#xalqaro_forum
O‘zbekiston–Turkiya II ta’lim forumi tafsilotlari “O‘zbekiston24” telekanali jonli efirida
___
Подробности II Узбекско-турецкого образовательного форума в прямом эфире телеканала «Узбекистан24»
___
Details of the II Uzbek-Turkish educational forum live on the Uzbekistan24 TV channel
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Айни пайтда Самарқанд шаҳрида иккинчи Ўзбекистон-Туркия таълим форуми бошланиш арафасида.
Форум икки мамлакат олий таълим муассасалари ўртасида ҳамкорлик ўрнатиш имкониятларини кенгайтириш, талабалар алмашинуви дастурлари, қўшма илмий лойиҳалар ва бошқа стратегик йўналишларда ҳамкорлик алоқаларини мустаҳкамлаш, глобал истиқболни таъминлашга хизмат қилади.
Форумда Термиз давлат университети ректори А.Тошқуловнинг маъруза қилиши кутилмоқда.
———————————————
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#ТАЪЗИЯ
Термиз давлат университети жамоаси Спорт бошқаруви кафедраси профессори Жума Тошпўлатовнинг вафоти муносабати билан марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия ва ҳамдардлик билдиради.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi bo'lib o'tadi
Forumda O'zbekistonning 50 dan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlanadi.
Unda Termiz davlat universiteti ham Turkiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatishni rejalashtirgan.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди
Ректор А.Тошқулов раҳбарлигида университетнинг кўп сонли профессор-ўқитувчилари ва масъул раҳбарлари иштирокида ўтказилган йиғилишда университет фаолиятидаги устувор ва долзарб вазифаларни белгилаб олиш, таълим сифати кўрсаткичлари ҳамда илмий салоҳиятни оширишга урғу берилди.
Йиғилишда университетнинг 70 йиллик юбилейини муносиб ўтказишга тайёргарлик кўриш, профессор-ўқитувчиларни рағбатлантириш, университет кутубхона базасини дарсликлар, хорижий адабиётлар билан бойитиш, хорижнинг нуфузли университетлари билан талаба ва ўқитувчилар алмашинувини йўлга қўйиш, тизимда йўл қўйилган хато ва камчиликларни бартараф этиш каби муҳим масалаларга тўхталиб ўтилди.
Университет ректори профессор-ўқитувчилар ва ишчи-ходимларга муносиб иш шароитини яратиш бўйича янгича тизим жорий этилишини таъкидлаб, иш самарадорлиги сезилмаётган ходимларнинг ўз фаолиятларини қайта кўриб чиқишлари ҳамда жонлантиришлари бўйича тавсиялар берди.
Кенгайтирилган йиғилиш сўнгида масъулларга кўрилган масалалар бўйича зарурий топшириқлар юклатилди.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Тайинлов
Термиз давлат университети ректорининг буйруғи билан Абдуғаниев Отабек Аллажонович Иқтисодиёт ва туризм факультетига декан этиб тайинланди.
Отабек Абдуғаниев 1987 йил Сурхондарё вилоятида туғилган.
У 2009 йилда Термиз давлат университетини тамомлаган. Иқтисодиёт фанлари доктори, профессор.
Тайинловга қадар Термиз давлат университети компьютер ва дастурий инжиниринг кафедраси мудири лавозимида ишлаган.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn oltinchi sammitidagi nutqi
___
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на шестнадцатом саммите Организации экономического сотрудничества
___
Address by the President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev at the 16th Summit of Economic Cooperation Organization
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari diqqatiga!
✔️Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 1-kurs S-I-123, 223, 323-guruh talabalari;
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yich) ta'lim yo'nalishi 1-kurs S-Bux-123-guruh talabalari;
✔️ Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 1-kurs S-Tur-123-guruh talabalari;
✔️Raqamli iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi 1-kurs S-RI-123-guruh talabalari;
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta'lim yo'nalishi 1-kurs S-MMT-123-guruh talabalari uchun 2023/2024-yilining oʻquv rejasiga muvofiq kuzgi semestr dars mashg'ulotlari 2023-yilning 13-noyabr kunidan an'anaviy shaklda boshlanishini ma'lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“Matematik analiz” fanidan ochiq dars tashkil etildi
Termiz davlat universiteti Fizika matematika fakulteti matematik analiz kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Matematik analiz” fanidan qiziqarli ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
“Murakkab funksiya hosilasi. Bir tomonli hosila. Cheksiz hosila. Nuqtada hosila mavjud bo‘lmagan holdagi misol. Hosilaning nuqtada uzilishiga misol” mavzusidagi ochiq darsni Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Mirsaburov talabalarga matematik misollar hamda tenglamalar yordamida tushuntirib berdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Муқобил энергия сари!
Ректор томонидан ТерДУнинг 1,5 гектар майдонда ўрнатилган 1000 кВт қувватга эга қуёш панеллари кўздан кечирилди.
Ишлар якунланган бўлишига қарамай 2 ойдан буён фойдаланишга топширилмаганлигига эътироз билдирилди ва станциянинг тармоққа уланиб, ишга туширилишига бир ҳафта муддат берилди.
Мазкур ҳудудда талабаларнинг назарий билимларини мустаҳкамлаш ҳамда амалий тадқиқотлар ўтказиш мақсадида физиклар учун лаборатория ҳам ташкил этиш топшириғи берилди.
🔽Бизни кузатишда давом этинг!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🏓 Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi doirasida stol tennisi bellashuvi tashkil etiladi.
✅ Ishtirokchilar talabnomalarini bosh hakamlarga taqdim etishlari mumkin.
🔹 Yakka tartibdagi ayollar o‘rtasida bellashuv 20-21-noyabr;
🔹 Yakka tartibdagi erkaklar o‘rtasida 22-23-noyabr;
🔹 Jamoalar o‘rtasida musobaqa 24-25-noyabr kunlari TerDU sport zalida tashkil etiladi.
🏆 Bellashuv g‘oliblari rahbariyat va universitet Kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
☎️ Murojaat uchun tel: +99891 587-62-61; +99890 411-44-70.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Бугун куннинг биринчи қисмида Термиз давлат университети ректори А.Тошқулов университет ҳудуди билан танишиб ободонлаштириш ишлари бўйича жиддий эътирозлар билдирди.
Кечда эса Амалий математика ва интеллектуал технологиялар факультетининг кечки ва сиртқи таълимда таҳсил олаётган талабалар учун яратилган шарт-шароитлар ва давомат билан танишди.
Аниқланишича, кечки таълим шаклининг юқори босқичида таҳсил олаётган талабаларнинг давомати 50 фоизни ташкил этмоқда.
Масъулларга тегишли чора кўрилиши белгиланди.
🔽 Бизни кузатишда давом этинг!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Kun_hikmati
Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog'liq.
Tomas Edison
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
DIQQAT E'LON!
Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari diqqatiga!
✅ 2-kurs MatS-122-222-322-guruhlar 60540100-Matematika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun 2023/2024-o'quv yilining oʻquv rejasiga muvofiq kuzgi semestri 2023-yilning 6-noyabr kunidan dars mashg'ulotlari an'anaviy (offline) shaklda, bir oy muddatda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#LIVE
O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar ochib berdilar.
Bugungi tadbirda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.
___
Начал свою работу второй узбекско-турецкий образовательный форум. Его открыли руководитель департамента социального развития Администрации Президента Республики Узбекистан, председатель Республиканского совета высшего образования Одил Абдурахмонов, председатель Совета высшего образования Турции Эрол Озвар и посол Турции в Узбекистане Олган Бекар.
В мероприятии принимают участие руководство Совета высшего образования Турции, ректоры и проректоры более 40 престижных университетов Турции, а также ректоры более 50 высших образовательных учреждений Узбекистана.
___
The second Uzbek-Turkish educational forum began its work. It was opened by the head of the Department of Social Development of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, Chairman of the Republican Council of Higher Education Odil Abdurakhmonov, Chairman of the Council of Higher Education of Turkey Erol Ozvar and the Ambassador of Turkey to Uzbekistan Olgan Bekar.
The event is attended by the leadership of the Council of Higher Education of Turkey, rectors and vice-rectors of more than 40 prestigious universities in Turkey, as well as rectors of more than 50 higher educational institutions in Uzbekistan.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#mutolaadan_parcha
Mittigina o‘zgarish vaqt o‘tishi bilan qanday natijalarga olib kelishiga aql bovar qilmaydi. Bu fikrni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: agar siz har kuni bir foizdan yaxshilanib borsangiz, bir yildan so‘ng yil boshidagiga nisbatan o‘ttiz yetti barobar o‘sish kuzatiladi. Aksincha, agar har kuni bir foizdan yomonlashib borsangiz, yil oxirida deyarli nolga tushib qolasiz. Kichik g‘alaba yoki mag‘lubiyat bilan boshlangan jarayon oxir-oqibatda ulkan farqqa sabab bo‘lishi mumkin.
📚Atom odatlar
✍️Jeyms Klir
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#shaxsiy_rivojlanish
Odatlar bu oʻz ustida ishlash jarayonida ortib boruvchi foizlardir. Xuddi omonatga qoʻyilgan pul foiz qoʻshilishi tufayli oʻsib borganidek, odatlarning samarasi ham har bir takrorlashdan soʻng ortib boradi. Bir-ikki kun ichida hech qanday natija kuzatilmasligi mumkin, ammo oylar va yillar oʻtgani sayin ularning taʼsiri bagʻoyat darajada oʻsadi. Yaxshi odatning naqadar qimmatli yoki yomon odatning naqadar zararli ekani ikki, besh yoki oʻn yil oʻtib ortga qaraganimizda yaqqol koʻrinadi.
Ekspert Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobidan
❗️Shaxsiy rivojlanish yoʻlida ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilamiz. Yomon odatlarni tark etib, yaxshilarini yoʻlga qoʻyish vaqti keldi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
TerDU dzyudochilari viloyat chempionatining ilk kunidanoq g’oliblikni qo’lga kiritishdi
10-12-noyabr kunlari Sho'rchi tumanida dzyudo bo‘yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Surxondaryo viloyati chempionati bo'lib o'tmoqda.
G'oliblar
Bugun erkaklar o'rtasida 81, 90, 100 va +100 kg vazn, ayollar o'rtasida esa 70, 78 va +87kg vazn toifalaridagi sportchilar o’zaro bellashadi.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#sport
Termiz davlat universitetida 11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o'rtasida shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
G'oliblar
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ректор Иқтисодиёт ва туризм факультетида бўлиб, таълим сифати кўрсатгичлари билан танишди
Факультетдаги таълим сифати кўрсатгичи тушиб кетганлиги, рақобатбардош мутахассисларни етказиб беришга етарлича эътибор қаратилмаганлиги қайд этилди.
Аудиториялар, дарс жараёнлари, кафедралар, зал, талабалар ошхонасидаги ҳолатга ректор томонидан жиддий эътирозлар билдирилди. Факультетда талабалар ва ўқитувчилар учун етарли шарт-шароитлар яратилмаганлиги, ҳудуддаги тозалик, ободонлаштириш ишларида сусткашликка йўл қўйилганилиги танқид қилинди.
Иқтисодий йўналиш кафедраларида илмий салоҳиятни ошириш ҳамда факультет фаолиятини яхшилашга қаратилган йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилишда ташкилий масала кўриб чиқилди.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV
#Surxondaryo_TRK
TerDU Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Ahmad Shikib Muslih Surxondaryo telekanalining “Munavvar kun” dasturida ishtirok etdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#gʻalaba
TerDU talabasi yana bir oltin medalni zabt etdi
Joriy yilning 3-6-noyabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida kurash boʻyicha Xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
🥇Ushbu musobaqada ishtirok etgan Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakultetining 3-kurs talabasi Buxorbek Toʻxtayev mutloq vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga.
✔️Informatika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi (qo‘shni davlat) 5-kurs S-IOM-119, S-IOM-219, S-IOM-319, S-IOM-419, S-IOM-519, S-IOM-619-guruh talabalar;
✔️Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi 2-oliy ta'limning sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 4-kurs MAT-INF-(2-OT)-121, MAT-INF-(2-OT)-221 guruh talabalar;
✔️Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishida sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi 3-kurs S-MAT-INF-121, S-MAT-INF-221, S-MAT-INF-321, S-MAT-INF-421(rus), S-MAT-INF-521 guruh talabalari uchun joriy yilning 13-noyabr sanasidan rejaga muvofiq an'anaviy shaklda kuzgi semestr dars mashg‘ulotlari boshlanishini ma'lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Бугун ТерДУ ректори Академик лицей фаолияти билан танишди
ТерДУ ректори А.Тошқулов университет ҳузуридаги Академик лицейда ўқувчи ва ўқитувчилар учун яратилган шарт-шароитларни бориб кўрди. Лицейда ўқувчиларга етарлича шароит яратилмагани, яхши ишлаган ўқитувчиларни моддий рағбатлантириш йўлга қўйилмаганлиги, ўқувчилар турар жойида шароитлар етарли эмаслиги, энг муҳими ҳатто вилоятда ҳам Академик лицейнинг нуфузи йўқлиги танқид қилинди.
Ўз аризасига мувофиқ Академик лицей директори лавозимидан озод этилди. Ўқитувчилар жамоаси аттестациядан ўтказилиб, кейин ойлик иш ҳақлари оширилиши белгиланди.
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“YIL TALABASI — 2023” KO‘RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI START OLDI
🔰 Tanlovda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon qiling. Hujjatlar har bir fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz hujjat va arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 15-noyabr.
📥 Batafsil ma’lumotni Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovining NIZOMIdan olishingiz mumkin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Jaholatga qarshi – maʼrifat zarur
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Termiz davlat universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Markaz targʻibotchilari Sh.Umarov, S.Abduvoitovlar talabalarga soʻnggi paytlarda avj olayotgan maʼnaviy tahdidlar, yoshlar hayotida ijtimoiy tarmoqlar tobora muhim oʻrin egallayotgani va undan maqsadsiz foydalanishning salbiy illatlari, yot oqimlar taʼsiridan saqlanish choralari xususida maʼlumotlar berishdi.
Tadbirda buyuk muhaddis Imom Buxoriy asarlari taqdimoti oʻtkazilib, talabalar bilan tasavvuf olami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning hayoti va boy ijodiy merosi haqida savol-javoblar tashkil qilindi. Zukko talabalarning bilimlari mehmonlar tomonidan eʼtirof etildi va ularga kitoblar taqdim etildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
TerDU talabalari olimpiadada nufuzli o’rinni egallashdi
Buxoro viloyatida “5 tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Unda barcha OTM jamoalari qatorida Termiz davlat universitetining 19 nafar o’g’il-qizlari ham faol ishtirok etishdi.
🏀 O’g’il bolalar o’rtasida o’tkazilgan stritbol bellashuvlarida talabalarimiz 3-o’rinni egallashdi. Bugun olimpiadaning taqdirlash marosimida yoshlar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Barakalla👏
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Qutlov
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi doktoranti Umirova Gulnora Abdurahmonovnaning O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.01 –Noorganik kimyo va 02.00.02– Analitik kimyo ixtisosliklari bo‘yicha
«Ba’zi d-metallarning tarkibida azot, kislorod bo‘lgan immobillangan ligandlarda sorbsiyasi va olingan metallokomplekslarning tadqiqoti» mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
👏Universitet jamoasi nomidan Gulnora Abdurahmonovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
🌷Universitet olimalarining safi kengayaversin.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Ota_onalar_kongressi
Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida prorektor, dekan va professor-o'qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirokida kongress o'tkazildi.
Uchrashuvda O'quv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev va Kimyo fakulteti dekani H.To'rayev tomonidan taʼlim muassasasidagi oʻzgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar, odob-axloq kodeksi, universitet ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Uchrashuvda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi alohida taʻkidlanib, ularning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbirning asosiy qismidan keyin universitet oshxonasida ota-onalar va mehmonlar uchun tushlik tashkil etildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt