Termiz davlat universiteti talabalari diqqatiga!
Bizni kuzating
#qabul_2025
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
Bizni kuzating
Oliy_ta’lim_klassifikatori
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘I bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.
👉 Yuklab olish
___
Приказом министра высшего образования, науки и инноваций утвержден классификатор направлений и специальностей высшего образования с соответствующими изменениями и дополнениями.
👉 Скачать
Bizni kuzating
Ўзбекистон-Россия саммити: самарали музокаралар ва ўзаро манфаатли келишувлар
—
Узбекско-российский саммит: плодотворные переговоры и взаимовыгодные договоренности
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅Tog' etagida Termiz davlat universiteti talabalari uchun seminar tashkil etildi
🟢Bir guruh talabalar ishtirokida universitet tasarrufidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da "Darband seminari" o‘tkazildi. Seminarda oliygohning iqtidorli va ijodkor talabalari ishtirok etishdi.
Bir tomonda yosh rassomlar Boysunning goʻzal tabiatidan ilhomlanib, manzara janrida rasmlar chizishgan boʻlsa, yana bir guruh talabalar jonli ijroda qoʻshiqlar xirgoyi qilishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TerDU_70
😀 Yetmish yoshing muborak, ey bilim yurtim!
✍️ Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Turdiqulov Kamronbekning 70 yillik tarixga ega o‘z universitetiga bag‘ishlab yozgan she‘ri.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi
🟢TerDU oʻqituvchisi Tojikistonda o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada maʼruza qildi
🟢Oʻzbekning shoira ayoli
🟢“Hisobot konserti”dan reportaj (video)
🟢TerDUda “Boʻlajak sudya” tanlovi bo‘lib o‘tdi
🟢Nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda (video)
🟢O'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
🟢Taʼlimda sunʼiy intellekt
🟢 "Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda
🟢Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi?
🟢Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi
🟢Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi
🟢“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi
🟢“Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi
🟢Ijtimoiy fanlar fakultetida "Karyera kuni” o'tkazildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
#Kurash
Talabalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 122 nafar kurashchi 10 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Boynazarov;
2-oʻrin - Gʻ.Xurramov;
3-oʻrin - A.Sa’dullayev, A.Abdumuzaffarov.
66 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - M.Abdurahmatov;
2-oʻrin - J.Shomirzayev;
3-oʻrin - R.Toʻraqulov, D.Karimov.
73 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - A.Qurbonov;
2-oʻrin - B.Shoyimov;
3-oʻrin - S.Xolmatov, O. Xalilov.
81 kg vazn toifasida:
1-oʻrin -X.Xurramov;
2-oʻrin - J.Axmedov;
3-oʻrin - A.Vallamatov, Oʻ.Choʻtboyev.
90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Mengtoʻrayev;
2-oʻrin - A.Joʻrayev;
3-oʻrin - S.Egamberdiyev, A.Qurbonnazarov.
+90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - J.Mamatrahimov;
2-oʻrin - S.Yaxshiboyev;
3-oʻrin - M.Xudoyqulov, A.Boʻriyev.
Qaizlar oʻrtasida 52 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Niyozova;
2-oʻrin - A.Qurbonova;
3-oʻrin - F.Boboqulova, M.Toʻrayeva.
57 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - R.Jumayeva;
2-oʻrin - M.Ergasheva;
3-oʻrin - G.Abduvohidova, N.Toyloqova.
63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Abduvohidova;
2-oʻrin - S.Panjiyeva;
3-oʻrin - M.Rahmatqulova, Sh.Hasanova.
+63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - Y.Roʻziboyeva;
2-oʻrin - Y.Ustoyeva;
3-oʻrin - J.Toʻraboyeva, F.Choriyevalarga nasib etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#talabalar_amaliyotda
📍 "Darband oʻquv amaliyot bazasi" talabalarga amaliy ko'nikmalarni puxta egallashlari uchun muhim tajriba maydoniga aylanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi
🟢Toʻrt kun davom etgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining final bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etishdi.
Quvonarlisi mazkur tanlovda Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
🟢 Xadicha Faxriddinova - Kimyo fakulteti;
🟢 Farzona Usmonova - Kimyo fakulteti.
🟢 Kayhon Atoyev - Tabiiy fanlar fakulteti;
🟢 Nurali Murodullayev - Tabiiy fanlar fakulteti;
✅️Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov, Mirzo Ulugʻbek jamgʻarmasi raisi akademik O.Salimov va yana bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.
Talabalarimiz maxsus sertifikat hamda 6 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ular Italiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida imtihonsiz o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi. Ushbu yutuq va muvaffaqiyat bilan talabalarimizni tabriklaymiz.💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi...
🟢Termiz shahridagi 14-umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
O'quv yili davomida faol bo'lgan pedagog xodimlar va o'zlarining namunali xulqi, a'lo baholari, turli tanlovlarda faol ishtiroki uchun o'quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlandi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida katta hayot ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan yoshlarga puxta bilim bergan ustozlar, ota-onalar oq yo‘l tilashdi.
Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#tanlov
👨💻 Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlaringizni topshiring!
Tanlov yo'nalishlari:
🟢dastgohli rangtasvir;
🟢rangtasvir (turlari bo'yicha);
🟢grafika va miniatyura;
🟢haykaltaroshlik (turlari bo'yicha);
🟢amaliy san'at (turlari bo'yicha);
🟢dizayn (turlari bo'yicha);
🟢san'atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo'yicha)
Nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 10-iyun sanasiga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari zarur.
📝 Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish.
Qo'shimcha ma'lumot va murojaatlar uchun telefon: +998912356111
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#xushxabar
Hamyurtimiz Harvard universitetida fan doktorlikni himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi
Iqtisodchi Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ushbu universitetning ilk o’zbekistonlik fan doktoriga aylandi.
Botir Qobilovni ilmiy faoliyatidagi katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Bu ilmiy hamjamiyatimiz uchun katta muvaffaqiyat va bu bilan faxrdamiz. Kelgusida ularning safi kengayishiga umid bildiramiz.
___
Наш соотечественник стал первым узбекистанцем, защитившим степень доктора наук в Гарвардском университете
Экономист Ботир Кобилов успешно защитил научную диссертацию на получение степени доктора наук и стал первым доктором наук в настоящем вузе из Узбекистана!
Мы искренне поздравляем Ботира Кобилова с большим успехом в научной деятельности! Это огромный успех для нашего научного сообщества. Желаем расширения их рядов в дальнейшем.
Bizni kuzating
Buyuk Britaniyaning “Collins Dictionary“ inglizcha lugʻati sunʼiy intellekt (AI) soʻzini 2023-yilning asosiy soʻzi, deya tan oldi. Lugʻat sunʼiy intellektga “kompyuter dasturlari yordamida inson aqliy funksiyalarini modellashtirish” deb taʼrif bergan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Vazir_ochiq_muloqot
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Bizni kuzating
#Ochiq_eshiklar_kuni
✅Termiz davlat universitetida Muzrabot xizmat koʻrsatish, Uzun qishloq xoʻjalik hamda Jarqoʻrgʻon biznes va yengil sanoatlari texnikumlarining bitiruvchi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Dastlab oʻquvchilarga universitet faoliyati, mavjud 13 ta fakultet va ulardagi yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar uchun universitet boʻylab tur tashkil etilib, axborot-resurs markazi, fakultetlar va kafedralar, oliygoh tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishtirildi.
Universitet hayoti ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbirda barcha savollarga amaldagi jarayonlar koʻrsatilgan holda batafsil javob berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qiziqarli_faktlar
📝 Oʻzini baxtsiz his qiladigan odamlar boshqalarga qaraganda tezroq qariydi.
Bunda hatto kashandalar ham ulardan ortda qoladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢Dastur doirasida “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Talabalar tomonidan vatanparvarlik, sadoqat g‘oyalari tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda she'rlar ijro etildi. Bir so‘z bilan aytganda ishtirokchilar va amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun bu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#arxeolog
📺 ILMGA BAXSHIDA UMR
"Men yana qayta dunyoga kelsam, baribir arxeologiya sohasini tanlagan bo‘lar edim", — Sh.Shaydullayev, Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedra mudiri,
tarix fanlari doktori, professor.
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅Termiz davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi himoyalari start oldi.
Ushbu yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtkazilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yilda universitetni 9078 nafar kunduzgi, kechki va sirtqi bakalavr hamda 92 nafar magistrlar tamomlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kun_hikmati
Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#QVZ
✅TerDU talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrklash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2024-yilgi mavsum final bosqichi bo’lib o’tdi.
🟢Xorijiy filologiya, iqtisodiyot va turizm, fizika-matematika va
tarix fakultetlari sharafini himoya qilgan jamoalar bellashgan tanlovda tarix va iqtisod fakulteti talabalari gʻolib chiqishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);
🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;
🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
🟣Bunda:
✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
#tabrik
Bitiruvchi yoshlarmizga tabrik
Qadrli o‘quvchi-yoshlar!
So‘nggi qo‘ng‘iroq... Oldinda esa imtihonlar, sinovlar va katta hayot! Tez orada sizning umr daftaringizning yangi sahifasi ochiladi – kasb egallash yo‘lida sizni yurtimizning oliygohlari, professional ta’lim maskanlari kutmoqda. Har biringiz o‘z orzungizdagi kasbni egallab, Vatanimiz, oilangiz va yaqinlaringiz koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishasiz. Mutaxassis sifatida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun mehnat qilib, qadr topishingizga ishonaman.
Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish niyatida bo‘lgan yoshlarga sinovlar o‘tgan yilgidan o‘zgacha bo‘ladi. Bir qarashda murakkabroq – o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 ball etib belgilanadi. Shu bilan birga, sinovlar yanada adolatli bo‘ladi – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi. Bu yuqori ball olgan abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek, grantda o‘qish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyentlar esa test sinovlari natijasiga ko‘ra texnikum yoki kasb-hunar maktablariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shu fursatdan foydalanib, sizlarni tarbiya qilgan, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlagan ota-ona va yaqinlaringizga, bilim va tarbiya bergan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman.
Aziz yoshlar, katta hayot oldida turarkansiz, endi ulg‘ayganingizni, mas’uliyatni ham boshqacha his qilayotganingiz aniq. Orzularingizga, o‘z kuchingizga ishoning, yangi marralar sari intiling, oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishishda kuch va g‘ayrat hamisha sizga yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz bunyodkorlari sizlarsiz!
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Gʻoliblarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev va boshqa masʼullar diplom va sertifikatlarni topshirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/12409
Bizni kuzating
📍 "38.2493755,67.0302301,353m/data=!3m1!1e3!4m12!1m5!8m4!1e2!2s111445219399981436906!3m1!1e1!3m5!1s0x3f4adfc761c89bfd:0x1c7a7f851c31475d!8m2!3d38.2495147!4d67.0315482!16s%2Fg%2F11v0b4ccmp?entry=ttu">Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda
Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalar oliygoh tasarrufidagi "Darband oʻquv amaliyot bazasi"da dala amaliyotiga joʻnab ketishgani haqida xabar bergan edik.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#oʻquv_kursi
20-22-may kunlari Termiz davlat universitetida tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy bòlinma mutaxassislarining malakasini oshirish va kasbiy kònikmalarini rivojlantirish maqsadida 18 soatlik òquv kursi tashkil etildi.
Unda Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari trener sifatida yoshlar siyosati, oila va xotin-qizlar, qurilish, kommunikatsiya, ekologiya kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar qilishdi. Oʻquv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating