#Tafsilot
✅Rektor rahbarligida universitetda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
Yigʻilishda dastlab 2024-yil 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hayʼat yigʻilishidagi taʼlim muassasalariga berilgan topshiriqlar boʻyicha universitet masʼullariga axborot berilib, topshiriqlar ijrosi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig'ilish davomida universitetda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarini optimallashtirish, mavjud ta'lim yo'nalishlarining o'quv rejalaridagi tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari bilan kelishgan holda ishlab chiqib tasdiqlash mexanizmini takomillashtirish bilan bir qatorda universitet axborot resurs makazi fondini zamonaviy darsliklar bilan boyitish choralarini ko'rish masalalari muhokama qilindi.
Yig'ilish yakunida ijara xonadonlarida turuvchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo'yicha ishchi guruh hisoboti eshitildi. Mavjud kamchilklar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʻullarga zaruriy topshiriqlar yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq
🟢TerDU Ipak yo'li universitetlari tarmog'iga a'zo bo'lmoqda
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Oliy ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi (video)
🟢 Talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlari o'rganilmoqda
🟢Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi
🟢Akademik litseyda tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar jozibasi” mavzusidagi tadbirdan reportaj (video)
🟢“Huawei” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🟢"Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanloviga start berildi
🟢Rektor rahbarligida Termiz davlat universitetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
🟢Yashil universitet
🟢KPI — yuksalish sari ildam qadamlar
🟢Tayinlov
🟢Rektor va yoshlar uchrashuvi
🟢Talabalar sayohatda
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: 🟢
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#ichki_turizm #inklyuziv_sayohat #TerDU
✅Turizm - talabalar hayotining bir qismiga aylangan
🗣Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari viloyatimizdagi diqqatga sazovor ziyorat maskanlari Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat majmuai va Qirqqiz qalʼasida boʻlishdi.
🟢Sayohat talabalarimizga qanchalik manzur bo‘lganligini videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
✅ #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Toshpo‘latov Shukrullo Meliboyevich rektorning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi - matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shukrullo Toshpo‘latov 1995-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.
U 2021-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Termiz shahridagi Prezident maktabida Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#samaradorlik #KPI #TerDU
KPI — yuksalish sari ildam qadamlar...
Termiz davlat universitetida pedagog xodimlarning mehnat samaradorligini belgilovchi tizim —KPI (Key performance indicator) joriy qilindi. Milliy va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilarining faoliyati jahon standartlari asosida baholanmoqda va rag‘batlantirilmoqda.
Universitet Axborot xizmati tomonidan dastlabki tahlil natijalariga bag‘ishlangan Kengash yig‘ilishidan videolavha taqdim qilindi.
📹You tube orqali ko‘rish.
KPI – стремительные шаги к улучшению...
В Термезском государственном университете внедрена система определения эффективности работы профессорско-преподавательского состава – KPI (Key Performance Indicator). Для улучшения позиций в национальных и международных рейтингах деятельность профессоров и преподавателей вузов оценивается и поощряется на основе мировых стандартов.
Пресс-служба университета представила видеозапись заседания Совета, посвященного итогам предварительного анализа.
Bizni kuzating
#Tafsilot
✅Rektor yoshlar bilan ishlashda umumiy yondashuv qoniqarsiz ekanini, har bir talaba taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, bu boradagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi:
➖Besh kun muddat ichida dekan oʻrinbosarlari, tyutor va xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilarning yillik ish-rejalarini qayta ishlab chiqish va ish yuritish, faoliyat hujjatlarini tartibga solish;
➖oʻz siyosiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy oshirib borish;
➖ingliz tilini oʻrganib, tegishli sertifikat olish;
➖tyutor va xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilarning faoliyatini ham KPI platformasiga kiritish va ustama belgilash;
➖maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va talabalar qamrovini oshirish;
➖xotin-qizlar kengashi raisi masʼulligida univesritetda “Qizlarjon” klubi faoliyatini yoʻlgan qoʻyish;
➖ haftada bir kunni ayol professor-oʻqituvchi va talaba-qizlar oʻrtasida “Milliy liboslar kiyish kuni” sifatida targʻib qilish vazifalari yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости молодежи.
#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Batafsil:👉https://uza.uz/posts/570596
Bizni kuzating
#tadbir
🗣Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litseyida “Milliy qadriyatlar jozibasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
🟢Tadbirga taklif etilgan Oʻzbekiston xalq baxshisi Rasul Umirov, “Shuhrat” medali sohibi, baxshi Muhammadjon Eshboyev, yosh baxshi Begzod Homidovlar tomonidan turli termalari ijro etildi. Oʻzbek filologiyasi fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish qilindi.
🟢Yakunda litseyning faol va iqtidorli yoshlari universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🏘 #Jarayon
🗓 Ma'lumki, joriy yilning 19-24-fevral kunlari Termiz davlat universitetida talabalarning ijara xonadonlardagi xavfsizligini o'rganish yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirilib, haftalik e'lon qilingan edi.
Shu kunlarda masʼul rahbarlardan iborat ishchi guruhlar, ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini jadal oʻrganishmoqda.
🗣 O'rganish jarayonida xonadonlardagi isitish vositalarining xavsizlik talablariga javob berish holatini koʻzdan kechirish bilan birga talabalarga xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilish bo'yicha zaruriy ko'rsatmalar berilmoqda.
Ma'lumot o'rnida: Ayni vaqtda Termiz davlat universitetining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalari 10146 nafar bo'lib, shundan 4 036 nafari ijara xonadonlarida, 2 617 nafari talabalar turar joylarida hamda 3415 nafari oʻz uyida va yaqin qarindoshlarining uylarida istiqomat qilishadi.
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
Маълумки, ўтган йил июнь ойида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташкил этилган эди.
Ўтган даврда 10 дан ортиқ давлатнинг тажрибаси чуқур ўрганилди, ижтимоий хизмат бўйича мутахассис-экспертлар билан ҳамкорликда соҳанинг аҳволи ўрганилди.
Таҳлил ва ўрганишлар кўрсатганидек, одамлар ташвишини ичига кирмаган, ўзидан ўтказмаган эски тизим тубдан ўзгариши керак ва бу мураккаб, комплекс жараён.
Facebook|Instagram|X
4️⃣4️⃣4️⃣
🗣San'atga qiziquvchi talaba-yoshlar diqqatiga!
⚡️Termiz davlat universiteti "Jayhun" folklor-etnografik xalq ansambli jamoasi a'zoligiga tanlov e'lon qiladi.
📌Arizalar 2024-yil 24-fevralga qadar qabul qilinadi.
✅Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefonlar:
+998915868738 (O.Xakimov),
+998902255040 (Z.Abdullayeva)
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
SABR
Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin koʻtarayotgan bolajonlar birdan jim boʻlishdi. Ustoz oʻrniga joylashib, oʻquvchilardan:
– Qani ayting-chi, sabr nima? – deb soʻradi.
Bilagʻon oʻquvchilar sabr haqida oʻz fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.
Ularning javobini tinglagan muallim:
– Yashanglar, toʻgʻri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar! – dedi-da, oʻzi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni koʻrsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. Oʻsimlik bir zumda koʻrimsiz holga keldi. Keyin muallim oʻsimlikka suv quydi va dedi: – Mana shu oʻsimlikning yangi barglari oʻsib chiqqunicha boʻlgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi oʻsib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek koʻrinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!
@terdu340
#xalqaro_hamkorlik
👥 TerDU Ipak yo'li universtitetlari tarmog'iga a'zo bo'lmoqda
🗣Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi bosh kotibi professor Sungdon Hvang boshchiligida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti qoshidagi Koreya texnologiya va madaniyat instituti professor-oʻqituvchilari universitetimizga tashrif buyurdi.
🟢Uchrashuv davomida Silk Road Universities Network (SUN)ga aʼzo bo'lish maqsadida shartnoma imzolash, dunyoning 28 ta davlatidagi 83 ta a'zo universitetlar bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy hamkorlik, madaniy va ekspeditsiya dasturlari doirasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar oʻtkazildi
Rektor Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi
Rektor A.Toshqulov talabalar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi
Rektor talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ular istiqomat qiladigan 1-talabalar turar joyida bo‘ldi
TerDU talabalari xalqaro sport festivalida ishtirok etadi
Buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabasi tomonidan erta tongdan chizilgan portret
Rektor rahbarligida universitetda tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARI
Rus va qardosh tillar hamda o'zbek filologiyasi fakultetlarida "Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan buyuk" shiori ostida tadbir tashkil etildi
"Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 1000 ga yaqin talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi
Termiz davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida (video)
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumanida oʻzi tahsil olgan va boshqa maktablarda ham bo‘ldi
Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#talabalar_ligasi #tennis #TerDU
🏓 Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida stol tennisi bo'yicha “Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Aylanma usulda o'tkazilgan musobaqada universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalar mahoratli o'yin ko'rsatib g'oliblikka erishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:
O’g’il bolalar o’rtasida:
1-o‘rin Jamshid Choriyev (TerDU)
2-o‘rin Xalilov Abduxalilmirzo (TerDU)
3-o‘rin Behruz Safarov (TerDPI)
Qizlar o’rtasida:
1-o’rin Husnida Bozorova (TerDU)
2-o’rin Marjona Shodavlatova (TerDPI)
3-o‘rin Jasmina Abdusamadova (TerDU)
✅Endilikda talabalar musobaqaning Republika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kitishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#yosh_kitobxon #iqtidorli_yoshlar #TerDU
✅TerDU talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida III o‘rinni egalladi
🟢“Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi 25-30 yosh toifasida Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi Fazilat Diyorova 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom, esdalik sovgʻalari hamda 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
🟢Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.💐💐💐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#TerDU #rektor #yoshlar
✅Rektor va yoshlar uchrashuvi
🟢Rektor universitetning harbiy xizmatni o‘tagan talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, fakultet va yoʻnalish koordinatorlari bilan uchrashdi.
🟢Uchrashuvda “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamda yoshlar yetakchilari faoliyatini jonlantirish, universitetning barcha talabalarini maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalariga qamrab olish, tashabbuskorlik koʻrsatish zarurligi taʼkidlandi.
🟢Muloqot soʻnggida rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, koʻmak zarur boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#TerDU #iqtidorli_talabalar #maqola
✅Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi Shuhrat Xo‘jamurodovning "Odil sudlov" jurnalida "Shaxslarni jazodan ozod qilish usullarining ilmiy nazariyasi" nomli maqolasi chop etildi.
Batafsil...
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Yashil_universitet
☘️Ayni kunlarda “Yashil makon” dasturi doirasida universitet hududida koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🗣Hududda jami 3 ming 655 tup (archa daraxti turlari, olma, yongʻoq) mevali va manzarali daraxt koʻchatlari hamda 8 ming ta mavsumiy gullar ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🟢Koʻchatlar muassasaning iqlim sharoitidan kelib chiqib, tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot
✅Rektor rahbarligida Termiz davlat universitetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
🟢Yigʻilishda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha masʼul dekan oʻrinbosarlari va tyutorlar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: universitetda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 12 nafar yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, 13 nafar fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari hamda 51 nafar tyutorlar faoliyat yuritib kelishmoqda.
#QVZ
🗣Talabalar o'rtasida "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanloviga start berildi
🎓Termiz davlat universitetida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrlash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo ligasi start oldi.
😃O'zbek filologiyasi fakultetining "Uzbechka" hamda tabiiy fanlar fakultetining "Boyvachcha" jamoalari 3 ta shart asosida bellashib, o'zlarining yorqin va mohirona tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi. Hakamlar hay'atining xulosalariga ko'ra, "Uzbechka" jamoasi g'olib deb topildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
⚡️“Huawei” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
📌2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini Termiz davlat universitetida keng joriy qilish maqsadida universitet rahbariyati hamda “Huawei” kompaniyasi vakillari oʻrtasida muzokara olib borildi.
Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va turli sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholi hamda yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va foyda keltirishga harakat qilmoqda. Kompaniya bir qator ijtimoiy va taʻlim loyihalarini ham amalga oshirib kelyapti.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi 7-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserida bo‘linib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1892
#Surxondaryo #taqdimot #KPI #universitet #maktab #dispanser
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirig‘i berildi.
Bu haqda ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda yetim va ota-ona qaramog‘isiz bo‘lgan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi ta’kidlandi.
___
Кабинету министров поручено создать систему трудоустройства в госорганизации молодых людей, окончивших вузы и лишенных родительской опеки.
Об этом объявлено на видеоселекторном совещании по приоритетным задачам дальнейшего расширения охвата услугами в сфере социальной защиты под председательством Президента Шавката Мирзиёева.
Также подчеркнута важность обучения детей-сирот и лишенных родительской заботы предпринимательству и профессиям, а также предоставления им земли для ведения сельского хозяйства с целью оказания содействия в реализации своего потенциала.
#Prezident #yig‘ilish #ijtimoiy_soha #ustuvor_vazifalar
Bizni kuzating
#brifing
Bugun, soat 12:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tadi.
🎥 Brifingni Vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
———
Сегодня в 12:00 в АИМК пройдет брифинг по деятельности негосударственных высших образовательных учреждений с участием руководителя пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузовой.
🎥 Смотрите брифинг на официальных страницах министерства и АИМК в Facebook.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#№_10
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi Eshqobilova Dilrabo Turaxonovnaning O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 01.01.04 – “Geometriya va topologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Idempotent ehtimollik o‘lchovlari funktorining tekis fazolar kategoriyasiga ko‘tarish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
#davra_suhbati
👥Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq
➡️Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish”ga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda talabalarga korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi tushuntirildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
📢 Surxondaryo viloyati hokimi bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi
Joriy yil 18-fevral kuni soat 19:00 dan boshlab “Surxondaryo” telekanalining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali vohada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, oldindagi rejalar, vazifalar hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
☎️ Ochiq muloqot uchun savol, taklif va murojaatlar efir studiyasiga bog‘langan quyidagi telefon raqamlari orqali har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinmoqda.
+99876 223 54 58;
+99876 223 54 67.
📥 Shuningdek, murojaatlaringizni +99899 482 00 77 telegram raqamiga ham yo‘llashingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter