Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi.
⚜Unda Termiz davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, Kimyo fakulteti dekani H.To'rayev, fakultetning professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
✅Oliygohda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar, o‘quv jarayoni, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, fan, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
🔰Uchrashuv so'nggida ota-onalar va talabalar so'zga chiqib universitet hamda fakultet rahbariyatiga yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya
#ilmfan
“Korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimi joriy etiladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish maqsadida:
▪️amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;
▫️iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqariladi;
▪️amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratiladi;
▫️transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etiladi.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida ota-onalar uchrashuvi o'tkazildi
✅Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudoyqulov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Jumayev, Xorijiy filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bòyicha dekan maslahatchisi G.Ibodullayeva, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
⚜Uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etib o‘tildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya2030
⚡️2030-yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida:
➖5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot oliygohlariga aylantiriladi;
➖qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi;
➖kutubxonalar kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirilib, kutubxona fondi to‘liq raqamlashtiriladi.
Shuningdek:
🔹yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida har yili 500 nafar iste’dodli yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi;
🔸milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga yetkaziladi;
🔹xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish maqsadida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratiladi.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#yengillik
Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:
➖talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;
➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.
Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari diqqatiga!
✅ Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili (sirtqi) ta'lim yo'nalishi 5-kurs SFTO'-119-219-319-419-519-619-719-819-919- 1019-1119- 1219-1319-1419-1519- 1619-1719-1819-1919-guruh talabalari uchun 2023/2024-yilining oʻquv rejasiga muvofiq kuzgi semestri 2023-yilning 18-sentabr kunidan dars mashg'ulotlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakultetida yig’ilish o’tkazildi.
Universitet rektori, professor Avazjon Maraximov boshqarib borgan yig’ilishda prorektorlar, dekanlar va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Yig’ilishda universitetimiz tomonidan Open budjet loyihasiga ilgari surilgan taklifga tegishli tartibda ovoz berilishini ta’minlash, shuningdek, 2022/2023-o’quv yili kontrakt to’lovlari bo’yicha fakultetlar kesimida qarzdorliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish haqida so’z yuritildi.
Mutasadilarga bu boradagi muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish va tegishli tashabbus ko’rsatish bo’yicha tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari O.Aliyarov, professor-o‘qituvchilar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berildi.
Yakunda yuqori natija ko’rsatib, universitet talabasi bo‘lgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ota-onalar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Navbatdagi uchrashuv Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalarining ota-onalari bilan o’tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, fakultet dekani Y.Daniyeva, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda oliygohda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar, o‘quv jarayoni, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ota-onalar tomonidan turli fikr-mulohazalar bildirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Test jarayonlarida yuqori ball to’plagan talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Qutlov
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi Ro‘ziyeva Mashhura Abdimo’minovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning
07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Surxon vohasi lo‘lilari an’anaviy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari” (XIX asrning oxiri va XXI asrning boshi) mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
👏 Fakultet jamoasi nomidan Mashhura Abdimo’minovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ota-onalar bilan uchrashuv
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida 2023/2024-o'quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda fakultet dekani N.Achilov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o'rinbosari I.Bobomurodov, Xotin-qizlar kengashi raisi D.Hamzayeva, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berildi. Ota-onalarning ijtimoiy kayfiyatini o'rganish maqsadida so'rovnomalar olindi. Tadbirdan so'ng ota-onalar universitetda yaratilgan shart-shatoitlar bilan tanishtirildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#tanishtiruv_haftaligi
Termiz davlat universitetida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi J.Sherdonaqulov va oliygoh yetkchisi I.Tolipovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mamalakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy qulayliklar xususida so’z yuritildi.
Yakunda yuqori natija ko’rsatib, universitet talabasi bo‘lgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV
#Diyor_yangiliklari
Har qanday mamlakat taraqqiyoti ilm-fan va taʼlimga qaratilgan eʼtibor, yaratilgan sharoit va bu sohalarga ajratilayotgan sarmoyaga bogʻliq. Buni teran anglagan davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan taʼlim sifati, samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Mavzuni viloyatimizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasisi Termiz davlat universiteti faoliyati misolida davom ettiramiz.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Qutlov
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi Panjiyeva Nodira Normaxmatovnani Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashning 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda investitsion faollikni jadallashtirish yo‘nalishlari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
👏 Fakultet jamoasi nomidan Nodira Normaxmatovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Малайзиялик профессор-ўқитувчилар Термизда дарс ўтади
10:45
https://uza.uz/uz/posts/malayziyalik-professor-oqituvchilar-termizda-dars-otadi_519267
#OAV
#Diyor_yangiliklari
Termiz davlat universitetida Ota-onalar forumi o'tkazilmoqda. Unda universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berilmoqda.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya
⚡️14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish maqsadida:
➖700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshirilib, moddiy-texnika bazasi takomillashtiriladi;
➖14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etilib, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi 30 foizga yetkaziladi;
➖o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat granti axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkaziladi.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi
Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.
Birinchi yo‘nalish “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlanib, unda ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.
Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:
➖yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi;
➖umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
➖30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
➖“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
➖10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishiladi;
➖oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligi oshirilib, ilmiy salohiyat 70 foizga yetkaziladi.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Xalqaro tajribalar yuksak marralarga yoʻl ochadi
Termiz davlat universitetida xorijiy oliy va oliy taʼlim muassasasalarining yuqori salohiyatli, tajribali olim hamda mutaxassislarini ilm-fan va taʼlim jarayoniga jalb etish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi. Keyingi ikki yilda yuqori salohiyatli 73 nafar xorijiy professor-oʻqituvchi oʻquv-amaliyot ishlariga jalb qilindi. Universitetning 110 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilari xorijiy OTMda malaka oshirdi.
Soʻnggi 2,5 yilda 13,1 mlrd soʻm qiymatga ega davlat granti va xalqaro loyihalar bajarildi. Universitetda yana qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda Termiz davlat universiteti Malayziyaning bir qancha universitetlari bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻygani ham universitet nufuzi, ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda Malayziyaning Perlis, Terengganu va Utara universitetlaridan professor-oʻqituvchilar hamda talabalardan tashkil topgan delegatsiya TerDUda boʻlib turibdi. Dastlabki uchrashuv delegatsiya aʼzolari va universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektori R.Toʻrayev bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda malayziyalik professor-oʻqituvchilar oʻz universitetlari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, taqdimot davomida oliygohimizda ingliz tilini oʻrgatish markazini tashkil etish loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari universitetda yaratilgan zamonaviy qulayliklar, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, 1850 oʻrinli yangi oʻquv binosida talabalarning jahon andozalari asosida tahsil olishlari uchun yaratilgan qulayliklarni mehmonlar alohida eʼtirof etishdi. Auditoriyalarda olib borilayotgan dars mashgʻulotlarida boʻlishdi.
Eslatib oʻtamiz, delegatsiya aʼzolari 2 hafta davomida TerDUda boʻlib, talabalarga maʼruza –mashgʻulotlarini oʻtib berishadi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV
#Bugun
TerDUda amalga oshirilayotgan islohotlar Madaniyat va ma’rifat telekanalining “Bugun” dasturida
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Qabul_2023
Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi taʻlim shakliga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat oʻtkazildi.
Talabgorlar bilan uchrashuvda Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov hamda prorektorlar, mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Rektor bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganini takidlar ekan, bu boradagi fikr-mulohazalarini bildirdi. “Har bir inson hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun avvalo, sifatli talimga ega boʻlishi lozim. Chunki ta’lim va tarbiya taraqqiyot, rivojlanishining asosiy omili sifatida qadrlanib kelinadi. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonini kechagi holat bilan qiyoslab boʻlmaydi. Endilikda malakali mutaxassislar tayyorlashga boʻlgan talab va takliflar oʻzgardi. Yetishib chiqqan har bir mutaxassis nafaqat dunyo hamjamiyatidagi yetuk kadrlar bilan bemalol bahslasha oladigan, balki oʻz aytar soʻziga ega, turli tillarda mukammal soʻzlashadigan va sohasining barcha sir-asrorlarini oʻrgangan boʻlishi shart va lozim, dedi rektor oʻz soʻzida.
45 nafar abituriyentlar Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha), Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) jami 4 ta taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bilim va kasbiy koʻnikmarini koʻrsatishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“Sarishtali qiz-farishtali qiz”. Talabalar turar joyida qizlar bilan olib borilgan suhbat ana shu mavzuda kechdi.
TerDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi D.Hamzayeva, Xorijiy filologiya fakultetining xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi G.Ibodullayeva, Fizika- matematika fakultetining xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi O.Niyozova, tуutorlar va o'qituvchilar talabalar turar joyini toza-ozoda saqlash bo’yicha qizlarga tavsiya va maslahatlar berishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Tanishtiruv_haftaligi
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari O'.Asallayev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Vatanimizda 32 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, milliy qadriyatlarimiz urf-odatlarimiz, dunyo tamaddunida O‘zbekistonimizning tutgan o‘rni, fan, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan tashqari universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, tartib-intizom qoidalari haqida so‘z yuritildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda fakultet dekani H.Ahmedov, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Samimiy o’tgan uchrashuvda fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi. Mazkur muloqotlar har ikkala tomon uchun ham foydali boʻldi.
Yakunda yuqori natija ko’rsatib, universitet talabasi bo‘lgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universitetida ota-onalar bilan uchrashuv o’tkazildi
Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani A.Safarov, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Matematik analiz kafedrasi mudiri M.Mirsaburov, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlar psixologiyasi bo’yicha suhbat olib borildi. Ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🏛 Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 6-TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi tashkillashtirildi.
❇️Talabalar oqshomida talaba-yoshlar uchun ko‘ngilochar konsert dasturi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligidagi konsert dasturi talabalar uchun chinakamiga bayramona dastur bo’ldi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universitetida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev, fakultet dekani J.Xolmo‘minov, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#brifing #uzbekiston24
Bugungi kunda respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yuritmoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi koʻzda tutilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.
Ikkinchi va undan yuqori kursda 950 ming nafar, birinchi kursda 250 ming nafar talaba tahsil oladi.
Talabalarga 39 533 nafar professor-oʻqituvchi dars beradi. Oliygohlarning oʻrtacha ilmiy salohiyati 39,8 foizni tashkil etadi.
Hozirgi kungacha 116 ta davlat oliy taʼlim muassasasiga 193 761 nafar yoshlar birinchi bosqichga qabul qilinib, oliy taʼlim bilan qamrov 42 foizga yetkazildi.
Magistraturaga 105 ta davlat oliygohiga 7 232 nafar yoshlar oʻqishga qabul qilindi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5791
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qutlov
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi Xudayberdiyeva Gulnora Xursandovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda Sovet davrida madaniyat muassasalari faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990 yy.)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
👏 Fakultet jamoasi nomidan Gulnora Xursandovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt