#100savolga_100javob
18-savol: Yo‘nalishlar bo‘yicha til sertifikatlariga qo‘yiladigan talablar qanday? Filologiya yo‘nalishlari uchun C1 talab qilinadimi yoki B2 ham qabul qilinmoqdami?
Bizni kuzating
❓SAVOL: Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish bepul, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m to‘lashi kerak. Mazkur to‘lov 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
📑 Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Bizni kuzating
3-OVOZLI CHAT: 2024-yil 11-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#TerDU_talabasi
"Kelajakdagi maqsadim - yurtimiz bayrog‘ini har doim yuksaklarga ko‘tarish",— Jahongir Mamatrahimov
Bizni kuzating
Xirmonlarim
Olamda musavvir, mashshoq xalqlar bor,
Ellar tomoshaga navbatda turgan.
Ammo! O‘zbek degan buyuk dehqon bor,
O‘zbek esa doim xirmon ko‘targan.
#Tafsilot
🔘Oʻquv yilining yakuni munosabati bilan universitetda hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi
🟢Kengaytirilgan tarzda oʻtgan yigʻilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi.
🟢Dastlab yakunlangan oʻquv yilida barcha sohalarda erishilgan yutuqlar raqamlar misolida sarhisob qilindi.
🟢Rektor qayd etilgan samarali natijalarda jamoaning mehnati katta ekanligini eʼtirof etib, barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
🟢Shundan soʻng, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟢Jumladan, tez fursatlarda yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanib, dunyoning Top-1000 ta eng yaxshi universitetlar reytingiga kirish asosiy maqsad boʻlishi va bu yoʻlda jamoaning har bir aʼzosi astoydil mehnat qilishi vazifa qilib belgilandi.
🟢Yakunda yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kun_hikmati
Kimki istasa - yo‘lini topadi,
Kimki istamasa - sabab izlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🟢Anjumanda 70 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy mehmonlar, jumladan: akademiklar, fan doktorlari va iqtisodchi olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etishayapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#100savolga_100javob
15-savol: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Bizni kuzating
Yoshlar sayli konsert tomoshalariga marhamat!
⚡️“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘lab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida 2024-yil 15-iyun kuni soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar sayli doirasida estradamiz yulduzlari Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shoxrux, “Bojalar” guruhi va boshqa taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert dasturlari namoyish etiladi.
📍 Manzil: Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi.
❗️Konsert dasturlari tomoshasiga kirish mutlaqo BEPUL.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⏰ Siz kun tartibingizni qanday tuzgansiz?
➡️ Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.
➡️ 6:00 dan keyin - tanamizni faol uyg‘onishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.
➡️ Ertalab 500 ml suv ichib, jismoniy mashqlar qilsangiz, stress gormonlari yuvilib ketadi.
➡️ 7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.
➡️ 10:00 - 14:00 oralig‘ida neyrogormon darajasi cho‘qqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.
➡️ 14:00 - 16:00 oralig‘ida - 20 daqiqa uxlash o‘sish, yoshlik va go‘zallik gormonini rag‘batlantiradi.
➡️ 17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashg‘ulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin bo‘ladi.
➡️ 21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor bo‘ladi.
Bizni kuzating
📹 Termizda Jalinga – interaktiv video studiyasi ish boshladi
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi.
Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin.
Studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bu esa dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#100savolga_100javob
13-savol: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
12-savol: Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?
Bizni kuzating
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #Statistika
⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot
🖥 2024-yil 18-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 288 407 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:
🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 12 860 nafar
👉 Andijon viloyati -- 22 543 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 17 971 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 25 758 nafar
👉 So‘x tumani -- 557 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar
👉 Namangan viloyati -- 16 162 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 19 191 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 27 753 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 30 627 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 10 118 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 10 306 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 4 859 nafar
👉 Toshkent shahri -- 54 939 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 21 093 nafar
🧑🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
👨🏫 joriy yil bitiruvchilari --152 683 nafar
💁♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 135 724 nafar
👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar -- 140 871 nafar
👩🏻🔧 ayollar -- 147 536 nafar
📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 o‘zbek tili -- 249 480 nafar
🇷🇺 rus tili -- 32 356 nafar
🔘 qoraqalpoq tili -- 5 613 nafar
🔘 boshqa tillar -- 958 nafar
4-OVOZLI CHAT: 2024-yil 14-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
Bizni kuzating
2-OVOZLI CHAT: 2024-yil 7-iyun kuni o‘tkazilgan abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish va sertifikatlarning qoʻllanishi bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#abituriyent
❓SAVOL: Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.
Bizni kuzating
✅TerDU talabalari amaliy ko'nikma va tajribalarga ega bo‘lish maqsadida respublikamizning turli yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.
🟢Universitetning 1-bosqich talabalari Qashqadaryo viloyatidagi “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi”, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Uzbekistan GTL” MCHJ, “UNG training” MCHJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari”, 2-3-bosqich talabalari esa Samarqand va Toshkent shahridagi ilmiy markazlarda, jumladan, OʻzMU, ToshKTI, OʻzR FA tarmoqlar institutlari, Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashmoqda.
🟢Amaliy darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, malakali mutaxassislar bilan birga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va nazariy bilimlarini amaliyot yordamida boyitish imkonini beradi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#100savolga_100javob
17-savol: Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?
Bizni kuzating
✅️ Termiz davlat universiteti akademik litseyida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi.
🟠Bitiruv tadbirida universitet rahbariyati tomonidan litseyni aʼlo baholar bilan tamomlagan faol bitiruvchi oʻquvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ma‘lumot uchun: joriy oʻquv yilida akademik litseyni 202 nafar oʻquvchi tamomladi. Ularning 34 nafari imtiyozli diplomlar, 7 nafari oltin va 5 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qoʻyishdi. Quvonarlisi, bitiruvchi oʻquvchilarning 49 nafari ingliz tili fanidan til bilish sertifikatlari, 11 nafari xalqaro IELTS sertifikatlari, 12 nafar oʻquvchilar milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan.
Bizni kuzating
#tabrik
Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!
Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda.
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi.
Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi:
— akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi;
— iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi;
— har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi;
— 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi;
— soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza;
— bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi;
— iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Aziz bitiruvchilar!
Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin!
Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir.
Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
✅ Termiz davlat universitetining bitiruvchi talabalari!
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari qanday oʻtyapti?
👍 - hammasi yaxshi
🔥 - ajoyib
👏 - yana bir haftadan soʻng soʻrang
🤔 - oyning yarmi qorongʻu, yarmi yorugʻ: qayta topshiraman
Smayliklar orqali fikringizni bildiring.
✅Termiz davlat universiteti Akademik litseyida qabul davom etmoqda
🟢2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga 10-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
📌Oʻquvchilarga taklif etilayotgan ta’lim yoʻnalishlari:
🟢3910001-Aniq fanlar (matematika, fizika);
🟢3910002-Aniq fanlar (matematika, xorijiy til);
🟢3920001-Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo);
🟢3930001-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (ona tili va adabiyot, xorijiy til);
🟢3930004-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, geografiya);
🟢3930005-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (huquqshunoslik, xorijiy til);
🟢3940000-Xorijiy filologiya (ingliz tili, ona tili va adabiyot)
Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998 91 978 08 11
📞 +998 93 796 34 34
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy darvoza ko‘chasi 15-uy.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#shaxmat
➡️ Sportni yanada ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari oʻrtasida Termiz muhandislik-texnologiya institutida shaxmat boʻyicha “Rektor ochiq kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.Viloyatdagi barcha OTMdan 30 nafarga yaqin havaskor shaxmatchilar o‘zaro bellashishdi.
➡Yakuniy natijalarga koʻra erkak professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Temur Boboqulov (Termiz muahndislik-texnologiya instituti)
2-oʻrin — Asomiddin Ximoyiddinov (Termiz davlat unversiteti)
3-oʻrin — Kamoliddin Abduraxmonov (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)
➡Ayol professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Xolniso Saydaliyeva (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Lobar Muxtarova (Termiz davlat pedagogika instituti)
3-oʻrin — Onorxol Amonova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
➡Talaba qizlar oʻrtasida:
1-oʻrin — Dildora Turdimurodova (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Sevinch Turdiqulova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
3-oʻrin — Laylo Chorshanbiyeva (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024
⚡️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish
Bizni kuzating
#kun_hikmati
O'qishni hech qachon majburiyat deb emas, balki go'zal va ajoyib bilimlar dunyosiga kirib borish uchun imkoniyat deb biling!
Bizni kuzating
🔘 Ayni paytda Surxondaryo teleradiokanalining “Soʻz sizga” koʻrsatuvi orqali 2024/2025-oʻquv yili uchun qabulga oid barcha savollarga oydinlik kiritilmoqda.
Telegram orqali kuzatish: /channel/tvsurxon
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating