#OGOHLIK
#bilasizmi
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!
©️ Manba
___
❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.
Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!
Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#kun_hikmati
Bilganlarimizning cheki bor, bilmaganlarimizning esa had-chegarasi yoʻq.
Per-Simon Laplas
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#kun_hikmati
Ilmdan yaxshiroq xazina boʻlmas, Qoʻlingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdulloh Rudakiy
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Kun_hikmati
O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.
Jozef Juber
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#bilib_oling
“Universitet” va “institut” o‘rtasidagi farq nimalardan iborat❓
Talabalar “universitet” va “institut” o‘rtasida nima farq bor, degan savolni ko‘p beradi.
❕Universitet bir nechta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Ayrim mamlakatlarda universitet kamida 7 ta yo‘nalishni birlashtirgan bo‘lishi kerak.
❕Institut esa muayyan ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasasidir.
“Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan ko‘ra kengroq. Ta’lim imkoniyati va o‘quv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori ta’lim muassasasi hisoblanadi.
G‘arb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida bo‘ladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.
#manba: @tahrir_uz
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Tabrik
✨Aziz vatandoshlar!
Barchangizni ezgu niyatlar, yorug‘ umidlar bilan qarshi olayotganimiz Yangi – 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
❄️Yangi yilda dilingizda neki yaxshi niyatlar bo‘lsa, barchasi amalga oshishiga tilakdosh bo‘lib, sizlarga ulug‘ boylik bo‘lgan sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, oilaviy baxt va faravonlik tilaymiz!
❄️Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
💐Hurmat bilan, Termiz davlat universiteti jamoasi
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#fotoreportaj
Yil davomida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan dekan o‘rinbosarlari va bir guruh tyutorlar faoliyati e'tirof etildi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
28-dekabr kuni Termiz davlat universitetida joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Shofiyev tomonidan olib borildi.
Seminarda 400 nafar universitet professor-o'qituvchilari va tyutorlar ishtirok etishdi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Yangi 2024-yilda Yoshlar akademiyasi jamoasi o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan yoshlarni o'z a'zoligiga taklif qiladi
✅Yoshlar akademiyasi a'zosi bo'lishni istagan yoshlardan 👉 Ushbu havola orqali ariza topshishlarini so'raymiz.
Ma'lumot uchun:
Yoshlar akademiyasining asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu akademiya 2023-yil davomida yurtimizdagi 100 mingdan ortiq iqtidorli yoshlarni ilmiy innovatsion faoliyatga jalb qilgan.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
E’TIROF
🥋 Mamlakatimizda klublar o‘rtasida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha O‘zbekiston chempionatida Termiz davlat universitetining ikki nafar talabalari Hasan Boynazarov 60 kg vazn hamda Islom Shernazarov 73 kg vazn toifasi bo'yicha 1-o‘rinni egallab, oltin medalni zabt etishdi. Jamoaviy hisobda esa ishtirokchilar 3-o'rin bilan cheklanishdi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Президент Шавкат Мирзиёев “Masdar” компанияси бош ижрочи директори Муҳаммад Ал-Рамаҳий билан биргаликда Шеробод, Ғаллаорол, Каттақўрғон туманларида қуёш ва Томди туманида шамол электр станцияларини ишга туширди
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с генеральным исполнительным директором компании «Masdar» Мухаммадом Аль-Рамахи запустил солнечные электростанции в Шерабадском, Галляаральском, Каттакурганском районах и ветряную электростанцию в Тамдынском районе
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Himoya_2023 №103
Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Donayeva Shaxnoza Abduraimovnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengashning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Refleksiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Shaxnoza Abduraimovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Mutolaadan_parcha
Badavlat boʻlmay turib ham boy yashash mumkinmi?
Albatta, mumkin. Buning uchun maoshingizni oshirishlarini, lotoreyaga yutuq chiqishi yoki kutilmagan xazina topib olishni kutishga hojat yoʻq. Koʻpchilik bir umr boshqalarni boy qilish uchun ishlaganini juda kech tushunadi. Natijada oʻzini hech qachon badavlat boʻlolmaydigan muhtoj odamdek his etib, barcha istaklarini noaniq muddatga ortga suradi...
Devid Bax hamda Jon Devid Mannning “Latte omili” kitobi qahramoni ham “Qurbim yetmaydi”, deya koʻp narsadan, hatto orzularida ham oʻziga cheklovlar qoʻygan. U tasodifan tanishib qolgan keksa barista esa qizga oʻzi oʻylaganidan ancha badavlatroq ekanini tushuntirib beradi. Qanday qilib deysizmi? Kitobni oʻqing va bu savolga javob oling.
📚Latte omili
✍️Devid Bax hamda Jon Devid Mann
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
👨💻👩💻🧠
Termiz davlat universitetida qishki taʼtil paytidan unumli foydalanilib, barcha professor-oʻqituvchilarining kredit-modul tizimi borasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi.
Natijalarga koʻra, eʼtibor qaratish joiz boʻlgan jihatlar tahlil qilinib, oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini yanada toʻliqroq joriy etish maqsadida tajribali mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar oʻtkazilmoqda. Mashgʻulotlar 2024-yilning 6-yanvar kuniga qadar davom etadi. Tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz.
✈️@terdu340
#№_2
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti O'zbekiston tarixi o'qituvchisi Xurramov Xayitmurod Boboqul o‘g‘lining Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosliklari bo‘yicha “Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi (Germaniya olimlari tadqiqotlari misolida)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
〽️ Universitet jamoasi nomidan Xurramov Xayitmurodni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#№_1
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti arxeologiya kafedrasi o'qituvchisi Toshaliyev Qahramon Boboyorovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha “O‘rta Osiyo daxmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
〽️Universitet jamoasi nomidan Qahramon Boboyorovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.💐💐💐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#seminar_trening
#ikkinchi_bosqich
Universitetda taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oshirish, oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini yanada kengroq joriy etish maqsadida professor-oʻqituvchilar uchun tajribali trener tomonidan o'quv-seminarlar oʻtkazilgani haqida xabar qilgan edik. Uning ikkinchi bosqichida darslarda olingan bilimlar TerDU mas'ullari tomonidan yanada mustahkamlanmoqda.
@terdu340
#kun_hikmati
Har bir insonning qadr-qiymati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida
Abu Rayhon Beruniy
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#tavsiya
Tomoshabinni fikr-mulohaza qilishga undaydigan sahna asari - “Ishlaganday bo‘laylik” spektakli haqida
🎭O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Аʼzam qalamiga mansub “Farrosh kampirning tushi” pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektakli satirik fars janrida bo‘lib, bugungi jamiyatning yuziga oyna tutadi.
🎬Spektakl ayni jamiyatdagi insonlarga sahnada o‘z aksini ko‘rish imkonini yaratadi. Asardagi yarim hazil, yarim chin tarzida bo‘lib o‘tadigan voqealar, aslida asl hayot haqiqati ekanligini tomoshabin asarni tomosha qilgandayoq anglaydi.
📽You tube orqali ko‘rish.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги
—
Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yoshlar Akademiyasi eng faol va iqtidorli Top-10 Yoshlar akadmiyasi liderlarini e'lon qildi. Ular safida TerDUning ikki nafar talabasi ham bor.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🧠💡📚 📖
Qishki ta’til vaqtida o‘qituvchi va talabalarga o‘qish uchun eng sara badiiy asarlarni tavsiya etamiz
Folklor va mumtoz durdonalar:
1. “Alpomish”, “Kuntug‘mish” dostonlari;
2. Nosiriddin Rabg‘uziy-“Qisasi Rabg‘uziy”;
3. Jaloliddin Rumiy-“Ichingdagi ichingdadur”;
4. Alisher Navoiy-Lison ut-tayr”;
5. Zahiriddin Muhammad Bobur-“Boburnoma”
O‘zbek adabiyoti namunalari:
1. Cho‘lpon-“Kecha va kunduz”;
2. Oybek-“Navoiy”;
3. Abdulla Qahhor-“O‘tmishdan ertaklar”;
4. Asqad Muxtor-“Chinor”;
5. Said Ahmad-“Jimjitlik”;
6. Odil Yoqubov-“Ko‘hna dunyo”;
7. Pirimqul Qodirov-“Ona lochin nidosi”;
8. O‘tkir Hoshimov-“Dunyoning ishlari”;
9. Shukur Xolmirzayev-Saylanma I-V-jild;
10. Murod Muhammad Do‘st-“Lolazor”;
11. Tog‘ay Murod-“Otamdan qolgan dalalar”;
12. Erkin A’zam-“Jannat o‘zi qaydadir”;
13. Nazar Eshonqul-“Go‘ro‘g‘li”;
14. Xurshid Do‘stmuhammad-“Donishmand Sizif”;
15. Ulug‘bek Hamdam-“Ota”;
16. Isajon Sulton-“Onaizor”.
Jahon adabiyoti durdonalari:
1. Radiy Fish-“Jaloliddin Rumiy”;
2. Lev Tolstoy-“Tirilish”;
3. Fyodr Dostoyevskiy-“Jinoyat va jazo”;
4. Ernest Xemenguey-“Chol va dengiz”;
5. Mixail Bulgakov-“Usta va Margarita”;
6. Frans Kafka-“Jarayon”;
7. Somerset Moem-“Oy va chaqa”;
8. Albert Kamyu-“Vabo”;
9. Chingiz Aytmatov-“Asrga tatigulik kun”;
10. Nodar Dumbadze-“Abadiyat qonuni”;
11. Gabriel Garsia Markes-“Yolg‘izlikning yuz yili”;
12. Jorj Oruel-“1984”;
13. Mo Yan-“Musallas mamlakati”.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri lavozimiga tanlov e’lon qiladi
IZOH: hujjatlar gazetaga e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uyda qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
(76) 223-16-09
Termiz davlat universiteti Kengash kotibi
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#olimpiada
Onlayn fan olimpiadasiga marhamat!
👨🏫 Termiz davlat universiteti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan talabalarning qishki taʻtil davrida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2024-yil 5–yanvar kuni 09:00dan 17:00ga qadar "O'zbek adabiyoti" fanidan onlayn test olimpiadasi oʻtkaziladi.
🌎 test.tersu.uz orqali onlayn olimpiadada ishtirok etib, bilimingizni sinab ko‘ring.
Quyidagi havola orqali 2024-yilning 4-yanvar sanasiga qadar ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
👉Ro'yxatdan o'tish
🏆1-2-3-o'rinlarni olgan talabalar universitetning esdalik sovg'alari va maxsus diplomlari bilan taqdirlanadi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Президент Шавкат Мирзиёев “China Energy Engineering Corporation” компанияси вице-президенти Ву Юнь ва “China Gezhouba Group” компанияси бошқаруви раиси Линь Сяодан билан биргаликда Нишон ва Қоровулбозор туманларида қуёш электр станцияларини ишга туширди
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с вице-президентом компании«China Energy Engineering Corporation» Ву Юнем и председателем правления «China Gezhouba Group» Линь Сядоаном запустил солнечные электростанции в Нишанском и Караулбазарском районах
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимизнинг олтита ҳудудида "яшил" энергия ишлаб чиқарувчи янги йирик қувватларни тармоққа улаш бўйича тантанали маросимда иштирок этмоқда.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в торжественной церемонии подключения к сети новых крупных мощностей "зеленой" энергетики в шести регионах страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Himoya_2023 №102
Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti nazariy fizika kafedrasi o'qituvchisi Xоliyorov Jasur Hidirovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengashning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha “Maktab fizika kursini o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Jasur Hidirovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🧠💡📚
KPI tashkilot va xodimning rivojlanishida muhim tizim hisoblanadi. KPI vaqtingizni rejalashtirish, imkoniyatlaringizni ishga solish, daromadingizni oshirishga koʻmaklashadi. Siz ushbu tizimda ishlashga tayyormisiz?...
✈️@terdu340
E'TIROF
Ikki nafar talabalarimiz 80 mln so'mlik grand sohibi bo'lishdi
Termiz davlat universiteti yuridik fakultetining 3-kurs talabalari O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan volontyorlik loyihalari tanlovida ishtirok etib, O'g'iloy Saitqulova "Renessans nihollari" loyihasi uchun 50 million, Davlatbek Abdiqahhorov “Yuridik ta’lim” o'quv dasturi ijtimoiy-huquqiy loyihasi uchun 30 million so'm miqdordagi grand sohibi bo'lishdi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt