Ректор Физика-математика факультети фаолияти билан танишди
Ректор А.Тошқулов Физика - математика факультетида бўлиб, талабаларнинг сифатли таълим олиши, профессор-ўқитувчилар учун яратилган шарт-шароитлар, кутубхона фонди ва ҳудуд ободлиги билан танишди.
Факультетдаги кафедраларда илмий салоҳиятни ошириш ҳамда таълим сифатини юқори босқичга олиб чиқишга қаратилган йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилишда ташкилий масала кўриб чиқилди.
———————————————
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Ректор ҳузурида 2024 йилнинг 1 январидан Термиз давлат университетида жорий этиладиган профессор-ўқитувчилар фаолияти самарадорлигини баҳолаш бўйича KPI (баҳолаш мезони) тизими лойиҳасининг тақдимоти ўтказилди.
P. S. Ушбу мезон асосида профессор-ўқитувчиларга 2024 йил мобайнида 100% гача устама бериш назарда тутилган.
————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube
🌐Sayt
🔘#Тайинлов
Термиз давлат университети ректорининг буйруғи билан Тошқобилов Бобур Холбўтаевич иқтидорли талабаларнинг илмий-тадқиқот фаолиятини ташкил этиш бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.
Бобур Тошқобилов 1989 йил Сурхондарё вилояти Термиз шаҳрида туғилган.
У 2012 йилда Ўзбекистон миллий университетини тамомлаган.
Тайинловга қадар Термиз давлат университетининг "Талабаларни турар жой билан таъминлаш ишларини мувофиқлаштириш" бўлими бошлиғи лавозимида ишлаган.
————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
Jadidlar harakati haqida so‘zlovchi film – Armon
Filmda jadidchilik faoliyati, uning vujudga kelishi hamda ko‘p yashamagani sabablari, yetuk namoyandalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar va harakat tarixi haqida biz bilmagan faktlar hikoya qilinadi.
Mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan so‘zlab berilgan.
Filmni tomosha qilishni tavsiya etamiz.
➖O‘zbek tilida: https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ochiq dars: “Alohida olingan soʻzlar taraqqiyoti”
Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Nurali Omonturdiyev 3-bosqich filologiya va tillarni oʻqitish:oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi talabalariga “Alohida olingan soʻzlar taraqqiyoti” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib oʻtilgan dars savol-javoblarga boy boʻldi. Talabalar oʻz fikr-mulohazalarini erkin va faol bildirishgani ochiq darsni jonlantirdi.
Mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida oʻqituvchi tomonidan talabalarga foydali darsliklar tavsiya etildi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Amerika elchixonasi “Young Professional Internships Program” dasturini e'lon qiladi
Amerika Kengashlari O’zbekistonda ta’lim, ingliz tilini o’qitish, madaniy almashinuv dasturlari, biznes va tadbirkorlik, professional malaka oshirish yo’nalishlarida turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ulardan biri 2024-yil “Young Professional Internships Program” dasturi.
Dastur doirasida O’zbekiston Respublikasidagi oliy o’quv yurtlarining 65 nafar 3 va 4-chi bosqich talabalariga O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kichik va o’rta korxonalarda yoz oylarida kasbiy amaliyot o’tish imkoniyati yaratib berilishi rejalashtirilgan. Talabalar professional tarmoq yaratadi va ish muhitida amaliy biznes ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Dasturda qatnashish uchun anketalar 2023-yilning 9-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Batafsil 21-noyabr kuni, soat 14:00da Ijtimoiy fanlar fakultetida Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi mutaxassislari tomonidan o’tkaziladigan uchrashuvda ma’lumotga ega bo’lasiz.
———————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
#fikringiz_muhim
▫️Oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim❓
▫️Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima❓
📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so'rov otkazmoqda.
Talabalar, ularning ota-onalari,
OTM o'qituvchilari va barchangizni mazkur so'rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
💬Fikringizni shu yerda bildiring 👉 @UReportUzbBot
Natijalar jamoat eshituvlarida taqdim etiladi.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
🔘#Тайинлов
Термиз давлат университети ректорининг буйруғи билан Холиёров Ўрал Менглиевич Таълим сифатини назорат қилиш ва аккредитация бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.
Ўрал Холиёров 1979 йил Сурхондарё вилояти Бойсун туманида туғилган.
У 2005 йилда Термиз давлат университетини тамомлаган.
Филология фанлари бўйича фалсафа доктори(PhD), доцент.
Тайинловга қадар ўзбек тилшунослиги кафедраси доценти, илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректор лавозимларида ишлаган.
———————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
🇸🇱Davlatimiz bayrogʻini jahon arenalarida yuqoriga koʻtarilishiga sababchi boʻlayotganimdan gʻururlanaman!
“Yoshligimdan dzyudo kurashi bilan shugʻullanib kelaman. Shuning uchun ham hayotim sport bilan chambarchas bogʻliq. Koʻplab davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnir va musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bayrogʻimiz balandlarga koʻtarilganida qalbimda gʻurur va iftixor tuyaman. Bu his meni yana va yana gʻoliblik sari harakat qilishga undaydi. Biz talabalarning jonajon universitetimiz TerDU hududiga kiraverishda yuqorida hilpirab turgan milliy bayrogʻimizga har safar koʻzim tushganida, shu yurt farzandi boʻlib, bayrogʻimizni jahon arenalarida balandlarga koʻtarilishiga oz boʻlsada hissa qoʻshayotganim menga motivatsiya berib turadi.
©️Jahongir Mamarahimov, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 4-kurs talabasi
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!
Talabalik ham masʼuliyatli ham unutilmas onlarga boy boʻlgan oltin davrdir. Ushbu maqomga erishish ortida qancha bedor tunlar, mashaqqatli kunlarni yengib o‘tish kerak bo‘ladi. Bugun ushbu maqomga erishgan har bir o‘g‘il-qiz umrning begʻubor faslini o‘tamoqda. Bu katta hayot sari qadamdir. Shunday ekan, talabalik ulkan orzu-umidlar davri ekanligini yaxshi anglagan holda barchangizga yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshmiz!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
«Асосий талаб таълимни рақамлаштириш»
Ректор А.Тошқулов Амалий математика ва интеллектуал технологиялар факультетида бўлиб, ёшларнинг сифатли таълим олиши учун яратилган шарт-шароитларни кўздан кечирди ва талабалар билан мулоқот қилди.
Факультетда таълим сифати тушиб кетганлиги, малакали кадрлар тайёрлаш, замонавий технологиялардан фойдаланиш борасидаги ишлар талаб даражасида эмаслиги танқид қилинди.
Мазкур йўналишда талабалар ва ўқитувчилар учун етарли шарт-шароитлар яратиш, университет фаолиятини янада такомиллаштиришга хизмат қилувчи платформаларни ишга тушириш, замон талабига мос янги йўналишларни очиш лозимлиги таъкидланди.
Факультетдаги кафедраларда илмий салоҳиятни ошириш ҳамда таълим сифатини юқори босқичга олиб чиқишга қаратилган йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилишда ташкилий масала кўриб чиқилди.
———————————————
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Senator va talaba-yoshlar uchrashuvi
TerDU Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida suhbatlashildi. Taʼkidlanganidek, zarur kuch va resurslarni taʼlim sifatini oshirishga, malakali kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirish nafaqat bugun, balki ertaning ham ustuvor vazifasiga aylanmoqda.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#qulaylik
⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini PayMe to'lov tizimi orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi
📱Buning uchun PayMe to'lov tizimida "To'lovlar" sahifasiga kiring.
1. "Ta'lim" bo'limidan
"Оплата за ВУЗы"ni tanlang.
2. JSHSHIR raqami hamda
to'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.
Bunda "Tafsilotlar" tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to'lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.
PayMe mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.
📌Shuningdek shartnoma to'lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸Zoomrad mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0 %) onlayn to'lash imkoniyati mavjud
👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#xalqaro_forum
Forum doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi
Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida B2B shaklida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi va rektorlar ishtirokida bir qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida hujjatlar imzolandi.
___
В рамках форума подписано около 70 документов
В рамках пленарных заседаний II Узбекско-Турецкого образовательного форума более 60 высших образовательных учреждений двух стран подписали около 70 соглашений в формате B2B, а также обсудили ряд вопросов сотрудничества с участием ректоров.
По итогам переговоров подписаны документы об укреплении сотрудничества между университетами двух стран в образовательной и научной сферах, подготовке высококвалифицированных педагогов и сотрудников, обмене профессорами, магистрами и студентами, направлении педагогов на краткосрочные стажировки, реализации совместных научных проектов, налаживании взаимного сотрудничества в области техники и технологий.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Ҳимоя_2023. № 89
Диссертация иши муваффақиятли ҳимоя қилинди
Термиз давлат университети Физикавий кимё кафедраси ўқитувчиси Тошев Мўмин Эшбоевичнинг Термиз давлат университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc.03/31.01.2023.К/Т.78.01 рақамли Илмий кенгашнинг 02.00.14 – Органик моддалар ва улар асосидаги материаллар технологияси ихтисослиги бўйича «Маҳаллий хомашёлар асосида таркибида азот, фосфор ва олтингугурт бўлган олигомерлар олиш технологиясини ишлаб чиқиш ва уларнинг қўлланилиши» мавзусидаги фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертация иши муваффақиятли ҳимоя қилганлиги билан табриклаймиз!
👏 Университет жамоаси номидан Мўмин Эшбоевични ушбу ютуғи билан қутлаб, мустаҳкам соғлик, илм йўлида муваффақият тилаймиз.
————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube
🌐Sayt
#Mutolaadan_parcha
Tuygʻular xatti-harakatdan oldin ham, keyin ham yuzaga keladi. Harakat qilishdan oldin unga motivatsiya beruvchi tuygʻu-istak paydo boʻladi. Harakatni amalga oshirib boʻlganimizdan keyin esa uni kelajakda takrorlashimizni taʼminlovchi boshqa hissiyot - mukofot kuzatiladi.
Signal > Istak (his-tuygʻu) > Javob > Mukofot (his-tuygʻu)
His-tuygʻularimiz xatti-harakatlarimizga, ular esa yana his-tuygʻularimizga taʼsir koʻrsatadi.
📚Atom odatlar
✍️Jeyms Klir
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“Young Professional Internships Program” dasturi doirasida taqdimot oʻtkazildi
Termiz davlat universitetida AQSH elchixonasi mutaxassisi Chris Cowan tomonidan 3-4-bosqich talabalar uchun “Young Professional Internships Program” dasturi doirasida taqdimot oʻtkazildi.
Xoʻsh, “Young Professional Internships Program” qanday dastur va u talabaga qanday foyda beradi?
Young Professional Internships Program (YPIP) — yosh mutaxassislar uchun 12 haftalik yozgi amaliyot dasturi boʻlib, amaliyotchilarga Amerikaning yurtimizdagi korxona va tashkilotlarida ishlash, malaka oshirish tadbirlarida qatnashish, soha yetakchilari bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Dastur STEM sohasida ishlashni reja qilayotgan, 3-4-bosqich talabalari uchun moʻljallangan va ingliz tilida olib boriladi. Amaliyotlar Toshkent shahrida tashkil etiladi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan joriy yilning 24-noyabr soat 14:00 da Yuridik fakultetida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag'ishlangan "Ochiq eshiklar kuni" o'tkaziladi.
Ushbu tadbirga professor-o'qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari, OAV, jamoatchilik vakillari hamda tadbirda ishtirok etishni xohlovchi barchani taklif etamiz.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
📣 Termiz davlat universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi videoroliklar, rasmlar va insholar tanlovini e’lon qiladi!
Ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan videoroliklarni hamda insholarni joriy yilnining 24-noyabr sanasiga qadar /channel/Rahmonberdichoriyev telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
Dastlabki uch o‘ringa ega bo‘lgan (1-2-3) talabalarning videoroliklari, rasmlar hamda insholari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Videoroliklarga qo'yiladigan talablar:
🔹Davomiyligi 3 daqiqagacha;
🔸Formati: MPEG-4;
🔹Lavha formati 720 r (1280x720) yoki (854x480);
🔸Hajmi 40 megabaytgacha bo‘lishi kerak.
Videoroliklar /channel/Rahmonberdichoriyev telegram manziliga yuborilishi va muallifning ism-sharifi, fakulteti, yo‘nalishi va kursi aniq ko‘rsatilishi shart.
💰Tanlov g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting!
Murojaat uchun:
+998 91 978 97 37,
+998 99 036 19 19
———————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
TerDUning 16 nafar faol talabalari taqdirlanishdi
"World savings day 2023" (Butunjahon jamg'arish kuni) xalqaro ta'lim tadbiri doirasida talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha tashkil etilgan o'quv seminarlarida faol ishtirok etgan 16 nafar TerDU talabalari taqdirlanishdi.
Yoshlarga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sertifikati hamda pul mukofotlari topshirildi.
———————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
🔘#Тайинлов
Термиз давлат университети ректорининг буйруғи билан Абдураҳимов Дилмурод Ҳайитмуротович Магистратура бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.
Дилмурод Абдураҳимов 1986 йил Қашқадарё вилояти Яккабоғ туманида туғилган.
У 2011 йилда Тошкент Кимё–технология институтини тамомлаган.
Кимё фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD).
Тайинловга қадар И.М Губкин номидаги Россия давлат нефть ва газ университети АВТ ИТИ ва ИПКТС муҳандиси лавозимида ишлаган.
———————————————
✈️ Telegram 📷 Instagram
📒 Facebook 🖤 You tube 🌐Sayt
Universitet ishchi-xodimlari uchun sayohat tashkil etildi
Termiz davlat universitetida ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi doirasida universitet kasaba uyushma qoʻmitasi hamkorligida 38 nafar ishchi-xodimlar Qashqadaryo va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilishdi.
Dastlab sayohatchilar Shahrisabzdagi Koʻk saroy, Oq Saroy, Dorut-Tilovat memorial majmuasi hamda A.Temur haykali kabi ming yillik tarixni oʻzida aks ettiruvchi meʼmoriy obyektlar va qadimiy yodgorliklarda boʻlishdi.
Sayohat Koʻhna va zamonaviy sivilizatsiya tutashgan shahar nafaqat xorijiy, balki mahalliy sayyohlar bilan hamisha gavjum boʻlgan Samarqandda davom etdi. Xodimlar Registon, Goʻri Amir maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Hazrati Hizr majmuasi hamda Samarqand sitida boʻlib, zamonaviy majmualarni tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega boʻldilar.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🟢 #Ҳимоя
Жорий йилдаги 88-диссертация иши муваффақиятли ҳимоя қилинди — олимларимиз сафи яна биттага кўпайди
Термиз давлат университети Туризм ва меҳмонхона хўжалиги кафедраси катта ўқитувчиси Пулатова Сурайё Юлдашевнанинг Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи PhD.03/28.02.2022.И.18.01 рақамли Илмий кенгашнинг 08.00.17 – Туризм ва меҳмонхона фаолияти (иқтисодиёт фанлари) ихтисослиги бўйича «Маданий туризмни ривожлантиришнинг иқтисодий механизмларини такомиллаштириш (Сурхондарё вилояти мисолида)» мавзусидаги фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертация иши муваффақиятли ҳимоя қилганлиги билан табриклаймиз!
👏 Университет жамоаси номидан Сурайё Юлдашевнани ушбу ютуғи билан қутлаб, мустаҳкам соғлик, илм йўлида муваффақият тилаймиз.
———————————————
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🇸🇱
Davlat bayrogʻi – baxt va iftixorimiz timsoli
18-noyabr–Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Davlat bayrogʻi millatning birligi, mustaqilligi timsoli sifatida xalqimizning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka boʻlgan ishonchini oʻzida ifoda etadi.
Konstitutsiyamizning 5-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir”, deb taʼkidlangan boʻlib, ushbu moddaning “Davlat suvereniteti” deb nomlangan bobida keltirilishi davlat ramzlarining mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida qanchalik muhim oʻrin tutishini anglatadi.
Milliy bayrogʻimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʻrni hamda rolini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Тайинлов
Термиз давлат университети ректорининг буйруғи билан Джумаев Фаррух Тошмуратович Амалий математика ва интеллектуал технологиялар факультетига декан этиб тайинланди.
Фаррух Джумаев 1987 йил Сурхондарё вилоятининг Термиз туманида туғилган.
У 2012 йилда Термиз давлат университетини тамомлаган.
Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори, PhD (эконометрика ва статистика).
Тайинловга қадар мазкур факультетнинг декан ўринбосари лавозимида ишлаган.
———————————————
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ochiq dars: “Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Muavr formulasi”
Termiz davlat universiteti Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetida Algebra fanidan Algebra va geometriya kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ismoil Allakov 1-bosqich Matematika yoʻnalishi talabalariga “Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Muavr formulasi” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Darsda oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot, savol-javoblar, qiziqarli bahs-munozaralar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#bayroq
Shoshiling! Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanloviga ijodiy ishlar qabuli yakuniga 1 kun qoldi!
Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumlik televizor, kitoblar to‘plami hamda diplom bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).
Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/91
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Shaxsiy_rivojlanish
Rivojlanish sari qadam tashladingizmi?
Odamda mas'uliyat hissi bo'lmasligi aybni birovga to'nkash, o'zini jabrdiyda his etib norozi bo'lish, oxir-oqibatda ishni orqaga surilishiga sabab bo'ladi.
Sizda shaxsiy javobgarlik, mas'uliyat hissi bo'lmas ekan, muvaffaqiyat qozonishingiz, o'z oldingizga qo'ygan maqsadlaringizga yetishishingiz juda qiyin.
Sizda shu kabi muammolar bormi? Unga yechim izlayapsizmi?
🎯 Unda Jon G.Millerning "Savol ortidagi savol" (SOS) kitobini o'qish orqali, paydo bo'lgan muammoga kimnidir ayblash orqali emas, shaxsiy javobgarligingiz orqali yechim berish kerakligini tushunib yetasiz.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#xalqaro_forum
Oʻzbekiston-Turkiya II taʼlim forumi oʻz ishini yalpi majlislar bilan davom ettirmoqda
Ularda energetika, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, arxitektura va qurilish sohalarida qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
___
II Узбекско-Турецкий образовательный форум продолжает свою работу в пленарных заседаниях
Здесь происходит обмен мнениями по актуальным вопросам, таким как совместная реализация фундаментальных, прикладных и инновационных проектов в сферах энергетики, химических технологий, машиностроения, транспорта и логистики, архитектуры и строительства.
___
The II Uzbek-Turkish Educational Forum continues its work in plenary sessions
Here, views are exchanged on topical issues, such as the joint implementation of fundamental, applied and innovative projects in the fields of energy, chemical technology, mechanical engineering, transport and logistics, architecture and construction.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube