Tahlilnoma | Surxondaryoda Prezident avtomobil boshqargan yo‘l: Masofani 120 km ga qisqartirib, 1 mln aholiga qulaylik beradigan loyiha
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Mutolaa
📁Oq oydin kechalar (hikoya)
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 2:52
Asardan parcha: Yulduz to‘lа оsmоngа tikilаmаn. Ehtimоl, оsmоndаgi eng yorqin yulduzlаr оnаlаrning jоnidir. Ehtimоl, оnаlаrning so‘ngаn yulduzlаri birlаshib quyoshgа аylаngаndir. Оftоbni оnа deyishlаri, ehtimоl, shundаndir.
Bizni kuzating
"Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya - Yangi O'zbekiston poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitetning “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Termiz shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, 1-son maktab internati o'quvchilari hamda talaba-yoshlari tashrif buyurishdi. Ularga muzeyning yaratilish tarixi hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
⚡️9-12-oktyabr kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent Open xalqaro turnirda Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etishmoqda
👥 60 kg vaznidagi bahslarda dzyudochimiz Hasan Boynazarov 3-o'rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 73 kg vaznda Muzaffar Xurramov 2-o'rini egaladi.
🟢Sporchilarimizning ushbu muvaffaqiyati bilan universitet jamoasi tabriklaydi.
Bizni kuzating
#konferensiya
Termiz davlat universitetida Biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan "Zoologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar va istiqbolli yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
🟢Anjumanning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, respublikamiz OTM professor-o‘qituvchilari, hamkasblari, shogirdlari ishtirok etishib, ustozning sermahsul hayot yo‘llariga nazar tashlashdi.
🟢Konferensiyada ishtirokchilar:
1-sho‘ba — Hayvonot dunyosining xilma-xilligi va uni saqlash: muammo va istiqbolli yechimlar,
2-sho‘ba —Tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlikning dolzarb muammolari,
3-sho‘ba — Biologiyani oʻqitish boʻyicha tadqiqotlar: muammo va yechimlar sho’balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.
Bizni kuzating
Surxondaryo va Novosibirsk rahbarlarining onlayn muloqoti o‘tkazildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Unda Novosibirsk delegatsiyasining Surxondaryoga bo‘lib o‘tgan tashrifi yakunlari hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Onlayn muhokamada ikki tomon mutasaddilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tashriflarda erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan axborot berdi.
Xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tashqi mehnat migratsiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi vazifalar kelishib olindi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan mamnun ekanliklarini qayd etishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#xalqaro_konferensiya
Termiz davlat universitetda o‘zbek-fransuz “Baqtriya” xalqaro arxeologik ekspeditsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “KUSHON PODSHOLIGI - O‘ZBEKISTON TARIXI VA MADANIYATIDA” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
🟢Oliygohining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Termiz davlat universiteti, Parij Nanterra universiteti, Madaniy meros agentligi, Samarqand arxeologiya instituti, Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchilar sho’baga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.
Bizni kuzating
#besh_tashabbus
🖐 TerDUda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika, stol tennisi turlari bo‘yicha 2-bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra:
👥Yengil atletika bo‘yicha
1.Sport faoliyati fakulteti,
2.Iqtisod va turizm fakuiteti,
3.Tarix fakulteti,
👥Stol tennisi (erkaklar):
1.Sport faoliyati fakulteti (Odinayev Suhrob),
2.Xorijiy filologiya fakulteti (Abdunazarov Diyor),
3.Fizika-matematika fakulteti (Safarov Yusuf),
👥Stol tennisi (ayollar):
1.O'zbek filologiyasi fakulteti (Bozorova Xusnida),
2.Fizika-matematika fakulteti (Xaitova Lola),
3.Milliy libos fakulteti (Mamasayilova Dinara),
Ushbu sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning OTM lari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarida ishtirok etishadi.
Bizni kuzating
#TTJ #tanlov
⚡️“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2024/2025-oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashning samarali tizimini joriy etish, talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida eng namunali faoliyat olib borgan professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat volontyorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovining yakuniy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra:
1️⃣-oʻrin – Oʻzbekiston Milliy universiteti;
2️⃣-oʻrin – Termiz davlat universiteti;
3️⃣-oʻrin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti gʻolib deb topildi.
Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi miqdorida pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin – 30 mln so‘m;
2-oʻrin – 25 mln so‘m;
3-oʻrin – 20 mln so‘m.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashda barcha oliy ta’lim muassasalari faollik ko‘rsatganligini e’tirof etgan holda Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida faoliyat olib borgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Bizni kuzating
#saylov2024
Mening tanlovim — obod Vatanim!
🇺🇿 2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi saylov bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644
Bizni kuzating
#tanlov
“Eng faol yil talabasi” KO‘RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI START OLDI
✅ Tanlovda ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon qiling. Hujjatlar har bir fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz hujjat va arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 2024-yil 30-oktyabr.
📝 Batafsil ma’lumotlarni Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” tanlovining NIZOMIdan olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣ 1️⃣1️⃣1️⃣
😀 TerDUning sportchi yoshlari diqqatiga!
🖐 9-oktabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika, stol tennisi turlari bo‘yicha 2-bosqichiga start beriladi.
🔔 Universitet birinchiligi musobaqalarini o‘tkazib yubormang.
Bizni kuzating
#natijalar
TerDUda 2024-2025-o‘quv yili uchun “Universitet stipendiyasi” tanlovi o‘tkazildi.
Unda barcha fakultetlardan jami 65 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Talabgor talabalarning 32 nafari tuzilgan maxsus komissiya tomonidan universitet stipendiyasiga tavsiya etildi.
Endilikda ularga bir o‘quv yili davomida bir bazaviy hisoblash miqdorida stipendiya to‘lab boriladi.
Bizni kuzating
#tabassum
TerDU talabasi Shahnoza Axmatova ijrosida bastakor Sh.Fayzullayevning "Tabassum" kuyi
📹 You tube orqali 4K formatda tomosha qilish.
Bizni kuzating
#InnoWomen_week
“INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi qizlarning innovatsion haftaligi doirasida TerDU da olima ayollar ishtirokida ilmiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda olima ayollar o'zlarining tadqiqot ishlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, tadbirda bir guruh olima ayollarimiz diplom va esdalik sovg'alar bilan tag'dirlandilar.
Surxondaryo viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti mas’ullari ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilar oliygohda tadqiqotchilar, uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bizni kuzating
#OAV
Termiz davlat universitetida taniqli olim, biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Bizni kuzating
❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!
🎓Termiz davlat universiteti quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari uchun qabul jarayoni boshlanganligini ma'lum qiladi!
🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
- Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
- Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar
🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
- Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar
🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 1000)
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 25 nafar.
✅ Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.
Bizni kuzating
#Xushxabar
TerDUning 4 nafar talaba-qizlari Termiz shahrida o‘tkazilgan "Para dzyudo" viloyat birinchiligi bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi
Qariyib100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan xotin-qizlar 52-62-70-82 kg vazn bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘kazishdi.
Bizni kuzating
“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi
10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
– Ayniqsa, taʼlim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - dedi vazir. – Hozirda ayol-qizlarning taʼlimdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu koʻrsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi. Qizlarimizning taʼlim olishga, ilmga tashnaligi yurtimiz kelajagi poydevoridir. Sizlarning har biringiz ilm-fan, sanʼat, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa sohalarga ulkan yutuqlarimiz nishonasidirsizlar.
Bizni kuzating
#suhbat #qabul2024 #xorijiy_talabalar
🏛 Termiz davlat universitetida chet el fuqarolari uchun qabul komissiyasining suhbati o‘tkazildi
📹 2024-2025 o‘quv yilidan Termiz davlat universitetida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari bilan bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun maxsus komissiya tomonidan suhbat o‘tkazildi. Bu jarayon onlayn va oflayn tashkil etildi.
✅ Nomzodlar jadval asosida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha suhbatdan o‘tishdi:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),
- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),
- Lingvistika: Ingliz tili,
- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo'nalishlar bo'yicha),
- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha),
- Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili.
📝 Qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
⭐️ Termiz davlat universiteti ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashda chet el fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
Bizni kuzating
#E’lon
⚡️Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 27 ta kasb-hunar maktabi va 24 ta texnikumning vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
📃 Vakant direktor lavozimlar ro‘yxati bu yerda 👈
🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 vacancy.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🔚 Hujjatlar 2024-yil 19-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#davra_suhbati
TerDUda kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Unda viloyat FVB Termiz shahar bo‘limi xodimi Sanjar Ochilov, universitetning yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasiga mas’ul mutasaddilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar oliygohning fakultetlari kesimida tashkil etilib, “Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va huquqiy asoslari” yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
📕 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Muhiddin Xidirov oilasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Universitet jamoasi nomidan Xidirovlar oilasini ushbu yutugʻi bilan qutlab, ularga respublika bosqichida ham omad tilaymiz.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | TerDUda mamlakatimizdagi OTM orasida muqobili yo‘q zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi
Bizni kuzating
#xalqaro_seminar
TerDUda “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy meros obidalarini saqlashda zararsiz usullardan foydalanish” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 6-13-oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan ushbu seminarda Rossiya, Xitoy, Qirg’iziston, Qozog’iston, Belarussiya, Gruziya, Hindiston, Indoneziya, Misr, Bolgariya, Suriya, Meksika singari 13 ta davlatning 50 nafardan ortiq tadqiqotchilari ishtirok etishadi.
Bu vaqtda tadqiqotchilar 4 ta seksiyaga bo‘lingan holda ilmiy-amaliy mashg’lotlar olib borishadi.
Ma’lumot o‘rnida, YUNESKO ning «Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti» tomonidan “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy meros obidalarini saqlashda zararsiz usullardan foydalanish” mavsusida e’lon qilingan mazkur grand loyiha, Qozon federal universiteti va TerDUning professor o‘qituvchilari hamkorligida yutib olingan.
Bizni kuzating
#xalqaro_konferensiya
📹 TerDUda o‘tkazilgan «Tarix·San’at·Texnologiya-Ipak yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish» mavzusidagi xalqaro konferensiyadan videolavha
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
TerDUda “Zamonaviy lingvistika va xorijiy tillarni oʻqitish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt