Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#tafsilot
Bugun rektor A.Toshqulov o‘tgan hafta davomida xorijiy xizmat safarida bo‘lib qaytgan professor- o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
Xitoyning Pekin shahar universitetida bo‘lgan professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan "O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi"ni tashkil qilish, san’at asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish, shuningdek, qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilgani, shuningdek, hamkor oliygoh talabalari uchun ma'ruza mashg'ulotlarini o'tkazilgani aytib o'tildi.
Turkiyaning Istanbul universitetida (QS reytingi) malaka oshirish kursini o‘tagan bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan kafedralararo akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish hamda darsliklar chop etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.
Armanistonning Yerevan davlat universitetida (QS reytingi) tashkil etilgan xalqaro rus tili va adabiyoti forumida 3 nafar professor-o'qituvchilarimiz o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, Rossiya-Arman universiteti (QS reytingi) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishgani ta'kidlandi.
Uchrashuv so'ngida, universitetimizning xalqaro yo'nalishdagi strategiyasi ishlab chiqilib, rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarning xizmat safari yo'nalishlari oldindan rejalashtirilishi hamda xorij tajribasida olingan bilim va ko'nikmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha rektor tomonidan ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
Ayni damda Toshkent shahrida "Eng faol yil talabasi-2024" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilayotganligidan xabaringiz bor
🟢"Eng faol yil talabasi-2024" ko‘rik-tanlovining "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha sovrindorlar nomi aniqlandi
Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti (yengil atletika) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ro‘ziyeva Mohinabonu Ilxomovna "Yilning eng faol talabasi - 2024" ko‘rik - tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.
Talabamizning faoliyatidagi yutuqlari: Yengil atletika sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kuboklari g‘olib va sovrindori, sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston terma jamoa a’zosi, Termiz davlat universiteti rektori stipendiyasi sohibasi.
Bizni kuzating
#tafsilot
Bugun TerDU rektori A.Toshqulov qishki ta'tilga chiqib, yashash manzillariga otlanayotgan talabalarni kuzatish jarayonlari bilan tanishdi.
Rektor huzurida mas'ullar ishtirokida o'tgan yig'ilishda esa ayni ta'til vaqtidan unumli foydalanib amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Ta'til vaqtida TTJda qolayotgan xorijiy talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ham zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
#№49
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Mukimov Abdullo Soatovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda "Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi" ixtisosligidan «Mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Abdullo Soatovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
#to‘garaklar_faoliyatidan
TerDUning "Yosh muhandislar" to‘garagida yaratilgan ijodiy ko‘rgazmali muhit talabalarning darsda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash imkonini bermoqda.
"Yosh muhandislar" to‘garagi a’zolari neft va gaz sanoati sohasiga tegishli uskuna va jihozlar, shuningdek, yer qobig‘i maketini tayyorlashadi.
Bizni kuzating
🎄Yangi yil bayram dasturi!
🎓Termiz davlat universitetida bo’lib o’tadigan Yangi yil bayram dasturiga barcha talabalarni taklif etamiz!
📍TerDU 2-bino hovlisi
⏲️ 23-dekabr, 18:00
Yangi yil shukuhini birgalikda in'om etaylik!💥💥💥
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
—TerDUda "REKTOR KUBOGI" musobaqalari o‘tkazildi
—Hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda
—TerDUning 3 nafar professor-o‘qituvchilari Yerevanda o‘tgan xalqaro rus tili va adabiyoti forumida ishtirok etishdi
—Kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tdi.
—TerDUning 4 nafar bo‘lim boshliqlari Malayziyaning Utara universitetida bo‘lib turibdi
—TerDU rektori universitetning 3-bosqich doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
—Ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganilmoqda.
—Bo‘lajak huquqshunoslar uchun ahamiyatli uchrashuv
—Joriy yilning sentyabr oyida belgilangan hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda
—Yaxyojon Abdulxakov TerDUning professor-o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi.
—Termiz davlat universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yinida 70 ta jamoa o‘zaro bellashdi
—TerDUda yangi yil shukuhi
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla.
Jaloliddin Rumiy
Bizni kuzating
#Mutolaa
📁Hikoya: Usta
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 7:29
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
#bayram_shukuhi #fakultetlarda
🎄 Termiz davlat universitetining barcha fakultet va talabalar turar joylarida o‘rnatilgan yangi yil archasi atrofida tashkil etilayotgan ko‘ngilochar tadbirlar talabalarga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Universitet hovlisidagi bezatilgan archa atrofida iste’dodli talabalar tomonidan uyushtirilayotgan konsert dasturlari va sahna ko‘rinishlari hududdagi mahalla ahliga ham zavq ulashmoqda.
Bizni kuzating
#№47
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Atamurodova Dilorom Mamatmuminovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligidan «Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan kolxaminni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish va uning hosilalari sintezi» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzating
#zakovat #70jamoa
🌎Termiz davlat universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yinida 70 ta jamoa o‘zaro bellashdi
Bu jarayon tantanali tadbir ko‘rinishini oldi va unda universitet rektori ham ishtirok etdi. A.Toshqulov egallagan bilimni aql tarozisiga solish imkonini beradigan bu kabi tadbirlarning ahamiyati xususida to‘xtalib, g‘oliblarni moddiy rag‘batlantirish borasida ham yaxshigina mablag‘ ajratilganligini ta’kidlab, jamoalarga omad tiladi.
Murosasiz kechgan bellashuvlar so‘ngida g‘olib jamoalar nomi aniqlandi. Unga ko‘ra;
🥇"Enigma" jamoasi (TerDU magistrantlari),
🥈"Tarix termasi" jamoasi (Tarix fakulteti).
🥉"Infort" jamoasi (Tarix fakulteti).
Ma'lumot o‘rnida, TerDUning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham tantanali ravishda o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
#tafsilot
TerDU rektori universitetning 3-bosqich doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Unda muddatida ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Muloqotlarda tadqiqotchilarning muammolari hamda amaliy yechimlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.
Yakunda tadqiqotchilarga universitet rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi va qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Joriy yilning 20-dekabr sanasidan TerDUda tashkil etilgan hududiy ishchi guruh tomonidan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirish borasidagi arizalari qabul qilinmoqda
Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra, arizalar qabul qilinib ijroga yo‘naltiriladi.
Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
🟢 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
🟢 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🟢 pasport nusxasi;
🟢 uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Bizni kuzating
#№50
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Jiyanova Sayyora Ibragimovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda "Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi" ixtisosligidan «Mahalliy xomashyolar asosida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llanilishi» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
Xabaringiz bor, ayni damda Toshkent shahrida "Eng faol yil talabasi-2024" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
"Eng faol yil talabasi-2024" ko'rik-tanlovining "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi" nominatsiyasi bo'yicha sovrindorlar nomi aniqlandi
Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Maxmudova Aziza Azamat qizi "Eng faol yil talabasi-2024" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi" nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rinni egalladi.
Talabamizning faoliyatidagi yutuqlari: "Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi", “Yilning eng faol jurnalist talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat hokimi stipendianti, "Shukur Xolmirzayev" nomidagi maxsus stipendiya sohibasi, "Ilm-fan tashabbuskori", "Ta'limdagi muvaffaqiyatlari uchun" esdalik nishonlari va "Kelajak qanoti" esdalik statuetkasi sohibasi.
Bizni kuzating
#xushxabar
🏛TerDU talabalarining zafarli odimlari davom etmoqda
🟢Termiz shahri mezbonlik qilgan Dzyudo kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida surxondaryolik yoshlar tomonidan jami beshta natija qayd etilgan bo‘lsa shundan 3tasi TerDU talabalari tomonidan qo‘lga kiritildi.
🟢2005-2007-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasidagi bahslarda 500 nafarga yaqin sportchilar 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+ vazn toifasida o‘zaro bellashdi.
Natijalarga ko‘ra,
🟢60 kg vaznda Hasan Boynazarov 3- o‘rin,
🟢73- kg vaznda Muzafar Xurramov 3-o‘rin,
🟢81-kg vaznda Arslon Qodirov 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu natija bilan sportchi-talabalarimiz va murabbiylarimizni tabriklaymiz.💐💐💐
Bizni kuzating
#EngFaolTyutor
"Eng faol tyutor"ga ovoz bering!
🏛 Yil davomida samarali faoliyat yuritgan tyutorlarni aniqlash maqsadida "Eng faol tyutor" tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov onlayn tarzda o‘tkazilib, g‘oliblar berilgan ovozlar soniga qarab belgilanadi.
📅 Ovoz berish davri: 13-yanvar soat 23:59 gacha.
🔗 Ovoz berish uchun havola: @terdutanlov_bot
👋 O‘z ovozingiz bilan eng faol tyutorlarimizni aniqlashda ko‘maklashing! Tanlovda ishtirok eting va sevimli tyutoringizni qo‘llab-quvvatlang!
ℹ️ Ma'lumot o‘rnida, eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 nafar nomzod, universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.
Ovoz berish jarayonlari TerDU Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan nazorat qilib boriladi. Sun'iy ravishda, shuningdek, turli yo‘llar bilan oshirilgan ovozlar hisoblanmaydi.
Bizni kuzating
#yangi_yil_shukuhi
🎄 Yangi yil — orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan ko‘ngilochar ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarga bayram shukuhini ulashdi
"Yangi yil - sarguzashti" deb nomlangan bayram dasturidan o‘rin olgan iste’dodli talabalarning ajoyib sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar ishtirokchilarga zavq hayrat in’om etdi. Bayram bahonasida faol talabalar munosib tarzda rag'batlantirildi.
Bizni kuzating
#uchrashuv
TerDUda Qori Niyoziy nomli Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibragimov Xolboy Ibragimovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Universitetning ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilari ishtirokida o‘tgan muloqotda bugungi globallashuv davrida milliy tarbiyaning ahamiyati va olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida ma’lumotlar berildi.
Samimiy uchrashuv chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish barobarida akademikning ko‘rsatma va tavsiyalariga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzating
#№48
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Salimova Zebo Kenjayevna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)" ixtisosligidan «Ingliz tilini o‘qitishda intensiv metodlarni qo‘llash tizimini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzating
#musiqa
🎶 Termiz davlat universitetining orkestr jamoasi ijrosida K.Morganning "El Bimbo" musiqasi.
🎼Xalq cholg'ulariga TerDU o‘qituvchisi B.Choriyev moslashtirgan.
Bizni kuzating
#hamkorlik
📹 Xalqaro hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda.
Bizni kuzating
#zakovat #70jamoa
📹 Keng ko‘lamda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini TerDU taslabalarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.
Bizni kuzating
#vakansiya
🔎 Diqqat, e'lon!
🏛 Termiz davlat universiteti quyidagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.
📰 Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni "Termiz universiteti" gazetasi (№370) hamda ushbu havola orqali olishingiz mumkin: https://tersu.uz/announcements/view/638
📍Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti rektorati,
📞Telefon:76 223-16-09.
Bizni kuzating