#ustozga_ehtirom
TerDU pedagoglari faxriy ustozlar holidan xabar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Qadrli ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yosh avlodlarga ilm-ma’rifat ulashadigan, har bir bolani o‘zining farzandidek ardoqlab, ta’lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma’noda fidoyilik namunasidir.
Prezidentimizning sohaga, soha xodimlariga ko‘rsatayotgan e'tiborlari tufayli jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qadri yuksalib, o‘qituvchi degan kasbning nufuzi oshib bormoqda.
O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan Siz –mehridaryo ustozlarni, soha faxriylarini bayram bilan tabriklashdan hamisha faxr hissini tuyamiz.
Fursatdan foydalanib Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#tabrik
Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri:
Hurmatli ustozlar, professor-oʻqituvchi, murabbiylar!
1-oktyabr – jamiyat taraqqiyotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. Oʻzbekistonda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan Siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va bu oʻzgarishlarning markazida oʻqituvchilar turibdi. Konstitutsiyada ilk bor oʻqituvchi maqomi alohida belgilanishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi, davlatimiz taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy taʼlim uslublarining joriy etilishi taʼlim tizimini sifatli rivojlantirish uchun asos boʻlmoqda.
Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar, mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.
Prezidentimizning bugungi nutqlarida “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu ogʻriqli masalani hal etishga – oʻqituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplarini tinglarkanmiz, oʻqituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda oʻtkazishlari xayolimizdan oʻtadi. Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bizni
kuzating
#taqdirlash
TerDUda vohamizdagi OTMning fidoiy professor-o'qituvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Sh.Kichkilov hamda OTMning mas’ullari ishtirokida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug'iga binoan "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoniga munosib ko'rilgan pedagoglarga mukofoti topshiridi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur nufuzli mukofot bilan Termiz davlat universitetining ham 6 nafar professor-o'qituvchilari taqdirlanishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#№34
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Narmuratov Zayniddin Radjabovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» ixtisosligidan “Ta’lim” va “Ilm” mazmunli frazemalarning semantik-struktur, lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Zayniddin Radjabovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
ЦВЦУКВЦУКВУЦКВ
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#tabrik
1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan barcha sharafli kasb egalarini muborakbod etamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#prezident #eʼtirof
Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgani ta’kidlandi.
Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalash bo‘lgan ta’lim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.
"Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.
Buning uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Shundagina u o‘zining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi",
Bizni kuzating
#ustozga_ehtirom
Bugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi tadbir bilan kutib olindi
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasi | 2-son
https://youtube.com/watch?v=d4M6kQZE1CI&si=ioTN3ORxaoonmjvq
Bugun TerDUda “Zamonaviy lingvistika va xorijiy tillarni oʻqitish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
Rossiya, Tojikiston, Qozigʻiston, Afgʻoniston, Turkiyalik olimlar hamda Respublikamiz OTMlarining professor-oʻqituvchilar ishtirok etgan anjumanda zamonaviy lingvistika masalalari, xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish borasidagi ilmiy yutuqlar, ilmiy tadqiqot natijalarini taʼlim amaliyotiga integratsiyalashning samarali mexanizmlari maslalarini muhokama qilindi.
Konferensiya oʻz ishini 4 ta shoʻbaga bo‘lingan holda davom ettiridi. Ishtirokchilar XXI asr tilshunosligining dolzarb masalalari, turli tizimli tillarning qiyosiy va chogʻishtirma tadqiqi, tarjimashunoslikning umumfilologik masalalari, xorijiy tillarni oʻqitishda innovatsion metodlar boʻyicha maʼruzalar qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#xalqaro_hamkorlik
#forum
🇹🇷🇺🇿Turkiya - O‘zbekiston III ta'lim forumi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
TerDU talabalarida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida viloyatimiz markazidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Jarayonda talaba-yoshlar harbiylarning kun tartibi bilan yaqindan tanishib, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarning texnik va taktik imkoniyatlari xususida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqat tashkil etildi. Unda talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
🇹🇷🇺🇿#xalqaro_forum
Turkiya - O‘zbekiston III ta’lim forumi
Istambulda bo‘lib turgan TerDU rektori A.Toshqulov Bursa Uludağ Universiteti bilan memorandum imzoladi. Shuningdek, forumda Turk Tili Jamiyati o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Mazkur forumda respublikamizning 30 ga yaqin oliygoh rektorlari hamda ularning jamoasi ishtirok etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Surxondaryoning boy turistik salohiyati Tojikistonda namoyish etildi
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.
Kuni kecha Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.
Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#ustozga_ehtirom
TerDUda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ezgu amallar ko‘lami kengaydi
Termiz davlat universiteti rektori boshchiligidagi mas’ullar oliygohda uzoq yillar faoliyat yuritib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan yoshi ulug‘ faxriy ustozlarning holidan xabar olishib, bayram bilan tabriklashdi.
Ustozlar bilan samimiy suhbat jarayonida ularning nasihatlari o‘gitlariga quloq tutildi. Qo‘llarini duoga ochgan faxriylar xalqimizning dasturxoniga qut-baraka, yoshlarning kelajakdagi o‘qish va ishlariga omad va zafarlar tilashdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
TerDU “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bayram_tadbiri
1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar" bayrami munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun bayram dasturi bo'lib o'tdi.
Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ishtirok etib, shogirdining muvaffaqiyati, yutuqlari bilan faxrlanadigan ustozlarga samimiy tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlangan bir guruh pedagoglarning faxriy yorliqlari o‘z egalariga topshirildi.
Bayram dasturida universitetning "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi chiqishlari ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Yakunda har bir pedagogga bayram sovg‘asi ulashildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#prezident #eʼtirof
"Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e’tibor qarata olmadik.
Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.
Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.
Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.
Mana, bu yil "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.
Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi",
Bizni kuzating
TerDUda 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan fayzli dasturxon yozildi
Unda oliygohning axborot resurs markazi va xo‘jalik ishlari xodimlari taklif etilib, ehtirom ko‘rsatildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#sport
Diqqat, musobaqa!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.
Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
TerDUda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "MEHNATI ELDA AZIZ USTOZLAR" deb nomlangan ijodiy ko'rgazma va hisobot konsert dasturi tashkil etildi
Oliygohning milliy libos va san'at fakulteti jamoasi va talaba-yoshlarining ijod namunalari, badiiy chiqishlari, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bahonada ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi, ezgu tilaklar bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#xalqaro_hamkorlik
#forum
Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Forum natijalariga ko'ra hamkorlikda ilgʻor muhandislik maktablari, spin-off kompaniyalari va texnoparklarni tashkil etish, ikki mamlakat oliygohlari oʻrtasida muhandislik-texnika mutaxassisliklari boʻyicha “ikki diplomli” qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, akademik mobillik va almashinuvlarni rivojlantirishda taʼlim standartlari va talablarni uygʻunlashtirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqish, Turkiya oliygohlarida oʻzbek talabalari uchun magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun stipendiyalar ajratish, oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilar uchun Turkiya universitetlarida malaka oshirish kurslari va trening dasturlarini tashkil etish masalalari ko'rib chiqilmoqda.
Bizni kuzating
#ichki_turizm
1-oktabr "Ustoz va murrabiylar kuni" munosabati bilan universitet kasaba uyushmasi tashabbusi bilan bir guruh professor-o‘qituvchi va xodimlarning Xorazm viloyatiga sayohati tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#davra_suhbati
TerDUda talaba-yoshlarga unutilmas uchrashuvlarni in'om etayotgan "Ma'rifat ulashib" loyihasiga qizq‘in hozirlik ko‘rilmoqda
Xabaringiz bor joriy yilning 2-oktabr kuni Termiz davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu loyiha doirasida O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari va o‘qituvchilari "Erkin A'zam ijodi, yozuvchining o‘zbek adabiyotida tutgan o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil etishib, qimmatli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va talaba-yoshlar!
✨Barchangizni 2024-yil 27-sentyabr kuni soat 18:00 da universitetning bosh binosi (2-bino) hovlisida Milliy libos va san'at fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan "MEHNATI ELDA AZIZ USTOZLAR" deb nomlangan ijodiy ko'rgazmasi va konsertiga taklif etamiz.
💥Eslatma: ijodiy ko'zgazma va konsertga oila a'zolaringizni ham taklif etishingiz mumkin.
Bizni kuzating