Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
TerDU xalqaro reytinglar sari dadil qadam tashlamoqda!
Bugun TerDU rektori huzurida universitetimizni nufuzli xalqaro reytinglar — The World University Rankings, QS World University Rankings va GreenMetric reytinglariga kirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda xalqaro reytinglarning barqarorlik yo'nalishida olib borilayotgan ishlar, tayyorlanayotgan hisobotlar va tegishli hujjatlar namunalari havola etildi. "Yashil universitet" tamoyili asosidagi vazifalar taqsimlandi. Shuningdek, fanlar kesimida xalqaro reytinglarga kirish uchun har bir rahbar xodimlar va professor-o'qituvchilar oldinda turgan vazifalar muhokama etildi.
Taqdimot davomida rektorimiz tomonidan ushbu yuksak maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi va unda ijrochi mas’ullar aniq belgilab qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.
Prorektorlar va tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tgan muhokamalarda universitetimizning ayni paytdagi xalqaro reytinglardagi o‘rni tahlil qilinib, 2030-yilgacha bosqichma-bosqich TOP-1000 talikka kirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.
Albatta, bu ezgu maqsadlarga erishishda butun jamoaning — professor-o‘qituvchilardan tortib xo‘jalik xodimlarigacha — barchaning hissasi muhim ekani ta’kidlandi. Ularda xohish va daxldorlik ishtiyoqi borligiga ishonch bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
TerDU rektori akademik litsey faoliyati yuzasidan hisobotni tingladi
TerDU rektori 2023–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Termiz davlat universiteti akademik litseyi mas’ullarining hisoboti tinglandi.
Hisobotda o‘quv jarayonida erishilayotgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatkichlardagi ijobiy o‘zgarishlar slaydlar orqali taqdim etildi.
Jarayonda litsey direktori ta’lim samaradorligini yanada oshirish maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surdi:
🟢 Faollar zalida zamonaviy ta’mirlash ishlarini olib borish;
🟢Axborot-kutubxona fondini boyitish uchun o‘quv va badiiy adabiyotlar xaridiga amaliy ko‘mak berish;
🟢 Kimyo, biologiya va fizika laboratoriyalarini zarur inventarlar bilan jihozlash.
A.Toshqulov mas’ullarga ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ma’nan va jismonan sog‘lom ulg‘ayishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
#tafsilot
Rektor ishtirokida o‘quv-uslubiy va registrator ofislari faoliyati muhokama qilindi
Bugun Termiz davlat universitetida rektorimiz rahbarligida o‘quv-uslubiy va registrator ofis bo‘limlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida universitet rektori joriy yil boshida tashkil etilgan registrator ofis bo‘limi qisqa fursat ichida respublika OTMlari orasida e’tirof etilganini ta’kidlab o‘tdi. Hozirgi kunda mazkur bo‘lim orqali talabalar va fuqarolar uchun 77 ta xizmat turi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, bo‘lim menejerlari tomonidan:
Grant o‘rinlarini qayta taqsimlash platformasi,
Yuklamalarni hisoblash,
Shaxsiy ish rejalarni shakllantirish kabi zamonaviy elektron ilovalar ishlab chiqilgani e’tirof etildi.
Rektor samarali faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarga minnatdorlik izhor qildi.
Shu bilan birga, yangi tasdiqlangan Nizom asosida o‘quv-uslubiy bo‘lim 4 ta bo‘lim va 1 ta sektordan iborat holda ish faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilindi. Registrator ofis bo‘limidagi shtat birliklari amaldagi talablardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
✅TerDU talabasi Qozon Federal universitetida!
Termiz davlat universiteti talabasi xalqaro darajadagi nufuzli dasturda 100 foizlik grant asosida ishtirok etmoqda! Talabamiz Qozon (Volga bo‘yi) Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Hayot evolyutsiyasi: moslashishdan omon qolishgacha" (Evolution of Life: From Adaptation to Survival) nomli ta’lim dasturiga qabul qilindi va hozirda Qozonda o‘qish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
🟢Ma'lumot o'rnida joriy yilning 21-iyul sanasidan 3-avgust kuniga qadar davom etadigan ushbu dasturda dunyoning 31 ta davlatidan 408 nafar talaba ishtirok etmoqda
🟢 Bunday imkoniyatlar talabalarimizga bilim va tajribasini xalqaro miqyosda boyitishga zamin yaratadi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
📢 SAT imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda "College Board" tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari tashkil etilmoqda.
🗓 Imtihon sanalari:
🗓 2025-yil 23-avgust
🗓 2025-yil 13-sentyabr
🗓 2025-yil 4-oktyabr
🗓 2025-yil 8-noyabr
🗓 2025-yil 6-dekabr
🗓 2026-yil 14-mart
🗓 2026-yil 2-may
🗓 2026-yil 6-iyun
🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1. Farg‘ona
2. Namangan
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (95) 515-68-68
📨 @IlmiyMarkazUz
✍️ SAT imtihonida omad tilaymiz!
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
Korrupsiya — nafaqat qo‘lni, balki qalbni, nomusni, oriyatni qoraytiradi.
Bu yo‘l emas — botqoqlik, yutuq emas — uyat, jazosi bor jinoyatdir.
Bizni kuzating
Yozgi maktab + Pekin = Ajoyib tajriba! TerDU bilan Xitoy sari!
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
✅ Talabamizdan namunali tashabbus!
🟢TerDU Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Xakimova Charos yozgi ta’tilni nafaqat maroqli, balki samarali o‘tkazmoqda. U Angor tumanidagi 110-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi sifatida faoliyat yuritib, bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tili saboqlarini o‘tkazmoqda.
🟢Charos alifbo, yozuv mashqlari va talaffuz bo‘yicha darslar orqali kichkintoylarning savodxonligini oshirish, ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmoqda.
🟢 Ushbu tashabbus orqali u nafaqat bolalar uchun yangi bilimlar eshigini ochmoqda, balki o‘zining pedagogik ko‘nikmalarini, sabr-toqat va mehr bilan ishlash tajribasini ham boyitmoqda.
Bu — mehr, sabr va bilim uyg‘unligida ulg‘ayayotgan kelajak avlod uchun qo‘yilgan yana bir ahamiyatli qadam!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🟦🟦
📆 “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA
“REKTOR KUBOGI” ONLAYN TANLOVLARIGA START BERILDI!
Hurmatli talabalar!
Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 17- iyuldagi 124-U-sonli buyrug’i asosida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Rektor kubogi” onlayn tanlovlari e’lon qilinadi.
🎯 Tanlovning asosiy maqsadlari:
✅ Talabalar o‘rtasida kitobxonlik, vatanparvarlik va estetik didni shakllantirish;
✅ Yozgi ta’tilni samarali va ijodiy ruhda o‘tkazish;
✅ Yoshlarning fikrlash madaniyatini rivojlantirish va o‘z iqtidorini namoyon etish imkonini yaratish.
📝 Tanlov yo‘nalishlari va tavsifi:
1⃣ “Bir haftada – bir kitob”
📹 O‘qilgan asar yuzasidan 2–3 daqiqalik video-sharh tayyorlanadi.
🟢 Asarning tushunilishi
🟢 Fikrlar izchilligi, til madaniyati
🟢 Video sifati va kreativlik asosida baholanadi.
2⃣ “Mening O‘zbekistonim”
📽 Yurt tarixiga, tabiati yoki taraqqiyotiga bag‘ishlangan 1–3 daqiqalik videorolik.
🟢 G‘oya va mazmun,
🟢 Vatanparvarlik ruhi,
🟢 Montaj sifati e’tiborga olinadi.
3⃣ “Men sevgan asar”
🎞 Sevimli adabiy asaringizga oid tahliliy, shaxsiy taassurotlarga boy videorolik.
🟢 Asarga yondashuv,
🟢 Ifoda uslubi,
🟢 Kreativlik mezonlar asosida baholanadi.
📌 Tanlov shartlari:
📍 Tanlovda Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lgan har bir yosh ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.
📍 Har bir ishtirokchi bitta yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
📍 Ishlar elektron shaklda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga yuboriladi.
📅 Ariza va ishlarni topshirish muddati: 2025-yil 20-avgustgacha.
🏆 G‘oliblarni mukofotlash tartibi:
🥇 1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 4 baravari;
🥈 2-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 3 baravari;
🥉 3-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 baravari.
Bizni kuzating
#qulaylik
Har bir kadr - bu imkoniyat: Termiz davlat universiteti tavsiya etadi
Endilikda siz viloyatda yagona bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega "Jalinga" interaktiv videostudiyasidagi imkoniyatlardan to’laqonli foydalanishingiz mumkin.
• Sizni mamnun etuvchi servis;
• Oson va tez tayyor bo'luvchi video material;
• Spiker uchun qulay interaktiv studiya;
"Reklama, vlog, intervyu yoki ta’limiy video – hammasi bir joyda!
Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun bepul.
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sevara Qubonova | 34-son
Читать полностью…⚡️Termiz davlat universitetiga 2025/2026-o‘quv yili bo'yicha o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!
🟢 Termiz davlat universitetining quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning
24-iyul kuni soat 08:00 da universitet qabul komissiyasi binosi
37.2317092,67.2881873,152m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu"> (Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi)da bo'lib o'tadi.
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
🟢Psixologiya;
🟢Tarix;
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
🟢Fizika;
🟢Kutubxona-axborot faoliyati;
🟢Sport faoliyati: dzyudo;
🟢Sport faoliyati: yengil atletika;
🟢Sport faoliyati: futbol;
🟢Yurisprudensiya;
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili;
🟢Jurnalistika;
🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
Barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Jurnalistika yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy
(2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.
Eslatma: Imtihon (suhbat) jarayonida ishtirok etuvchi har bir abituriyentdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.
Bog'lanish uchun telefon: +998975518151
Fan dasturlari ushbu havolada: https://tersu.uz/struct/view/1000419
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#eslatma
Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.
Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz ishlab chiqildi.
Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
"Dolzarb 90 Kun": amaliy kimyo laboratoriyasi – talabalar uchun ilmiy rivoj yo‘li
Yozgi ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi tashkil etildi.
Mazkur to‘garak orqali talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
✅ Nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash,
✅ Kimyoviy tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
✅ Zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlashni o‘rganish,
✅ Kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish.
"Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi – bu talabalar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kasbiy mahorat hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib, kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Bizni kuzating
Hurmatli Prezident!
Sizni qutlug‘ 68 yillik tavallud ayyomingiz bilan Surxondaryoning 70 yillik tarixiga ega bo‘lgan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari nomidan chin dildan muborakbod etamiz!
Bugun xalqimiz farovon hayot kechirishini ta’minlash, jamiyatda adolat va taraqqiyotni qaror toptirish yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar xalqimizda ishonch uyg‘otmoqda, ularni yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga ruhlantirmoqda.
Sizning rahbarligingizda bunyod etilayotgan Yangi O‘zbekiston — har birimiz uchun faxr va iftixor manbaidir.
Baxtimiz va yurtimiz kelajagi uchun doimo sog‘-salomat bo‘ling! Siz qadrlagan, doimo e’tibor va ehtirom ko‘rsatib kelayotgan ilm-fan ahli sifatida, biz — Termiz davlat universiteti jamoasi — ulug‘ va xayrli ishlaringizda doimo Siz bilan birgamiz, bundan faxrlanamiz!
Ehtirom bilan,
Termiz davlat universiteti jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#jarayon
Alohida ehtiyojli abituriyentlar uchun imtihon jarayoni boshlandi!
Bugun, 2025/2026-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan ko‘zi ojiz va ko‘zi zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun imtihon jarayoni boshlandi.
Abituriyentlar quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazmoqdalar:
🟢 Psixologiya;
🟢 Tarix;
🟢 Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
🟢 Fizika;
🟢 Kutubxona-axborot faoliyati;
🟢 Sport faoliyati: dzyudo;
🟢 Sport faoliyati: yengil atletika;
🟢 Sport faoliyati: futbol;
🟢 Yurisprudensiya;
🟢 Axborot tizimlari va texnologiyalari;
🟢 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili;
🟢 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
🟢 Jurnalistika;
🟢 Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
✅ Imtihonlar asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fanlar bo‘yicha suhbat shaklida o‘tkaziladi.
🎯 Sport faoliyati (yo‘nalishlari bo‘yicha) va Jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha esa kasbiy (ijodiy) imtihon hamda suhbat asosida baholanadi.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! Sizning bilim va salohiyatingiz – kelajak poydevori!
Bizni kuzating
⚡️ESLATMA! Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanadi
Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
#Qabul2025 #Imtihon
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
TerDU talabasi yoshlar salohiyatini yuksaltirishda faol!
Abdukarimova Qadriya, Termiz davlat universiteti talabasi, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Boysun tumanidagi 6-umumta’lim maktabida 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etdi.
🟢 Mazkur tashabbus orqali:
🟢 Maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyati oshirilmoqda
🟢 Bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishiga imkon yaratilmoqda
🟢 Zakovat, tafakkur va jamoaviy ishlash madaniyati shakllantirilmoqda
✅Qadriya kabi tashabbuskor talabalarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bu kabi loyihalar – yoshlarning ijtimoiy faolligi va bilimga chanqoqligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
Kuni-kecha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida rahbariyati shaxsiy tarkib, faxriylar hamda mas’ul xodimlar ishtirokida video selektor tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Unda “Giyohvandlik va psixotrop vositalariga qarshi kurashda o‘z hissangizni qo‘shing!" mavzusida, Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti "Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi" kafedrasi katta o‘qituvchisi Islombek Raxmatulloyev ma’ruza qildi.
Tadbirda shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
TerDU mezbonligida o‘tayotgan “Men qutqaruvchiman” musobaqasining viloyat bosqichi jarayonlaridan foto reportaj
Ma'lumot o‘rnida mazkur musobaqada shahar-tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 15 ta jamoa qatnashib 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda
Bizni kuzating
#tafsilot
✅TerDU rektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-yil 21-iyul kuni Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
• universitet kampusidagi bino va auditoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash holati;
• ijro intizomi va tegishli topshiriqlarning bajarilishi;
• qo‘shma ta’lim dasturlari, ta’lim eksporti hamda investitsiya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar.
Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Rektor tomonidan ijro apparati boshlig‘iga vazirlik va universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar bajarilishini doimiy monitoring qilish va hisobotini yuritish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan taklif va taqdimotlar ko‘rib chiqildi. O‘quv ishlari bilan bog‘liq qonun hujjatlari mazmuni ishtirokchilarga tushuntirildi.
Bizni kuzating
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda
🏛 Zamonaviy auditoriyalar, interaktiv doskalar bilan jihozlangan o‘quv xonalar va malakali professor-o‘qituvchilar sizni kutmoqda.
Ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan! Siz ham bugun o‘z kelajagingiz sari birinchi qadamni qo‘ying!
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 36-uy
📞 Murojaat uchun telefon: (76) 228-08-27
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|DTPI">Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
ТеrDU doktoranti xalqaro ekspeditsiya tarkibida
TerDU rektor huzurida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor tarkibiga kiruvchi bo‘lim va tuzilmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qumqo‘rg‘on tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!
"Dolzarb 90 kun" – Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Termiz davlat universitetining "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida TerDUda davom ettirishlari mumkin!
TerDU talabalari Pekinda xalqaro yozgi maktabda!
Surxondaryoda test sinovlarining navbatdagi kuni ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Bizni kuzating
⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
#Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma
Bizni kuzating
#Mutolaa
🔶 Hikoya: Bemor
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 03:29
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
Eslatma: OTMlarda grant o‘rinlarini qayta taqsimlashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda!
Hurmatli talabalar! Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun OTM veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
🎓 Ta’lim grantlari turlari:
1️⃣ To‘liq ta’lim granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
2️⃣ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
🟢To‘lov-kontraktning 50% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya berilmaydi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
3️⃣ Qo‘shimcha davlat granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 4,0 va undan yuqori
🟢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyulgacha
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
4️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti
🟢GPA: 3,3 dan 4,0 gacha
🟢Grant miqdori OTM tomonidan belgilanadi
🟢Faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar talabalari ishtirok etadi
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
Ro‘yxatdan o‘tishda faollik ko‘rsating va OTM e’lonlarini doimiy kuzatib boring!
📎Batafsil ma’lumot: OTM rasmiy sahifasi yoki @eduuz kanalida.
Bizni kuzating
Choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan ogoh boʻling!
Xavfsizligingiz — oʻz qoʻlingizda!
Suvga shoʻngʻishdan oldin har doim joyni tekshiring.
Suv havzasining chuqurligi va oqimini biling.
Bolalarga alohida e’tibor bering, ularni nazoratda saqlang.
Alkogol ta’sirida choʻmilishdan saqlaning.
Favqulodda vaziyatda yordam chaqirish usullarini biling.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
➖Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
➖Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
➖Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Bizni kuzating