0️⃣0️⃣0️⃣
✅“Termiz universiteti” gazetasi yana siz bilan!
⚡️Yangi format, yangicha dizayn bilan nashr etilayotgan “Termiz universiteti” gazetasi orqali ilm-fan, taʼlim sohasiga oid eng soʻnggi yangiliklar, universitet hayotiga oid qiziqarli voqealarni kuzatib boring.
🔽Gazetada oʻz maqolalari chop etilishini xohlagan talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilm ahlini hamkorlikka chorlaymiz.
📞Aloqa uchun: +998937920224
Ha aytgancha oʻzingiz oʻqidingizmi, boshqalarga ham yetkazishni unutmang!
#Navoiyga_ehtirom #chellenj
Termiz davlat universiteti talabalari 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlab “Navoiyga ehtirom” chellenjini boshlab berishdi.
___
Студенты Термезского государственного университета дали старт челленджу «Уважение Навои», посвященный 583-летию Алишера Навои – великого поэта, мыслителя, известного государственного и общественного деятеля.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim #Profta’lim
Kollej, texnikum va oliygohlarni uzviy bog‘laydigan yangi tizim joriy qilinadi
——
Будет внедрена новая система, обеспечивающая связанность колледжей, техникумов и университетов.
Bizni kuzating
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim #Profta’lim
Yig‘ilishda 50 ming kollej-texnikum o‘quvchisini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish topshirildi.
Bu ishlar, avvalo, to‘qimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yo‘nalishlarida boshlanadi.
Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim vazirligiga bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.
Aniq va fundamental fanlar bo‘yicha ilg‘or darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim
Shu kabi kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjud. Masalan, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.
Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.
Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.
Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.
Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim. Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Президент раислигида ижтимоий соҳадаги устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.
Соҳа учун масъул 13 та вазирлик ва идора ҳамда 223 нафар ҳоким ўринбосарлари бор.
Лекин таълим, тиббиёт, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларидаги ислоҳотларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда камчиликлар йўқ эмас.
Масалан, мактабгача ва мактаб таълимида эришилган катта ўзгаришлар билан бир қаторда боғча билан мактаб, мактаб билан коллеж ва олийгоҳ ўртасида узвийлик етарли даражада эмас.
Маҳалла раиси мактабда тарбия ва давомат масалалари, ота-оналар билан ҳамкорлик қилиш билан қизиқмаса, туман ҳокимлари, ёшлар ва ижтимоий масалага масъул ўринбосарлари мактабда маънавият ва спорт тадбирларини ташкил этишга эътиборсиз бўлмоқда.
Шу боис, ўтган ҳафта мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосарлар тайинланди. Уларнинг олдига таълим, тарбия ва маънавият бўйича мактабларга янги муҳит олиб кириш вазифаси қўйилди.
Facebook|Instagram|X
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢 Rektor universitet KPI platformasiga ma’lumotlar joylashtirilishi bo‘yicha ishlarning bajarilish holati bilan tanishdi.
🟢“Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.
🟢Rektor yuridik fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun «Adolat — hayotimiz bosh mezoni» mavzusida mahorat darsini o‘tdi.
🟢Universitetda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi.
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.
🟢Bolajonlarga quvonch ulashishdi.
🟢Yaponiyadagi Takarazuka universiteti xalqaro markazi direktori Junichi Nakamura bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
🟢Axborot xizmati tomonidan 2024-yilning yanvar oyida taqdim etilgan axborotlar infografikasi bilan tanishing.
🟢Rektor rahbarligida 2024-yilgi xalqaro va milliy reytingda yuksalish: xalqaro hamkorlik, taʼlim sifati, ilmiy salohiyat va maʼnaviy muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🟢Kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida "Bir haftada bir kitob" tanlovi oʻtkazildi.
🟢"Shashlik day" festivali o'tkazildi.
🟢KPI — Yuksalish sari ildam qadamlar.
🟢O'tgan hafta Togʻay Murod va uning asarlarini oʻqish haftaligi boʻldi.
🟢Rektor boshchiligida universitetning yoshi ulug‘ ustozlari jamoasi uchun ziyorat tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#TerDU
🗣Termiz davlat universitetining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga a‘zo bo‘ling hamda oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
🕊Telegram
📱Facebook
📺You tube
✅Rasmiy sayt
✈️Murojaat, taklif va shikoyatlar uchun bot: @TerDU_murojaatlar_bot
✈️Rektorga murojaat uchun bot: @TerDU_rektor_bot
✅Bizni kuzatishda davom eting!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunini imzoladi
✅ Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
❌ Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
➡pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
➡pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
➡pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.
#IELTS
#ingliz_tili
🗣2024-yil universitetimizda "Xorijiy tillarni o'rganish yili".
Ingliz tili o'rganuvchilari uchun ajoyib imkoniyat - IELTS imtihonini universitetimizda topshiring.
✅ Imtihon sanasini belgilang, ro'yxatdan o'ting va orzular sari birinchi qadamni tashlang.
📍Manzilni 37.2346145,67.2875365,21z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffa62e3067:0x594c13a993273bcf!8m2!3d37.2346363!4d67.2875485!16s%2Fg%2F11g6w1js3h?entry=ttu">Google xarita orqali aniqlash.
🔖 IELTS - Britaniya Kengashi (British Council) bilan sifatliroq.
Izoh: Kalendarda qizil rangda berilgan sanalar universitetda bo'lib o'tadigan imtihon kunlarini ko'rsatadi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#samaradorlik
✅KPI — Yuksalish sari ildam qadamlar...
🟢Milliy va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash maqsadida professor-o‘qituvchilarimiz faoliyati jahon standartlari asosida baholanmoqda va rag‘batlantirilmoqda.
📹You tube orqali ko‘rish.
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#kitobxonlik
🔖Kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida talabalar oʻrtasida "Bir haftada bir kitob" tanlovi oʻtkazildi.
✔️Ishtirokchilar jami 100 ballik tizimda baholanadi.
➡1-shartda 25 ta test yechilgan boʻlsa, 2-shartda asardan epizod, monolog yoki sahna koʻrinishi namoyish etildi.
➡Eng yuqori ball to’plagan 3 nafar kitobxon talaba pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlandi.
🥇Shahlo Omonova - xorijiy filologiya
🥈Marjona Abdurahmatova - oʻzbek filologiyasi
🥉Muhiddin Kenjaboyev - xorijiy filologiya fakulteti talabasi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot
🟢Rektor Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif doirasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalar ekan, mazkur xalqaro hamkorlik talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, xususan, qishki va yozgi lager loyihasini yoʻlga qoʻyish, tadqiqotlar olib borishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: 2024-yilning dastlabki oyidayoq Termiz davlat universiteti Eron va Xitoyning 9 ta — Sharif texnologiya, Shahid behishti, Tehron, Alloma tabotabai, Shimoli-gʻarbiy, Tyanszin sport, Pekin shahar, Tyanszin pedagogika va Tyanszin xorijiy tillar universitetlari bilan memorandum hamda shartnomalar imzolashga erishildi.
#infografika
✅Termiz davlat universiteti axborot xizmati tomonidan 2024-yilning yanvar oyida taqdim etilgan axborotlar infografikasi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Tabiiy fanlar fakulteti talabalari viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarga quvonch ulashishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
BIZNES SEMINAR
👥 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da oʻz biznesingizni yoʻlga qoʻyishga tayyormisiz?
Unda aynan siz uchun tashkil etilayotgan seminarda ishtirok etib, zaruriy bilimlarni egallang va millionlar egasiga aylaning!
⏰ Seminarda yoshlarni zamonaviy biznes va sohalarga tayyorlash boʻyicha quyidagi maʼlumotlar beriladi:
🟢 Xalqaro moliya bozorlari;
🟢 Startup loyihalar;
🟢 Biznes gʻoyalar;
🟢 My biznes 2024;
🟢 IT – dasturlash.
🗓 Seminar 2024-yilning 8-fevral kuni axborot texnologiyalari binosining 105-xonasi faollar zalida, soat 16:00 da boʻlib oʻtadi.
🔗 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/gxrspUrK8KyRgEQP8
Murojaat uchun:
+998905203012
+998338082028
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim muassasalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi, uni amalga oshirish mexanizmlari va chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.
“Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishning maqsad va vazifalari, uni oila va mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va uslubiy masalalari, amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilib, tegishli vazifalar belgilab berildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1844
#Surxondaryo #Manaviyatsektori #konsepsiya #mexanizmlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim
OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.
Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim
Kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratiladi
O‘tgan yili Davlat test markazi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etildi. Lekin, agentlik haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanmoqda.
Bizni kuzating
#Prezident #yig‘ilish #ta’lim
Professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi
Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Davlatimiz rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.
Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.
Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах образования, здравоохранения, цифровизации, культуры и спорта на 2024 год.
Facebook|Instagram|X
#audio_hikoya
🎧 Bola — loy, ota-ona — kulol emasmi?
✅Audio tinglash stress gormonlari ishlab chiqaruvchi kortizol faoliyatini pasaytirish orqali surunkali stress xavfini kamaytiradi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Jarayon
👥Bugun rektor boshchiligida universitetning yoshi ulug‘ ustozlari jamoasi uchun ziyorat tashkil etildi.
🟢Universitet rektori tashabbusi bilan oliygohda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan faxriy professor-oʻqituvchilar hamrohligida Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlariga ziyorat uyushtirildi.
➡️Universitet jamoasi sayʼ-harakati bilan "Open Budjet" portali orqali yutib olingan avtobusning birinchi manzili Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi boʻldi.
🟢 Shundan so'ng, sayohat Sulton Saodat majmuasida davom etdi va bu yerda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, restavratsiya ishlari bilan yaqindan tanishgan faxriylar, viloyatimizning yanada obod, koʻrkam goʻshaga aylanib borayotganini eʼtirof etishdi.
🟢Samimiy suhbat oqsoqollar uchun yozilgan dasturxon atrofida davom etdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🔔Bugun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod tugʻilgan kun
“…Men shu niyat yoʻlida imorat solmadim, mashina olmadim, mansab egallamadim, shon-shuhrat qizgʻanmadim. Men dunyo talashmadim! Faqat izlandim, faqat oʻqidim… Men oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman!”
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Конгратбай Авезимбетович Шарипов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига тасдиқланди.
Бундан илгарироқ К.Шарипов номзоди Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан маъқулланган эди.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Шарипов Конгратбай Авезимбетович утвержден на должность министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.
Ранее кандидатура К.Шарипова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
#Shashlik_day
ℹ️ Statistik maʼlumotlarga koʻra, shashlik dunyodagi eng yaxshi taomlar orasida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
➡️Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz davlat universitetining talabalari "Shashlik day" festivalini o'tkazishdi. Unda 14 ta fakultet talabalari o'zining pazandalik mahoratlarini namoyish etishdi.
🟢Bu kabi tadbirlar bo‘lajak oila boshliqlari bo‘lmish yigitlarimizni kelajakda oilaparvar, mehnatsevar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Kun_hikmati
Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.
#Tafsilot
🟢Ayni vaqtda rektor rahbarligida 2024-yilgi xalqaro va milliy reytingda yuksalish: xalqaro hamkorlik, taʼlim sifati, ilmiy salohiyat va maʼnaviy muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Xalqaro_hamkorlik
✅Termiz davlat universiteti rahbariyati viloyatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Yaponiyadagi Takarazuka universiteti xalqaro markazi direktori Junichi Nakamurani qabul qildi.
🟢Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ushbu hamkorlik ikki oliygoh o'rtasida professor-o'qituvchi va talabalar almashuvi, xalqaro ta'lim dasturlarida hamkrolik, shuningdek, tegishli sohalarda qo'shma ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Termiz davlat universitetida yapon kompaniyalari tajriba va texnologiyalarini joriy etish, yapon tilini oʻqitish markazini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.
#№_6
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi o'qituvchisi Maxmudov Omon Tuxtayevichning Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.I.133.02 raqamli Ilmiy kengashning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Tijorat banklari reytingini aniqlash amaliyotini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!