2024/2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kursiga qabul jarayonlari boshlandi
- Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi;Agar Siz ushbu kurs tinglovchisiga aylanib, zamonaviy kasb egasi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz unda imkoniyatni qo’ldan chiqarmang va 2024-yilning 15-avgustiga qadar quyidagi havolalar orqali ma’lumotlaringizni to‘ldiring,
- Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga, o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi;
- Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi;
#Qabul2024 #imtihon
"Prezident qaroriga asosan ko‘zida nuqsoni bor bo‘lgan abituriyentlar uchun alohida imtihon jarayonlari tashkil etilib, biz imtihon jarayonlarini kuzatish uchun jamoamiz bilan keldik. Imtihonlar adolatli bo‘lyapti. O‘ylaymanki, bugun ko‘plab nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarimiz talabalar safiga qo‘shiladi" — X.Do'stov, O'zKOJ Surxondaryo viloyati bo'limi raisi.
Bizni kuzating
Ta'tilni maroqli o‘tkazish uchun sun'iy intellektdan 5 ta tavsiya:
1️⃣ Kitob o'qish. Shu paytgacha o'qishga vaqt topolmagan adabiyot namunalari yoki yaqinda chop etilgan yangi qiziqarli kitoblarni o'qing. Bu o'zingizni rivojlantirishga va fikrlashingizni kengaytirishga yordam beradi;
2️⃣Kasbingizga oid yangi ko'nikmalar o'rganish. Bu orqali kasbiy rivojlanishingizga hissa qo'shishingiz mumkin;
3️⃣Sport bilan shug'ullanish. Jismoniy faollik ongni tinchlantirib, sog'liq uchun foydali bo'ladi. Yurish, sayr qilish, suzish yoki boshqa maqbul sport turlarini tanlashingiz mumkin;
4️⃣Oila a'zolari yoki do'stlar bilan vaqt o'tkazish. Oila a'zolari yoki do'stlar bilan suhbatlashib, yangi tajribalar almashish, sayr va sayohatlar uyushtirish foydali bo'ladi;
5️⃣Qo'shimcha sevimli mashg‘ulotlar bilan shug'ullanish. Sport turlari, rassomchilik kabi sevimli mashg‘ulotlar bilan shug'ullanish orqali o'zingizni yanada rivojlantirishingiz mumkin.
Bizni kuzating
#xizmat_safari #jarayon
📹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Termiz davlat universitetida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Bizni kuzating
#qiziqarli_faktlar
Robot-stomatolog ilk bemorda muolaja o'tkazdi
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish xususida” (Deyl Karnegi)
🔴 “Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)
#Magistratura_2024
⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
Bizni kuzating
#saylov_2024
Partiya elektorati haqida tez-tez eshitamiz. Elektorat o‘zi nima?
❓ Advokatlar va huqushunoslar ko‘proq qaysi partiyani qo‘llab-quvvatlaydi? San’atkorlar va sportchilarchi?
❓ Sizning qarashlaringiz qaysi partiyaning maqsadlariga mos keladi?
Bizni kuzating
Surxondaryoda ilk bor iqtisodiyot sohasidagi doktorlik ishlari himoya kengashi tashkil etildi
Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ishlari himoya kengashi ochildi.
Ilmiy tadqiqotchilar mazkur kengashda iqtisodiyot sohasining quyidagi 5 ta ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishlari mumkin:
◻️Ekonometrika va statistika;
◻️Moliya, pul muomalasi va kredit;
◻️Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
◻️Turizm va mehmonxona faoliyati;
◻️Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Mazkur kengashning ish boshlashi viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi va salohiyatli iqtisodchi olimlarning kashf etilishiga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📌Shoshiling! 15-avgustgacha "Movaro" uylaridan MEGA AKSIYA
✅Endilikda, siz "Movaro"ning Toshkent shahri Sergeli tumani, shundoqqina metro bekatining yonida qad rostlayotgan uylaridan xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.
✅Agarda siz 15-avgustgacha bo'lgan MEGA AKSIYAdan foydalanib uyning 30% boshlang'ich to'lovini amalga oshirsangiz, to'lovdan 30% chegirmaga ega bo'lasiz.
✅Agarda 50% boshlang'ich to'lov qilsangiz 35% lik chegirmani qo'lga kiritasiz.
✅Fursatni boy bermasdan hoziroq Termiz shahridagi "Movaro" sotuv ofisiga tashrif buyuring Toshkentdagi uylarimizning eng yaxshisini xarid qilishingiz mumkin.
☎️Batafsil ma'lumot uchun:
+998 (55) 451-01-01
🗺Mo'ljal: Termiz shahri, UzAutoMotors avtosaloni ro'parasi
Bizni kuzating
TerDUda Yapon tili markazi tashkil etiladi
2023-yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyasining Yaponiya davlatiga qilgan tashrifi davomida turli sohalarda qator kelishuvga erishilgan edi. Shunga ko‘ra, kun chiqar mamlakatning ishbilarmonlari viloyatimizga qiziqishlari ortib boshladi va ulardan bir guruhi hamkorlik uchun vohamizga tashrif buyurdi.
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi “Support Organization for Advanced Foreign Students Co., Ltd” (SOAFS) kompaniyasi rahbari Junichi Nakamurani qabul qildi.
Uchrashuvda ilm-fan va texnologiya sohasida yaqindan hamkorlik qilish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Yakunda Termiz davlat universitetida yaponiyalik mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy va mahalliy kompaniyalar uchun tajribali kadrlar tayyorlaydigan Yapon til markazini tashkil etishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
#O‘qishni_ko‘chirish
🗣 Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish yakunlanishiga 2 kun qoldi!
2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
✅ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
✅xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘tish ballari bu yerda: /channel/eduuz/24105
Bizni kuzating
✅ Qadrli abituriyent!
😀 Termiz davlat universitetida ya‘ngi ta‘lim yo‘nalishlari ochilganidan xabaringiz bormi?
🔗 Yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot saytimizda: www.tersu.uz
Bizni kuzating
#brifing
Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.
Unda talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, onlayn ariza berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot beriladi.
🎥 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
Bizni kuzating
⚡️Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!
😀 Termiz davlat universitetining 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning 8-avgust kuni soat 08:00 da universitet qabul komissiyasi binosi37.2317092,67.2881873,152m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu"> (Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi)da bo'lib o'tadi.
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
🟢Psixologiya;
🟢Tarix;
🟢Menejment;
🟢Fizika;
🟢Matematika;
🟢Sport faoliyati: dzyudo;
🟢Sport faoliyati: yengil atletika;
🟢Kompyuter lingvistikasi;
🟢Yurisprudensiya;
🟢Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili;
Barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.
Fan dasturlari ushbu havolada: https://tersu.uz/struct/view/1000362
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#talabaga_qulaylik
TerDUda talabalarni turar joylarga joylashishiga ko‘maklashuvchi markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda
Talabalar uchun universitet hududiga yaqin hududlardan 350 ta xonadon, jami 2000 dan ortiq turar joylar maxsus ijara.tersu.uz platformasiga joylashtirilmoqda. Bunda har bir xonadonning manzili, uy egasining ismi va familiyasi, telefon raqami, uy sharoitlari, sig‘imi, geolokatsiyasi va narxlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bizni kuzating
#e’lon #o‘qishni_ko‘chirish
⚡️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
Bizni kuzating
#foydali #salomatlik
Sifatli uyqu!
Bizni kuzating
#talabaga_qulaylik
TerDUda talabalarni turar joylarga joylashishiga ko‘maklashuvchi markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston Resbublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida "gi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Termiz davlat universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan.
Markaz faoliyati talabalarni turar joy bilan ta'minlash, mavjud ijara xonadonlari haqida ma’lumotlarni berish hamda ularga shu borada kerakli yordam va maslahatlarni berish borasida muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumot uchun, universitetida umumiy sig‘imi 2581 nafar talabalarga mo‘ljallangan 6 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, yangidan qurilayotgan 800 o‘rinli TTJ ham yangi o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
⚡️Alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud abituriyentlar uchun imtihon bo‘lib o‘tmoqda
☑️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirishmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.
Bizni kuzating
#xizmat_safari #jarayon
Yangi o‘quv yili oldidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.
Dastlab, yangidan qurilgan ilmiy markazda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan mazkur markaz professor o‘qituvchilar va talabalar uchun katta ilmiy maydon bo‘lishi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, Markazda neft va gaz kimyosi, polimerlar va qurilish-kompozitsion materiallar, fizik-kimyoviy tadqiqotlar, agro-eko monitoring va agrotexnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyalari hamda mahsulotlar sifatini baholash va sertifikatlash bo‘limi faoliyat olib boradi. Bunda talaba va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qilish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, tijoratlashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Shundan so‘ng oliygohda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi va KPI tizimining taqdimoti bilan tanishildi.
Vazir o‘rinbosariga universitetda tashkil etilgan Jalinga videostudiyasining imkoniyatlari tanishtirildi. Yakunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori tasdiqlandi.
Bizni kuzating
#abituriyent2024 #tanlov_ustuvorligi #foydali_tavsiya
📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun
Bizni kuzating
#Haftalik_dayjest
☑️ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
➖Rektor A.Toshqulov o‘ziga biriktirilgan yoshlarning xonadonlariga borib, ular bilan muloqot qildi:
➖2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi:
➖Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyadagi kelishuvlari amalda...:
➖Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi:
➖TerDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda:
➖Pedagog bitiruvchilar uchun imkoniyat!:
➖TerDUda Yapon tili markazi tashkil etiladi:
➖Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilindi:
➖2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash10-avgustga qadar davom etadi:
➖Termiz davlat universitetida ya‘ngi ta‘lim yo‘nalishlari ochilganidan xabaringiz bormi?
➖Internetda kriptovalyuta, blokcheyn va elektron pul kabi atamalar.
Bizni kuzating
#eslatma #ikkinchi_mutaxassislik #OTM
Termiz davlat universitetida 2024/2025-o'quv yili qabuli uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
📌Nomzodlar vazirlikning https://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn ariza to‘ldirishlari mumkin.
Ma'lumot uchun; Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari "Huquqshunoslik" va "Chet tili" fanlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test shaklida o‘tkaziladi, qolgan barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari suhbat shaklida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari: www.tersu.uz/3400
Bizni kuzating
🌍 Bugun Internetda kriptovalyuta, blokcheyn va elektron pul kabi atamalarni tez-tez uchratyapmiz.
🎤 Shu bilan birga, kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslarning javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ham xabarlar uchramoqda.
❔ O‘zi umuman kriptavalyuta nima? Uning savdosi bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligida nimalar deyilgan?
📹 Yuqoridagi videorolikda bu borada batafsil ma’lumot taqdim etilgan.
Bizni kuzating
#yig‘ilish #topshiriq_ijrosi #ustuvor_vazifalar
Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi
2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda respublikamizning yirik oliygohlari rektorlari ishtirok etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/17900
Bizni kuzating
#qabul #ikkinchi_mutaxassislik
⏰ Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul tugashiga 8 kun qoldi
⚖️ Yangilik - bizda bu yil Yurisprudensiya (faoliyat turlari) ta`lim yo‘nalishi bo'yicha ikkinchi oliy ta'lim ochildi.
😀 Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari: www.tersu.uz/3400
Bizni kuzating
#bu_qiziq
🔘 Miya hayot davomida olingan bilimlarni necha yilgacha saqlab qoladi?
✅ Ma’lum bo‘lishicha, miya rostdan ham ana shu yoshdan qarishni boshlaydi. Olimlar uzoq yillardan buyon miyaning qachon qarishi, necha yoshda fikrlar ravshanligi yo‘qolishi va xotira qachon yomonlasha boshlashi ustida tadqiqotlar olib borishmoqda.
🟢 Virjiniya universiteti (AQSH) mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi. Miyaning qarish jarayoni 27 yoshdan boshlanadi va miya qobiliyatining eng yuqori cho‘qqisi 22 yoshda namoyon bo‘lar ekan.
🟢 Yana shunisi ham ma’lumki, hayot davomida olingan bilimlar o‘rtacha 60 yilgacha saqlanib qolar ekan.
Bizni kuzating
#eslatma #ikkinchi_mutaxassislik #OTM
Termiz davlat universitetida 2024/2025-o'quv yili qabuli uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
🟢Biologiya (faoliyat turlari)
🟢Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili
🟢Geografiya
🟢Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha)
🟢Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
🟢Matematika
🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🟢Professional ta'lim: axborot tizimlari va texnologiyalari
🟢Raqamli iqtisodiyot (faoliyatning turli sohalari bo'yicha)
🟢Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)
🟢Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
🟢Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda.
📌Nomzodlar vazirlikning https://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn ariza to‘ldirishlari mumkin. Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.
⏰ Shoshiling, ro'yxatdan o'tish 10-avgust sanasiga qadar davom etadi!
📞Murojaat uchun telefon: 76 228 03 40
🔗Batafsil ma'lumot: www.tersu.uz
Bizni kuzating