#akademik_litsey
#mandat
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉/channel/eduuz/23710
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
TerDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Yangidan qurilgan 800 o'rinli talabalar turar joyida qurilish-montaj ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Mavjud binolar qayta rekonstruksiya qilinib, talabalar uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratilmoqda.
Yashil energiyadan oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy quyosh panellaridan talabalar hamda professor-o'qituvchilar uchun qulay avtoturargohlar qurilmoqda.
Bu o'zgarishlar universitet infratuzilmasini yanada yaxshilash, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun sifatli ta'lim va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
#universitet #yangioquvyili #qurulishishlar #yashilenergiya #infrastruktura
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#tanlov
Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!
Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.
Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.
📢 Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.
Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — $100,000
2-o‘rin — $50,000
3-o‘rin — $30,000
Tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyadagi kelishuvlari amalda...
Maʼlumki, 2023-yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga safari davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarda bir qator kelishuvlarga erishilgan edi.
Mazkur kelishuvlar natijasi o‘laroq, rektor A.Toshqulov Yaponiyaning "Ventforet Kofu" sport klubi prezidenti, faxriy professor Satoru Sakuma bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Termiz davlat universiteti hamda Yamanashi universiteti o‘rtasida yoshlar futbolini rivojlantirish, qo‘shma dastur asosida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, "Ventforet Kofu" sport klubi rahbari Termiz davlat universiteti sport obyektlari bilan ham tanishtirildi.
Bizni kuzating
#Eslatma
#magistratura
⚡️Bugun magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtishni oxirgi kuni!
😀 Termiz davlat universitetida mavjud magistratura mutaxassisligi bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyoti joriy etilgan.
27-iyul kuni A.Toshqulov tuman bosh imom xatibi Zarif Choriyev, mahalla raislari va yoshlar yetakchilari bilan hamrohligida o‘ziga biriktirilgan yoshlarning xonadonlariga borib, ular bilan muloqot qildi. Muloqot davomida ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. So‘ngra ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va o‘z-o‘zini band etgan holda daromad topishiga ko‘maklashish maqsadida yoshlarga tikuv mashinasi, noutbuk, payvandlash va burg‘ulash uskunalari topshirildi. Shuningdek, imom xatib tomonidan yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topish maqsadida tavsiyalar berildi. Ota-onalar farzandlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Bizni kuzating
#qabul2024 #grant #2_foizli
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli kvota
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
▪️ Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
➖ kunduzgi – 2 560 ta;
➖ sirtqi – 1 043 ta;
➖ kechki – 183 ta;
➖ masofaviy – 112 ta.
Bizni kuzating
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Bizni kuzating
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
Bizni kuzating
#saylov_2024
Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
—
Особенности новой избирательной системы
Bizni kuzating
#qabul_2024
#magistratura_kvota
2024/2025-o‘quv yilida Termiz davlat universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 319 ta.
Davlat granti: 181 ta;
shundan, o‘zbek tili – 178 ta, rus tili – 3 ta,
Kontrakt: 138 ta;
shundan, o‘zbek tili – 129 ta, rus tili – 9 ta,
Bizni kuzating
😀 2024-2025-o‘quv yilida Termiz davlat universiteti bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti
Bizni kuzating
😀 2024-2025-o‘quv yilida Termiz davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti
Bizni kuzating
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#ish_tavsiya #vakant
🗣Pedagog bitiruvchilar uchun imkoniyat!
🟢 "Orzu qanoti" maktablari 2024/2025-o‘quv yilida Termiz shahri hamda Muzrabot tumanida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda!
❕ Shu munosabat bilan quyidagi fan o'qituvchilari uchun tanlov eʼlon qiladi:
✅ Boshlang‘ich sinflar;
✅ Matematika;
✅ Informatika va IT;
✅ Fizika va astronomiya;
✅ Kimyo;
✅ Biologiya;
✅ Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari;
✅ Musiqa madaniyati;
✅ Tasviriy san’at;
✅ Texnologiya;
✅ Ona tili va adabiyot;
✅ Ingliz va rus tili (o‘zbek sinflar uchun);
✅ Tarix:
✅ Jismoniy tarbiya;
✅ ChQBT.
❓ Qanday imtiyozlar mavjud?
✅ umumta'lim maktablaridagi imtiyozlar;
✅ 50% (ish natijalariga ko'ra 100% gacha) ustama;
✅ o'qituvchilar uchun bepul tushlik.
🗂 Obyektivka va portfoliolarni quyidagi telegram manzilga yuboring: 👤 @qarshiyev_j_m
📞 +99899-046-07-08
+99891-237-85-85
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
#№25
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti nazariy fizika kafedrasi o'qituvchisi Yuldoshov Boysori Abdixoliqovich Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi Ilmiy kengashning 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha “Fotoelektrik batareyalarning samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish va fotoissiqlik qurilmasini tayyorlashga tatbiq qilish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#eslatma #qabul2024 #ikkinchi_bosqich
❗️2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash10-avgustga qadar davom etadi.
Bunda abituriyentlar “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shuningdek, beshtagacha OTM ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydilar.
Batafsil: 👉/channel/eduuz/24732
📹 Videoyo‘riqnoma (HD formatda)
Bizni kuzating
❗️Қимор ва таваккалчиликка асосланган онлайн ўйинлар қурбонига айланиб қолманг. Умрингизни беҳуда хазон қилманг!
Унутманг, қимор ва таваккалчиликка асосланган онлайн ўйинлар инсонда қарамликни вужудга келтириб, катта миқдордаги пул маблағларини сарфлашига, айрим фуқаролар томонидан ўз жонига қасд қилиш, фирибгарлик, бюджет маблағларини талон-торож қилиш ва бошқа салбий ҳолатларнинг содир этилишига сабаб бўлади.
#qabul2024 #grant #1_foizli
⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
▪️ Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
➖ kunduzgi – 1 280 ta;
➖ sirtqi – 521 ta;
➖ kechki – 92 ta;
➖ masofaviy – 56 ta.
Bizni kuzating
#qabul2024
⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.
Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
#Qabul2024
⚡️ Hali ham bir to'xtamga kelolmagan abituriyentlar diqqatiga!
Termiz davlat universiteti o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
😀 Kunduzgi ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
😀 Sirtqi ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
😀 Kechki ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
😀 Magistratura mutaxassisligi bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
😀 Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
🔗 www.my.uzbmb.uz sayti orqali Termiz davlat universitetini tanlab ro'yxatdan o'ting va bizning talabamizga aylaning!
Bizni kuzating
#qabul2024 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz
⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
✅ Unga ko‘ra:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.
Bizni kuzating
#Qabul_2024
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi
🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.
Bizni kuzating
#qabul_2024
#magistratura_kvota
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi
Bizni kuzating
😀 2024-2025-o‘quv yilida Termiz davlat universiteti bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti
Bizni kuzating
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating