🗣 Termiz davlat universitetida 8-15-iyul kunlari oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning manzili, guruhi, sanasi, vaqti bilan tanishing!
🟢Dizayn (milliy kostyum)
🟢Rangtasvir (dastgohli)
🟢Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
🟢Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto
🟢Vokal san'ati (an'anaviy xonandalik)
🟢Cholg‘u ijrochiligi (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)
🟢Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
🟢Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">Termiz davlat universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti o‘quv binosi
🟢Sport faoliyati (kurash)
🟢Sport faoliyati (dzyudo)
🟢Sport faoliyati (boks)
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
📍Manzil: 37.2333952,67.2877795,254m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dfe5155b759:0x5b08afb1c3af4df9!8m2!3d37.2340057!4d67.2871618!16s%2Fg%2F11c4cz68mt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti kurash va boks zali
🟢Sport faoliyati (yengil atletika)
🟢Sport faoliyati (futbol)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d53eb689c81:0x3a5f57b58824f494!8m2!3d37.2320035!4d67.2876982!16s%2Fg%2F11t2c697hv?entry=ttu">Termiz davlat universiteti stadioni
🟢Sport faoliyati (voleybol)
🟢Sport faoliyati gandbol (qo‘l to‘pi)
🟢Sport faoliyati (basketbol)
📍Manzil: 37.2321565,67.2881607,180m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352deb988afc23:0x4a66157cdf2a061c!8m2!3d37.2323812!4d67.2881699!16s%2Fg%2F11t0s_5rmz?entry=ttu">Termiz davlat universiteti sport zali
⁉️Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.
Bizni kuzating
#brifing
❕2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar
00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi?
01:03 Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi?
01:45 Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?
02:36 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?
02:59 Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?
03:28 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi?
03:58 Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi?
04:25 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi?
04:54 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh.
👉 Matnli shaklda o‘qish
Bizni kuzating
#Ijodiy_imtihonlar
✅ Termiz davlat iniversiteti ijodiy imtihonlarga tayyor!
😀 Termiz davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan hududlarda belgilangan meʼyor talablari asosida tayyorgarlik ishlari yakunlanib, abituriyentlarga barcha shart-sharoitlar yaratildi.
❗️ Imtihonlar bo‘lib o‘tish vaqti, hududi, guruh nomi hamda imtihon jarayonlarida ishtirok etish tartibi haqida ushbu havola orqali bilib oling: /channel/terdu340/26206
Bizni kuzating
Ulug‘bek Qosimov: “Til bilgan kadr hech qachon ishsiz qolmaydi. Shuning uchun biz xorijiy tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratyapmiz!”
Kecha Termiz shahri va Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taqdimotlari bilan tanishuvlar jarayonlaridan lavha.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG.
✅ Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.
#stop_feyk_kiberjinoyatlar
☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
〰️〰️〰️〰️〰️
Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#tabrik #Prof_ta’lim #bitiruvchi2024
Assalomu alaykum, aziz bitiruvchilar!
Shu kunlarda yurtimizdagi 689 ta professional ta’lim muassasasida o‘quv yili yakunlanib, 177 ming nafardan ortiq yoshlarimiz o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olib, O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib kelmoqda.
Qadrli yoshlar!
Sizlarni eng avvalo, mana shu muhim kun – professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga olib, mustaqil katta hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Hech shubhasiz, bilim, ko‘nikma va malakangizni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog‘lagan siz kabi yoshlar – yangi O‘zbekistonning bebaho oltin xazinasidir.
Aziz farzandlarim!
Sizlar zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashingiz uchun mamlakatimizda beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan foydalanib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta nufuzli tashkilotlarda mehnat qilib, egallagan bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.
Barchangizga kelgusi hayotda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Shuni unutmangki, kelajakda Sizni buyuk va mas’uliyatli marralar kutmoqda.
Oldingizga aniq orzu-maqsadlar qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga, albatta, erishasiz.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖yo‘nalish;
➖oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖manzil;
➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
Bizni kuzating
UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling!
Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.
Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/612546
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Qabul2024
⚡️ Termiz davlat universiteti o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Bizni kuzating
#Akademik_litsey
#Sharh
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi
🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:
➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Agarda bitta yo‘nalish bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy bali teng bo‘lib qolsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#Qabul_2024
📅 1-iyuldan 30-iyulgacha magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi.
Hujjatlarni magistr.edu.uz orqali topshirishingiz mumkin.
Bizni kuzating
#yoshlar_kuni
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan Termiz davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzating
#№24
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Nuraliyev G‘ayrat Turayevich Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60210800 - Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
👍 Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublikamiz hududida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o'tkazilmoqda.
❗ Barchani 1-avgustga qadar FVB xodimlari tomonidan turli hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Bizni kuzating
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.
#Surxondaryo #Yaponiya #hamkorlik #muzokaralar #kelishuvlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan o‘zgalarning mablag‘lariga egalik qilish maqsadida go‘yoki tadbirkor Alisher Usmonovning "USM Invest" platformasi orqali sarmoya kiritib, tez fursat ichida mo‘may daromad olish mumkinligi mazmunida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.
⚠️ Unutmang! Firibgarlarning maqsadi sizning mablag‘laringizni o‘zlashtirish va shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishdir.
#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Angor tumani hokimligida o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
✅ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
Bizni kuzating
⚡️Talabalik — oltin davrim mening...
Termiz davlat universitetining bitiruvchi talabalari oliygohda kechgan 4 yillik hayot yoʻllari davomida olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
🎞 Suhbatni batafsil ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/N_ouinviDyw?si=H8mgmp9DGLZFJb-f
Eslatib oʻtamiz, 2023/2024-oʻquv yilida Termiz davlat universitetini jami 9 170 nafar talaba bitirmoqda. Ularning 4 079 nafari kunduzgi, 955 nafari kechki, 4 044 nafari sirtqi va 92 nafari magistratura taʼlim yoʻnalishi talabalaridir.
Bizni kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.
Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bitiruvchi talabalar va ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2134
#Surxondaryo #yoshlarbandligi #mehnatyarmarkasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 ISH O'RNI: Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
Termiz davlat universiteti yangi ochilgan milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limiga quyidagi lavozimlarga xodimlar qabul qiladi:
1️⃣ Bosh mutaxassis
2️⃣ Yetakchi mutaxassis
📋 Talablar:
• Ingliz tilini bilish: kamida IELTS 6.5 yoki B2 darajada;
• Milliy va xalqaro reytinglar (QS, THE, ARWU) haqida tushunchaga ega bo'lish;
• Oliy ma'lumot (xorijiy malakaga ega shaxslarga ustunlik beriladi);
• Analitik fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalari;
• Kompyuter savodxonligi (MS Office, Excel).
💼 Ish majburiyatlari:
• Universitetning milliy hamda xalqaro reytinglardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha strategiyalarni ishlab chiqish;
• Reytinglar uchun ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va platformaga yuklab borish.
📩 Ma'lumotnomangizni (объективка) quyidagi telegram profiliga yuboring: @shohabbos_bozorov
Murojaat uchun telefon: +998919109696
Ariza topshirish muddati: 2024-yil 15-iyul
Bizni kuzating
#sana #32yosh
🇺🇿Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kun
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_imtihonlar
📂 Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ta'lim yo‘nalishlari hamda guruhlar kesimidagi UMUMIY JADVALI.
⁉️ Ushbu jadval orqali imtihonlar bo‘lib o‘tish vaqti, hududi, guruh nomi hamda imtihon jarayonlariga ishtirok etish tartibi kabi ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
📎 Jadvalni yuklab olish.
Bizni kuzating
#sana
🇺🇿O‘zbekiston milliy valyutasi — 30 yoshda!
1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan.
Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги
—
Праздничное поздравление молодежи Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni
⚡️ Barcha yoshlarni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz.
Bizni kuzating
✅ Polotskda TerDU talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi boʻlib oʻtdi
🟢Belorussiyaning Polotsk davlat universitetida qoʻshma dastur asosida tahsil olgan 15 nafar TerDU talabalari bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60210400 - Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating