terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#qabul2023 #texnikum #infografika

⚡️29-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 79 638 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 71 953 nafar;
Sirtqi – 6 644 nafar;
Kechki – 69 nafar;
Dual – 972 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 29 августа, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 79 638 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 71 953 абитуриентов;
заочную – 6 644;
вечернюю – 69;
дуальную – 972 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Pedagogika oliygohlarida maqsadli buyurtma asosida oʻqituvchilarni tayyorlash toʻliq davlat grantiga oʻtkaziladi


Подготовка учителей по целевому заказу в педагогических вузах будет осуществляться полностью на основе государственного гранта

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tayinlov

🔰Termiz davlat universiteti rektori buyrugʻi bilan Xotamov Ochildi Qurbonovich – Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi

Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.

Buning uchun Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qutlov
PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

🔰 TerDU Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Toshpo‘latova Mehriniso Qilichevnani ChDPU huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01raqamli Ilmiy kengashning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha "Ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy asoslari" mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli himoya qilinganligi bilan tabriklaymiz!

👏 Fakultet jamoasi nomidan Mehriniso Qilichevnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.

🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida navbatdagi Kengash yigʻilishida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirilishidan fotoreportaj

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2023
#Ikkinchi_mutaxassislik

🟢Termiz davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda TerDU rektori, professor Avazjon Maraximov mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor xususida alohida toʻxtalib, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shaklida oʻqish istagida mazkur universitetga hujjat topshirgan talabgorlar imtihonsiz, yaʼni suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishini maʼlum qildi.

💬 Ma’lumot uchun, joriy yilda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga 11 ta taʼlim yoʻnalishi bo’yicha 909 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilindi.

✅ Uchrashuv davomida ikkinchi oliy taʼlim shaklida tahsil olish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berilib, abituriyentlar o’z savollarga to‘liq javob olishdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetidagi talabalar turar joylari yangi jihozlar bilan ta’minlandi

🏛Xabar berib borayotganimizdek, TerDUda 2023/2024-o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg'in ketmoqda. Xususan, TTJlarda talaba-yoshlarning puxta bilim olishlari, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, qolaversa, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qulayliklar yaratilmoqda.

Jumladan, talabalarning bo’sh vaqtlarini yanada mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish, o’zaro fikr almashishlariga qulay muhit yaratish uchun yotoqxona fayelari shinam yumshoq mebellar, hamda oshxonadagi shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida qo’shimcha mebellar bilan jihozlandi. Ma’naviyat xonalari yangi jihozlar va kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi. Sportsevar yoshlar uchun sport invertarlari olib kelindi.

Ma’lumot o’rnida aytish joiz, ayni paytda oliygohda 6 ta talabalar turar joyi mavjud bo’lib, jami 2885 ta o’rin yaratilgan.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taalluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar bundan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ОАВ

Халқ сўзи газетасининг 2023 йил, 25 август сонида Термиз давлат университети ректори, профессор Авазжон Марахимовнинг “Мамлакат тараққиёти илм-фан ва таълимга қаратилган эътиборга боғлиқ” номли мақоласи чоп этилди.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2023 #Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2023

Termiz davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim bo'yicha hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️Universitetga 2023/2024-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirganlar 2023-yil 26-avgust kuni soat 08:00 da universitetning Iqtisodiyot va turizm fakulteti hovlisiga kelishlari so'raladi.

✅Talabgorlar o‘zlari bilan pasport, diplom va ilovaning asli bilan kelishlari kerak.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#live

"BESHLIK" TIZIMI XODIMLARINI  O'QITISH BO'YICHA O'QUV-SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA

✅ Ayni paytda Termiz Davlat universitetida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Surxondaryo viloyatida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni keskin kamaytirish yuzasidan 2023-yil 24-26-avgust kunlari “BESHLIK” tizimi xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv-seminarning 1-kuni davom etmoqda...

✔️ Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ichki ishlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.


Ushbu seminarda TerDU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

✅Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi Jumayeva Shohida Choriyevnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha “O‘zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi va taraqqiy etishi: natijalar va muammolar (Mustaqillik yillarida Surxon vohasi misolida)” mavzusidagi
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

👏 Universitet jamoasi nomidan Shohida Choriyevnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin!

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.


Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!

В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям

Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.


To the attention of applicants recommended for study!

At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories

From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Avgust_kengashlari

Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan professional taʼlim muassasalarida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari dastlabki kuni o‘z ishini boshladi.

Unda texnikum, kollej va kasb-hunar maktablarining 2023/2024-oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbirlar 31-avgust kuniga qadar davom etadi. Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarni o‘tkazish bo‘yicha taqvim bu yerda👈

Professional taʼlim tizimi pedagog kadrlarini ushbu Avgust kengashlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

👉 Batafsil
👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tayinlov

🔰 Termiz davlat universiteti rektori buyrugʻi bilan Ahmedov Hakim Yarashevich – Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Ozbek filologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tayinlov

🔰Termiz davlat universiteti rektori buyrugʻi bilan Sattorov Adbdumurod Sattorovich – Termiz davlat universiteti Kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasida dotsent, professor-o‘qitvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Oʻqituvchining natijasi o‘zi o‘qigan oliygoh uchun ham baho boʻladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchi oʻrnini koʻpaytirish hamda oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yangi oʻquv yili arafasida maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Xususan, maktab oʻqituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Yaʼni, malaka oshirishdan oldin oʻqituvchining bilimi diagnostikadan oʻtkaziladi va natijasiga koʻra individual kasbiy rivojlanish yoʻnalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim koʻrsatkichlari baholanadi va past natija olganlari boʻyicha oʻzi oʻqigan oliygohga reklamatsiya (eʼtiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyati uchun ham baho boʻladi. Past natija koʻrsatgan oʻqituvchilar anʼanaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilish avvalida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kengashda universitet rektori, kengash raisi Avazjon Maraximov kun tartibidan o’rin olgan asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini munosib kutib olish, “Bilimlar kuni”ni tantanali o‘tkazish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik to‘g‘risidagi masalalar ijrosiga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, kun tartibidan universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, optimallashtirish hamda yangilangan boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida;

Universitet talabalarini kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish va ijarada yashovchi talabalarga tegishli mezon asosida ijara to‘lovlarini to‘lash ishlari;

Termiz davlat universiteti Kengashining yangi tarkibini hamda 2023/2024-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash;

Universitetning 2023/2024-o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash;

Universitetning 2023/2024-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida (bo‘lim, fakultetlar kesimida) va turli xil masalalar ko‘rib chiqildi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Jamoatchilik_muhokamasi

O‘quv adabiyotlarni chop etishga ruxsat berish davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi

🔰Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarni chop etishga ruxsat berishni davlat xizmatlari asosida tashkil etishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️ Reglament bilan quyidagilar belgilanmoqda:

▶️ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;

▶️o‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish va nashrga ruxsat olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

◀️chop etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlariga elektron shakldagi QR-kodli nashr ruxsatnomasini berish;

◀️o‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash;

▶️davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida to‘lov undirish;

▶️davlat xizmatlarini ko‘rsatishning rad etish asoslari.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

✅ So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun:

🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Jamoatchilik_muhokamasi

Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt me’yorlari belgilanmoqda

🔰Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt me’yorlari: o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️Buyruq bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

🔸Pedagoglarning о‘quv yili bо‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga о‘quv yuklamasi hamda o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarining turlari kiritiladi.

✔️Pedagoglarning о‘quv yuklamasi hajmi о‘quv ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosarining taklifiga muvofiq akademik litseyning Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

◀️О‘quv yuklamasi bо‘yicha hisoblangan soatlar hajmi akademik litseyning shtat birliklari sonini hamda pedagoglarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos bо‘lmaydi.

↪️ O‘qituvchilarining o‘quv yuklamasidan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bо‘yicha hisobotlar va qо‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.

📎 Mazkur qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

➡️На русском
➡️In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ОАВ

Янги Ўзбекистон газетасининг 2023 йил, 25 август сонида Термиз давлат университети ректори, профессор Авазжон Марахимовнинг “Илм восита эмас, мақсадга айлансин ёхуд Ҳазрат Навоий бугунимиз ҳақиқатини башорат қилгани хусусида” номли мақоласи чоп этилди.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#seminar_trening

🔹Termiz davlat universitetida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqoqt universiteti qoshidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti "Energiya tejamkor texnologiyalar" laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori Jamoliddin Razzoqov tomonidan “Zamonaviy fanda olimga qo‘yiladigan talablar, yuqori impact factor jurnallarga maqolalar tayyorlash tartiblari” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔸J.Razzokov seminar-trening davomida Web of Sciense, Scopus va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan yuqori impact factorli jurnallar uchun maqola tayyorlash tartibi hamda maqola yozish uchun eng dolzarb mavzular tanlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#e’lon

QVZning yubiley mavsumiga buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda!

Ko‘rik tanlov Oliy ligasining 2023-yilgi mavsumi va Premyer ligasining 2-mavsumiga buyurtmalar davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari nomidan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda 5-sentabrga qadar qabul qilinadi.

OTM nomidan asosiy ishtirokchilari 6 nafardan kam bo‘lmagan faqat bitta jamoa qatnashishi mumkin.

➡️Batafsil: /channel/qvz_uz/3160

Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09

👉
На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#📺📺
Oʻzbekiston24

Intervyu 24 | Obid Shofiyev - Termiz davlat universiteti birinchi prorektori

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#muhim

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olishbo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#TTJ

🏢Termiz davlat universiteti tasarrufidagi 6 ta talabalar turar joyi jami 2885 ta o’rinni o‘z ichiga oladi.

✅ Shulardan:
🔹1-TTJ – 297 ta o‘rin
🔹2-TTJ – 440 o‘rin
🔹3-TTJ – 426 o‘rin
🔹4-TTJ – 700 o‘rin
🔹5-TTJ – 316 o‘rin
🔹6-TTJ – 706 o‘rinlar
mavjud

✅ Shuningdek, yotoqxonalarda talabalar yashashi va dars qilishlari, tashabbuslarini ro’yobga chiqarib, innovatsion g’oyalarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar bor. Sport, to‘garak xonalari, kutubxona, oshxona, tikuv xonalari va boshqalar shular jumlasidan.

❇️ Bundan tashqari universiteti talabalarining yangi 2023/2024-o‘quv yilida turar joyga ehtiyoji mavjud bo‘lgan talabalarga ko‘maklashish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat yuritib kelmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#One_ID

1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish bo‘yicha
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

📹 One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi


Студентам, рекомендованным к обучению на 1-курс, необходимо зарегистрироваться в системе «One ID» для подачи заявления на размещение в общежитии через Единый портал интерактивных государственных услуг.

📹Порядок регистрации в системе One ID


Students recommended for 1-year studies must register in the One ID system to apply for accommodation in a hostel through the Single Portal of Interactive Public Services.

Registration procedure in the One ID system

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал