Rus va qardosh tillar fakultetida yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavalludining 146-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878-yili Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Oʻzbek va tojik tilida ijod qilgan. Ayniyning ilmiy-adabiy merosi oʻtmish, bugun va kelajakni bir-biriga bogʻlovchi bir oltin halqadir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TerSU_lawyers
❓Talaba 74 soatdan ortiq dars qoldirsa, talabalar safidan chetlashtiriladi. Yana qanday holatlarda talaba o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin?
Batafsil videolavhada...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_17
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Abrayev Baxrom Xoltо‘rayevichning V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda 01.01.06 – Algebra ixtisosligi bo‘yicha “Chiziqli Diofant tenglamalar sistemasining tub sonlardagi yechimlari haqida” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xushxabar
🟢TerDU talabasi navbatdagi oltin medalni zabt etdi
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi boʻlib oʻtdi. Umumiy hisobda 800 nafarga yaqin polvonlarni oʻzida jamlagan musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi.
Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti dzyudo yoʻnalishi talabasi Arslon Qodirov 81-kg vazn toifasida 1-oʻrin, Javohir Axmedov esa 3-oʻrinni egalladi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.
💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#RektorForum2024
#hujjat_imzolash
O‘zbekiston va Tojikiston oliygohlari o‘rtasida 50 dan ortiq hujjat imzolandi
Forumning yalpi majlis yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 50 dan ziyod bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.
Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
👉 Fotogalereya
___
Между вузами Узбекистана и Таджикистана подписано более 50 документов
По итогам пленарного заседания форума между высшими образовательными учреждениями двух стран подписано более 50 соглашений, меморандумов о взаимопонимании и дорожных карт.
Документами предусмотрены академический обмен преподавателями и студентами с высшими учебными заведениями Таджикистана, организация процессов взаимного обучения в сфере высшего и профессионального образования, повышение квалификации профессоров и преподавателей, обмен опытом, стажировки, научные конференции, участие в работе по защите диссертаций, проведение советов, публикация статей ученых двух стран в научных журналах, участие в совместных научных проектах и т.д.
👉 Фотогалерея
Bizni kuzating
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.
Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.
Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Bizni kuzating
#Tafsilot
Universitet jahon andozalariga mos sifatli ta’lim beradigan, ilmiy va innovatsion faoliyatdan daromad keltiradigan ilmiy tashkilotga aylanishi shart.
Ma’lumot uchun: 2023-yil 106 ta dissertatsiya ishlari himoya qilingan bo‘lsa, joriy yil boshidan beri himoyalar 16 taga yetgan. Ilmiy salohiyat 33%ni tashkil etib, uch oyda 1,3 foizga oshgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 5 ta xalqaro va 4 ta 5 mlrd. so‘mlik mahalliy loyihalar yutib olindi. Shulardan 2 tasi YUNЕSKO tashkiloti grantidir. Ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar tuzildi. Nufuzli xorijiy universitetlar bilan 3 ta ta’lim yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish rejalashtirildi. Xodimlar ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi asosida professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra 258 nafar pedagog va boshqaruv xodimlariga ustamalar belgilandi.
Bizni kuzating
#yosh_fiziklar
✅ 12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida o'tkazilgan "Oʻz sohasining mutaxassisi" nomli musobaqadan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Hayit ayyomi arafasida men liboslar boʻyicha bo‘lajak dizayner, surxondaryolik Zuhra Hasanova bilan tanishdim. Bu qiz hammamiz uchun haqiqiy ilhom manbai boʻla oladi.
Uning betakror eskizlari tabiat jilolari, Surxondaryo quyoshining tafti, milliy anʼana va zamonaviy trendlarni oʻzida mujassam etgan.
Bir oy oldin men ilk bor Zuhra haqida eshitib qoldim, uning boshqalarga oʻxshamaydigan qismati, orzularidan xabar topdim. Bugun esa bu yosh dizayner eskizi asosida tikilgan koʻylak liboslarim orasidan joy oldi.
Inson gʻayratli va mehnatsevar boʻlsa, albatta maqsadiga yeta oladi. Zuhraning hayoti buning yaqqol isbotidir.
Saida Mirziyoyeva
P.S. Bu jasorat sohibasi, nafis qobiliyat egasi Termiz davlat universitetining talabasi hisoblanadi. U ayni paytda Milliy libos va sanʼat fakultetida tahsil olmoqda. Alohida qobiliyatini chizgilarda, nafis liboslarda koʻrsata bilgan Zuhra Hasanova nafaqat universitetimiz, balki Surxonning matonatli va kelajagi yorqin qizlaridan biridir.
Telegram | Instagram | Facebook
#kitobxon_talabalar_ligasi
✅Termiz davlat universitetida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi. Unda 13 ta fakultetlar jamoasi oʻzaro 2 ta shart asosida bellashib, bilim va mahoratini namoyish etishdi.
📝Tanlov natijalariga koʻra ishtirokchilar quyidagi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar:
1-oʻrin — xorijiy filologiya fakulteti;
2-oʻrin — milliy libos va sanʼat fakulteti;
3-oʻrin — fizika va matematika fakulteti.
📌Ma'lumot uchun, g'oliblar bazaviy stipendiya miqdorining 3,2 va 1 barobari miqdorida pul mukofoti hamda diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#xon_atlas_haftaligi
➡️Universitetda xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Xon atlas” haftaligi boʻlib oʻtmoqda
Milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish hamda yoshlarimizni milliy urf-odat va anʼanalarimizga sodiq tarzda ulgʻaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu haftalikda barcha fakultet talaba-qizlari faol ishtirok etishyapti.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#seminar_trening
✅Umumjahon pul haftaligi ("Global money week”) xalqaro taʼlim tadbiri bo‘lib o‘tdi
🟢 Markaziy bank tashabbusi bilan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan Umumjahon pul haftaligi doirasida TerDU iqtisodiyot va turizm fakulteti volontyor talabalari viloyatdagi barcha OTMlariga borib, talabalar uchun seminar-treninglar o‘tib berishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#kun_tarixi
📝 9-aprel Amir Temur tavallud topgan kun
Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
🔴 “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod)
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Oʻz yutuqlarimizning yagona muallifi oʻzimiz (video)
🟢Jalinga interaktiv videostudiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda
🟢«Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish»
🟢Sessiya vaqtida talabalarga ish beruvchi tomonidan universitetga borib-kelish xarajatlari qisman toʻlab berilishi haqida bilarmidingiz?
🟢TerDU talabalari teatrda
🟢Termiz davlat universitetiga qarashli “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da bahor nafasi
🟢“Yashil makon” dasturi doirasida koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlarining 2-bosqichiga start berildi
🟢Termiz davlat universiteti doktoranti “Olima ayollar” tanlovida 500 million so‘mlik grant sohibasi bo‘ldi
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢“Navro‘z sadolari” xalqaro festivalida TerDU oʻqituvchisi “Eng yaxshi rahbar” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi
🟢BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHILDI
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Tavsiyam
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.
👉 На русском
Bizni kuzating
#Cурхондарё_семинар
Термиз давлат университетида семинарнинг расмий қисми бўлиб ўтди. Тадбирда вилоят ҳокими, вилоят Маънавият ва маърифат кенгаши раиси Улуғбек Қосимов, Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятлар масъуллари ҳам иштирок этди.
Биргаликда бугун “Маънавият сектори” — янги куч, янги ҳаракат айланиши учун олдимизда турган муҳим вазифалар хусусида суҳбатлашдик.
Тадбир давомида университетда янги сектор фаолияти бўйича амалга оширилган ишлар билан танишилди.
Хабарингиз бор, “Яшил макон” умуммиллий ҳаракати доирасида Марказ томонидан зиёлилар ҳаракати сифатида Сирдарё вилоятида “Маърифат боғи” яратилган эди. Мазкур эзгу ташаббус Сурхондарёда ҳам амалга оширилди.
Янги ниҳоллар янги куч ва янги ҳаракатга айланадиган "Маънавият сектори"нинг келажак олдидаги масъулияти сифатида гуллаб-яшнаб қад ростлайди.
@otabek_khasanov
Президент раислигида тўқимачилик соҳасида экспорт ва инвестиция ҳажмларини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
Ўтган йили тўқимачилик ва тикув-трикотаж маҳсулотлари ишлаб чиқариш 94 триллион сўмга етиб, сўнгги 7 йилда 4,2 баравар ошгани, 2023 йилда тармоқдаги экспорт 3,1 миллиард доллар бўлгани таъкидланди.
Шу билан бирга, охирги икки йилда
жаҳон бозорида тўқимачилик маҳсулотига бўлган талаб камайгани қайд этилди. Бундан ташқари, асосий экспорт бозорларимизда валюта курси билан боғлиқ муаммолар юзага келди.
Шуни ҳисобига ўтган йилда тўқимачилик соҳаси экспорти кутилган кўрсаткичдан 200 миллион доллар кам бўлди.
Facebook|Instagram|X
#Xalqaro_forum
#Live
✅Oʻzbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumida Termiz davlat universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🟢Ikki oliygoh oʻrtasida o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun: bugunga qadar Termiz davlat universiteti va Tojikiston OTMlari o‘rtasida 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolangan boʻlib, shunga asosan o‘tgan o‘quv yillari davomida 15 nafarga yaqin tojikistonlik professor-oʻqituvchilar universitetda maʼruza-mashgʻulotlarini olib borishgan boʻlsa, ayni paytda 10 nafar tojikistonlik talabalar oliygohimizda tahsil olishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#RektorForum2024
#live
Xalqaro forum start oldi
Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.
– Keyingi yillarda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan bu kabi forumlar ko‘plab davlatlar, shu jumladan Tojikiston Respublikasi bilan ham ta’lim sohasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Buhgungi anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad inson kapitalini, yuqori intellektual salohiyatni rivojlantirish, nazariy-amaliy shakllantirish, kasbiy mahoratini oshirish va ikki davlat hududidagi ulkan tabiiy resurslarni ilmiy-institutsional boshqarishga qodir kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Shunday ekan, mazkur forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar chuqur hamkorlikni amalga oshirish va uni yangi cho‘qqiga ko‘tarish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishish hamda ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro fikr almashish imkonini beradi, – dedi Q. Sharipov.
Bizni kuzating
#Tafsilot
✅Professor-o‘qituvchilar, mas’ul rahbarlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab berildi: endi asosiy e’tibor ta’lim sifatiga qaratiladi
🟢Hemis platformasiga barcha fanlardan topshiriqlar joylashtiriladi va shaffof baholanadi;
🟢mustaqil ta’lim maqsadli yoki ma’lum muammoni hal qilishga yo‘naltiriladi;
🟢dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari faoliyatiga baho berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
🟢professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda shaxsiy ish rejalari to‘liq raqamlashtiriladi;
🟢ilmiy-amaliy markazlar, ishlab chiqarish sanoat zonasi tashkil etiladi;
🟢ilmiy-tadqiqotlarni tijoratlashtirish asosiy vazifa sifatida belgilanadi;
🟢Scopus ilmiy-texnik bazasidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;
🟢nufuzli oliy ta’lim muassasalaridagi ilg‘or tajriba va yutuqlar universitet faoliyatiga joriy etiladi;
🟢talabalar va o‘qituvchilar orasida sportni ommalashtirish choralari ko‘riladi;
🟢universitetda yaratilgan xodimlar faoliyati samaradorligi (KPI) tizimi ommalashtiriladi va ustamalar beriladigan pedagoglar soni 350 nafarga yetkaziladi va h.
Kengaytirilgan yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzating
#Xalqaro_forum
O‘zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi oʻtkaziladi
Xalqaro forum 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etiladi. “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda ikki davlatning 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.
Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakunida 20 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xarita”lari imzolanishi kutilmoqda.
___
Состоится второй форум ректоров университетов Узбекистана и Таджикистана
Международный форум проводится Министерством высшего образования, науки и инноваций Узбекистана 15 апреля в Ташкентском государственном экономическом университете. Около 100 руководителей высших образовательных учреждений, руководителей министерств и ведомств двух стран примут участие в конференции на тему «2030 год: Приоритеты развития высшего образования и науки в Республике Узбекистан и Республике Таджикистан».
На форуме будут обсуждаться вопросы развития интеграции между высшими образовательными учреждениями двух стран, обмен профессорско-преподавательским составом и студентами, организация процессов взаимного обучения, повышение качества образования, внедрение цифровых технологий в образование, повышение квалификации и сотрудничество в научной деятельности.
По итогам форума ожидается подписание более 20 меморандумов о взаимопонимании, соглашений и «дорожных карт».
Bizni kuzating
#fotolavha
✅Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan fizika-matematika fakulteti talabalari o'rtasida o'tkazilgan "Oʻz sohasining mutaxassisi" nomli musobaqadan fotolavha.
Ma'lumot o'rnida, yosh fiziklar 4 ta: fizika fani boʻyicha demonstratsion (namoyishli) tajriba koʻrsatib tushuntirib berish, qiziqarli fizikaga oid tezkor savol-javob, mavzulashtirilgan masala ishlash hamda kosmik uchish apparatlarini yigʻish va uni ochiq maydonda harakatga keltirish shartlari asosida o'zaro bellashishdi. Hakamlar hay'ati xulosalariga ko'ra gʻolib jamoalar belgilangan pul mukofoti hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_1 #TerDU_talabasi
"Adabiyotga bo‘lgan qiziqishim meni "Yosh kitobxon" tanloviga yetakladi"
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
#Jarayon
🗣Termiz davlat universiteti hamda uning qoshidagi Akademik litseyda ulug’ sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi.
🟢 Tadbirda A.Temur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning jasorati va matonatini o‘zida aks ettirgan jarayonlar talabalar tomonidan namoyish etildi. "Temur tuzuklari" asari asosida o'tkazilgan viktorina savol-javoblari o'quvchilar bilimini charxlagan bo'lsa, ijro etilgan sahna ko'rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot uyg'otdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi
Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:
🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
🔹11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
👉 In English
👉 На русском
Bizni kuzating
🗣Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti Surxondaryo viloyat sudi bilan hamkorlikda "Bo'lajak sudya" tanlovi o'tkazildi.
Talabalarning nazariy bilimlarini sinovdan o'tkazish va ularning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tanlovda 4 ta jamoa 2 ta shart asosida bellashdilar.
Ishtirokchilarning chiqishlarini baholab borgan Viloyat sudi sudyalarining yakuniy xulosasiga ko'ra, "Femida" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Kun_hikmati
Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr — mingni
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
#TerDU
🗣Termiz davlat universitetining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga a‘zo bo‘ling hamda oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
🕊Telegram
📱Facebook
📱Instagram
📺You tube
✅Rasmiy sayt
✈️Murojaat, taklif va shikoyatlar uchun bot: @TerDU_murojaatlar_bot
✈️Rektorga murojaat uchun bot: @TerDU_rektor_bot
✅Bizni kuzatishda davom eting!
#yashil_makon
Yurtimizning turli hududlarida oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi bog‘lar tashkil qilinmoqda.
__
Работы, проводимые в высших образовательных организациях в рамках национального проекта «Яшил макон» в различных регионах нашей республики.
Bizni kuzating