oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va ichki auditni takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Shaymatova Nargiza Ashurovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rektor #talabalar #TTJ

Universitet rektori mas’ullar hamrohligida kampusni aylanib, talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi


Dastlab, talaba-qizlar yashayotgan yotoqxonada bo‘lgan mas’ullar shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida ular bilan samimiy muloqot qilishdi.

Taklif va tashabbuslarni tinglagan rektorimiz talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qo‘l mehnati orqali daromad topish, oilaga tayyorlanishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Samimiy muloqotlar so‘ngida esdalik uchun suratlarga tushildi.

Rektor A.Toshqulov barcha prorektor va dekanlarga TTJlarda borib, ular bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rektor_kubogi

Xabaringiz bor, mana ikki kundirki Termiz davlat universitetida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda

Kecha universitetimizga biriktirilgan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari o‘zaro bellashishgan bo‘lsa, bugun universitet professor-o‘qituvchilari erkaklar va ayollar jamoalari maydonga tushishdi. Bugun musobaqaning yarim final ishtirokchilari aniqlandi.

Ertagi bahslarda g‘oliblar aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyada tahsil olish bo'yicha quyidagi mavzularda seminar-trening o'tkaziladi:

- bakalavriat;
- magistratura;
- o'qishni ko'chirish (transfer - перевод)
- talabalarning akademik almashinuv dasturi (davomiyligi 1-2 semestr).

Seminar uzoq yillik tajribaga ega koreyalik mutaxassis Lee Sang Shik tomonidan olib boriladi.

Seminarda Janubiy Koreyaning eng yetakchi universitetlarini tanlash, viza va talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish kabi ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Ma'lumot uchun: +998919000951
@marufjon_abdimuminov

Manzil: Termiz davlat universiteti, yuridik fakulteti faollar zali.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ijtimoiy_rolik

21-fevral — Xalqaro ona tili kuni


Ushbu sana YUNESKO tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan bo‘lib, 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.


Mazkur sana munosabati bilan TerDU O'zbek filologiyasi fakulteti Jurnalistika ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan ijtimoiy rolik tayyorlandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qishki_maktab #Malayziya #TerDU

🇲🇾Talabalarning qishki maktab dasturi bo‘yicha Malayziyaga sayohati davom etmoqda

➡️ Ayni kunlarda Malayziyaning Utara universitetida “Winter exchange“ dasturida ishtirok etayotgan talabalarimiz mezbon professor-o‘qituvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.

Dastur davomida talaba-yoshlar mashhur Petronas Twin Towers minorasi, PKT kompaniyasi, Veterinariya fakulteti, Tibbiyot va sog'liqni saqlash fanlari fakulteti va Utara universitetining menejment muzeyiga ham tashrif buyurishdi.

Мa'lumot o'rnida, ayni vaqtda ushbu dasturda 10 dan ortiq mamlakat talabalari ham ishtirok etmoqda. Bu esa talabalarimizga xorijdagi tengdoshlari bilan fikr almashish, kelajakdagi faoliyatlari uchun yangi tanishlar orttirish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU o‘qituvchisi Isfandiyor Sayfiddinov ACIIS (Amaliyot va ma’ruza o‘qish) loyihasi doirasida Xorvatiya va Polsha davlatlarida malaka oshirmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал