terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿#mening_madhiyam

TerDUning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yillik sanasini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olishdi

Universitetda dars mashg‘ulotlari oldidan xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi tarannum etilgan Madhiyamiz ijro etildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿#Konstitutsiya_32

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Mutolaa

📁Hikoyalar: Mening acha xolam
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 14:07

🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#fakultetlardan_xabar

Universitetning barcha fakultetlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi

Siyosiy partiya vakillari, professor- o‘qituvchilar ishtirokidagi anjumanlarda talabalarning bosh qomusimizga oid bilimlari oshirilmoqda. Bayram tadbirlarida viktorinalar ham tashkil etilib, talabalarga sananing ahamiyati yetkazildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tafsilot

Bugun Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Universitet rektori A.Toshqulov kengash a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan qutlab, yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni tasdiqdan o‘tkazdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar:

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-,19 noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari hamda 2024-yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida oliy ta’lim sohasi bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari to‘g‘risida.

🟢 Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida.

Shuningdek, Kengashda ilmiy unvonlar, darslik va o’quv qo’llanmalarmi mashrga tavsiya etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№45
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi Sobitova Ra’no Solidjonovna O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligidan «Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Ra’no Solidjonovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari" tanlovi tashkil etildi

Unda talabalar 4 ta shart bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🟢To‘maris siymosini yaratish,
🟢Milliy xalq o‘yini, xo‘rozlar jangi,
🟢Sportning darts turidan o'q otish,
🟢Basketbol to‘pini savatga tushirish,

Talaba-qizlarning chiqishlari va bellashuvlar Milliy gvardiya va universitet Kengashining hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.

Talaba-qizlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va ularni jismoniy faollikka undaydigan tanlov yakunida eng munosiblar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUda "Rektor kubogi"  musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi

Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida kurash bo‘yicha tashkil etilgan bellashuvlarda 12 ta vazin toifasida 300 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi.

G'oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi
.

➡️60 kg vaznda (Erkaklar)
1-o‘rin. Ro‘ziyev Xayitbek - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
2-o‘rin. Yoqubov Saidbek - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Jo‘rayev Akbarali- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Aliqulov Najmiddin - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,

➡️66 kg vaznda
1-o‘rin. Boynazarov Xasan- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
2-o‘rin. To‘qaqulov Ramziddin- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Shaydullayev Asadbek- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Abdumuzaffarov Abduqaxxor - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,

➡️73 kg vaznda
1-o‘rin. Lolayev Sardor- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
2-o‘rin. Bobomurodov Xamro- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Abdiraimov Ramziddin- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Egamberdiyev Jaloliddin- Iqtisodiyot va turizm fakulteti,

➡️81 kg vaznda
1-o‘rin. Jumayev Jasur- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
2-o‘rin. Xurramov Xumoyiddin- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Mamadaminov Fozil- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Xurramov Muzaffar- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,

➡️90 kg vaznda
1-o‘rin. Jo‘rayev Abdulaziz- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
2-o‘rin. Shukurov Samandar- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Xoliyorov Asilbek- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,
3-o‘rin. Jo‘rayev Jasur- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti,

➡️+90 kg vaznda
1-o‘rin. Qurbonov Abduraxmon- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
2-o‘rin. Mengto‘rayev Saidbek- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3-o‘rin. Annayev Akbar- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3-o‘rin. Jumayev Abdulla- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti

➡️52 kg vaznda (Qizlar)
1 o‘rin. Qurbonova Aziza- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
2 o‘rin. To‘rayeva Munisa- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3 o‘rin. Annadurdiyeva Umida- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3 o‘rin. Xudayarova Mashxura- Ijtimoiy fanlar fakulteti

➡️57 kg vaznda
1 o‘rin. Ergasheva Marjona- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
2 o‘rin. Abrauqulova Ma’rifat- Ijtimoiy fanlar fakulteti

➡️63 kg vaznda
1 o‘rin. Abduvohidova Xurshida- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
2 o‘rin. Abduvohidova Gavhar- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3 o‘rin. Allaberdiyeva Jayrona - Tarix fakulteti
3 o‘rin. Jumayeva Ruxshona- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti

➡️70 kg vaznda
1 o‘rin. Choriyeva Farangiz- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
2 o‘rin. Ro‘ziboyeva Yulduz- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3 o‘rin. Panjiyeva Sevinch- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
3 o‘rin. Murodova Nigina- Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti

➡️+ 70 kg vaznda
1 o‘rin. To‘raboyeva Jasmina- Milliy libos va dizayn fakulteti
2 o‘rin. Shaydullayeva Sevinch- Tarix fakulteti
3 o‘rin. Abduraxmonova Sarvara- Ijtimoiy fanlar fakulteti
3 o‘rin. Xalilova Durdona- Ijtimoiy fanlar fakulteti


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning o‘zbek filologiyasi hamda milliy libos va san’at fakultetlari talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Unda talabalar O‘tkir Hoshimovning „Dunyoning ishlari“ asaridagi "Gilampaypoq" va "Iltijo" hikoyalarini sahnalashtirib yig‘ilganlar e’tiboriga havola etishdi.

Tadbirda, shuningdek, milliy libos va san’at fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan bir-biridan ajoyib kuy-navolar barcha yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad O‘tkir Hoshimovning „Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi. Deya ta’rif bergan.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#jarayon

Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida qo'shma ta'lim dasturi asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar uchun ikkinchi bosqich sinov imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ma‘lumot o‘rnida, ushbu
qo'shma ta'lim dasturlarida 6 ta ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabgorlar ro‘yxatdan o‘tgan va ular Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

👩‍🎓 Diqqat tanlov!!!

🟢O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-oktabrdagi 38-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” tanlovi o‘tkaziladi.

📖 Tanlov mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlar sari ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish hamda ajdodlar merosini o‘rganish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlov shartlari!
1.Ishtirokchi jamoalarning a’zolari soni 12 nafargacha bo‘lishi lozim.
2.Ular quydagi shartlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini sinovdan o‘tkazishadi.
l-shart. “Adib hayoti”
2-shart. “Tezkor savol-javob”
3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”
3. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o'tamiz hujjat va arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024-yil 15-dekabr.
Tanlov nizomi:
Yuklab olish

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU magistrantlariga xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilmiy-tadqiqot masalalariga oid yangiliklar yetkazildi

Muloqotlarda magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida va har chorakda magistratura bo‘limiga hisobot taqdim etishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, korrupsion xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan "Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari va vakolatlari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni kunda TerDUda 48 ta ixtisoslik bo‘yicha jami 534 nafar magistr tahsil olmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.


⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#eslatma

📢 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING QO'SHMA TA’LIM DASTURLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Hurmatli abituriyentlar, Termiz davlat universiteti va nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib, ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlarga chet tilidan yakuniy test imtihoni 2024-yil 6-dekabr kuni bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

🕐 Imtihon boshlanish vaqti: ertalab soat 8:00 da
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti binosi
Mo‘ljal: Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali ro'parasi.

❗️Abituriyentlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan o'z vaqtida yetib kelish va imtihon jarayonidagi belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy amal qilish talab etiladi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
Tel: +998 93 638 80 26, +998 93 076 22 25
Telegram:
@Normuminov_Salokhiddin, @Iskandar_Salimov

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#raqamlashtirish #interaktiv_xizmatlar

⚡️My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 11 taga yetdi.

📱 Endilikda siz, my.gov.uz mobil ilovasi orqali vazirlikning quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan);

🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (litsey va kasbiy ta’lim);

🔠 Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish;

🔠 Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;

🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish;

🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;

🔠 Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish;

🔠 Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida ma’lumot olish.

📲 Smartfonimiz har doim yonimizda bo‘lgani uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda my.gov.uz mobil ilovasi eng qulay tanlov hisoblanadi.

📱 Ilovani yuklab olish bu yerda: Google Play va AppStore.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

🎼Madhiya – yuraklarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam. Madhiya milliy g‘urur, ezgu maqsad va xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.

Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿 8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

https://youtu.be/OUrhSURhq8Y

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида аҳолини талаб юқори бўлган касбларга ўқитиш ва даромадли иш билан таъминлаш чора-тадбирлари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось расширенное совещание по мерам обучению населения востребованным профессиям и обеспечению высокооплачиваемой работой.

#Mirziyoyev #yigilish #kasbiytalim #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Bugun TerDU rektori Oliy attestatsiya komissiyasi qarori asosida ilmiy unvon va darajalari tasdiqlangan o‘qituvchilarga professor, dotsent hamda PhD diplomlarini topshirdi

Tadbirda o‘qituvchilarning ilmiy yutuqlari rektor tomonidan e’tirof etilib, ularning universitet hamda mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishdagi hissalari ta’kidlab o‘tildi. Va zimmalaridagi mas’uliyat yana bir bor uqtirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

🟢Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Termiz davlat universiteti talabalariga dunyo hamjamiyatida, xususan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

➡️Jarayonda talabalar soliq sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va “Inson omili”ni qisqartirish borasida amalda joriy etilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xalqaro_hamkorlik

JICA VAKILLARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK YO'LLARI MUHOKAMA QILINDI


🏛 TerDUda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) GROW loyihasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. JICA GROW loyihasining bosh maslahatchisi janob Kuroda Kiyohiko boshchiligidagi tashrif doirasida bir qator muhim istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

📌 JICA GROW - bu O'zbekistonning sanoat sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish loyihasi bo'lib, yoshlarimizga Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida karyera qurish imkoniyatlarini taqdim etadi.

➡️Uchrashuv davomida talabalarimizning Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida stajirovka o'tashi va keyinchalik doimiy ish bilan ta'minlanishi, Yapon kompaniyalarining O'zbekistondagi vakolatxonalarida ish o'rinlarini yaratish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, universitetda yapon tili o'qituvchisi faoliyatini yo'lga qo'yish va Japan Career Portal platformasi orqali taqdim etiladigan qo'shimcha imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

📍 Tashrif doirasida mehmonlar BMT Taraqqiyot dasturi ko'magida tashkil etilgan "Termiz yoshlar markazi"ni ham borib ko'rishdi. Markaz Yaponiya davlati va universitet mablag'lari asosida tashkil etilgan bo'lib, bu yerda yoshlarning innovatsion loyihalari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, JICA GROW loyihasi 2024-yil martidan boshlab 3 yil davomida amalga oshiriladi va O'zbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#targ‘ibot

🏛 Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi" munosabati bilan tadbirlar tashkil etilmoqda

🟢Tadbirlarda universitetning Yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudi sudyasi, Fuqarolik ishlari boʻyicha Termiz tumanlararo sudi sudyasi va fakultet tyutorlari, talabalar ishtirok etishyapti.

🟢Muloqotlarda konstitutsiya turlari, kelib chiqish tarixi va yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar xususida maʼlumotlar berilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿 Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️DIQQAT, TANLOV!

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Yoshlar va turizm - yangi istiqbol va imkoniyatlar” ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

Respublika tanlovi oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari o‘rtasida mamlakatimiz turizm sohasini modernizatsiya qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha yoki taqdimot g‘oyalari/yechimlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Loyihalar 2024-yil 12-dekabrga qadar onlayn qabul qilinadi.

✔️Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va quyidagicha pul mukofotlari topshiriladi:

🟢1-o‘rin – 5 mln so‘m;
🟢2-o‘rin – 3 mln so‘m;
🟢3-o‘rin – 2 mln so‘m.

🔠Tanlov axborot xati bu yerda;
🔠Loyiha materiallari dizayniga qo‘yiladigan talablar bu yerda;

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
☎️ Tel.: (+998 71) 268-73-71; (+998 97) 101-38-58;
📧 Elektron pochta: fan@tridm.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik holatlari uchun qanday javobgarlik choralari qo’llaniladi?


Batafsil infografikada.

📌Eslatib o'tamiz, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yil 6-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.

——————
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz,
telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot,
915752001,
☎️ 762217710 ishonch telefon raqamlari yoki
✉️ulugbekdevonov67@gmail.com elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Universitetining Fizika-matematika fakulteti o‘qituvchilari tashabbusi bilan marhum Akademik Nazar Yuldashevich To‘rayevning ilmiy va ijodiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda fakultetining professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi kurs talabalari va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Muloqotlarda fidoyi olimning fizikaviy elektronikaning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 300 dan ortiq maqolalari, 10 dan ortiq monografiya va o‘quv-metodik qo‘llanmalari xususida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda, shuningdek, ishtirokchilar e’tiboriga Akademik Nazar To‘rayevning ilmiy va ijodiy faoliyatiga oid yuqoridagi kabi qimmatli ma’lumotlar jamlangan videofilm havola etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xulosa_sizdan

⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ijodiy_uchrashuv

📹 "Ma’rifat ulashib" loyihasi ijodkorlari TerDUda

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал