#talabalar_oqshomi
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 1000 ga yaqin talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.
Talabalar "brain-ring", kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
———
Развлекательное мероприятие "Студенческий вечер", организованное первичной организацией Союза молодежи Термезского Государственного Университета, объединило около 1000 студентов.
Студенты состязались в интеллектуальных играх "brain ring", "чтение", "интеллект", "дискуссия", а также в перетягивании каната, поднятии тяжестей, шахматах, шашках и настольном теннисе.
Bizni kuzating
#Tafsilot
🏛 Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.
🟢Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvonlar berilgan professor-oʻqituvchilarga falsafa doktori (PhD) dotsent attestatlari topshirildi.
🟢Shuningdek, Prezident hamda nomdor davlat stipendiyasi tanlovining sohibi boʻlgan 18 nafar talabalar ham ragʻbatlantirildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Chet tilidan sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatini 50 foizgacha qoplash yoʻlga qoʻyiladi
Ayni paytda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Davlat rahbari yoshlarni hunar bilan birga kamida bitta chet tilini egallashlari ularni bandligini taʼminlashda muhim omil ekanligini taʼkidladi.
Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab, bu – til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos, – dedi Prezident.
Bizni kuzating
#№_9
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Xalturayev Xoltura Kuvatovichning Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DS.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha “Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan un, non va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini taʼminlash tadqiqoti” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
“O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida
“Agar zo‘r taʼlim berganimizda, bu suhbatga hojat bo‘lmasdi”, — deydi Termiz davlat universiteti rektori.
Batafsil — http://dy.uz/pXhRu
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
#konferensiya
🗣Termiz davlat universitetida Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🟢Madaniy meros agentligi, viloyat hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yapon faylasufi Daysaku Ikedaning hayot yo’li, O’zbekiston-Yaponiya xalqaro ekspeditsiyaning Surxon vohasidagi buddaviylik yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlari natijalari haqida soʻz bordi.
🟢Konferensiyada O’zbekiston, Yaponiya, Tailand, Italiya va Gretsiyaning yetuk arxeolog olimlari ma'ruza qildilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#talabalar_oqshomi
🟢Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 100 dan oshiq talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.
➡️Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev ochib berar ekan, "Talabalar oqshomi"ni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning madaniy hordiq olishlarini ta'minlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bilim va mahoratini namoyon etishlariga ko'maklashishdan iborat ekanligini ta'kidladi.
➡️Talabalar brain ring, kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚“Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha kitobxonlar uchun “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qilamiz!
🔴Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-fevralga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
📚 “Savdogarlar ustozi” 1-kitobi
(Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li)
📚 “MEN” (Fotih Duman)
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:
⚡️ Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!
Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
➖Vatanparvarlik yo‘nalishida;
➖Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
➖Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1️⃣ Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2️⃣ Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
3️⃣ Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
4️⃣ Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
5️⃣ Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
6️⃣ Kamida HD formatda bo‘lishi.
Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi.
Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
🥇-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
🥈-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
🥉-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site
#Tafsilot
✅Rektor rahbarligida universitetda barcha yoʻnalishlar boʻyicha ish samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab berish: soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda boʻlim boshliqlarining masʼuliyatini kuchaytirishga bagʻishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🟢Yig‘ilishda universitetda hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish, xususan qogʻoz hujjatlar yuritilishidan batamom voz kechish, barcha turdagi hujjatlarni elektron tizim orqali tasdiqlash jarayonini takomillashtirish boʻyicha ko‘rsatmalar berildi.
🟢Yigʻilish davomida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan prorektorlar, boʻlim boshliqlarining hisobotlari tinglandi.
🟢Yakunda kun tartibidan oʻrin olgan masalalar ijrosini qisqa muddat ichida ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#BoburKuni #541yilligi
➡️U Markaziy Osiyoda turli hokimlar, aka-ukalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyatda keskinlashgan davrda dunyoga keldi.
➡️12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun kurashishga majbur boʻldi.
↪️U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi.
U ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR EDI
___
Родился в период борьбы за владение большим государством, созданным Амиром Темуром, между разными правителями и братьями в Средней Азии.
В 12 лет Бобур, сменивший отца на посту правителя Ферганского улуса, сменил перо на меч и был вынужден бороться за трон Андижана.
Обладая широким кругозором и совершенным интеллектом, он основал династию Бабуридов в Индии.
ОН БЫЛ ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУРОМ
Bizni kuzating
#Boburning_541_yilligi
🗣Buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabasi tomonidan erta tongdan chizilgan portret.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🟩🟩🟩🟩
✅ Termiz davlat universitetiga respublikamizda faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar natijasi eʼlon qilindi!
🔗 Ruxsat berilganlar (matn ustiga bosing)
📝 Ushbu roʻyxatdagi talabalar 19-fevral sanasidan boshlab Termiz davlat universiteti Kadrlar boʻlimiga uchrab, aloqa xatlarini olishlari mumkin!
📍 Manzil: 37.2287894,67.2872443,136m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d6349c957d5:0x5f37cb4cd55c939d!8m2!3d37.228503!4d67.287327!16s%2Fg%2F11jyjf_3qq?authuser=0&entry=ttu">Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#e’lon
⚡️ 1 200 nafar talaba-o‘quvchini xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS Granti” tanlovining III mavsumi o‘tkaziladi.
Unda 25 yoshgacha bo‘lgan, barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar (magistr, bakalavr) hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 25-fevralga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#brifing
Ayni vaqtda AOKAda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar yoʻnalishida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan brifing boshlandi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumot beradi.
🎥 Brifingni “O‘zbekiston24” telekanali hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
___
В АИМК начался брифинг, посвященный анализу деятельности в сфере высшего образования, науки и инноваций в 2023 году.
Информацию представляет руководитель пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузова.
Посмотреть брифинг можно непосредственно на телеканале «Узбекистон24» и на официальной странице АИМК в Facebook.
Bizni kuzating
#Tafsilot
Yigʻilish davomida Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli qarori ijrosi boʻyicha Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq to'lashni belgilash boʻyicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan o'rganish natijalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
2024-yilda 206 nafar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar, jumladan 174 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) lavozim maoshining 30 foizigacha, 32 nafar fan doktorlari (DSc) lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.
Endilikda (KPI) mezonlariga muvofiq universitetning 210 nafar professor-oʻqituvchilari 6 oy mobaynida lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.
#Tafsilot
Termiz davlat universiteti rektori viloyatda tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat sektori” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Boysun tumanidagi oʻrta va kasb-hunar maktablarida boʻldi. Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan samimiy muloqot qilib, taʼlim maskanlarida maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirish borasida oʻzining tavsiyalarini berdi.
Tadbir davomida maktablar o‘quvchilari uchun kitoblar, kompyuter, proyektor va sport anjomlari topshirildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Rektor_maktabda
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumanida oʻzi tahsil olgan va boshqa maktablarda ham bo‘lib, ta'lim maskanlarida аmalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
🟢Ustozlar va o‘quvchilar bilan boʻlib oʻtgan samimiy suhbat jarayonida universitet rahbari o‘quvchilik davri, oʻqituvchilarining oʻgitlari, yoshlikda olingan bilimning ahamiyatini so‘zlab berdi. Suhbat davomida universitet rektori o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar orqali javob berdi.
📚A.Toshqulov oʻzi taʼlim olgan maskan oʻquvchilariga badiiy adabiyotlar, sport anjomlarini topshirdi.
✅Tadbir so‘ngida yetuk inson boʻlib yetishish, hayotda oʻz maqsadlariga erishishda yoshlarga faqatgina kitob — eng yaqin do'st ekanligi taʼkidlandi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Rektor_maktabda
🟢Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi.
🟢Dastlab rektor maktabda faoliyat koʻrsatayotgan tikuvchilik sexi faoliyati, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish oʻquv amaliyoti jarayoni, kompyuter va maʼnaviyat sektori xonalari bilan tanishdi. Tikuv sexida 35 nafar qizlar turli tashkilot va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar uchun sifatli va qulay narxda dasturxon va choyshablar tikib, yetkazib berayotgan boʻlsa, pop usulida kashtachilik sir-asrorlarini oʻrganayotgan qizlar oʻz hunari ortidan daromad topshiga ham ulgurishmoqda.
🟢Rektor maktab oʻqituvchilari va xodimlar bilan suhbat qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari xususida maʼlumot berdi.
📌 Universitet tomonidan mazkur kasb-hunar maktabining raqamli axborotlarni qayta ishlash yoʻnalishida tahsil olayotgan oʻquvchilari uchun 20 dan ortiq kompyuter jamlanmasi, proyektor hamda elektron doskalar sovgʻa qilindi.
Endilikda yoshlar nazariy bilimlarini amaliyotda ham qoʻllash orqali o'rganganlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Hurmatli talabalar!
Iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.
➡️Siz ham bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish uchun o‘z fikr, taklif va tashabbuslaringizni bildiring!
📞+998919789737 (telegram orqali)
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#fotoreportaj
#talabalar_oqshomi
🟢"TALABALAR OQSHOMI" ko'ngilochar tadbiridan fotolavha
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Bobur_kuni
👥Rus va qardosh tillar hamda o'zbek filologiyasi fakultetlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan buyuk" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
➡️Talabalar tomonidan Bobur ijodidan ruboiy va g‘azallar hamda ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbirga o'zgacha fayz kiritdi. Tadbir yakunida faol yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Termizda arxeologiya va madaniy merosni asrash masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-fevral kunlari Termizda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Madaniy meros agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#Boburning_541_yilligi
📌 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARI
🟢“Boburnoma” (taxminan 1518/1519-1530) - “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi ko‘plab nomlari ham ma’lum.
🟢 “Mubayyin” – falsafiy-diniy asar. 1521 yili yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek «Mubayyinu-l-zakot» soliq chiqimi kitobini yozgan.
🟢Boburning barcha nazmiy asarlari «Qobul devoni» so‘ngra «Hind devoni»ga jamlangan. Bobur she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan.
🟢«Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi ilmiy asarlar yozgani ma’lum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.
🟢“Muxtasar” (“Aruz haqida risola”) ilmiy asari Sharq adabiyotshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urg‘uli va urg‘usiz, uzun va qisqa bo‘g‘inlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. O‘z qarashlarini arab, fors tojik va turk she’riyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy an’analarini munosib davom ettiradi. Xalq she’riyatiga e’tibor beradi. Ba’zi asarlarida xalq qo‘shiq san’ati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi
🟢Shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shug‘ullangan. Yirik so‘fiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” ya’ni “Ota onalar risolasi”ni she’riy ko‘rinishga tarjima qilgan.
🟢Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qur’oni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Boburning_541_yilligi
"Umarshayx mirzo avlodi: uch o‘g‘ul besh qiz mirzodin qolib erdi. Bori o‘g‘lonlaridin uluq men – Zahiriddin Muhammad Bobur edi; mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir o‘g‘ul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh kichik eri, aning onasi mug‘ulning tuman beklaridin edi, Fotima Sulton otliq. Yana bir o‘g‘ul Nosir mirzo edi, onasi andijonliq edi, g‘unchachi edi, Umid otliq. Mendin to‘rt yosh kichik erdi"
SO‘ROVNOMA TUGASHIGA YARIM KUN QOLDI!
📢 Aziz talabalar! So‘rovnomada faol ishtirok eting.
📚O‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan Ustozlaringiz to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring. Sizning munosabatingiz pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim xizmatlarining yanada takomillashishiga, ma’naviy muhitning yaxshilanishiga katta xizmat qiladi! Shuningdek, o'qituvchingiz KPI ballariga ega bo'ladi.
‼️So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.
Barcha savollarni yaxshilab o‘qib chiqib, vijdonan, samimiy, befarq bo‘lmagan holda, xolis javobni belgilang. Iltimos, Ustozingiz uchun vaqtingizni ayamang.
⏱ So‘rovnoma 14-fevral, kech soat 00.00 ga qadar davom etadi.
👉@TerSU_SurovnomaBot👈
Президентимиз ташаббуси билан БМТнинг Коррупцияга қарши таълим ва ёшларнинг имкониятларини кенгайтириш глобал ресурси (GRACE) дастурини Ўзбекистонда кенг жорий этиш бўйича “Йўл харитаси” тасдиқланди.
Унинг доирасида ёшларда коррупцияга қарши муросасиз муносабатни шакллантириш ва уларнинг фаоллигини оширишга қаратилган “Ҳалоллик қадриятлари”, “Тўғрилик, меҳнатсеварлик - хотиржам ҳаёт асоси”, “Коррупция – давлатни емирувчи, инсонни тубанлаштирувчи иллат” мавзуларида бир қатор чора-тадбирлар амалга оширилади. “Ўқувчи-ёшлар ҳалоллик тарафдори” ўн кунлиги ва “Ҳалоллик тўгараклари” тизимли равишда ўтказиб борилади.
Касб-ҳунар таълими ва олий таълим муассасаларида эса “Аксилкоррупция коворкинг маркази” фаолияти йўлга қўйилади.
Куни-кеча наманганлик ёшлар билан ўтказган мулоқотимиз давомида йигит-қизларимизда бу иллатга нисбатан муросасизлик, тоқатсизлик ортиб бораётганидан хурсанд бўлдим. Шу билан бирга, уларнинг фикр-мулоҳазалари, қизиқишлари, таклиф ва ташаббуслари келгусида амалга оширишимиз зарур бўлган режа ва мақсадларимизни мустаҳкамлаш ва бойитишга туртки бўлди.
Бундан буён коррупцияга қарши курашишга ёшларни фаол жалб этиш янада кенг қамров ва тизимли ҳаракатлар асосида янгича мазмун, замонавий ёндашувлар билан такомиллаштирилади.
@terdu340
✅TerDU talabalari xalqaro sport festivalida ishtirok etadi
⚡️Rektor A.Toshqulov Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalaridan tashkil topgan voleybol terma jamoasi va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazib, jamoani yanada faollashtirish, mashg'ulotlar samaradorligini oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.
🟢Sportchilarni rag'batlantirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish va butun jamoani tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borish uchun xorijning nufuzli oliygohlariga yuborish bo'yicha mas'ul prorektorlarga vazifa berildi.
🇹🇷Topshiriq ijrosi sifatida talabalarimiz 2024-yilning 16-19-may kunlari Turkiyaning Bosfor universitetida o’tkaziladigan 43-sport festivalida voleybol va stol tennisi bo’yicha ishtirok etadi.
📌Ma’lumot uchun, ushbu festival 1980-yildan buyon o’tkazib kelinadi va unda har yili dunyoning 70 dan ortiq oliygohlaridan kelgan talabalar o’zaro bellashadi. Bosfor universiteti xalqaro QS reytingida 514-o’rinni egallaydi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#o‘qishni_ko‘chirish #natija
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
Davlat uchun koʻngulni zor etma,
Izzat uchun oʻzungni xor etma.