#tanishtiruv_haftaligi
Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Professional ta'lim axborot tizimlari va texnologiyalari yo'nalishi talabalari “Tanishtiruv haftaligi” doirasida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Talabalar dastlab Axborot resurs markazida bo‘lib, kutubxonani ko’zdan kechirishdi. Navbatdagi manzil Qatag‘on qurbonlari muzeyi bo‘ldi. U yerda yigit-qizlar O‘zbekistonning o‘tmishi, mustaqillikka qadar xalqimizning boshidan kechirganlari, ozodlikka erishgandan so‘ng yurtimiz hayotida amalga oshirilgan islohotlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Qutlov
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Eshmuratova Dildor Urolovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
👏 Fakultet jamoasi nomidan Dildor Urolovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#tanishtiruv_haftaligi
Xabaringiz bor, joriy yilning 4-sentyabridan 2023/2024-oʻquv yilidan talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi.
Jumladan, Termiz davlat universitetida ham bunday tanishtiruv amaliyotlari har bir fakultet kesimida amalga oshirilmoqda.
Bugun Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev hamda Yoshlar yetakchisi I.Tolipov filologiya fakulteti talabalariga tanishtiruv haftaligi doirasida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, odob-axloq masalalari, talabalarni rag’batlantirish tizimi va boshqa shu kabi zaruriy ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Super_kontrakt
2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#To‘lov_kontrakt
Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.
Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.
Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Termiz davlat universitetida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Unda TerDU rektori Avazjon Maraximov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Kengash avvalida, universitet rektori Avazjon Maraximov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi, shu bilan bir qatorda yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan barchani qutladi.
Kun tartibidan shuningdek, talabalarning to‘lov-shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish holati;
2023/2024-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv dasturi ijrosi;
Vakant professor-o‘qituvchilar shtatini aniqlash va ularni tanlovga berish hamda turli xil masalalar ko‘rib chiqildi.
Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV
#Hudud
Termiz davlat universitetida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida yangi oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“Mustaqillik dars”i bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov 1-bosqich talabalari bilan “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik dars”ida samimiy suhbat olib bordi.
Muloqot davomida talabalarga mamlakatimizda 32 yil davomida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar hamda erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Denovlik yoshlarning bandligini ta’minlash uchun asbob-uskuna va jihozlar topshirildi
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Denov tumanida “qizil” toifaga kiritilgan va “Yoshlar daftari”da turgan yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Termiz davlat universiteti rektoriga biriktirilgan 44 nafar yoshlarning ham ijtimoiy ahvoli o'rganildi va ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kerakli bo'lgan hamda o'zlari so'ragan jihozlar bilan ta'minlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#OAV
Axborot 24 | Mustaqillik bayrami va Prezident tabrigiga yurtdoshlarimizning va Termiz davlat universiteti Rus va qardosh tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Poyon Bakirov munosabatlari
#1sep #uzbekiston24
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 32-й годовщине независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#tavsiya
⚡️Talaba-yoshlar uchun ajoyib yangilik!
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashabbusi bilan OTMlarda maxsus tashkil etilgan markazlar talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashmoqda.
Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda “MAAB Innovation” MCHJ ham oliy o‘quv yurtiga kirgan yoshlar uchun yangi innovatsion ilova taklif etmoqda.
“Roommate” ilovasi orqali ijaraga turmoqchi bo‘lgan talaba o‘z universitetida tahsil olayotganlardan sherik topib, ijara uylarini olish imkoniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari ilova:
✅ hududlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar boshqa talabalar bilan tanishish va do‘st orttirish;
✅ ijaraga uy beruvchilar uchun esa, platformada e’lon joylashtirish imkonini beradi.
💾 Ilovani yuklab olish: Android | iOS
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
TerDUda 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o’rganildi
TerDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev boshchiligida rektorat majlislar zalida yig’ilish o‘tkazildi. Unda universitet prorektorlari, dekanlar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda vazirlikdan tashrif buyurgan ishchi guruh universitetining 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlar hamda moddiy-texnik ta’minoti holati bilan atroflicha tanishib chiqib, bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi.
Shuningdek, yangi o’quv yilida talabalarni ko‘tarinki ruhda kutib olish, dars jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalarda kerakli vazifalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Prorektor huzurida yig’ilish bo’lib o’tdi
TerDU Pedagogika fakultetida Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor Obid Shofiyev huzurida kengaytirilgan yigʻilish bo'lib o'tdi. Unda bo'lim boshliqlari, fakultetlar yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.
Yig’ilishda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish, jumladan, TTJ va ijara xonadonlariga talabalarni qamrab olish, ularga munosib shart-sharoit yaratish xususida so’z yuritildi.
Ta’kidlash kerakki, ayni paytda oliygohda 6 ta talabalar turar joyida jami 2885 ta o’rin yaratilgan bo’lib, talabalarning qulay sharoitda yashashi va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun shay holatga keltirilgan.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati o’rganildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim muassasalarining 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joylarga chiqib o‘rganish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik mas’ul xodimi X.Eshov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.
X.Eshov universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlar hamda moddiy-texnik ta’minoti holati bilan atroflicha tanishdi va ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida o’z taklif va tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati jumladan, o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar, sport zallari, talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#ProfTa’lim
Professional ta’lim tizimi yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
2023-yil birinchi yarim yilligi davomida umumkasbiy va maxsus fanlardan 78 nomda 141 144 nusxadagi yangi o‘quv adabiyotlari nashr etildi hamda soha yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasalariga yetkazildi.
Texnologik yangilanishlar hisobida umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha 1260 nomdagi o‘qitish materiallari to‘plami respublika miqyosida ommalashtirildi.
Joriy yil yakuniga qadar umumkasbiy va maxsus fanlardan 117 nomda 60 601 nusxada o‘quv qo‘llanmalar nashr etilib, soha yo‘nalishlari bo‘yicha professional ta’lim muassasalariga yetkaziladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalaridan 151 nafar, professional ta’lim muassasalaridan 71 nafar professor-o‘qituvchi qatnashgan.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Янги ўқув йили – янги марралар, янги режалар сари йўл
Ўзбекистондаги барча таълим муассасаларидаги каби Термиз давлат университетида ҳам янги ўқув йили “Янги ҳаёт учун, янги Ўзбекистон учун!” шиори остида тантанали равишда, кўтаринки кайфиятда бошланди.
👉 https://kun.uz/41554270
Реклама
#magistratura_2023
2023/2024-o'quv yilida Termiz davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qabul natijalari e’lon qilindi.
Natijalar bilan ushbu havola orqali tanishing
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#To‘lov_kontrakt
2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#OAV
#Diyor_yangiliklari
Termiz davlat universitetida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston” uchun shiori ostida oʻtkazilgan tadbir tafsilotlari
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#E'LON
🔺Sizda kimyo texnologiyalari, to‘qimachilik, muqobil energetika, biopreparatlar yoki suv tejash texnologiyasiga asoslangan startap uchun ajoyib g‘oya bormi?
Unda sizni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar milliy ofisi “Milliy Hub” startap-akseleratsiya o‘quv dasturining tanlovida qatnashishga taklif etadi.
Ushbu o‘quv dasturi oliy talim muassasasi magistr yoki ilmiy darajalilar va tadqiqotchilar, ilmiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes vakilillari uchun mo‘ljallangan.
⚡️Tanlovda qatnashib siz startapingizni shakllantirishdan tijoratlashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yuqori malakali xalqaro va mahalliy mentorlar yordamida bosib o‘tasiz.
Dasturning eng faol ishtirokchilari dunyoning yetakchi, startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi “Plug and Play” kompaniyasi dasturlarida o‘z loyihalarini olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
G‘olibilar joriy yilning 16–20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “Demo day” loyihalar taqdimotida taqdirlanadi.
💠Ro‘yxatdan o‘tish joriy yil 8-sentyabrgacha davom etadi.
💠Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi o’quv yili yangi marralar, yangi rejalar bilan boshlandi
Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Termiz davlat universitetida ham “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/85941
Telegram | Facebook | YUZ">YouTube |реклама
A.Maraximov:Yangi o’quv yilini yangi marralar, yangi rejalar bilan boshladik
Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Termiz davlat universitetida ham “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Yangi oʻquv yili ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov nutq soʻzlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar boʻlgani bilan tabrikladi. Ularga yangi oʻquv yilida yangi marralar, natijalarga erishini tilab, oʻquv yilini rasman ochdi.
Tadbirda soʻz olgan viloyat Nuroniylar kengashi raisi O.Soatov, viloyat xalq deputatlari kengashi a’zosi D.Suvonova yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV
Intervyu 24 | Hayit Toʻrayev - Termiz davlat universiteti professori
#1sep #uzbekiston24
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
31-avgust – Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan TerDUda tadbir tashkil etildi
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 32 йиллигига бағишланган байрам тантанасини қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилинг:
Ютуб
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar
✅ Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:
🙋🏻♂️ erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.
👨🏻🎓 Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:
🔹 100 491 nafari (52 %) — erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
🎓 Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.
🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:
👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;
🔵 to‘lov-kontrakt asosida:
👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.
📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.
▶️ Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:
🔸 “Ijtimoiy ta’minot” (91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸 “Transport xizmatlari” (93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.
⬇️ Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
TerDU talabasi Zuhra Hasanova mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Jasorat medali" bilan taqdirlandi
Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz safida Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Milliy libos va kashtachilik kafedrasi Dizayn yo‘nalishi talabasi Zuhra Hasanova ham bor.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda mukofotni Zuhra Hasanovaga topshirdi.
💐 Talabamizni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#qabul2023 #texnikum #infografika
⚡️30-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 82 977 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:
Kunduzgi – 75 010 nafar;
Sirtqi – 6 863 nafar;
Kechki – 72 nafar;
Dual – 1 032 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
➖➖➖
⚡️По состоянию на 10:00 30 августа, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 82 977 абитуриентов.
Из них:
На дневную форму обучения – 75 010 абитуриентов;
заочную – 6 863;
вечернюю – 72;
дуальную – 1 032 (подробности в инфографике).
❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.
Полная квота на @eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube