#natijalar
🇺🇿 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan universitetimiz talabalari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida qator yo‘nalishlarda tanlovlar e’lon qilingan edi.
Kuni kecha barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Unga ko‘ra:
🎨 Eng yaxshi rasmlar tanlovi;
🥇Ashikov Alisher (Milliy libos va san’at fakulteti),
🥈O‘roqova Sarvara (Milliy libos va san’at fakulteti),
🥉Abdulazizova Mubina (Milliy libos va san’at fakulteti),
✍️ Eng yaxshi insholar tanlovi;
🥇Saitmurodova Dinora (Xorijiy filologiya fakulteti),
🥈Achilova Mohinur (Xorijiy filologiya fakulteti),
🥉Mamanazarova Gulzoda (O'zbek filologiyasi),
🥉Bekmurodova Xurshida (Iqtisodiyot va turizm fakulteti),
📹Eng yaxshi videoroliklar tanlovi;
🥇Uralov Azizbek (Tarix fakulteti),
🥈Rahmatullayeva Parizod (Yuridik fakulteti),
🥉Qurbonmurodov Muslimbek (Iqtisodiyot va turizm fakulteti )
Antikorrupsiya bilimdoni tanlovi;
🥇Yuridik fakulteti jamoasi
🥈Tarix fakulteti jamoasi
🥉Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi
🥉O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasi
Bizni kuzating
#OAV #Voha_24
📺 Termiz davlat universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
#davra_suhbati
TerDUda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi
25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda mas’ullar yurtimizda zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, mazkur tadbir davomida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berishda barcha bilishi, amal qilishi lozim bo‘lgan eslatma bukletlarning tarqalishi va video rolikning namoyishi talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetining 70 yilligiga bag‘ishlanib "Surxon vohasi madaniy hayotida Termiz davlat universitetining o‘rni" mavzusida tadbir tashkil etildi
Unda talabalarga ushbu ta’lim maskanining shonli tarixi, salohiyatli pedagoglari, xalqaro ekspeditsiyalarga qo‘shgan hissasi ma’ruzalar qilindi.
Ta’kidlash o‘rinliki, anjuman asnosida talabalar universitet va uning akademik salohiyati xususida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzating
#vakant
🏛Termiz davlat universiteti vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.
❗️Izoh: hujjatlar gazetaga e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uyda qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun: (76) 223-16-09
Termiz davlat universiteti Kengashi kotibiyati
Bizni kuzating
#yashil_kelajak #marafon
🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti hududida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
Bu yumushlarning ahamiyatini teran anglagan talabalar xayrli ishga yeng shimarib kirishyapti. E’tiborli tomoni bu ezgu amal muntazamlik kasb etgan.
Bizni kuzating
#konferensiya
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi ishtirokchi davlatlari modeli: ikkinchi bosqichni amalga oshirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, “Mintaqaviy muloqot” XNNT, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi ham ishtirok etdi.
E’tiborli tomoni, tadbir davomida Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi tomonidan berilgan hisobotlar va bildirilgan takliflar ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Bizni kuzating
#badiiy_kecha
✏️ TerDUning Yosh ijodkorlar (nasr va nazm) ijodiy to‘garagi a’zolari tomonidan “Eshqobil Shukur ijodiga bir nazar” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi
➡️ Adabiyot kechasida adibning hayot va ijod yo‘li, nazm va nasrdagi mahorati xususida so‘z yuritildi. Yosh ijodkorlar va she’riyat muxlislari uning she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Kecha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bizni kuzating
❗️ Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz,
✅telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot,
✅ 915752001,
☎️ 762217710 ishonch telefon raqamlari yoki
✉️ulugbekdevonov67@gmail.com elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.
terdual">
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.
☑️Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.
☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
"Talabalar ligasi" sport musobaqalari talaba-yoshlarni yana bellashuvlarga chorlaydi.
🟢27-noyabr kuni voleybol (qizlar o‘rtasida),
🟢28-noyabr kuni shaxmat (qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida),
🟢29-noyabr kuni stol tennisi turlari (qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida) bo’yicha universitet birinchiligi musobaqalari o’tkaziladi.
📍Manzil: Universitetning sport zali
Sportga qiziqqan barcha talabalarni kutib qolamiz! Keling, o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!
Bizni kuzating
#OAV
Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi.
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovi e’lon qilindi.
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi dasturchilik sohasini o‘rganayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovini e’lon qiladi.
☑️Tanlov kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
☑️ Dastlabki bosqich 25-30-noyabr kunlari tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi.
☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari:
Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:
Bizni kuzating:
#Haftalik_dayjest
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
Davlatimiz bayrog‘i — har bir o‘zbekistonlikning g‘urur va iftixor manbai
Bayrogʻimizning 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari professor-o‘qituvchilarni o‘zgacha kutib olishdi.
ТеrDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblari sharaflandi
Davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari o‘rtasida eng yaxshi videorolik, insholar va tasviriy san’at asarlari tanlovlari o‘tkazildi
TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan talabgorlar birinchi bosqich suhbat jarayonlaridan o‘tkazildi
Universitetda rektor rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi
“Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g'oliblari aniqlandi
TerDUda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida "Milliy qadriyatlar millat ko‘zgusi" deb nomlangan tanlov bo‘lib o‘tdi
Ezgu amal mohiyati...
Bizni kuzating
#Mutolaa
📁Hikoyalar: Sovchilar
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 28:44
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
#olimpiada
🎓 Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda.
📍Olimpiada joriy yilning 2-dekabr kuni soat 9:00 da Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti binosida test shaklida tashkil etiladi.
🔍 Olimpiada g‘oliblari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.
📞 Qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun: 94 515 77 15
Bizni kuzating
#talabalar_ligasi
Joriy yilning 28-noyabr kuni Termiz davlat universitetida sportning “Shaxmat-shashka” turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” va “Universiada-2024” musobaqalarining keyingi davra yo‘llanmasini beradigan universitet birinchiligi o‘tkazildi
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, universitet terma jamoasi tarkibini shakllantirishga yo‘naltirilgan aqliy bellashuvlar qator iste’dod sohiblarini kashf etish imkonini berdi.
Unga ko‘ra:
Shashka bo‘yicha (o‘g‘il bolalar)
🥇1-o‘rinni Nosirov Azamat (Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs, o‘g‘il bolalar o‘rtasida),
🥇1- o‘rinni Xushboqova Zebiniso (Axborot-texnologiyalari fakulteti 1-kurs,qizlar o‘rtasida),
Shaxmat bo‘yicha;
🥇1- o‘rinni Bostayev Salohiddin (Yuridik fakulteti 2-kurs, o‘g‘il bolalar o‘rtasida),
🥇1- o‘rinni Turdimurodova Dildora (O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs, qizlar o‘rtasida).
Bizni kuzating
#xizmat_safari #vazir
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida bo‘ldi
Vazir TerDU rektori hamrohligida universitet kampusi bo‘ylab talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, xalqaro talablarga moslashtirilib rekonstruksiya qilinayotgan o‘yingoh loyihasi bilan tanishdi. Talaba-yoshlar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.
Shuningdek, viloyatdagi OTM mas’ullari ishtirokida TerDUda joriy etilgan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) va universitetning “Darband o‘quv amaliyot bazasi”da qurilishi rejalashtirilayotgan 500 kVt Mikro-GES loyihasi taqdimot qilindi.
Bizni kuzating
Novosibirsk davlat iqtisodiyot va boshqaruv universiteti VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi!
📌 Konferensiya mavzusi:
"IQTISODIYOT, BOSHQARUV VA XALQARO HAMKORLIK: MINTAQAVIY VA GLOBAL TENDENSIYALAR"
Bizni kuzating
#davra_suhbati
TerDUda "Xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda" mavzusida talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Unda Surxondaryo viloyati IIB, YHXB mas’ul xodimi tomonidan piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilib, amal qilishlari lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda talabalarga avariya holatlari va uning salbiy oqibatlari aks etgan videorolik namoyish etildi.
Bizni kuzating
#xizmat_safari #vazir
Termiz davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yetarlimi? Sovuq kunlarga tayyorgarlik qay holatda? Oliygoh olimlari qanday loyihalar ustida izlanmoqda?
27-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Termiz davlat universiteti rektori hamrohligida dastlab universitet kampusi bo‘ylab talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng, vazirga universitetda joriy etilgan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) va universitetning “Darband o‘quv amaliyot bazasi”da qurilishi rejalashtirilayotgan 500 kVt Mikro-GES loyihasi taqdimot qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28753
Bizni kuzating
#seminar #vazir #Kasbiy_taʼlim
⚡️Kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan ushbu tadbir Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlanib, unda viloyatdagi barcha 50 dan ortiq oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalarining 200 nafarga yaqin rahbar va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, Farmondagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, manfaatdor vazirlik va idoralarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, turli darajadagi kasbiy ta’lim dasturlarining o‘zaro muvofiqligi va uzviyligini ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28614
Bizni kuzating
Kuni kecha xalqaro yosh olimlar – turkologlar, tarixchilar va oltoyshunoslar maktabining “Katta Oltoy hududidagi tarixiy jarayonlar” mavzusidagi X kuzgi onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning 17 ta shahardagi ta’lim va ilmiy muassasalar vakillaridan iborat yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Sessiyada 30 nafarga yaqin olimlar Markaziy Osiyodagi tarix, madaniyat va turizmning turli jihatlariga oid dolzarb tadqiqotlarni muhokama qilishdi.
Rossiyaning Oltoy davlat universiteti “Katta Oltoy” tadqiqot markazi mas'ullari tomonidan tashkil etilgan sessiyada Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Odiljon Hamidov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Bizni kuzating
TerDUda viloyat bojxona boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Bugungi shiddatli taraqqiyot talablariga mos malakali kadrlarni tayyorlash –har bir jamiyatning oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Ayni jihatlar inobatga olingani holda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda talabalar bojxona xizmati faoliyatiga oid batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Muloqotlar jarayonida tizimda ishlash istagini bildirganlarga yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
#mutolaa #universitet_gazetasi
“Termiz universiteti” gazetasining 2024-yil 18-noyabr kungi 369-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
🟢Talabamiz sovrindor;
🟢Malayziya eshiklari ochiq;
🟢TerDUda “Yoshlar markazi” faoliyat boshladi;
🟢Talaba bekati;
🟢“Yutuqlarimizning muallifi o'zimiz;
🟢Ijod gulshani kabi qator qiziqarli materiallar chop etilgan.
📰Elektron shaklini yuklab olish.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
Gyote instituti O‘zbekiston filiali vakillari va Termiz davlat universiteti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Gyote instituti Toshkent filiali til bo‘limi boshlig‘i va ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘limi vakillari Termiz davlat universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor hamda Roman-german tillari kafedrasi mudiri ishtirokidagi muloqotda ta’lim va madaniyat sohasida bir nechta muhim kelishuvlar muhokama qilindi.
Jumladan, Gyote instituti tomonidan O‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun Germaniyada malaka oshirish imkoniyatlari va sertifikatlashtirishning yangi shakllarini yaratilish rejalashtirildi.
Termiz shahrida yangi nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilishida Termiz davlat universitetining muhim roli ta’kidlandi. Bu hamkorlik yosh avlodning ta’lim sifatini oshirishga va madaniy almashinuvlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
#xizmat_safari #vazir
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimning quyi bo‘g‘ini, ayniqsa, ta’lim muassasalarini qiynayotgan muammolarini joyida hal etish hamda tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyatiga xizmat safarini amalga oshirmoqda.
Dastlab, Termiz davlat universitetida viloyat hokimi o‘rinbosari hamda vohadagi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi istiqboldagi rejalar, taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, viloyat hokimining taklifiga asosan Oltinsoy tumani maktablarida metodik ko‘mak berayotgan universitetlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo viloyatida 6 ta oliygoh bo‘lib, 110 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi.
Bizni kuzating
#ijodkor
TerDU talabasi Begzod Abduhofizov ijrosida "Popuri"
Bizni kuzating