#LIVE
⚡️Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining pedagoglari uchun attestatsiya test sinovlari bo'lib o'tmoqda
🔘 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilinmoqda va jarayonlarni quyidagi havolaga o‘tgan holda onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
http://imtihon.tersu.uz/#Test
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
🟢Ilmiy-amaliy konferensiya fakultetlar miqyosida 26 ta sho‘ba bo‘yicha o‘tkazildi. Unda 600 dan oshiq professor-o‘qituvchilar sho‘balar bo‘yicha bellashib, har bir sho‘ba bo‘yicha 1-, 2-, 3-orinlar belgilandi. O‘rin olgan o‘qituvchilar maqolalari to'plamga kiritildi va to‘plam o‘qituvchilarga tarqatildi.
🟢 Bugun Ilmiy-amaliy konferensiyaning yakuniy qismida fakultetlarda o'rin olgan professor-o‘qituvchilar 4 ta (aniq va tabiiy fanlar, iitimoiy-gumanitar fanlar, tillar, muhandislik, san’atshunoslik va sport) sho‘balarda o'zaro bahslashdi va yakunda g‘oliblar aniqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz
🟢Termiz davlat universiteti akademik litseyi I va II kurs o‘quvchilari ma’naviyat soatida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusi yuzasidan fikr-mulohazalar yuritdilar. Shuningdek, o‘quvchilar guruh rahbarlari bilan korrupsiyaga qarshi chellenjlar tashkil etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#taqdirlash
✅ Avvalroq Termiz davlat universiteti ilmiy majmuasi tomonidan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
🟢Bugun mazkur konferensiyada oʻz maʼruza va ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan 75 nafar talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Har bir shoʻba boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Yoshlarning ilmiy ishlarini toʻplam holatida nashr etish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🌐 #xalqaro_hamkorlik
🇰🇿🇺🇿 Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda yangi xalqaro loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so'ng A.Toshqulov Yevroosiyo milliy universitetidagi taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishib hamkor universitet professor-o‘qituvchilarini Termiz davlat universitetining 70 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga taklif etdi.
📌 Maʼlumot o‘rnida: QS reytingida 335-o‘rinni egallagan Yevroosiyo milliy universiteti bilan Termiz davlat universiteti o‘rtasida 2021 yilda shartnoma imzolangan bo‘lib, bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz ushbu universitet talabalariga maʼruzalar o‘qishgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. 24 nafar talaba portret janrida ijod qilib, milliy obrazlarni yaratishdi. Ranglar uygʻunligi va mavzular xilma-xilligi orqali ishtirokchilar oʻz isteʼdodini namoyish etishdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
🥇-oʻrin — Sarvinoz Boltayeva, Moxichehra Abdurahmonova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs)
🥈- oʻrin Nasiba Xurramova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs) hamda Shahzoda Jumayeva (Amaliy sanʼat yoʻnalishi 3-kurs)
🥉-oʻrin Madina Adirova (Rangtasvir yoʻnalishi 3-kurs) hamda Zubayda Karimova (Dizayn yoʻnalishi 1-kurs)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#seminar_trening
✅Universitetning ilmiy majmuasi tomonidan milliy libos va san'at hamda yuridik fakultetlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda magistrlari uchun "Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Scopus va Web of Science) foydalanish" mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida ilmiy tadqiqot loyihalari (fundamental, amaliy va innovatsion)ni shakllantirishdagi muammolar yechimi, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirish tartiblari va loyiha topshirishdagi texnik xatoliklarni bartaraf etish hamda Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish, soxta jurnallarni qanday farqlash shuningdek, H-indeksini yuqorilash bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qiziqarli_faktlar
✅️ Chumolilar o'z og'irligidan ellik baravar ko'proq narsani ko'tarishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Akademik bilan tarixiy uchrashuv
🟢Tarix fakultetida tarix fanlari doktori, professor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi.
Ahmadali Asqarov 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shu jumladan 16 ta monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston hududidagi ilk shahar va ilk ibodatxona qoldiqlari aniqlangan Jarqoʻton yodgorligining kashfiyotchisi. Dunyo tamaddunida beshinchi sivilizatsiya – Oks sivilizatsiyasini ilmiy isbotlagan olim.
Uchrashuvda zahmatkash olim oʻz faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bugungi Yangi Oʻzbekistonning tarixini yozish davomida paydo boʻlgan gʻoyalari va qarashlari bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy va savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda talabalar akademikdan arxeologik ekspeditsiyalarda kechgan yillari, ilmiy izlanishlari, tarixiy voqealar haqida soʻzlab berishlarini soʻrashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#eslatma
Qadrli vohadoshlar, aziz talabalar!
🧳 Sizni joriy yilning 17-may kuni universitetimizda tashkil etiladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.
🔎“Karyera kuni”da 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishadi. Ushbu yarmarkada faol ishtirok etib, o‘zingiz istagan kasbga ega bo‘ling!
📅 Sana: 2024-yil, 17-may
🕔Vaqti: 08:30
📍Manzil: 37.2345173,67.2848891,17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffc61512e5:0xa9327e0cb650584f!8m2!3d37.2343581!4d67.2859916!16s%2Fg%2F11cn8t5rnt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti 2-bino hovlisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
15-may – Xalqaro oila kuni
1993-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro oila yili toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasiga asosan 1994-yildan boshlab 15-may – Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Ushbu ilmiy markaz taʼlimdan boshlab, ilmiy ishlarni tijoratlashtiradigan yirik laboratoriyaga aylanadi — A.Toshqulov
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Kun_hikmati
Agarda, sevgan kasbingni tanlagan bo‘lsang, hayoting davomida bir kun ham ishlamaysan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Qadrli vohadoshlar, aziz talabalar!
🧳 Sizni joriy yilning 17-may kuni universitetimizda tashkil etiladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.
🔎“Karyera kuni”da 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishadi. Ushbu yarmarkada faol ishtirok etib, o‘zingiz istagan kasbga ega bo‘ling!
📅 Sana: 2024-yil, 17-may
🕔Vaqti: 08:30
📍Manzil: 37.2345173,67.2848891,17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffc61512e5:0xa9327e0cb650584f!8m2!3d37.2343581!4d67.2859916!16s%2Fg%2F11cn8t5rnt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti 2-bino hovlisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
pedagog.edu.uz axborot tizimidan oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish uchun attestatsiya imtihonlariga kirish ruxsatnomalarini yuklab olish tartibi bilan tanishing.
Bizni kuzating
18-may — Xalqaro muzeylar kuni
📷 O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohatni amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan bir qancha muzeylar havolasi:
🟢O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
🟢O‘zbekiston amaliy sanʼat muzeyi
🟢O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi
🟢O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi
🟢Temuriylar tarixi davlat muzeyi
🟢Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
🟢Qurolli Kuchlar muzeyi
🟢Shon-Sharaf muzeyi
🟢Temir yo‘llar tarixi muzeyi
🟢Abdulla Qahhor uy-muzeyi
🟢Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi
🟢Oybek uy-muzeyi
🟢Tamara Xonim uy-muzeyi
🟢O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
🟢Sergey Yesenin uy-muzeyi
🟢Sergey Borodin uy-muzeyi
🟢Yunus Rajabiy uy-muzeyi
📌Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman ishida xorij va mahalliy mutaxassislardan iborat 180 nafardan ortiq qatnashchi oflayn hamda onlayn tarzida ishtirok etishdi.
🟢Konferensiyada umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi uzviy va uzluksiz hamkorlik aloqalarining ahamiyatini ilmiy-nazariy asoslash, yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashda raqamlashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalanish muammolarining yechimi haqida soʻz bordi.
🟢Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini 4 ta shoʻbalarga bo'lingan holda davom ettirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Karyera_kuni #Job_Fair2024
✅Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Karyera_kuni #Job_Fair2024
✅Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi
💻Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi.
🎓2022/2023-oʻquv yilida Termiz davlat universitetini tamomlagan bitiruvchilarning bandligi 87,4% ga taʼminlangan. Joriy oʻquv yilida universitetni 9000 nafardan ortiq bitiruvchi tamomlab, diplom oladi. Mazkur mehnat yarmarkasi ushbu bitiruvchilarga oʻzlari uchun munosib ish oʻrinlarini topishlariga imkon berdi.
👥Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar bilan korxona, tashkilotlar vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlashga xizmat qildi.
Yarmarka doirasida tashkil etilgan koʻrgazmadan 13 ta fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalarning ijod namunalari, ishlanmalari oʻrin olgan boʻlib, ish beruvchilar tomonidan katta qiziqish bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#repertuar
🎙TerDU tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishi talabalari “Yozma tarjima”, “Badiiy tarjima” fani darslarida sheʼriy matnlarni tarjima qilishda faollik ko'rsatishmoqda. Bu borada ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Joʻraali Solijonov yaqindan yordam bermoqda. Shu orqali talabalarda ijodiy matnlar, qoʻshiq va sheʼrlarni amaliy tarjima qilish qobiliyati shakllantirilyapti.
I remember when
I remember, I remember when I lost my mind
There was something so pleasant about that place
Even your emotions have an echo in so much space...
Men aqldan ozdim,
Men o'zimdan tondim,
Men aqldan ozdim(mi?)
Ehtimol?
Does that make me crazy?
Does that make me crazy?
Does that make me crazy?
Possibly...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TRIGGER_loyihasi
✅ Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
🟢Qozog'iston Respublikasidagi Yevroosiyo milliy universitetida o'tkazilgan tadbirda univetsitetimiz rahbariyati tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot berildi, loyiha sub-lideri sifatida hamkor Yevropa va Markaziy Osiyo OTMlari oldida turgan ustuvor vazifalar ta'kidlab o'tildi, loyihaning jozibadorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.
🟢Ma'lumot uchun, TRIGGER loyihasi Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, 20 ga yaqin Yevropa va Markaziy Osiyo oliygohlarini o'zida birlashtirgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_20
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Shoymardonov Ilhom Alixonovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligida “Surxon vohasi bolalar folklori (o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va badiiyati)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_oila_kuni
🗓Termiz davlat universitetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Baxtli oila — saodat kaliti” mavzusida Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi malaka oshirish markazi Surxondaryo mintaqaviy filiali hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda oilaparvarlik, oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uni asrash hamda mustahkamlash xususida talabalarga tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ijro etilgan mavzuga doir sahna koʻrinishlari yigʻilganlarni fikr-mulohaza yuritishga chorladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅Universitet mas’ullari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda o‘quv jarayonlarining yakuni, davlat attestatsiyalari va yakuniy nazoratlarning shaffof hamda yuqori saviyada o‘tishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va qabul parametrlarning taqsimotlari ham ko‘rib chiqildi. Yakunda mas’ullarga ko‘rilgan masalalar bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#talabalar_konferensiyasi
✅ Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida oʻtkazilgan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasida 700 nafar yosh tadqiqotchi talabalar faol ishtirok etib, oʻz ilmiy salohiyatini namoyon etishdi.
🎓Magistr va bakalavr bosqichi talabalari konferensiyaning 25 dan ortiq shoʻbalarida oʻz maʼruzalari, ilmiy maqolalari bilan qatnashib, ilm-fan sohasining dolzarb muammolari, vazifalari va istiqbollari haqida fikr almashdilar.
📌 Tadbirda 75 nafar iqtidorli talabalar faxrli o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅ Yaqindagina qurib bitkazilgan Termiz davlat universitetining “Ilgʻor texnologiyalar ilmiy-tadqiqot markazi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#uchrashuv
📹Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti professori, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universiteti talabalari Sejong universitetida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi
Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti professor, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda mazkur universitet imkoniyatlari, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlari, Sejong universiteti qabul jarayonlari, yangi mutaxassisliklar, taʼlim grantlari toʻgʻrisida taqdimot qilindi.
Maʼlumot uchun, xalqaro THE reytingida 250, QS reytingida 436-oʻrinni egallagan Sejong universiteti elektronika va axborot, mehmonxona va turizmni boshqarish, raqs, animatsiya va badiiy gimnastika yo'nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ajralib turadi.
Shuningdek, uchrashuvda TerDU va Sejong universiteti o‘rtasida AI Finance MBA dasturini va talabalarimizni Sejong universitetida 6 oy yoki 1 yil davomida imtiyozli o‘qish dasturlarini yo'lga qo'yish haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Talabalar Sejong universitetida taʼlim olish shartlari, grantning afzalliklari boʻyicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga professordan batafsil javob olishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Vazir_kubogi
✅Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash milliy sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating