#boysun_bahori
Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Ushbu xalqaro festival doirasida Termiz davlat universitetiga ajratilgan pavilionda ham festivalni yuqori saviyada o'tkazish uchun universitet jamoasi tomonidan tayyorgarlik ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
@terdu340
#jarayon
📣 Anjuman doirasida Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shodurdi Meredev Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz arxeologiya muzeyida boʻlib, bu yerda saqlanayotgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan "MAXTUMQULI FIROG‘IY - DO‘STLIK KUYCHISI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
#uchrashuv
Termiz davlat universiteti Akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Otalarning farzand taʼlim-tarbiyasidagi masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Akademik litseyida navbatdagi “Otalar bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etilib, unda otalar va nuroniylar hamda oʻqituvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘quv yili davomida alohida faollik ko‘rsatgan Isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarning natijalari eʼtirof etilib, ularning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_anjuman
📣Termiz davlat universitetida “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
📚 2024 йилнинг 22-26 апрель кунлари Сурхондарё вилоятида “Китобсевар миллат” шиори остида “Китобхонлик ҳафталиги” ўтказилади
——————
📚 2024 yilning 22-26 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkaziladi
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
#Ijodiy_uchrashuv
SURXONNING ZABARDAST IJODKORLARI VA TALABALAR UCHRASHUVI
⚡️Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Bobur nomli xalqaro mukofot sohibi, atoqli adib Mirzo Kenjabek hamda taniqli shoir – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Shodmonqul Salom ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📌Uchrashuvda ijodkorlar o'z hayoti bilan bog'liq xotiralar haqida o'rtoqlashar ekan, Surxon elining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari Shukur Xolmirzayev, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid ijodiga ham to'xtalib o'tishdi. Shuningdek, har ikki shoir tomonidan o'qilgan ijod namunalari talabalar tomonidan iliq kutib olindi.
📚Adib Mirzo Kenjabek o'zining eng sara asarlarini talabalar foydalanishi uchun universitet kutubxonasiga sovg'a qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Ўзбекистон-Тожикистон муносабатларида янги босқични бошлаб берган тарихий ташрифнинг биринчи куни муҳим воқеаларга бой бўлди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eslatma
📣Barcha ilm-fan, ta’lim sohasi vakillarini Termiz davlat universitetining 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
📅Sana: 2024-yil, 19-aprel
⏱Vaqti: soat 10:00
📍Manzil: Termiz davlat universiteti, 2-binoning faollar zalida
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
Rektor tomonidan universitetda o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan hamda rahbar lavozimidagi professor-o‘qituvchilarning darslari tahlil qilindi.
Unda tarix fakulteti dekani Sh.Abdullayevning 1-bosqich talabalari uchun o‘tgan «Jaloliddin Manguberdi jasorati» mavzusidagi ma’ruza darsi tahlil qilindi. Mashg‘ulot sifati ijobiy baholandi.
Yakunda rektor mazkur guruh talabalariga ushbu mavzuni chuqurroq o‘rganishlari uchun Xorazm viloyati, Urganch davlat universitetiga sayohat va tajriba almashish tashkil etib berilishini aytdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
“Shunday kunlar keladiki, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Buning uchun men umrimni tikkanman” – Prezident
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#ilmiy_amaliy_seminar
Termiz davlat universitetida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi
Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi va Termiz davlat universiteti hamkorligida “Globallashuv sharoitida ilmiy va madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
Batafsil...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.
👉 На русском
Bizni kuzating
#Cурхондарё_семинар
Термиз давлат университетида семинарнинг расмий қисми бўлиб ўтди. Тадбирда вилоят ҳокими, вилоят Маънавият ва маърифат кенгаши раиси Улуғбек Қосимов, Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятлар масъуллари ҳам иштирок этди.
Биргаликда бугун “Маънавият сектори” — янги куч, янги ҳаракат айланиши учун олдимизда турган муҳим вазифалар хусусида суҳбатлашдик.
Тадбир давомида университетда янги сектор фаолияти бўйича амалга оширилган ишлар билан танишилди.
Хабарингиз бор, “Яшил макон” умуммиллий ҳаракати доирасида Марказ томонидан зиёлилар ҳаракати сифатида Сирдарё вилоятида “Маърифат боғи” яратилган эди. Мазкур эзгу ташаббус Сурхондарёда ҳам амалга оширилди.
Янги ниҳоллар янги куч ва янги ҳаракатга айланадиган "Маънавият сектори"нинг келажак олдидаги масъулияти сифатида гуллаб-яшнаб қад ростлайди.
@otabek_khasanov
Президент раислигида тўқимачилик соҳасида экспорт ва инвестиция ҳажмларини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
Ўтган йили тўқимачилик ва тикув-трикотаж маҳсулотлари ишлаб чиқариш 94 триллион сўмга етиб, сўнгги 7 йилда 4,2 баравар ошгани, 2023 йилда тармоқдаги экспорт 3,1 миллиард доллар бўлгани таъкидланди.
Шу билан бирга, охирги икки йилда
жаҳон бозорида тўқимачилик маҳсулотига бўлган талаб камайгани қайд этилди. Бундан ташқари, асосий экспорт бозорларимизда валюта курси билан боғлиқ муаммолар юзага келди.
Шуни ҳисобига ўтган йилда тўқимачилик соҳаси экспорти кутилган кўрсаткичдан 200 миллион доллар кам бўлди.
Facebook|Instagram|X
#Xalqaro_anjuman
📹 Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Maxtumquli – do‘stlik kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
“Maxtumquli - doʻstlik kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini davom ettirmoqda
Ushbu xalqaro anjuman ishida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shodurdi Meredev, Oʻzbekiston Respublikasi Turkman madaniyat markazi raisi Guldona Avezdurdiyeva hamda Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Afgʻoniston va mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlaridan professor–oʻqituvchilar, tadqiqotchilar oflayn va onlayn tarzda ishtirok etmoqdalar.
Batafsil...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan "MAXTUMQULI FIROG‘IY - DO‘STLIK KUYCHISI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlanish arafasida.
@terdu340
#eslatma
📣Barcha ilm-fan, ta’lim sohasi vakillarini Termiz davlat universitetida “Maxtumquli - doʻstlik kuychisi” mavzusidagi Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
📅Sana: 2024-yil, 20-aprel
⏱Vaqti: soat 10:00
📍Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_anjuman
📣Termiz davlat universitetida “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda zamonaviy psixologik tadqiqotlar: muammolar, yеchimlar, istiqbollari sohasida erishilayotgan yutuqlarni umumlashtirish, ularni mamlakatimizning taraqqiy etishiga yo‘naltirish, oila mustahkamligini ta'minlashga innovatsion-psixologik yondashuvlar, ijtimoiy psixologik muammolarni bartaraf etishning pеdagogik-psixologik shart-sharoitlarini o‘rganish anjumanning asosiy maqsadi qilib olingan.
Ushbu konferensiyada 4 ta shoʻba asosida xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan 10 nafar, respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar oflayn va onlayn tarzda oʻz maʼruzalari bilan qatnashib, yakunda shoʻbalar asosida o'z taklif va tavsiyalarini berishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Seminar
📣 Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o'quv seminari hamda Forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda Termiz davlat universiteti xotin-qizlar kengashi raisi Z.Annayeva ham ishtirok etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.
@terdu340
#Xushxabar
📣Termiz davlat universitetining “Gumata” guruhi Respublika turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan “Munozara” turnirining 2-hududiy bosqichida Surxondaryodagi barcha OTMlarning guruhlari qatorida TerDUning “Gumata” jamoasi munosib ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
🥇1-oʻrin Termiz davlat universitetining “Gumata” guruhi;
🥈2-oʻrin Termiz muhandislik-texnologiya institutining “Muhandislar”;
🥉3-oʻrin Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining “Progress” jamoasiga nasib etdi.
📌Eslatib oʻtamiz, turnirning mutlaq gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-oʻrin 30 mln. soʻm, 2-oʻrin 20 mln soʻm va 3-oʻrin 15 mln soʻm pul mukofoti, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Ijodiy_uchrashuv
📣Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Bobur nomli xalqaro mukofot sohibi, atoqli adib Mirzo Kenjabek hamda taniqli shoir – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Shodmonqul Salom ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvga barcha ijod ahli va talabalarni taklif etamiz.
Sana: 19.04.2024.
Vaqt: 10:00
Manzil: Rektorat binosi, katta majlislar zali
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
👉 На русском
Bizni kuzating
“Mirzo Ulugʻbek vorislari”
Bizni kuzating
Rus va qardosh tillar fakultetida yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavalludining 146-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878-yili Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Oʻzbek va tojik tilida ijod qilgan. Ayniyning ilmiy-adabiy merosi oʻtmish, bugun va kelajakni bir-biriga bogʻlovchi bir oltin halqadir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TerSU_lawyers
❓Talaba 74 soatdan ortiq dars qoldirsa, talabalar safidan chetlashtiriladi. Yana qanday holatlarda talaba o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin?
Batafsil videolavhada...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_17
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Abrayev Baxrom Xoltо‘rayevichning V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda 01.01.06 – Algebra ixtisosligi bo‘yicha “Chiziqli Diofant tenglamalar sistemasining tub sonlardagi yechimlari haqida” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xushxabar
🟢TerDU talabasi navbatdagi oltin medalni zabt etdi
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi boʻlib oʻtdi. Umumiy hisobda 800 nafarga yaqin polvonlarni oʻzida jamlagan musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi.
Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti dzyudo yoʻnalishi talabasi Arslon Qodirov 81-kg vazn toifasida 1-oʻrin, Javohir Axmedov esa 3-oʻrinni egalladi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.
💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating