terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#xushxabar

TerDU talabalaridan navbatdagi g'alaba!

Joriy yilning 10-15-dekabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi mezbonlik qilgan  “Universiada-2024” sport o'yinlari Respublika final bosqichida Termiz davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilgan talabalarimiz sportning "Gandbol" turi bo'yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu g‘alaba bilan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Termiz davlat universiteti o‘rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlik memorandum imzolangan.


Mazkur ko‘rik tanlov ham memorandumda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi. Tanlovda talabalar 5 ta jamoaga bo‘lingan holda 4 shart asosida o‘zaro bellashishdi. Yakunda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.



Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#fizika #bellashuv

Termiz davlat universiteti akademik litseyida Aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “Fizika kechasi”
tashkil etildi.

🟢 Unda universitetning nazariy fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Tadbirda aniq fanlar yo‘nalishi 101-guruh, 102-guruh, 201-guruh, 202-guruh va 203-guruh jamoalari o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan intellektual bellashuvlar yakunida jamoalar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi.

🥇202-guruh,
🥈203-guruh,
🥉101-guruh va 102-guruh
.

Taomilga ko‘ra ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rektor_kubogi

🟢Bugun Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan "REKTOR KUBOGI" musobaqasining "etnosport o‘yinlari" bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra:
🥇1-o‘rin: Tarix fakulteti,
🥈2-o‘rin: Yuridik fakulteti,
🥉3-o‘rin: Iqtisod fakulteti talabalariga nasib etdi.

🔗Tashkil etilayotgan tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar tanlov yakunida diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #majlis #topshiriq #ijtimoiy_himoya

Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Bu bo‘yicha ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotagan videoselektor yig‘ilishida tegishli topshiriqlar berildi.

Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.

To‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohlarga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “IELTS Granti — 2024” tanlovida ishtirok etish uchun 3 kun qoldi!

👍Tanlov orqali 1000 nafar yoshlarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so‘mni tashkil etadi.

✅ Tanlovda barcha davlat va nodavlat oliygohlarning talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

🗓 Talabgorlar 15-dekabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

🏆 Gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)

❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.


👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#natija

⚡️Bakalavriat bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#diqqat_tanlov

➡️ Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘iga asosan talabalar o‘rtasida “Alisher Navoiy asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi

🟢Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligini munosib oʻtkazish, shoir ijodini chuqur oʻrganish va talabalarda ijodiy hamda ilmiy qobiliyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

📝Tanlov nizomini yuklab olish.

Tanlov g‘oliblari “Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan pul mukofoti bilan taqdlanadi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tadigan sanalar ma’lum bo‘ldi!

📆 Musobaqaning respublika bosqichi 17–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida 6 ta yo‘nalish g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan. Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalar oliygohlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

ℹ️ Musobaqa haqida batafsil bu yerda👈
📄 Turnir nizomi bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ijara #o‘rganish

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi


Qish mavsumida talabalarning yashash sharoitlari va muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish maqsadida universitet mas’ullari va tyutorlar ijara xonadonlarida bo‘lishdi.

Jarayonda ishchi guruh a’zolari tomonidan talabalarga qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

🙋Talabalar diqqatiga! Termiz davlat universitetida "REKTOR KUBOGI" musobaqalariga start beramiz!.

🗃Tanlov doirasida quyidagi yakkalik tanlovlar;

STOL TENNISI
SHAXMAT-SHASHKA
TALANT SHOU
"MENING UNIVERSITETIM" mavzusida "Eng yaxshi videorolik" tanlovlari.

🗃Jamoviy tanlovlar;

"ZAKOVAT"
"MUNOZARA"
"BRAIN RING"
"KIBERSPORT"
"ETNOSPORT O'YINLARI" ( yigitlar o'rtasida)

🍔 Tashkil etilgan tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️Yakka tartibdagi bahslarda;
1-oʻrin bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 3 (uch) barobari;
2-oʻrin bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 2 (ikki) barobari;
3-oʻrin bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 1 (bir) barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Jamoaviy bahslarda:
1-oʻrin: bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 6 (olti) barobari;
2-oʻrin bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 5 (besh) barobari;
3-oʻrin bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 4 (to‘rt) barobari;.


📁Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

👥Aziz talabalar! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Kun_hikmati

Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan...

✍️ Najmiddin Kubro


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Haftalik_dayjest

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Talaba-qizlar ishtirokida "Sog‘lom turmush tarzi -farovon hayot garovi" mavzusida tadbir tashkil etildi

Termiz davlat universitetida harbiy vatanparvarlik kuni o‘tkazildi

O‘zbek filologiyasi fakultetida "Qadriyatlari qadrlangan yurt" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog‘idagi ijodkorlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi.

TerDU olimlari tomonidan mahalliy sharoitlarga mos, arzon va sifatli gidrogel mahsulotlari tayyorlanmoqda.

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.

"Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan musobaqa tashkil etildi

TerDU rektori universitetdagi tarixchi olimlar bilan uchrashdi

Litvaning Vytautas Magnus universitetida o‘zbek tili bo‘yicha onlayn o‘quv mashg‘uloti o‘tildi.

“Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

"Konstitutsiya bilimdonlari" Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Marhum Akademik N.To‘rayevning ilmiy va ijodiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

TerDU magistrantlariga xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilmiy-tadqiqot masalalariga oid yangiliklar yetkazildi.

Qo'shma ta'lim dasturi asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar uchun sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

TerDUda talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

TerDUda "Rektor kubogi"  musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

JICA VAKILLARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK YO'LLARI MUHOKAMA QILINDI.

TerDUning talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari" tanlovi tashkil etildi.

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Barcha fakultetlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi.

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sherali Xolmamatov | 10-son

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.
___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#korrupsiya

📊 Yangi O‘zbekistonda davlat rahbari boshchiligida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan islohotlar qatʼiylik va dadillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu videorolik bu boradagi eng muhim, dolzarb islohotlar va ularning natijalari haqida.

——————
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz,
telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot,
915752001,
☎️ 762217710 ishonch telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

“Менимча” телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчисининг Ўзбекистон халқи манфаати йўлидаги машаққатли сиёсий меҳнати;
- Халқнинг розилиги – энг олий мезон: давлат раҳбари ижтимоий ҳимоя соҳасига бағишланган катта йиғилиш ўтказди ва ўта муҳим ташаббусларни илгари сурди;
- Ўзбекистон энергетикаси тарихига
олтин ҳарфлар билан ёзиладиган воқеа: Президент янги энергетика қувватларини ишга тушириш ва навбатдагиларини бунёд этишга бағишланган тантанали маросимда қатнашди.

Кўрсатувни бугун, 14 декабрь куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 15 декабрь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#stipendiya_natija

🏛Termiz davlat universiteti bakalavriat bosqichining 13 nafar talabasi Prezident va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

📝 Jumladan, Prezident stipendiyasiga – 1 nafar, Navoiy nomli davlat stipendiyasiga — 8 nafar, Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga – 2 nafar, Bobur nomli davlat stipendiyasiga – 1 nafar, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga – 1 nafardan talaba sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#work_and_travel

Termiz davlat universitetida Germaniyaning M&T Personalvermittlung, Fenix Jogagentur UG va Everest Vermittlung Group firmalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


🟢Unda tomonlar Germaniya davlatida talabalar uchun "Work and travel" (yozgi ta’til vaqtida ishlash va sayohat), Ausbildung (dual ta’lim), Weiterbildung (1 yillik malakaviy o‘qish) dasturlari va 3-6-oylik amaliyot qilish masalalari muhokama qilishdi.

🟢Mehmonxona va qishloq xo'jaligida sohasida Germaniyada "Work and Travel" dasturida qatnashmoqchi bo'lgan talabalar xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

📞 Murojaat uchun: +998 91 900 09 51, @marufjon_abdimuminov

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#psixologik_aksiya

🍎 TerDUda yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida, universitet psixologi va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Yashash uchun 1000 sabab!” aksiyasi tashkil etildi.

🟢Unda ramziy ma’nodagi “Hayot daraxti”ga talabalar, professor-o‘qituvchilar o‘z maqsadlari, hayotning mazmuni deb bilgan fikrlarini yozib qo‘ydilar.

🟢Bu tashabbus ortida ne’matlarni yo‘qotmasdan qadriga etish, maqsadlarni teranlashtirishdek ezgu muddao mujassam.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📢 TERDU QO'SHMA TA'LIM DASTURLARIGA TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Termiz davlat universiteti va xorijiy hamkor universitetlar bilan tashkil etilgan qo'shma ta’lim dasturlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan ikkinchi bosqich yakuniy test sinovlari natijalarini e’lon qilamiz.

📎Test natijalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar ro‘yxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz: Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar 2024-yil 16-dekabrgacha TerDU Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo'limiga pasport va tegishli ta’lim hujjati (bakalavr bosqichi - maktab attestati/kollej diplomi; magistratura - bakalavr diplomi va ilovasi) bilan tashrif buyurishlari so‘raladi..


📍 Manzil: TerDU rektorat binosi, 2-qavat, xalqaro hamkorlik bo'limi
📞  Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
Tel: +998 93 638 80 26, +998 93 076 22 25
✈️@Normuminov_Salokhiddin, @Iskandar_Salimov

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦

➡️ Xabaringiz bor, TerDUning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan "REKTOR KUBOGI" musobaqalariga start berilgan edi

Bugun sportning stol tennis turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

🟢Unga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida;
1-o‘rin - Suhrob Odinayev Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti 1-kurs talabasi,
2-o‘rin - Yusuf Safarov Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi,
3-o‘rin - Diyorbek Abdunazarov Xorijiy filologiya fakulteti 3-kurs talabasi.

🟢Qizlar bahslarida;
1-o‘rin – Jasmina Abdusamadova O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi,
2-o‘rin – Xusnida Bozorova O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi,
3-o‘rin – Dilnura Hamidova Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ziyo_maskani

Ma'rifat markazidagi ziyo manzili


Termiz davlat universitetining Axborot-resurs markazi imkoniyatlaridan https://arm.tersu.uz/ platformasi orqali ham foydalanishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#imkoniyat #qishki_dastur

👩‍🎓 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!

Talabalarni TerDU hamda Malayziyaning nufuzli Utara universiteti (UUM) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan 10 kunlik qishki almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif etamiz!

Ushbu dasturda Malayziya qonunchiligi va boshqaruv tizimi, qishloq xo‘jaligi, gastronomiya va til o‘rganish yo‘nalishlaridan birida bilim va tajriba orttirish, Global Buddies dasturi orqali mahalliy va dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan xalqaro talabalar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, zamonaviy kampus imkoniyatlaridan foydalanish, Malayziyaning ko‘p millatli gastronomiyasi, mahalliy hunarmandchiligi va milliy raqslar bilan tanishish, Kuala Lumpur shahri hamda qadimiy arxeologik yodgorliklar, Jerai Geoparki va Merbok daryosi bo‘ylab sayohatlar dastur davomida rejalashtirilgan.

📍Dasturning barcha jihatlari, jumladan, hujjat topshirish tartibi, moliyaviy va boshqa tashkiliy masalalar bo'yicha 2024-yil 12-dekabr kuni soat 14:00 da TerDU Axborot tehnologiyalari fakulteti binosining 105-xonasida xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo‘limi tomonidan axborot sessiyasi o‘tkaziladi.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun: +998 93 638 80 26
📱 @Normuminov_Salokhiddin

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, 2-sonli kasb-hunar maktabida kasbga tayyorlash muassasalarida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Biriktirilgan oliygohlar bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, ish beruvchilarning talablari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish vazifalari belgilab olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari mazkur ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda hududdagi issiqxonada mahsulot yetishtirishni ko‘zdan kechirdi. Favqulodda vaziyatlar sinflari o‘quvchilari o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdi.

Shundan so‘ng, tumandagi "Yangi O‘zbekiston" massivida "Vorkaut" maydonchasi tashkil etish, "Maxsus oilaviy bolalar uyi" va "Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun oilaviy bolalar uyi"ning qurilishi ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari hududda tashkil etilgan Kunduzgi parvarishlash xizmati guruhida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tarbiyalanuvchilar uchun kitoblar jamlanmalarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ochiq_eshiklar_kuni

TerDUda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi


Termiz davlat universiteti akademik litseyning pedagoglari va bitiruvchi o‘quvchilari universitet kampusi bo‘ylab sayohat qilishdi. O‘quvchilar fakultetlar va sport majmuasida bo‘lib talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Yoshlar markazida universitetda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda oliygoh faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. Tadbirda 9-dekabr—Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tayyorlangan ijtimoiy roliklar namoyish etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#yashil_makon

🌱Yashil energiya hududida yashil belbog‘ yaratilmoqda

Termiz davlat universiteti jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 20-dekabr sanasiga qadar 6 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishga bel bog‘lagan.

E’tiborli tomoni bu yumushlar puxta reja asosida uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Dual ta’lim – xorij va mahalliy mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda

O‘zbekiston-Yaponiya davlatlarining hamkorlik aloqalari doirasida o‘zaro tashriflarda erishilgan kelishuvlarga asosan Termiz davlat universitetida BMT taraqqiyot dasturi hamda Yaponiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yoshlar markazida dual ta’lim asosida yapon va ingliz tillarini o‘rgatish hamda "IT" mutaxassislarini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇮🇳 #xalqaro_hamkorlik

Ayni damda TerDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari Dehli universitetida malaka oshirish kursini o‘tamoqdalar


Jarayonda TerDU o‘zbek filologiyasi fakulteti hamda Dehli universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti o‘rtasida fakultetlararo akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, o'zbek va hind tillarini o'rganishni rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borish kabi masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishilmoqda.

Ma’lumot o‘nida, ayni damda Termiz davlat universiteti va nufuzli xalqaro OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalar evaziga 10 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy davlatlardagi universitetlarda malaka oshirishmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#robototexnika

🤖 TerDUning robototexnika ijodiy to‘garagi a’zolari o‘rtasida “Robot car va Jsumo car”larni yig‘ish bo‘yicha bellashuv tashkil etildi

🤖 Ma’lumot o‘rnida, universitetning axborot texnologiyalari fakultetida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ushbu to‘garakda 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar dasturlash, dizayn, masofaviy harakatni tashkil etish, 3D printerdan foydalanish kabi bilimlarni egallashmoqda.

👥Tashkil etilayotgan bellashuvlar esa talabalar o‘rtasida ijodiy muhit shakllanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал