#TerDUda_bayram_shukuhi
🟢8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, oliygohdagi talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Doshqozonlarda osh damlanib, 3000 nafarga yaqin talaba-qizlarga dasturxon yozildi.
🗣Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori A.Toshqulov talabalar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, ularni bayram bilan samimiy qutladi.
🟢Badiiy qismda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Президент Шавкат Мирзиёев бокс бўйича Баҳодир Жалолов мактабидаги шароитлар билан танишди
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями в боксерской школе Баходира Джалолова
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya taʼlim forumi bo‘lib o’tmoqda
Ayni kunlarda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida Ikkinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari mas’ullari va Britaniyaning 8 ta TOP universitetlari delegatlari, shuningdek ikki tomonning tegishli vazirlik hamda idoralari mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Oliy ta’limda sifat va boshqaruv, mahalliy hamda global miqyosdagi talablar va islohotlarga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda transmilliy ta’lim orqali erishish kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilinmoqda.
Tadbirning ilk kunidagi muzokaralarda oliy ta’lim strategiyasi, eng ilg‘or amaliyotlar va hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Yakunda esa O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlashga oid tashkilotlari o‘rtasida anglashiluv memorandumi imzolandi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrugʻi bilan Shaydullayev Alisher Shapulatovich ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Alisher Shapulatovich 1986-yil Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug'ilgan.
U Magistratura va doktorantura bosqichlarida Germaniya va Fransiyaning nufuzli ilmiy-tadqiqot, stajirovka grantlari sohibi, YUNESKOning akademik tadqiqot granti sohibi.
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti arxeologiya kafedrasi dotsenti, Termiz davlat universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Stol tennisi bo'yicha “Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichida TerDU g'oliblikni qo'lga kiritdi
🟢Taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
🟢Qishning soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga qish zavqini ulashdi
🟢Aziz talabalar, is gazidan ogoh boʻling!
🟢Termiz davlat universiteti 70 yilligiga bag'ishlangan logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qilindi
🟢Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova hamda Hamid Olimjon obrazlari talabalar talqinida
🟢“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
🟢"Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovi davom etmoqda
🟢 “Termiz universiteti” gazetasining navbatdagi sonini mutolaa qildingizmi?
🟢“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” bilimlar tanlovi o‘tkaziladi
🟢“Aniq fanlar kechasi” boʻlib o'tdi
🟢Media makonda milliy kontent yaratishda navbatdagi qadamlar
🟢“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi”
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#aniq_fanlar_kechasi
🗣Termiz davlat universiteti akademik litseyida aniq fanlar yoʻnalishi 1-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Aniq fanlar kechasi” oʻtkazildi.
Unda “Everest”, “Star team” va “Al-Xorazmiy izdoshlari” jamoalari oʻzaro bellashdilar.
➡️Yakuniy xulosalarga koʻra, jamoalar quyidagi natijalarni qoʻlga kiritishdi:
🥇“Everest”
🥈“Al-Xorazmiy izdoshlari”
🥉“Star team”
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#mutolaa #universitet_gazetasi
✅ “Termiz universiteti” gazetasining 2024-yil 29-fevral kungi (357)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
➖“Biz, bolalarimizni kuchli qilib tarbiyalashimiz kerak!”;
➖Bashariyat dahosiga ehtirom;
➖KPI:gʻalvir suvdan koʻtarildi;
➖Maʼnaviyat hal qiluvchi kuch;
➖“Boburnoma”ni oʻqish - tarixni ommalashtirishga xizmat qiladi;
➖Kutubxona - yoshlikning qutlugʻ manzili va boshqa qiziqarli materiallar chop etilgan.
Ha aytgancha oʻzingiz oʻqidingizmi, boshqalarga ham yetkazishni unutmang!
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
🗣Universitetda shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shoiraning ibratli hayoti, oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, insoniy fazilatlari, qoldirgan boy maʼnaviy merosi to‘g‘risida soʻz yuritildi.
🟢Yakunda eng faol talabalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
🟢Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova hamda Hamid Olimjon obrazlari Termiz davlat universiteti talabalari talqinida...
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
⚡️Diqqat, eslatma!
Attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish 1-mart soat 23:59 da to‘xtatiladi
Akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan va navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagog kadrlari joriy yilning 1-mart soat 23:59ga qadar pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, ariza qoldirishlari lozimligini eslatamiz. Belgilangan tartibga muvofiq 1-mart kunidan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmasligi belgilangan.
Shuningdek, navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar ham joriy yilning 1-mart kuni yakuniga qadar belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari shart. O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha savollar uchun:
☎️ Telefon: 55 520-08-08 (ichki raqam 75)
📩 Telegram: /channel/pedagog_supportbot
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича 2024 йил учун устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш ўтказмоқда.
Таҳлилларга кўра, юртимизда қуёш ва шамол энергияси салоҳияти электрга бўлган ҳозирги эҳтиёжни 10-12 баробар ортиғи билан қоплашга етарли экани таъкидланди.
Шундай улкан имкониятни ишга солиш масаласига анча йиллар давомида эътибор берилмай келингани, лекин сўнгги йилларда бу соҳада ҳуқуқий база яратилгани туфайли инвесторлар учун жозибадор муҳит шакллангани қайд этилди.
“Яшил энергия” манбаларини барпо қилиш бўйича юртимизда катта дастурлар бошланди. Бугунги кунга қадар соҳага 2,1 миллиард доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестиция кириб келди, яна 13 миллиард долларлик лойиҳалар амалга оширилмоқда.
Facebook|Instagram|X
#e’lon #Onlayn_olimpiada
❗️“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
🌀 Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;
2️⃣-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talaba bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
🏆 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
✍️ Ehtimoliy test savollari bu yerda 👉@RaqobatGovUz
Batafsil ma’lumot:
🌐 raqobat.gov.uz
📞 (71) 207-47-00 (321)
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi – ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash raisi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 19-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni va maktab sharoitlari bilan tanishdi. Mutasaddilarning Termiz shahridagi 26 ta maktabda Termiz davlat universiteti tajribasi asosida “KPI” tizimini joriy etish, ta’lim maskanlarini to‘liq kameralashtirish ishlarining borishi yuzasidan axborotlari tinglandi.
Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash maqsadida maktab direktori va o‘rinbosarlari bilan mahalla “yettiligi” hamda Milliy gvardiyaning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda ta’lim jarayonlari maktab tomonidan, o‘quvchilarni ta’limga jalb qilish mahalla “yettiligi” va Milliy gvardiya tomonidan amalga oshirilishi qayd etildi.
Shundan so‘ng, “Alpomish” mahallasidagi ko‘chalar bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga “yashil hudud”larni kengaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududda “AyTi” markazi tashkil etish vazifalari topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1902
#Surxondaryo #maktabtalim #KPI #mahalla
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#qish_ziynati #talabalar_kayfiyati #TerDU
❄️Qishning soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga qish zavqini ulashmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#E'tirof
🟢8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda universitetda faoliyat yuritayotgan 700 nafar muhtarama professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar, hamda faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
🟢To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan dilbar ayollarni dastlab universitet rektori A.Toshqulov nafosat va go‘zallik bayrami bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, bugun universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar har jabhada faollik koʻrsatib, salmoqli natijalarni qayd etishmoqda.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 265 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shundan olimalar soni 90 nafar boʻlsa, ularning 15 nafari 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlardir.
#musobaqa #TerDU
🟢8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetning ayol professor-o'qituvchilar hamda ishchi xodimlar o'rtasida basketbol (savatga to'p tushurish), stol tennisi, darts (nishonga olish) bo'yicha musobaqa tashkil etilmoqda.
🍔 Ishtirokchilar 6-mart kuni soat 09:00 gacha o‘z jamoalarini shakllantirgan holda ro‘yxatdan o‘tishlari so'raladi. Musobaqaga 10:00 da start beriladi.
📍 Universitet sport majmuasi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot
✅Universitet rektori Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasining faoliyatini muhokama qildi
🟢Fakultetda tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab oʻquv jarayoni va taʼlim sifati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xato hamda kamchiliklar boʻyicha maʼlumot berildi.
Shundan soʻng jamoaning KPI tizimida qayd etgan natijalarini taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ma'lumot uchun, ushbu fakultet KPI tizimida universitet fakultetlari orasida 8 oʻrinda boʻlib, ilmiy salohiyat 52,38% ni tashkil etadi. Hozirda fakultetdan KPI tizimi boʻyicha 210 nafar oʻqituvchidan bor yoʻgʻi 17 nafar oʻqituvchi ustama haq olmoqda.
Yangi mavsumga start berildi
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Tanlovda ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting! Arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📑Adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi rasmlardan tanishib olishingiz mumkin.
🤝Aziz yoshlar, sizlarning har biringiz oʻz oilangizga avtomobil sovgʻa qilish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun kitob oʻqishingiz va tavlovda gʻolib boʻlishingiz kerak. Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz!
📢 Diqqat e’lon: Ijtimoiy roliklar tanlovi muddati uzaytirildi!
Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ijtimoiy roliklar tanlovi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida ishtirokchilardan kelib tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda videomateriallarni qabul qilish muddati yana bir oyga uzaytirildi.
Yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida “Uyg‘onish sari yo‘l” g‘oyasi asosidagi ijtimoiy roliklar tanloviga videolavhalar quyidagi mavzularda qabul qilinadi:
➖ Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;
➖ Surxondaryo - janub gavhari;
➖ Oila – ma’naviyatimiz tayanchi;
➖ Ota - oila ustuni;
➖ Muallim – jamiyat ko‘zgusi;
➖ Mehr-oqibat — hamjihatlik ifodasi;
➖ Odob oltindan afzal;
➖ Ilm – saodat kaliti, ilmsizlik – jaholatdir;
➖ Asl boylik — qanoat;
➖ Musaffo tabiat;
➖ Qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi;
➖ Halollik vaksinasi.
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
🔹 qisqa lavhalar orqali mavzuni to‘liq yoritib berish;
🔹 mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
🔹 kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
🔹 kamida HD formatda bo‘lishi.
Tanlov uchun materiallar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 31-martgacha qabul qilinadi.
Ishtirokchilar o‘zlari haqidagi qisqacha ma’lumot va materiallarini quyidagi manzillarga yuborishlari so‘raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
+99893 239 00 95;
+99891 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga muvofiq Termiz davlat universitetida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari, vohalik yosh vaynerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun “Media makonda milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Axborot maydonini bugungi kun talabi va xalqimiz ehtiyojiga mos milliy kontent bilan to‘ldirish, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarning boy merosini tarannum etuvchi media mahsulotlarini yaratish, dunyo axborot makonida milliy manfaat va maqsadlarimizni dadil olg‘a surish bilan bog‘liq masalalarda chora-tadbirlar belgilab olindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1908
#Surxondaryo #mediamakon #milliykontent #seminar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#tanlov #talabalar
DIQQAT, TANLOV!
⚡️15-mart — Butunjahon iste'molchilar kuni munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” bilimlar tanlovi o‘tkaziladi.
🟢Tanlovda olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan, bakalavriat (kunduzgi) ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot: raqobat.gov.uz
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#QVZ
Talabalar o'rtasida "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovi davom etmoqda
Xabar berganimizdek, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrlash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo ligasi bo'lib o'tmoqda.
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining "Xakkerlar", tarix fakultetining "Tarixdagi bolalar" hamda Ijtimoiy fanlar fakultetining "Pozitiv" jamoalari 3 ta shart asosida bellashdi.
O'zlarining tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etgan "Xakkerlar" va "Tarixdagi bolalar" jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
❤Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarning telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🕊Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat prokuraturasi telegram kanaliga ulanish
🕊Adliya boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Ichki ishlar boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Bojxona boshqarmas kanaliga ulanish
🕊Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Soliq boshqarmasi kanali ulanish
🕊Statistika boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Transport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kanaliga ulanish
🕊Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali kanaliga ulanish
🕊“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali kanaliga ulanish
🕊“O‘zsuvta’minot” AJ viloyat bo‘limi kanaliga ulanish
🕊Tabiat resurslari boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Oila va xotin-qizlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Yuksalish umummilliy harakati viloyat bo‘linmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat universiteti kanaliga ulanish
🕊Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Davlat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi kanaliga ulanish
🕊Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat Pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kanaliga ulanish
🕊Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Termiz muhandislik-texnologiya instituti kanaliga ulanish
🕊Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊"Termiz xalqaro aeroporti" MCHJ kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kanaliga ulanish
🕊Adolat sosial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi kanaliga ulanish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#70_yillik #logotip #tanlov
🗣QADRLI TALABALAR!
Termiz davlat universiteti 70 yilligiga bag'ishlangan logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi. Siz ham ushbu tanlovda o‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
📌 Tanlov shartlari:
- logotipda universitet faoliyati, qadriyatlari va ilmning ahamiyatini ifoda etish;
- betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi;
- zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib oladigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.
Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG hamda asl (ai, psd, cdr) formatda @TerDU_murojaatlar_bot botiga yuborilishi so'raladi.
⏲ Loyihalar 2024-yil 10-mart soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
✅ G'olib tanlov hay'atning yakuniy xulosasi asosida aniqlanib, 2024-yil 15-martda @terdu340 rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi.
🔗Tanlov g‘olibi Termiz davlat universiteti tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi!
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#beminnat_xizmat
Hayotingda ikki insonning himmati ko‘pu, lekin ko‘zingga ko‘rinmaydi.
Ular: otangning senga qilgan xarajati va onangni senga qilgan xizmati.
Agar shu xarajat va xizmatni begona odamdan ko‘rganingda, butun umr undan uyalib biror marta ham ko‘ngliga ozor berolmasliging mumkin edi. Lekin otang va onangga g‘azab qila olasan, adovat qila olasan, minnat qila olasan, ko‘nglini og‘rita olasan. Chunki, ularniki ko‘rinmaydi.
Fikr qil, to imkoning bor ekan, ulardan xarajating va xizmatingni ayama!
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#qish_ziynati #talabalar_kayfiyati #TerDU
❄Mamlakatimiz janubida qish tarovati
Qish faslining soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga takrorlanmas onlarni hadya etdi.
⚡️ Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!
Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
➖Vatanparvarlik yo‘nalishida;
➖Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
➖Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1️⃣ Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2️⃣ Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
3️⃣ Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
4️⃣ Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
5️⃣ Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
6️⃣ Kamida HD formatda bo‘lishi.
Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi.
Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
🥇-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
🥈-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
🥉-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site
#ogoh_bo‘ling #is_gazi
❗Aziz talabalar, is gazidan ogoh boʻling!
🔘Tahlillarga koʻra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga koʻra yuzaga kelmoqda:
- Gaz va muqobil yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
- Nostandart (qoʻlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
- Isitish pechlarining dudburonlarini notoʻgʻri oʻrnatish;
- Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʻiga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
- Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (koʻmir va oʻtin choʻgʻlari)dan foydalanish;
- Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (toʻsib) qoʻyish.
🔘Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilgʻi (gaz, koʻmir, oʻtin va boshqa)ning chala yonishi natijasida is gazi hosil boʻladi.
🗣Yuqoridagi sabablarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#qish_ziynati #talabalar_kayfiyati #TerDU
❄️Qishning soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga qish zavqini ulashmoqda
🟢Qorli kunlardagi quvonchli onlarni koʻpchilik talabalar fotosuratlarga muhrlayotgan boʻlishsa, yana kimlardir bolalik davrlarini eslab qorboʻron oʻynashmoqda. Biz ham universitet yoshlarining xursandchilik damlarini videoplyonkaga muhrladik.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt