terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

🇲🇾🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Termiz davlat universitetining 4 nafar bo'lim boshliqlari Malayziyaning Perlis universitetida bo'lib turibdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida mazkur universitetda bo'lgan TerDU rektori A.Toshqulov tomonidan qator yo'nalishlarni o'z ichiga qamrab olgan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.                                                     

🟢 Mas'ullar tashrif davomida Perlis universiteti bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida quyidagi yo'nalishlarda muzokara olib bordilar:

🟢 professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi;
🟢 Smart Agriculture va Farming sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
🟢 qo'shma xalqaro konferensiyalar o'tkazish;
🟢 TerDU doktorantlarining Perlis universitetida fundamental tadqiqot ishlarini olib borishlari;
🟢 Scopus bazasidagi yuqori impakt-faktorli jurnallarda hammualliflikda maqola chop etish;
🟢 ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha hamkorlikni oshirish;
🟢 o'qituvchilar malakasini oshirish;
🟢 Double Degree va qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish;
🟢 Perlis universiteti professor-o'qituvchlarining universitetimizda ma'ruza mashg'ulotlarini tashkil etish;

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№46
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o'qituvchisi Boysariyeva Saodat Baxtiyor qizi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Elektron morfem o‘quv lug‘at yaratishning lingvistik asoslari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Saodat Baxtiyor qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!💐💐💐

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qishki_ta’til

Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦 🟦🟦

🏆 Sportsevar yoshlar uchun sportning yengil atletika turi bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkaziladi

🟢g‘ovlar osha yugurish,
🟢uzunlikka sakrash,
🟢uch hatlab sakrash,
🟢balandlikka sakrash turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

📍 Bellashuvlar 20-dekabr kuni soat 14:00 da TerDUning sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#eslatma

Rektor kubogi doirasida Termiz davlat universiteti tashkil etilganligining 70 yilligiga bagʻishlab, 70 ta jamoa oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini bo’lib o’tadi.

🇺🇿O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashkillashtirgan bu musobaqada oliygohimizning barcha bilimdon talabalari qatnashishi nazarda tutilgan.

🏆Gʻoliblar esa umumiy 7 million 500ming so’m (1-oʻrin 3 mln, 2-oʻrin 2mln 500, 3-oʻrin 2 mln) soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

📍Oʻyin sanasi 19-dekabr kuni soat 13:30 Termiz davlat universiteti sport zali.

🔗O'yinda ishtirok etmoqchi boʻlganlar fakultet yoshlar bilan ishlash ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari soʻraladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦

Bugun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti xodimi polkovnik Yaxyojon Abdulxakov ham universitetimizning professor-o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi.


Muloqotlarda ichki ishlar organlarida kechayotgan islohotlar, kiber xavfsizlikning oldini olish omillari, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari xususida ma’lumotlar berildi.

E’tiborli tomoni, professor-o‘qituvchi va talabalarning malakali yuristlarni shakllantirishda ahamiyati katta bo‘lgan bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish borasidagi takliflari Yaxyojon Abdulxakov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Eslatib o‘tamiz, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov 2021-yil 12-fevral kunidan 2024-yilning 12-yanvar sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

➖ isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

➖ xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

➖ gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

➖ isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ijara_xonadonlari

Ob-havoning sovishi munosabati bilan rektor topshirig‘iga asosan talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar, kuchaytirilgan tartibda ijara xonadonlarida yashayotgan  talabalarning sharoitlarini o‘rganmoqda.

Mas’ullar ijara xonadonlarida talabalarning dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish barobarida kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tishini ta’minlashga qaratilgan tavsiya va zaruriy ko‘rsatmalar berishyapti.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi.

Tanlov 17 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 14-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tafsilot

TerDU rektori huzurida va fakultetlar kesimida kunlarning sovishi munosabati bilan ijara xonadonlari bo‘ylab nazorat profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, qishki ta’tilga chiqayotgan talabalarimizni xavfsiz kuzatish choralarini ko‘rish hamda ta’til vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Fakultet dekani va o‘rinbosarlari tyutorlar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishlarda belgilangan topshiriqlar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida TerDUning 2 482 nafar talabasi TTJlarda va 2 700 nafari ijara xonadonlarida istiqomat qilishmoqda. Viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz soni esa 1247 nafarni tashkil etadi. Shubhasiz, yuqorida keltirilgan raqamlar mutasaddilardan kuchaytirilgan tartibda faoliyat yuritishni taqozo etadi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Kun_hikmati

Yilda faqat ikki kun borki, siz hech narsa qila olmaysiz.
Ulardan biri kecha, ikkinchisi esa ertaga.


🔗 Jon Vuden


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ijtimoiy_rolik

📹 Ijara xonadonida yashash madaniyati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#natija #universiada2024

Sportning qo‘l to‘pi turi bo‘yicha “Universiada - 2024” g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi


Qoraqalpoq davlat universitetining sport bazasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” respublika sport musobaqasi doirasida qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha yoshlar birinchiligining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning 14 ta jamoasi qatnashgan ushbu musobaqa finalida Surxondaryo va Toshkent viloyati jamoalari uchrashdi. O‘yin Toshkent viloyati gandbolchilarining 38:34 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanib, ular 2024-yilgi “Universiada” chempioni degan sharafli nomni qo‘lga kiritishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi Andijon viloyati yoshlarini 36:26 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#musiqa

🎶 Termiz davlat universitetining orkestr jamoasi ijrosida "Surxon navolari" kuyi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

❄️ Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati hamda shahar va tumanlar hokimliklarida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

📣 Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin.

🏢 Surxondaryo viloyati hokimligi markaziy shtabi:
☎️ 1055 (24 soat)
☎️ (76)
228-69-70.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#bayram_shukuhi

🎅 TerDU talabalari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng, tyutorlari hamrohligida shahrimizning turli manzillari va jamoat transportlarida bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️Bugun, 20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi


Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Xalqaro_olimpiada

“Insoniyat tarixida jahon urushlari” an’anaviy xalqaro tarix olimpiadasida 2-o‘rin

Termiz davlat universitetining tarix fakulteti jamoasi Belarusiyaning Gomel universitetida onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro fan olimpiadasida 8 ta davlatning 48 ta oliy o‘quv yurtlaridan 58 ta jamoa ishtirok etgan nufuzli bellashuvda 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.


Unda Belorus, Xitoy Xalq Respublikasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan jami 290 nafar talaba tarix fani bo‘yicha bilimlarini sinab bellashishdi. Termiz davlat universiteti tarixchi talabalari ketma-ket uchinchi yil faxrli o‘rinlarni egallayotgani tashkilotchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇨🇳#xalqaro_hamkorlik

Hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda

Joriy yil boshida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida universitetimiz rektori A.Toshqulov tomonidan Xitoyning nufuzli universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka, o‘quv kurslari, ilmiy konferensiya va o‘quv dasturlarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Shunga asosan, joriy yilning oktyabr oyida TerDUga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurgani-yu jarayonda Tarix fakulteti, Milliy libos va san’at fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminar-treninglar va o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Hamkorlikning ayni bosqichida TerDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari PShU ning San’at fakulteti hamda TerDUning Milliy libos fakulteti o‘rtasida "O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi"ni tashkil qilish hamda talabalar tomonidan tayyorlangan san’at asarlari ko‘rgazmalarini dastlab onlayn keyin esa oflayn tarzda o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakatning ma’daniy merosi bo‘lgan qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#uchrashuv

📹 O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti xodimlari - "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" Alisher Sharafiddinov hamda polkovnik Yaxyojon Abdulxakovlar TerDU talabalari bilan uchrashdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦

⚖️ Bo‘lajak huquqshunoslar uchun ahamiyatli uchrashuv


Bugun universitet majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti xodimi "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" Alisher Sharafiddinov yuridik fakulteti professor-o‘qituvchi va talabalarga xalqaro huquq normalari va milliy qonunchiligimizga oid ma’lumotlarni yetkazib, sohadagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ochiq va samimiy muloqotlarda talabalar tomonidan takliflar o‘rtaga tashlandi savollariga javob olishdi. Va ta’kidlandiki, universitet rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir ular uchun ham manfaatli bo‘ldi.


Ma’lumot o‘rnida, Alisher Ozodovich Sharafiddinov 2008-2013-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ungacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tizimida mas’ul rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇹🇷#xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning sentyabr oyida belgilangan hamkorlik aloqalari
amaliy bosqichda

Ayni damda TerDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida malaka oshirish kursini o‘tamoqdalar.

🟢Tashrif davomida TerDU Iqtisodiyot fakulteti hamda Istanbul universitetining Iqtisodiyot fakulteti o‘rtasida kafedralararo akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish hamda darsliklar chop etish va birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar yuzasidan amaliy harakatlarga kirishish belgilangan.

📊 Universitet xalqaro QS reytingida #621-630 o'rinda turadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇲🇾🇺🇿#xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Termiz davlat universitetining 4 nafar bo‘lim boshliqlari Malayziyaning Utara universitetida bo‘lib turibdi


Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida mazkur universitetda bo‘lgan TerDU rektori A.Toshqulov tomonidan qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Utara universitetida bo‘lib turgan mas’ullar hamkorlik aloqalarining keyingi bosqichlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlar bilan muloqot olib borishyapti.

Ochiq yuz bilan qarshi olingan TerDU bo‘lim boshliqlari Utara universitetida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlar hamda yutuqlari bilan yaqindan tanishishmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kayfiyat

🎥 Talaba kundaligi


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rektor_kubogi

🔎 Iqtidorli talabalarni saralash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va munosib tarzda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan "REKTOR KUBOGI" musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi

Shu kunga qadar sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, kibersport, etnosport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, kecha talabalarimiz jamoaviy “Munozara” va “Brain ring” bahslarida o‘z intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Unga ko‘ra;
Brain ring
🟢1-o‘rin: Lawyers jamoasi (Yuridik fakulteti),
🟢2-o‘rin: Beeliver jamoasi (Xorijiy filologiya fakulteti),
🟢3-o‘rin: Fitstars jamoasi (Xorijiy filologiya fakulteti),

Munozara
🟢1-o‘rin: Tasodif jamoasi (Tarix fakulteti),
🟢2-o‘rin: Femida jamosi (Yuridik fakulteti),
🟢3-o‘rin: Yuristlar jamoasi (Yuridik fakulteti),

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xalqaro_hamkorlik

TerDUning 3 nafar professor-o‘qituvchilari Yerevanda o‘tgan xalqaro rus tili va adabiyoti forumida ishtirok etishdi

Yerevan shahri mezbonlik qilgan "Chegarasiz rus tili: rus adabiyotida A.S.Pushkin merosi va an'analari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya sho'balarida universitetimizning xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari ham ma'ruzalar qilishdi.

Bundan tashqari, Rossiya-Arman universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning “Yosh o‘lkashunoslar” to‘garagi a’zolari qadimiy manzillar bo‘ylab sayohat qilishdi

Talabalar ustozlari rahbarligida islom olamidagi buyuk muhaddis Imom Iso Termiziy hamda serqirra faoliyati bilan islom rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Al Hakim at-Termiziy yodgorlik majmualarida bo‘lishdi.

Sayohat davomida to‘garak a’zolari ishtirokida “Hadislar mushoirasi” tadbiri ham tashkil etildi. Jarayonda talabalar o‘zlashtirgan hadislarini takrorlab tengqurlariga ham etkazishdi.

Sayohat to‘garak a’zolariga qadimgi Termiz shahrining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga oid tarixiy ma’lumotlar bilan tanishish imkonini ham berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rektor_kubogi

Xabaringiz bor, TerDUning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari tashabbusi bilan sportning bir necha turi bo‘yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqalari o‘tkazilmoqda


Kuni-kecha sportning shaxmat-shashka va kibersport turlari bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, shaxmat bo‘yicha yigitlar o‘rtasida:
🥇Olimov Mexroj Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi,
🥈 Nasriddinov Dilovar Tarix fakulteti 2-kurs magistranti,
🥉 Boltayev Salohiddin Yuridik fakulteti 2-kurs talabasi.

Shashka bo‘yicha:
🥇 Eshonqulov Mirasror Iqtisod fakulteti 3-kurs talabasi,
🥈 To‘xtamishov Jabborbek Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi,
🥉 Iskandarov Eraj Iqtisod fakulteti 5-kurs talabasi.

Shaxmat bo‘yicha qizlar o‘rtasida:
🥇Turdimurodova Dildora O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi.
🥈Xakimova Shamsiya Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-kurs talabasi.
🥉 Xayitova Lola Fizika-matematika fakulteti 2-kurs talabasi.

Shashka bo‘yicha:
🥇 Noraliyeva Dilnavo Axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi.
🥈 Xo‘shboqova Zebiniso Axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi.
🥉 Hayitmurodova Sabohat Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs talabasi.

💻 Kibersportning jamoaviy bahslarida:
1-o‘rin: Iqtisod fakulteti jamoasi,
2-o‘rin: Fizika-matematika fakulteti jamoasi,
3-o‘rin: Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalariga nasib etdi.


"REKTOR KUBOGI" musobaqalari davom etmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Haftalik_dayjest

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti

Yashil energiya hududida yashil belbog‘ yaratilmoqda

TerDUda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Sportning stol tennis turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

“Yashash uchun 1000 sabab!” aksiyasi tashkil etildi.

"REKTOR KUBOGI" musobaqasining "etnosport o‘yinlari" bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tdi.

Termiz davlat universitetida Germaniyaning M&T Personalvermittlung, Fenix Jogagentur UG va Everest Vermittlung Group firmalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TerDU akademik litseyida Aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “Fizika kechasi” tashkil etildi.

Termiz davlat universiteti bakalavriat bosqichining 13 nafar talabasi Prezident va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi

TerDU talabalaridan navbatdagi g'alaba!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

https://youtu.be/R6Y2C4RevCE

Читать полностью…
Подписаться на канал