🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish” (Deyl Karnegi)
🔴“Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)
#Tayyorgarlik #Oʻquv_yili_oldi
Rektor A.Toshqulov tomonidan universitetning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirilmoqda.
Ma'lumki, talabalar ta'tili davrida universitet bo‘ylab o'quv binolar, auditoriyalar, kafedralar va talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq qator ishlar amalga oshirildi.
Rektor rahbarligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganishni 1800 nafar talabaga mo‘ljallangan Axborot texnologiyalari fakultetida o'qish sifati va samaradorligini oshirish uchun olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdan boshladi.
Bu kabi o‘rganishlar joriy haftaning oxirigacha davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Termiz davlat universiteti o'qituvchilari Litvada stajirovka o'tashmoqda.
🟢Universitetimiz talabalari Pekin shahar universitetida tashkil etilgan yozgi maktab dasturida.
🟢"Yetmish bahordirki yashnar lolasi"
🟢QVZning 2024-yilgi mavsumiga buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda!
🟢O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
🟢O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarning amaliy ko'nikmalari sinovdan o‘tkazildi. (video)
🟢Termiz davlat universitetida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.
Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
Bizni kuzating
#tanlov2024 #kollej #texnikum
⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
Termiz davlat universitetida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida mehmonlarga Termiz davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan bir qator istiqbolli loyihalar taqdimoti tanishtirilib, takliflar bildirildi. Mintaqaning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan loyihalar JICA vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bizni kuzating
#16_avgust
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣Termiz davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlarning kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
🟢 “Dizayn: milliy kostyum” — Yuklab olish;
🟢“Sport faoliyati: kurash” — Yuklab olish;
🟢“Sport faoliyati: valeybol” — Yuklab olish;
❕ Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
Ulug‘bek Qosimov: “Xalqimizga shunday quvonchni ulashayotgan sportchilarimizga – otangga rahmat deymiz!”
Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😎🥇🥉 Surxondaryoning Alpomishlari Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#e’lon #olimpiada
⚡️Akademik litsey, kasb-hunar va umumta’lim maktablari o‘quvchilari diqqatiga!
Respublika bo‘ylab yosh matematiklarning xalqaro nufuzli musobaqasi — “Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi”ga (TasIMO-II) start berildi.
Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi:
▪️1-bosqich – 2024-yil 14–15-dekabr kunlari (onlayn);
▫️2-bosqich – 2025-yil 22-23-fevral kuni (oflayn);
▪️3-bosqich – 2025-yil 18–20-may kunlari (oflayn).
Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 olympiad.nordicuniversity.org
☎️ +998 55 508 44 00
Bizni kuzating
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.
Bizni kuzating
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#diqqat_e'lon #ikkinchi_mutaxassislik #test_sinovi
Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
“Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida o‘tkaziladi. Test sinovi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
📎Test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi va baholash me’zoni:
1. Asosiy fanlar (Huquqshunoslik - 30 ta savol) – 126 ball
2. Majburiy fanlar (O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol, Ona tili - 10 ta savol, Matematika - 10 ta savol) – 63 ball.
🔼Test sinovi bo‘yicha ajratilgan maksimal ball – 189 ball.
🔗Test sinovi to'lovi, sanasi, vaqti va joyi qo‘shimcha ravishda ushbu @terdu340 telegram kanalida e’lon qilinadi.
📞 Murojaat uchun tel: 76 228 03 40
#diqqat
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
Bizni kuzating
#stajirovka
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O‘QITUVCHILARI LITVADA STAJIROVKA O‘TASHMOQDA
⚡️ Litva Respublikasida joylashgan Vytautas Magnus universitetida "Litva tili va madaniyati" boʻyicha yozgi stajirovka kursi tashkil etildi. Dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan grant sohiblari qatnashgan mazkur kursda Termiz davlat universiteti katta o'qituvchisi G'ayratjon Qudratov muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatga ega bo'ldi.
Vytautas Magnus Universiteti Litvaning yetakchi universitetlaridan biri bo’lib, 1922-yilda tashkil etilgan. Ushbu universitetda 8500 nafardan (shundan 2000 nafari xorijlik talabalar) ortiq talabalar tahsil olmoqda. Universitetda 9 ta fakultet, 3 ta akademiya va 2 ta institut faoliyat yuritadi. Universitet 2024-yilda QS World University Rankings xalqaro reytingi bo'yicha dunyoda 741-751-o'rin, Yevropada esa 264-o'rinni egallagan.
Bizni kuzating
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Читать полностью…#№26
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovna “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 08.00.17 –“ Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
➖➖➖
Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!
В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям
Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
➖➖➖
To the attention of applicants recommended for study!
At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories
From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.
Bizni kuzating
#diqqat_e'lon #eslatma
Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
“Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida o‘tkaziladi. Test sinovi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Test sinoviga ishtirok etish uchun talabgorlar quydagi hisob raqamga 170.000 (bir yuz yetmish ming) so‘m to‘lovni amalga oshirishi lozim.
⁉️To‘lovni amalga oshirishda talabgorning F.I.Sh. (to‘liq) yozilishi, to‘lov maqsadi (masalan: Aliyev Alisher Valiyevichning test sinoviga qatnashish uchun to‘lov) va JSHSHIR (PINFL) raqami kiritilishi lozim.
SHHR: 400110860224017094100079006 (to’lov shu hisob raqamiga amalga oshiriladi)
H/R: 23402000300100001010, INN: 201122919, MFO: 00014
INN: 200473474
"Click up" ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yo'riqnoma.
⏰To‘lovni amalga oshirishning oxirigi muddati: 2024-yil 18-avgust kuni soat 12:00 gacha
❌To‘lovni amalga oshirmagan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
📞 Murojaat uchun tel: 76 228 03 40
Bizni kuzating
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha
✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
📹 O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarning amaliy ko'nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Bizni kuzating
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan Termiz davlat universitetining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar “Dizayn: milliy kostyum”, “Sport faoliyati: kurash” hamda “Sport faoliyati: valeybol” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o‘tkazilmoqda.
⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.
Bizni kuzating
QVZning navbatdagi mavsumiga BUYURTMALAR qabul qilish boshlandi!
QATNASHISH ISTAGIDAGI JAMOALARGA QO‘YILADIGAN BARCHA TALABLAR (PDF formatida) VA BUYURTMA NAMUNASI (WORD formatida) TELEGRAM KANALIMIZGA YUBORILMOQDA!
BATAFSIL: /channel/qvz_uz/3590
Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09
@terdu340
#diqqat_e'lon
⚡️ Termiz davlat universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ariza topshirgan talabalar diqqatiga!
Kasbiy (ijodiy) imtihon bo'lib o'tadigan quyidagi:
👗“Dizayn: milliy kostyum”,
🤼♀️“Sport faoliyati: kurash”,
🤽♀️“Sport faoliyati: valeybol” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ro'yxatdan o'tgan barcha talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon joriy yilning 16-avgust kuni soat 08:00 da imtihon ruxsatnomasida ko'rsatilgan hududlarda o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Bizni kuzating
#eslatma
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida @eduuzanticor_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan.
❗️Bot orqali Siz vazirlik, uning tizim tashkilotlari, akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin.
☝️Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan:
📞 1006 Ishonch telefon raqami;
📤 anticor@edu.uz elektron pochta manzili.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#talaba_ijodidan
‘"Yetmish bahordirki yashnar lolasi"
Muallif: TerDU talabasi Qarayeva Shaxnoza
Bizni kuzating
#turizm #Pekin
⚡️Universitetimiz talabalari Pekin shahar universitetida tashkil etilgan yozgi maktab dasturida.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bugun videokonfrensaloqa shaklida tashkil etilgan onlayn muloqotda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligida tomonlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, investitsiyalar va sanoat sohalari mutasaddilari ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida viloyatimiz rahbari Novosibirsk gubernatoriga Surxondaryo delegatsiyasining joriy yil 17-18-iyul kunlari Novosibirsk viloyatiga tashrifida tashkil etilgan yuqori saviyadagi qabul hamda mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar, tuzilgan shartnomalar ijrosi, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat migratsiyasi, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish, loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tomonlarning rasmiylari axborot berdi.
Onlayn muloqot davomida Novosibirsk viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Surxondaryoga bo‘ladigan tashrifi dasturi ham muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirishga tayyorligini hamda birgarlikda loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini qayd etishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Shavkat Mirziyoyev:
“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning g‘ururimiz!”, — dedi Prezident ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida.
Bizni kuzating