#live #matbuot_anjumani
⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.
Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон урушида жон фидо қилган юртдошларимиз хотирасига ҳурмат бажо келтирди
—
Президент Шавкат Мирзиёев отдал дань уважения памяти соотечественников, погибших во Второй мировой войне
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Mahorat_darsi
🇩🇪 Xalqaro THE reytingida 601-oʻrinda turuvchi Germaniyaning Magdeburg universiteti professori, vatandoshimiz Akmal Sohibov nemis tili ta'lim yo'nalishidagi bitiruvchi talabalarimizga mahorat darsini oʻtib berdi.
“Anerkennung uzbekischer Hochschulabschlüsse in Deutschland” mavzusidagi noanʼanaviy tarzda oʻtilgan dars mashgʻulotini talabalar katta qiziqish bilan tingladi. Savol-javobga boy boʻlgan dars yakunida talabalarga mavzu yuzasidan qoʻshimcha adabiyotlar, internet nashrlari tavsiya etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Qadrli talabalar!
ℹ️ Agar siz fanlardan oʻtkazilayotgan yakuniy nazoratlar jarayonida korrupsion holatlar yoki nohaqliklarga duch kelsangiz Termiz davlat universiteti rektoriga @TerDU_rektor_bot orqali murojaat yoʻllashingiz mumkin.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining ishonch telefoni: 76-2217710, uyali aloqa telefonlari (91) 575 20 01, (93) 799 01 01 yoki @TerDUantiCorruption_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
➡️ 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetining bir guruh mas'ullari II Jahon urushi qatnashchisi Shohimardon Hamroyevning xonadonida bo'lishdi.
Endigina 18 yoshni qarshilagan boysunlik Shohimardon Hamroyev umrining eng gullagan yillarini II Jahon urushining olovli jangohlarida oʻtkazadi. U dahshatli urush jarayonida Varonej, Latviya, Litviya, Estoniya kabi davlatlarni dushmandan ozod qilishga oʻz hissasini qoʻshgan. Vataniga qaytgan qahramon pedagogika sohasida oʻqishni tamomlab, 40 yil davomida Boysun tumanidagi maktabda rus-tili fanidan dars berib keldi. Shu zahmatli kasbi ortidan "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” nishoni bilan taqdirlandi. Ayni paytda 104 yoshni qarshilagan Shohimardon Hamroyev 11 nafar farzand, 48 nafar nevara, 70 nafar chevara va 7 nafar evaralari qurshovida umrguzaronlik qilmoqda.
Men Shohimardon Hamroyev — 4 yil umrim urush jangohlarida kechdi. Kimlar uchundur qisqa fursatdek tuyulgan bu yillar davomida kechgan urushning dahshatini butun umrim davomida unutolmadim. Hatto hozir ham oʻsha voqealar gavdalanaveradi. Goh tushumda, goh oʻngimda safdoshlarimni koʻraman...oʻsha kunlarni eslarkanman, shunday tinch zamonda yashayotganimga shukur qilaman, aslida odamzod uchun tinchlik, totuvlikdan qadrliroq neʼmat yoʻqligini, davrning oʻzi koʻrsatib turibdi...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Futbol
🏆Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi. “Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi.
Gʻoliblik esa oʻyin boshidanoq ustunlikni qoʻlgan olgan “TerDU” jamoasi futbolchilariga nasib etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi
Rektor: Oʻquv jarayoniga taʼlimning kredit tizimini joriy qilishni kuchaytirish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlashimiz zarur. Mazkur tizimga oʻtishni barcha professor-oʻqituvchilar oʻzlarining bosh maqsadi etib belgilab olishlari shart.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi
Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartirbga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi.
Bizni kuzating
#Yakuniy_nazorat
🟢Ayni paytda Termiz davlat universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkazilmoqda.
👍@terdu340
#Fan_olimpiadasi
✅Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
Tuman (shahar) bosqichidan oʻtgan 72 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro bilim koʻnikmasi va mahoratini sinovdan oʻtkazishdi.
🟠Yakuniy xulosalarga koʻra, bilogiya fani boʻyicha:
1-oʻrin - Shahzoda Sharipova (Termiz shahridagi 18-maktab);
2-oʻrin - Marjona Abdullayeva (Angor tumanidagi 13-maktab);
3-oʻrinni - Dilfuza Abdullayeva (Muzrabot tumanidagi 7-maktab).
🟠Kimyo fani boʻyicha:
1-oʻrin - Muhammad Shaynazarov (Angor tumanidagi 13-maktab);
2-oʻrin - Oʻral Abdulakimov (Sherobod tumanidagi 9-maktab);
3-oʻrinni - Sanjar Xudoyberdiyev Sherobod tumanidagi 59-maktab).
🟠Fizika fani boʻyicha:
1-oʻrin - Gulmurod Tohirov (Termiz shahridagi 11-maktab);
2-oʻrin - Azizbek Turdimurodov (Termiz shahridagi 16-maktab);
3-oʻrinni - Shoxzamon Yakubov (Termiz shahar 16-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta‘lim maktabi) egalladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Akademik va talabalar uchrashuvi
🟢Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv tashkil etildi.
Universitet rektori ochib bergan ushbu tadbirda tarixchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazmunli kechgan uchrashuv davomida vatanparvarlik va fidoyilik kabi mavzularda suhbat olib borilib, akademik tomonidan talabalarga kerakli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🗣 Korrupsiya haqida xabar berganlarga nimalar kafolatlanadi?
📝O'zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_19
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Tadjiyeva Mastura Fayzullayevnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bо‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida Love/Muhabbat konseptining reprezentatsiyasi” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi.
Viloyat rahbari mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdi.
Shuningdek, turizm kompleksi hududidagi mehmonxonaning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Ayni vaqtda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#live #matbuot_anjumani
Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi
Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:
Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
➖ davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
➖ ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
➖ 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
➖ oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
➖ davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#musobaqa
🗓 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuv yakunlariga koʻra erkak ishtirokchilar quyidagi natijalarni koʻrsatishdi:
🥇 Joʻrabek Bozorov (Fizika–matematika fakulteti)
🥈 Yoʻlchi Abduraimov (Fizika–matematika fakulteti)
🥉 Asomiddin Himoyiddinov (Rus va qardosh fakulteti)
Ayollar
🥇 Xolniso Saydaliyeva (4-TTJ tarbiyachisi)
🥈 Nargiza Shaymatova (Iqtisodiyot va turizm fakulteti)
🥉 Dilfuza Muqimova (Tabiiy fanlar fakulteti)
50-55 kg vazn toifasida
🥇Samandar Valimuratov
🥈Xojiakbar Bozorov
🥉Ozodbek Jo'raqulov
60 kg vazn toifasida
🥇Bobur Abdug'ulomov
🥈Og'abek Xudoyqulov
🥉 Daler Xolmo'minov
66 kg vazn toifasida
🥇Shaxriyor Ismoilov
🥈 Adham Xoliqov
🥉Begali Hamroqulov
73 kg vazn toifasida
🥇Xudoyberdi Abdullayev
🥈 Said Xudoyqulov
🥉Mahmud Gurbanmurodov
73+kg vazn toifasida
🥇Ixtiyor Yo'ldoshev
🥈Akbar Abramatov
🥉Shaxboz Qudratov
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#E’lon #Ovozli_chat
⚡️Bugun, soat 11:30 da mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tadi
Unda qabul talablari bilan bog‘liq barcha savollaringizga vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari javob berishadi.
Eslatma: mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar phd.mininnovation.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
🔊Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉 /channel/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19
Bizni kuzating
Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi
✅Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi.
A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat va ajdodlarga hurmat ruhida ulgʻaygan yoshlar hayotda ham katta natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti. Bugungi tahlikali zamonda, ularni bir daqiqa ham boʻsh qoldirmasligimiz zarur...
Tadbir haqiqatdan ham oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi, barcha talabalar faol ishtirok etib, oʻzining ochilmagan qirralarini koʻrsatishdi. Ayniqsa, menda milliy xalq oʻyinlari unutilmas taassurotlarni qoldirdi. Biz yoshlar, bu oʻyinlar, milliy qadriyatlarimizni tarixga aylanishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak — Aziza Mahmudova, talaba.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣
👥 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 7-may kuni soat 15:00da Barkamol avlod markazining shaxmat klubida shaxmat musobaqasi bo’lib o’tadi.
Barcha professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va tyutorlarni ushbu musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz.
📅 7-may kuni
⏰15:00 da
📍Barkamol avlod markazi
📞 +998-91-587-62-61
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Blits_intervyu
❓Termiz davlat universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlardan oʻtkazilayotgan yakuniy nazoratlar haqida talabalarning fikr-mulohazalari.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅Mas’ul rahbarlar hamda professor-o‘qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifalar belgilab olindi:
🟢nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarini himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish;
🟢xalqaro reytinglarda nufuzli o‘rinlarni egallagan xorijiy hamda yetakchi respublika oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-izlanuvchi olimlarning almashinuv dasturlarini keng joriy qilish;
🟢2024/2025-o‘quv yilidan boshlab fan o‘qituvchilarini tanlash mexanizmini joriy etish;
🟢talabalar uchun barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsata oladigan registrator ofisi xizmatlarini tashkil etish;
🟢xorijiy universitetlarning fan dasturlarini o‘rganish va qo‘llash;
🟢HЕMIS tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, shuningdek, talaba bilan muloqotni to‘liq tizim orqali olib borish;
🟢Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori bo‘yicha muntazam seminarlar tashkil etish va uning ijrosini ta’minlashni nazorat qilish;
🟢ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va unga barcha talabalarni qamrab olish;
Talabalarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport turlari bo‘yicha “Dekan kubogi” va “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#milliy_qadriyatlar_sayli
🟢TerDU yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda milliy an'analarimizga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI" o‘tkaziladi.
🔻2024-yilning 7-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar dasturi quyidagicha:
🟢 "OSH CHEMPIONATI" tanlovi,
📍TerDU stadionida, soat 16:00da;
🟢Talabalar o'rtasida "ARQON TORTISH", "KUCH SINASHISH", "TOSH KO'TARISH" kabi sport musobaqalari.
📍TerDU stadionida, soat 16:00da;
🟢Talaba-qizlar o'rtasida “TERDU MALIKASI” tanlovi (talaba-qizlar o‘rtasida),
📍Iqtisodiyot va turizm fakulteti hovlisida, soat 17:00da;
🟢 "MILLIY KIYIMLAR NAMOISHI” ko‘rgazmasi (talaba-qizlar o‘rtasida),
📍Iqtisodiyot va turizm fakulteti hovlisida, soat 18:30da;
✅ASOSIY KONSERT DASTURI
📍Iqtisodiyot va turizm fakulteti hovlisida, soat 19:00da boshlanadi.
Barcha talabalarni tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ўтган тақдимотда олий таълим йўналишларини оптималлаштириш, қабул ва малака тизимларини такомиллаштириш бўйича таклифлар муҳокама қилинди.
—
На презентации у Президента Шавката Мирзиёева обсуждены предложения по оптимизации направлений обучения в высшем образовании, совершенствованию систем приема и квалификации.
Bizni kuzating
“Nimagaki erishgan boʻlsam, nimaki topgan boʻlsam, hammasini kitobdan deb bilaman...”
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#e’lon
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.
Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.
Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.
Bizni kuzating
#mutolaa #universitet_gazetasi
🗣 “Termiz universiteti” gazetasining 2024-yil 19-aprel kungi 360-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
➖Rektorlar forumidan reportaj;
➖Muhim masalalar muhokamasi;
➖Aziza Xolboyevaga — Tahsin;
➖Millat o'z tarixini o'zi yozsin;
➖“Yutuqlarimizning muallifi o'zimiz;
➖Aslida tyutor kim va boshqa qiziqarli materiallar chop etilgan.
📰Elektron shaklini yuklab olish.
Bizni kuzating
#Boysun_bahori
“Boysun bahori” - milliy qadriyatlar qadr topgan ushbu festival xorijlik sayohlar nigohida boʻlib turibdi.
Termiz davlat universiteti pavilonida namoyish etilayotgan folklor chiqishlar, hunarmandchilig-u, turli san’at namunalari, milliycha bezatilgan qora uylar bayram jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur festival 7-may kuniga qadar davom etadi.
#Boysun_bahori
Festivaldagi Termiz davlat universitetining paviloni ishtirokchilar e'tiborida.
@terdu340