Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limining ishonch telefoni: 76-2217710, uyali aloqa telefonlari 91-5752001, 93-7990101 raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faol aʼzolaridan iborat "Qalqon" jamoatchilik guruhi yangi oʻquv yilidagi o'z faoliyatlarini boshladi.
Ma’lumot o‘rnida, universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 30 nafar ko‘ngilli yoshlari oliygoh va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.
Bizni kuzating
⚡️Termiz nufuzli xalqaro anjumanga hozirlik ko‘rmoqda
🗓 Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
🌍 Xalqaro anjumanda nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya, Qatar, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning 10 ga yaqin mamlakatidan 30 dan ortiq ilm-fan namoyondalari, olimlar, tadqiqotchilar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Buyuk muhaddis Imom Termiziyning 1200 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu nufuzli xalqaro anjumanga barchangizni taklif qilamiz!
Bizni kuzating
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida TerDUda bo‘lgan ijodkorlar oliygohdagi matbuot va axborot xizmati bo‘limi, registratsiya ofisi faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Mehmonlar joriy o‘quv yilidan boshlab Termiz davlat universitetida ochilgan jurnalistika ta‘lim yo‘nalishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilanligini ta’kidlashdi. Ijodkorlar oliygoh kampusi bo‘ylab talabalar va tadqiqotchilarga yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirishdi.
Bizni kuzating
#jarayon
TerDUda "Ma'rifat ulashib" loyihasi
Ayni damda viloyatimiz markazidagi Sa’nat saroyida TerDU rektori A.Toshqulov, O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
Tadbirning asosiy qismi oldidan talaba-yoshlarga Erkin A'zamning “Zabarjad” qissasi asosida suratga olingan shu nomdagi film namoyish etildi.
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi ijodkorlarimiz bilan qator tadbirlar tashkil etish belgilangan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#ustozga_ehtirom
TerDUda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ezgu amallar ko‘lami kengaydi
Termiz davlat universiteti rektori boshchiligidagi mas’ullar oliygohda uzoq yillar faoliyat yuritib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan yoshi ulug‘ faxriy ustozlarning holidan xabar olishib, bayram bilan tabriklashdi.
Ustozlar bilan samimiy suhbat jarayonida ularning nasihatlari o‘gitlariga quloq tutildi. Qo‘llarini duoga ochgan faxriylar xalqimizning dasturxoniga qut-baraka, yoshlarning kelajakdagi o‘qish va ishlariga omad va zafarlar tilashdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
TerDU “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bayram_tadbiri
1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar" bayrami munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun bayram dasturi bo'lib o'tdi.
Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ishtirok etib, shogirdining muvaffaqiyati, yutuqlari bilan faxrlanadigan ustozlarga samimiy tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlangan bir guruh pedagoglarning faxriy yorliqlari o‘z egalariga topshirildi.
Bayram dasturida universitetning "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi chiqishlari ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Yakunda har bir pedagogga bayram sovg‘asi ulashildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#prezident #eʼtirof
"Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e’tibor qarata olmadik.
Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.
Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.
Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.
Mana, bu yil "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.
Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi",
Bizni kuzating
#xalqaro_qizlar_kuni
🌍 BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.
📅 Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti talaba-qizlari ishtirokida “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shioiri ostida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorlgida o‘tkazilgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Unga ko'ra:
1-o'rin: Optimum jamoasi,
2-o'rin: Yustitsiya jamoasi,
3-o'rin: Sirus jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida jamoalar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
Ming nafarga yaqin talabalarni qamrab olgan "Marifat ulashib" loyihasidan videolavha.
Bizni kuzating
🟡 Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
NO COMMENT | Termiz davlat universiteti
Bizni kuzating
"Ma'rifat ulashib" loyihasi TerDU talaba-yoshlariga ijodiy muhit in'om etmoqda
Samimiy muloqotlarda O‘zbek adabiyotida voha maktabining o‘ziga xos jihatlari, namoyondalarining shaxsi, ibratli hayot yo‘llariga nazar tashlandi.
Mushoira kechasi ko‘rinishini olgan tadbirda, ustozlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi, o‘z o‘rnida yosh qalamkashlar ham iste'dodlarini namoyon etishdi.
Tadbir yakunida elimiz ardog‘idagi ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
🖼 Butun kunni qamrab oladigan bitta rasm
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Qaymoqlida qad rostlagan yangi maktab
#ustozga_ehtirom
TerDU pedagoglari faxriy ustozlar holidan xabar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Qadrli ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yosh avlodlarga ilm-ma’rifat ulashadigan, har bir bolani o‘zining farzandidek ardoqlab, ta’lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma’noda fidoyilik namunasidir.
Prezidentimizning sohaga, soha xodimlariga ko‘rsatayotgan e'tiborlari tufayli jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qadri yuksalib, o‘qituvchi degan kasbning nufuzi oshib bormoqda.
O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan Siz –mehridaryo ustozlarni, soha faxriylarini bayram bilan tabriklashdan hamisha faxr hissini tuyamiz.
Fursatdan foydalanib Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#tabrik
Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri:
Hurmatli ustozlar, professor-oʻqituvchi, murabbiylar!
1-oktyabr – jamiyat taraqqiyotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. Oʻzbekistonda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan Siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va bu oʻzgarishlarning markazida oʻqituvchilar turibdi. Konstitutsiyada ilk bor oʻqituvchi maqomi alohida belgilanishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi, davlatimiz taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy taʼlim uslublarining joriy etilishi taʼlim tizimini sifatli rivojlantirish uchun asos boʻlmoqda.
Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar, mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.
Prezidentimizning bugungi nutqlarida “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu ogʻriqli masalani hal etishga – oʻqituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplarini tinglarkanmiz, oʻqituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda oʻtkazishlari xayolimizdan oʻtadi. Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bizni
kuzating
#taqdirlash
TerDUda vohamizdagi OTMning fidoiy professor-o'qituvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Sh.Kichkilov hamda OTMning mas’ullari ishtirokida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug'iga binoan "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoniga munosib ko'rilgan pedagoglarga mukofoti topshiridi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur nufuzli mukofot bilan Termiz davlat universitetining ham 6 nafar professor-o'qituvchilari taqdirlanishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#№34
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Narmuratov Zayniddin Radjabovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» ixtisosligidan “Ta’lim” va “Ilm” mazmunli frazemalarning semantik-struktur, lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Zayniddin Radjabovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
ЦВЦУКВЦУКВУЦКВ
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#tabrik
1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan barcha sharafli kasb egalarini muborakbod etamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#prezident #eʼtirof
Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgani ta’kidlandi.
Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalash bo‘lgan ta’lim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.
"Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.
Buning uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Shundagina u o‘zining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi",
Bizni kuzating