Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda
Universitet dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik qilib, yangi O'zbekistonning ilmiy qiyofasini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Oliygohda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida yaqin kelajakda dunyodagi TOP-1000 talik universitetlar reytingidan o‘rin olish maqsad qilingan.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda universitetda 22 mingdan ortiq talaba ta'lim oladi va 780 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🔎O‘z orzungizdagi oliygohni izlayapsizmi?
Sizda tanlovlar ko‘p. Ammo ulardan qay biri sizning maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishini bilmayapsizmi? Bu borada aynan bizda abituriyentlar uchun qulay tanlov bor.
✅ Termiz davlat universiteti sizning kelajagingiz uchun qayg‘uradi va orzularingiz sari yetaklaydi. Xo‘sh, ushbu muassasada abituriyentni nimalar kutmoqda?
🟢 yuqori sifatli ta’lim,
🟢 70 yillik tajriba,
🟢 jahon standartlari asosida jihozlangan eng zamonaviy laboratoriyalar,
🟢 arxeologiyada xalqaro ekspeditsiyalar bilan hamkorlik,
🟢 IT sfera, robototexnika imkoniyatlari,
🟢 eng nomdor sport musobaqalari va albatta g‘oliblik,
🟢 san’at va dizayn olami,
🟢 qulay va shinam auditoriyalar,
🟢 eng muhimi O‘zbekiston va xorijiy davlatlarga o‘tadigan davlat namunasidagi diplomga ega bo‘lasiz.
🎓 Aziz abituriyent, o‘z karyerangizni Termiz davlat universiteti bilan quring va yorqin kelajak sari qadam tashlang!
🌐Batafsil ma'lumot: www.tersu.uz
📞Aloqa uchun tel: +998762280340
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#infografika
✅ Termiz davlat universiteti axborot xizmati tomonidan 2024-yilning may oyida taqdim etilgan axborotlar infografikasi
Bizni kuzating
⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori o‘zi nima?
Bizni kuzating
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan. Oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Bolalarni asrab-avaylash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, gʻamxoʻrlik qilish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qonunchilik_yangiliklari
Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qo‘shma qarori bilan quyidagi sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi:
↪️Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi;
↪️Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati;
➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati;
➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati;
↪️Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati.
Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.
Bizni kuzating
#Qabul_yangiliklari
⚡️Birinchi bosqichda test sinovida qatnashish uchun abituriyentdan 3 ta maʼlumotni kiritish talab etiladi
Bizni kuzating
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
Bizni kuzating
#Vazir_ochiq_muloqot
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Bizni kuzating
#Ochiq_eshiklar_kuni
✅Termiz davlat universitetida Muzrabot xizmat koʻrsatish, Uzun qishloq xoʻjalik hamda Jarqoʻrgʻon biznes va yengil sanoatlari texnikumlarining bitiruvchi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Dastlab oʻquvchilarga universitet faoliyati, mavjud 13 ta fakultet va ulardagi yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar uchun universitet boʻylab tur tashkil etilib, axborot-resurs markazi, fakultetlar va kafedralar, oliygoh tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishtirildi.
Universitet hayoti ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbirda barcha savollarga amaldagi jarayonlar koʻrsatilgan holda batafsil javob berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qiziqarli_faktlar
📝 Oʻzini baxtsiz his qiladigan odamlar boshqalarga qaraganda tezroq qariydi.
Bunda hatto kashandalar ham ulardan ortda qoladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢Dastur doirasida “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Talabalar tomonidan vatanparvarlik, sadoqat g‘oyalari tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda she'rlar ijro etildi. Bir so‘z bilan aytganda ishtirokchilar va amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun bu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#arxeolog
📺 ILMGA BAXSHIDA UMR
"Men yana qayta dunyoga kelsam, baribir arxeologiya sohasini tanlagan bo‘lar edim", — Sh.Shaydullayev, Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedra mudiri,
tarix fanlari doktori, professor.
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅Termiz davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi himoyalari start oldi.
Ushbu yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtkazilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yilda universitetni 9078 nafar kunduzgi, kechki va sirtqi bakalavr hamda 92 nafar magistrlar tamomlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kun_hikmati
Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Joriy yilda universitetni 9078 nafar kunduzgi, kechki va sirtqi bakalavr hamda 92 nafar magistrlar tamomlaydi
🟢"Arxeolog" — Ilmga baxshida umr (video)
🟢Tog' etagida Termiz davlat universiteti talabalari uchun seminar o'tkazildi (video)
🟢“Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Yuridik fakulteti, Termiz shahar prokuraturasi va Surxondaryo viloyat ma'muriy sudi hamkorligida navbatdagi tanlov oʻtkazildi
🟢Gandbol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi (video)
🟢Axborotlar infografikasi
🟢O‘z orzungizdagi oliygohni izlayapsizmi?
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kasting
⏰Jurnalistikaga qiziquvchi talabalar diqqatiga!
“Ishonch” teleradiokompaniyasi tomonidan 16 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar uchun kasting e’lon qilinmoqda.
Kasting shu yilning 8-iyun kuni soat 09-00da Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.
Kastingdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga 3 oy davomida malakali mutaxassislar tomonidan nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi. O‘z iqtidori bilan o‘zini ko‘rsata olgan talabgorlar “Ishonch” TRKda turli loyihalarni olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
📍 Termiz davlat universitetining “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da o'tkazilgan "Darband seminari" va konsert dasturi talabalarga unutilmas onlarni bag'ishladi.
📹 Jarayonlardan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢 Termiz davlat universitetida viloyatdagi umumta'lim maktablarining 2007-2008-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilari o‘rtasida gandbol bo‘yicha oʻtkazilgan “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
➡️Oʻgʻil bolalar oʻrtasida kechgan bahslarda:
1-oʻrin - Termiz shahri
2-oʻrin - Jarqoʻrgʻon tumani
3-oʻrin - Shoʻrchi tumani
➡️Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa:
1-oʻrin - Termiz shahri
2-oʻrin - Qumqoʻrgʻon tumani
3-oʻrinni Shoʻrchi tumani jamoalari egalladi.
📝Ma’lumot uchun: Sportning Osiyo, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari va Xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda ishtirok etish boʻyicha Respublika federatsiyalari viloyat boʻlimlari raislari, ijrochi direktorlar hamda mutaxassislar ma‘sul rahbar sifatida biriktirilgan.Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov sportning qoʻl toʻpi turi bo‘yicha federatsiya raisi etib tayinlangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#live
🔘Ayni paytda Termiz davlat universitetida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2007-2008-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilari o‘rtasida gandbol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
⚖️Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti, Termiz shahar prokuraturasi va Surxondaryo viloyat ma'muriy sudi hamkorligida navbatdagi tanlov oʻtkazildi
➡Yuridik fakulteti talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ushbu tanlovni Termiz shahar prokurori, adliya maslahatchisi X.Mamatqulov hamda viloyat ma'muriy sudi raisi o'rinbosari A.Aliqulov ochib berishdi hamda talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalarini berib o'tdilar.
➡ Tanlovda hay'at a'zolari sifatida uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan hamda hozirgi kunda sudya, prokuror va advokat sifatida faoliyat yuritayotgan yuristlar ishtirok etdi. Tanlovda 6 ta jamoa 3 ta bosqichda oʻzaro bellashib, muammoli vaziyat yuzasidan tayyorlagan naʻmunaviy tergov va ma'muriy sud jarayonlarini ko'rsatib berdilar.
Natijalarga ko'ra, g'oliblik:
1-o’rin — "Femida" jamoasi
2-o’rin — "Arbitraj" jamoasi
3-o’rin — "Qalqonlar" jamoasiga nasib etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_21
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Xamzayev Nomoz Javliyevich Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligida «Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida mineral qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Termiz davlat universiteti talabalari diqqatiga!
Bizni kuzating
#qabul_2025
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
Bizni kuzating
Oliy_ta’lim_klassifikatori
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘I bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.
👉 Yuklab olish
___
Приказом министра высшего образования, науки и инноваций утвержден классификатор направлений и специальностей высшего образования с соответствующими изменениями и дополнениями.
👉 Скачать
Bizni kuzating
Ўзбекистон-Россия саммити: самарали музокаралар ва ўзаро манфаатли келишувлар
—
Узбекско-российский саммит: плодотворные переговоры и взаимовыгодные договоренности
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅Tog' etagida Termiz davlat universiteti talabalari uchun seminar tashkil etildi
🟢Bir guruh talabalar ishtirokida universitet tasarrufidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da "Darband seminari" o‘tkazildi. Seminarda oliygohning iqtidorli va ijodkor talabalari ishtirok etishdi.
Bir tomonda yosh rassomlar Boysunning goʻzal tabiatidan ilhomlanib, manzara janrida rasmlar chizishgan boʻlsa, yana bir guruh talabalar jonli ijroda qoʻshiqlar xirgoyi qilishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TerDU_70
😀 Yetmish yoshing muborak, ey bilim yurtim!
✍️ Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Turdiqulov Kamronbekning 70 yillik tarixga ega o‘z universitetiga bag‘ishlab yozgan she‘ri.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi
🟢TerDU oʻqituvchisi Tojikistonda o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada maʼruza qildi
🟢Oʻzbekning shoira ayoli
🟢“Hisobot konserti”dan reportaj (video)
🟢TerDUda “Boʻlajak sudya” tanlovi bo‘lib o‘tdi
🟢Nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda (video)
🟢O'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
🟢Taʼlimda sunʼiy intellekt
🟢 "Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda
🟢Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi?
🟢Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi
🟢Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi
🟢“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi
🟢“Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi
🟢Ijtimoiy fanlar fakultetida "Karyera kuni” o'tkazildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
#Kurash
Talabalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 122 nafar kurashchi 10 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Boynazarov;
2-oʻrin - Gʻ.Xurramov;
3-oʻrin - A.Sa’dullayev, A.Abdumuzaffarov.
66 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - M.Abdurahmatov;
2-oʻrin - J.Shomirzayev;
3-oʻrin - R.Toʻraqulov, D.Karimov.
73 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - A.Qurbonov;
2-oʻrin - B.Shoyimov;
3-oʻrin - S.Xolmatov, O. Xalilov.
81 kg vazn toifasida:
1-oʻrin -X.Xurramov;
2-oʻrin - J.Axmedov;
3-oʻrin - A.Vallamatov, Oʻ.Choʻtboyev.
90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Mengtoʻrayev;
2-oʻrin - A.Joʻrayev;
3-oʻrin - S.Egamberdiyev, A.Qurbonnazarov.
+90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - J.Mamatrahimov;
2-oʻrin - S.Yaxshiboyev;
3-oʻrin - M.Xudoyqulov, A.Boʻriyev.
Qaizlar oʻrtasida 52 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Niyozova;
2-oʻrin - A.Qurbonova;
3-oʻrin - F.Boboqulova, M.Toʻrayeva.
57 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - R.Jumayeva;
2-oʻrin - M.Ergasheva;
3-oʻrin - G.Abduvohidova, N.Toyloqova.
63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Abduvohidova;
2-oʻrin - S.Panjiyeva;
3-oʻrin - M.Rahmatqulova, Sh.Hasanova.
+63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - Y.Roʻziboyeva;
2-oʻrin - Y.Ustoyeva;
3-oʻrin - J.Toʻraboyeva, F.Choriyevalarga nasib etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating