terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#loyiha

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Bugun viloyat hokimi Termiz davlat universitetida bo‘lib, kuni-kecha faoliyat boshlagan “Yoshlar markazi” ning imkoniyatlari, unda yaratilgan shart-sharoitlar hamda "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi bilan yaqindan tanishdi

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

27-oktabr – Saylovda ishtirok eting!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🏆🏆🏆

TerDUning 2 nafar talaba-qizlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Para dzyudo" musobaqasining Respublika birinchiligi bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Bellashuvlarda qariyib 200 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan xotin-qizlar 52, 62, 70, 82 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘kazishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra 52 kg vazn toifasida
🥉 3-o‘rin — O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Nigina Choriyeva

60-kg vazn toifasida
🥉3-o‘rin - Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Sug‘diyona Toshtemirovaga nasib etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#saylov2024

✅ Xabaringiz bor, 27-oktabr yurtimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi, shu munosabat bilan birinchi prorektor va dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritilib, saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Axborot 24 | Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Termiz tumanida joylashgan "Termiz xalqaro savdo markazi"da tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

🎓Termiz davlat universiteti quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari uchun qabul jarayoni davom etayotganligini ma'lum qiladi!

🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
- Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
- Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat)
- 25 nafar

🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
- Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura)
- 5 nafar

🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 1000)
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti
(magistratura) - 25 nafar.

Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.

📂Hujjatlar 2024-yilning 30-oktabriga qadar qabul qilinadi:
- pasport nusxasi (PDF formatida);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);

📝 Onlayn ariza topshiring yoki TerDU xalqaro aloqalar bo'limiga tashrif buyuring.

🔗 Batafsil ma'lumot uchun:
Tel.: +998942695199, +998919109696, +998936388026
Telegram: @begamov, @shohabbos_bozorov, @Normuminov_Salokhiddin

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#sport_musobaqasi

TerDU da talaba-qizlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish, ularni ommaviy sport turlariga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ТТJlarda istiqomat qilayotgan qizlar ishtirokida sport musobaqasi tashkil etildi.

Universitetning sport va qizlarjon klublari hamkorligida o'tkazilgan bellashuvlar yakunida eng munosiblar tashkilotchilar rag‘batlantirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kasting

Siz aktyorlik san’atiga qiziqasizmi?
Siz iste’dodlimisiz?
Siz katta sahnada rol ijro etmoqchimisiz?

😀 Unda sizni Termiz davlat universiteti "JANUB GAVHARI" talabalar teatr studiyasiga taklif qilamiz!

🎭 Aziz talabalar! Aktyorlik mahoratingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda bizning safimizga qo'shiling!

Murojaat uchun: 905217541

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№37
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi ilmiy Kengash huzurida "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Oilaviy munosabatlar destruksiyasida konginitiv psixoterapiyani qo'llash amaliyoti (yosh va o'rta yosh oilalar misolida)" mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi


Universitet jamoasi nomidan Xadichaxon Gulyamutdinovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimiga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.💐💐💐

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUda BMTning Taraqqiyot dasturi doirasida Yaponiya grand mablag‘lari asosida moliyalashtirilgan "Yoshlar markazi" ish boshladi

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№36
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Shaymardanova Aziza Raimjanovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda o‘zbek tili ixtisosligidan “O‘zbek tili ichki lakunalarining lingvistik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Aziza Raimjanovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.💐💐💐

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#loyiha

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ona_tilimizni_sofligicha_asraylik

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi o‘rtasida memorandum imzolandi

Joriy o‘quv yildan Termiz davlat universitetida Jurnalistika yo‘nalishining ochilishi voha ahli uchun katta yangilik bo‘ldi. Endilikda maskur ta'lim dargohida nazariy bilimlarni o‘zlashtirayotgan talabalarga ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tahririyatlarda tajriba orttirish imkoniyati paydo bo'lmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Say

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi namunali madaniyat markazi ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Denov va Termiz tumanlaridagi namunali madaniyat markazlarining ochilishi ham videokonfrensaloqa orqali o‘tkazildi.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning sharoitlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2274

#Surxondaryo #madaniyatmarkaz #BMTTD #Yoshlarmarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

👮‍♀️25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Shu munosabat bilan Ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni samimiy muborakbod etamiz.

Ichki ishlar idoralari huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Ushbu tizimning islohotlar barqarorligini ta’minlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak e’tirofga loyiq.

Yurtimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUning Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti, futbol ta’limi yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi

Sirtqi va kunduzgi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 1-kurs talabalari o‘rtasidagi bellashuv kutilganidek murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. O‘zaro tajriba almashish imkonini ham berdi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni kunda fakultetning sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalaridan 5 nafari O‘zbekiston Oliy ligasi futbol jamoalarida to‘p suradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#insholar_tanlovi

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi  bo‘lib o‘tadi.

Sana oldidan universitetning xorijiy filologiya fakultetida "Men saylovga tayyorman" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan fakultet talabalari  siyosiy jarayonga oid o‘z fikr va mulohazlarini yozma bayon etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#startap

Termiz yoshlar texnoparkida “Startap Instruktorlarni tayyorlash (CIT)” dasturi davom etmoqda

Ushbu seminar-treninglar Janubiy Koreya Respublikasining “KOICA” kompaniyasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar startap loyihalarni ishlab chiqish, iste’molchilarni aniqlash, loyihalarni tayyorlashda Kanvas biznes modelini qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Xorijiy malakali ekspertlar, Termiz davlat universitetining professor-o'qituvchilari jalb qilingan seminar-trening ertaga ham davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU prorektori R.To’rayev o’quv jarayoniga mas’ul fakultetlar dekani o’rinbosarlari va registrator ofis xodimlari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi

Unda universitetda o’quv jarayonini tizimli va samarali tashkil etish, talabalarga sifatli va raqamli xizmat ko’rsatish, ularning murojaatlarini tinglash hamda kerakli tavsiya va tushunchalar berish kun tartibining asosiy masalalari etib belgilandi.

Shuningdek, mas’ullarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining Registrator ofis xizmatlari bilan tanishish va uni universitetida qo’llash bo’yicha takliflar ishlab chiqish, talabalarga ko’rsatiladigan xizmat turlarini sifatli va samarali tashkil etish bo’yicha bir nechta topshiriq va vazifalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#saylov_2024 #targ‘ibot #joylashuv

📱 “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:

➡️1) fakultetlararo (guruh) bosqichi;
➡️2) oliy ta’lim muassasasi (ta’lim muassasasi) bosqichi;
➡️3) hududiy saralash bosqichi;
➡️4) yakuniy respublika bosqichi.

☑️Tanlovning 1-2-bosqichlari 30-oktyabrga qadar tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati esa rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.
☑️Tanlov ishtirokchilari o‘zaro 3 ta “Bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartlari bo‘yicha bellashadi.
☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari:

🔵1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 000 000 so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 000 000 so‘m.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:

🔵1-o‘rin – noutbuk;
🔵2-o‘rin – planshet;
🔵3-o‘rin – televizor mukofotlari bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba va o‘quvchilar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xalqaro_hamkorlik

Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" faoliyat boshladi

BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimi bayramona ko‘rinish kasb etdi.

Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, TerDU rektori, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi, BMT taraqqiyot dasturi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Markaz universitet qoshida alohida kompleks sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilida turli-xil mavzularda munozaralar o’tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridir klinika va multimedia xonalari zamonaviy qulay mebel jihozlari, elektron va boshqa qurilmalar bilan ta'minlangan.

Loyihaning ikkinchi qismi doirasida Surxondaryo viloyatidagi yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ularning bandligini oshirish maqsadida tematik treninglar va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning chet tillarini bilish darajasini oshirish, yuridik klinika faoliyati orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berish, biznes trenerlarni jalb qilgan holda ularni oʻqitish va oʻzlarining startap loyihalarini boshlab olishlariga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Bugun kun davomida Termiz davlat universitetida ona tilimizni e'zozlashga yo‘naltirilgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Talabalar tomonidan tayyorlangan ona tilimizni madh etuvchi badiiy va sahna ko‘rinishlari, o‘zbek milliy maqomini maromiga yetkazib kuylagan maqomchi qizlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga bir olam zavq ulashdi.

Zero, til ajdodlardan avlodlarga qolgan beqiyos milliy boylik, milliy qadriyatdir. Bu tengsiz merosni asrash, uning barhayotligini ta'minlash har bir shaxsning chin insoniylik burchidir.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan bayramona shukuh viloyatimiz markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimiga ulanib ketdi.

Viloyat mutasaddilari boshqarma va tashkilot rahbarlari TerDUning mas’ullari va ilmiy hodimlari ishtirok etgan tadbirda A.Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ona tilimizga bo'lgan ehtirom namoyon etildi.

San’at saroyi majmuasida davom etgan tadbirdaTermiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham so‘zga chiqib, tilimizning sofligini ta'minlashda bugungi avlod vakillarining oldida turgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbirning badiiy qismida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi sahna asarlaridan parchalar namoyish etildi hamda vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalarining chiqishlariga keng o‘rin berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#sana

👍 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda o‘zbek tili bayrami munosabati bilan bugun erta tongdan Termiz davlat universiteti bayramona ko‘rinish kasb etdi.

🟢O‘zbek filologiyasi fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ushbu bayram bilan barchani samimiy tabriklashib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar “Yozuv tamoyillariga amal qilamizmi?” mavzusida soʻrovnomalar oʻtkazishdi. E’tiborli tomoni bu kabi tadbirlar kun davomida tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал