terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#konferensiya

🗣Termiz davlat universitetida Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🟢Madaniy meros agentligi, viloyat hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yapon faylasufi Daysaku Ikedaning hayot yo’li, O’zbekiston-Yaponiya xalqaro ekspeditsiyaning Surxon vohasidagi buddaviylik yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlari natijalari haqida soʻz bordi.

🟢Konferensiyada O’zbekiston, Yaponiya, Tailand, Italiya va Gretsiyaning yetuk arxeolog olimlari ma'ruza qildilar.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#talabalar_oqshomi

🟢Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 100 dan oshiq talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.

➡️Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev ochib berar ekan, "Talabalar oqshomi"ni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning madaniy hordiq olishlarini ta'minlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bilim va mahoratini namoyon etishlariga ko'maklashishdan iborat ekanligini ta'kidladi.

➡️Talabalar brain ring, kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

📚“Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha kitobxonlar uchun “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qilamiz!

🔴Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-fevralga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

📚 “Savdogarlar ustozi” 1-kitobi
(Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li)
📚 “MEN”
(Fotih Duman)

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔹1-o‘rin (1 nafar) – 6 ta kitob va Smartwatch
🔹2-o‘rin (2 nafar) – 5 ta kitob va Smartwatch
🔹3-o‘rin (3 nafar) – 4 ta kitob va Quloqchin
🔹4-o‘rin (4 nafar) – 3 ta kitob va Airpods

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:

🔸1-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Smartwatch
🔸2-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Quloqchin
🔸3-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Airpods

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

⚡️ Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!

Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
➖Vatanparvarlik yo‘nalishida;
➖Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
➖Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;


Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1️⃣ Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2️⃣ Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
3️⃣ Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
4️⃣ Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
5️⃣ Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
6️⃣ Kamida HD formatda bo‘lishi.

Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi.

Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
🥇-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
🥈-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
🥉-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com

Telegram raqamlar:
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tafsilot

Rektor rahbarligida universitetda barcha yoʻnalishlar boʻyicha ish samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab berish: soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda boʻlim boshliqlarining masʼuliyatini kuchaytirishga bagʻishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

🟢Yig‘ilishda universitetda hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish, xususan qogʻoz hujjatlar yuritilishidan batamom voz kechish, barcha turdagi hujjatlarni elektron tizim orqali tasdiqlash jarayonini takomillashtirish boʻyicha ko‘rsatmalar berildi.

🟢Yigʻilish davomida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan prorektorlar, boʻlim boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

🟢Yakunda kun tartibidan oʻrin olgan masalalar ijrosini qisqa muddat ichida ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#BoburKuni #541yilligi

➡️U Markaziy Osiyoda turli hokimlar, aka-ukalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyatda keskinlashgan davrda dunyoga keldi.

➡️12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun kurashishga majbur boʻldi.

↪️U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi.

U ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR EDI
___

Родился в период борьбы за владение большим государством, созданным Амиром Темуром, между разными правителями и братьями в Средней Азии.

В 12 лет Бобур, сменивший отца на посту правителя Ферганского улуса, сменил перо на меч и был вынужден бороться за трон Андижана.

Обладая широким кругозором и совершенным интеллектом, он основал династию Бабуридов в Индии.

ОН БЫЛ ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУРОМ


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Boburning_541_yilligi

🗣Buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabasi tomonidan erta tongdan chizilgan portret.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟩🟩🟩🟩

Termiz davlat universitetiga respublikamizda faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar natijasi eʼlon qilindi!

🔗 Ruxsat berilganlar (matn ustiga bosing)

📝 Ushbu roʻyxatdagi talabalar 19-fevral sanasidan boshlab Termiz davlat universiteti Kadrlar boʻlimiga uchrab, aloqa xatlarini olishlari mumkin!

📍 Manzil: 37.2287894,67.2872443,136m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d6349c957d5:0x5f37cb4cd55c939d!8m2!3d37.228503!4d67.287327!16s%2Fg%2F11jyjf_3qq?authuser=0&entry=ttu">Termiz davlat universiteti

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#e’lon

⚡️ 1 200 nafar talaba-o‘quvchini xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda

🔰
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS Granti” tanlovining III mavsumi o‘tkaziladi.

Unda 25 yoshgacha bo‘lgan, barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar (magistr, bakalavr) hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 25-fevralga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️
Batafsil (matn ustiga bosing)

Ma’lumot o‘rnida
, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉
@IELTS_Registan_bot
👉
@IELTS_Registan_bot

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#brifing

Ayni vaqtda AOKAda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar yoʻnalishida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan brifing boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumot beradi.

🎥 Brifingni “O‘zbekiston24” telekanali hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
___

В АИМК начался брифинг, посвященный анализу деятельности в сфере высшего образования, науки и инноваций в 2023 году.

Информацию представляет руководитель пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузова.

Посмотреть брифинг можно непосредственно на телеканале «Узбекистон24» и на официальной странице АИМК в Facebook.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tafsilot

Rektor talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ular istiqomat qiladigan 1-talabalar turar joyida bo‘ldi

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, qulayliklarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

🔗Rektor yoshlar bilan bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda oʻtkazib, muammo va takliflarni tinglash boʻyicha suhbatlar olib borishga vaʼda berdi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📍 Bugun rektor Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

🔴 Muzeyda 5 nafar ishchi xodim ishlashiga qaramay barcha koʻrgazma xonalarining ish vaqtida yopiqligi, talabalarni muzeyga tizimli jalb qilish boʻyicha shu vaqtga qadar hech qanday chora-tadbir reja dasturining ishlab chiqilmaganligi hamda vohamizdagi maktablar, mahallalar bilan oʻzaro hamkorlik yo'lga qo'yilmaganligi boʻyicha jiddiy eʼtirozlar bildirildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#seminar

Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar oʻtkazildi

🗣Termiz davlat universitetida 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda rektor A.Toshqulov ishtirok etib, bugungi kunda oliygohdagi olima ayollar nafaqat universitet hayotida, balki jamiyatimizda ham faol ekanliklarini alohida taʼkidladi.

📊Seminarda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolliklarini oshirish, borasida amalga oshirilayotgan ishlar, madaniy hayotidagi oʻzgarishlarda ayollarning tutgan oʻrni mavzularida maʼruzalar qilindi.

✔️Tadbir soʻnggida eng faol xotin-qizlar maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda universitetda olimalar soni 89 nafarni tashkil etib, eng muhimi ularning 15 nafari 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlardir.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президент раислигида аграр соҳадаги устувор вазифалар ва режаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

Соҳада сўнгги йилларда амалга оширилган ислоҳотлар натижасида деҳқон-фермерларнинг манфаати, даромади ошиб, маҳсулот кўпайди, кластер тизими ривожланиб, юқори унумли техника ва чуқур қайта ишлаш кириб келди, янги навлар ва агротехнология кўпаймоқда.

Жумладан, ўтган йили соҳада ишлаб чиқариш 4,1 фоизга ўсиб, 426 триллион сўмни ташкил қилди. Экспорт эса қарийб 2 миллиард долларга етди. 152 минг гектар боғ ва токзорлар барпо қилинди.

Бу йил илк бор 3 миллион 700 минг тонна пахта, 8 миллион тонна ғалла ҳосили олинди. Бундай рақамлар яқин тарихимизда ҳеч қачон бўлмаган.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢Inson fitrati | Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar

Bugun, 11-fevral soat 20:00 da Surxondaryo telekanalining "Inson fitrati" ko‘rsatuvida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov bilan "Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar" mavzusida suhbat o‘tkaziladi.

🔗Ko‘rsatuvni Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining surxondaryo_pressa">You tube sahifasi, Diyoruz-fs5fp">Diyor24.uz sayti hamda universitetning You tubedagi sahifalari orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#fotoreportaj
#talabalar_oqshomi

🟢"TALABALAR OQSHOMI" ko'ngilochar tadbiridan fotolavha

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Bobur_kuni

👥Rus va qardosh tillar hamda o'zbek filologiyasi fakultetlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan buyuk" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

➡️Talabalar tomonidan Bobur ijodidan ruboiy va g‘azallar hamda ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbirga o'zgacha fayz kiritdi. Tadbir yakunida faol yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termizda arxeologiya va madaniy merosni asrash masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-fevral kunlari Termizda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Madaniy meros agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Boburning_541_yilligi

📌 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARI

🟢“Boburnoma” (taxminan 1518/1519-1530) - “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi ko‘plab nomlari ham ma’lum.

🟢 “Mubayyin” – falsafiy-diniy asar. 1521 yili yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek «Mubayyinu-l-zakot» soliq chiqimi kitobini yozgan.

🟢Boburning barcha nazmiy asarlari «Qobul devoni» so‘ngra «Hind devoni»ga jamlangan. Bobur she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan.

🟢«Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi ilmiy asarlar yozgani ma’lum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.

🟢“Muxtasar” (“Aruz haqida risola”) ilmiy asari Sharq adabiyotshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urg‘uli va urg‘usiz, uzun va qisqa bo‘g‘inlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. O‘z qarashlarini arab, fors tojik va turk she’riyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy an’analarini munosib davom ettiradi. Xalq she’riyatiga e’tibor beradi. Ba’zi asarlarida xalq qo‘shiq san’ati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi

🟢Shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shug‘ullangan. Yirik so‘fiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” ya’ni “Ota onalar risolasi”ni she’riy ko‘rinishga tarjima qilgan.

🟢Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qur’oni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Boburning_541_yilligi

"Umarshayx mirzo avlodi: uch o‘g‘ul besh qiz mirzodin qolib erdi. Bori o‘g‘lonlaridin uluq men – Zahiriddin Muhammad Bobur edi; mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir o‘g‘ul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh kichik eri, aning onasi mug‘ulning tuman beklaridin edi, Fotima Sulton otliq. Yana bir o‘g‘ul Nosir mirzo edi, onasi andijonliq edi, g‘unchachi edi, Umid otliq. Mendin to‘rt yosh kichik erdi"


"Boburnoma"dan

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

SO‘ROVNOMA TUGASHIGA YARIM KUN QOLDI!

📢 Aziz talabalar! So‘rovnomada faol ishtirok eting.

📚O‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan Ustozlaringiz to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring. Sizning munosabatingiz pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim xizmatlarining yanada takomillashishiga, ma’naviy muhitning yaxshilanishiga katta xizmat qiladi! Shuningdek, o'qituvchingiz KPI ballariga ega bo'ladi.

‼️So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.
Barcha savollarni yaxshilab o‘qib chiqib, vijdonan, samimiy, befarq bo‘lmagan holda, xolis javobni belgilang. Iltimos, Ustozingiz uchun vaqtingizni ayamang.

⏱ So‘rovnoma 14-fevral, kech soat 00.00 ga qadar davom etadi.

👉@TerSU_SurovnomaBot👈

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президентимиз ташаббуси билан БМТнинг Коррупцияга қарши таълим ва ёшларнинг имкониятларини кенгайтириш глобал ресурси  (GRACE) дастурини Ўзбекистонда кенг жорий этиш бўйича “Йўл харитаси” тасдиқланди.

Унинг доирасида ёшларда коррупцияга қарши муросасиз муносабатни шакллантириш ва уларнинг фаоллигини оширишга қаратилган “Ҳалоллик қадриятлари”, “Тўғрилик, меҳнатсеварлик - хотиржам ҳаёт асоси”, “Коррупция – давлатни емирувчи, инсонни тубанлаштирувчи иллат” мавзуларида бир қатор чора-тадбирлар амалга оширилади. “Ўқувчи-ёшлар ҳалоллик тарафдори” ўн кунлиги ва “Ҳалоллик тўгараклари” тизимли равишда ўтказиб борилади.
Касб-ҳунар таълими ва олий таълим муассасаларида эса “Аксилкоррупция коворкинг маркази” фаолияти йўлга қўйилади.

Куни-кеча наманганлик ёшлар билан ўтказган мулоқотимиз давомида йигит-қизларимизда бу иллатга нисбатан муросасизлик, тоқатсизлик ортиб бораётганидан хурсанд бўлдим. Шу билан бирга, уларнинг фикр-мулоҳазалари, қизиқишлари, таклиф ва ташаббуслари келгусида амалга оширишимиз зарур бўлган режа ва мақсадларимизни мустаҳкамлаш ва бойитишга туртки бўлди.

Бундан буён коррупцияга қарши курашишга ёшларни фаол жалб этиш янада кенг қамров ва тизимли ҳаракатлар асосида янгича мазмун, замонавий ёндашувлар билан такомиллаштирилади.

@terdu340

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU talabalari xalqaro sport festivalida ishtirok etadi

⚡️Rektor A.Toshqulov Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalaridan tashkil topgan voleybol terma jamoasi va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazib, jamoani yanada faollashtirish, mashg'ulotlar samaradorligini oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.

🟢Sportchilarni rag'batlantirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish va butun jamoani tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borish uchun xorijning nufuzli oliygohlariga yuborish bo'yicha mas'ul prorektorlarga vazifa berildi.

🇹🇷Topshiriq ijrosi sifatida talabalarimiz 2024-yilning 16-19-may kunlari Turkiyaning Bosfor universitetida o’tkaziladigan 43-sport festivalida voleybol va stol tennisi bo’yicha ishtirok etadi.

📌Ma’lumot uchun, ushbu festival 1980-yildan buyon o’tkazib kelinadi va unda har yili dunyoning 70 dan ortiq oliygohlaridan kelgan talabalar o’zaro bellashadi. Bosfor universiteti xalqaro QS reytingida 514-o’rinni egallaydi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#o‘qishni_ko‘chirish #natija

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Kun_hikmati

Davlat uchun koʻngulni zor etma,
Izzat uchun oʻzungni xor etma.

Zahiriddin Muhammad Bobur

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#murojaat_va_yechim

🟢Rektor A.Toshqulov universitetning ichki ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishning shaklini o‘zgartirish va tiklash bo‘yicha ariza topshirgan talabalar bilan uchrashib, ularning bu boradagi muammo va takliflarini tingladi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida hal etilib, vaqt talab etadiganlari boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda Termiz davlat universitetida qishki oʻqishni koʻchirish, tiklash boʻyicha jami 84 nafar talabalardan hujjatlar qabul qilingan. Shundan, kunduzgi taʼlimdan sirtqi taʼlim shakliga 65 nafar, kunduzgi taʼlimdan kechki taʼlim shakliga 2 nafar, oʻqishini qayta tiklash boʻyicha 6 nafar talabalardan kelib tushgan arizalar ijobiy hal etilgan. Kechki taʼlim shaklidan kunduzgi taʼlim shakliga koʻchirish boʻyicha 11 nafar talabalarning murojaatlari rad etilgan.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Biri maxv boʻlayotgan joyda ikki kishi birlashib bir-birini qutqarishi mumkin.

Onore De Balzak

🎓 👉@TERDU340

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📢 Aziz talabalar! So‘rovnomada faol ishtirok eting.

📚O‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan Ustozlaringiz to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring. Sizning munosabatingiz pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim xizmatlarining yanada takomillashishiga, ma’naviy muhitning yaxshilanishiga katta xizmat qiladi! Shuningdek, o'qituvchingiz KPI ballariga ega bo'ladi.

‼️So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.
Barcha savollarni yaxshilab o‘qib chiqib, vijdonan, samimiy, befarq bo‘lmagan holda, xolis javobni belgilang. Iltimos, Ustozingiz uchun vaqtingizni ayamang.

⏱ So‘rovnoma 14-fevral, kech soat 00.00 ga qadar davom etadi.

👉@TerSU_SurovnomaBot👈

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Suhbat boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi: https://youtu.be/hEy2QqkTlDU?si=--z7pujZJ9zZqL6b

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Inson fitrati | Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar

Bugun, 11-fevral soat 20:00 da Surxondaryo telekanalining "Inson fitrati" ko‘rsatuvida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov bilan "Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar" mavzusida suhbat o‘tkaziladi.

Unda yoshlarni ma’naviy barkamol, Vatanparvar inson qilib tarbiyalash, oilalarda ma’naviy tarbiyani tashkil etishdagi muammolar, ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar, mafkuraviy tahdidlarga qarshi turish hamda Surxondaryo tajribasi bo‘lgan "Ma’naviyat sektori"ni tashkil etish masalalarida so‘z yuritiladi.

Ko‘rsatuvni Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining surxondaryo_pressa">You tubedagi rasmiy sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал