TerDUning 3 nafar talabalari Matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro olimpiadada oliy o'rinlarni egallashdi
Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar hamda yuqori malakali hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirok etishdi.
⚡️Quvonarlisi, mazkur olimpiadada Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4 nafar talabalarimiz munosib ishtirok etib, ularning 3 nafari oliy o'rinlarni egallashdi.
🥇Sirojiddin Beg'amov oltin medal
🥈Hojiakbar Aminov kumush
🥉Shahnoza Turopova bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
TerDU rahbariyati hamda jamoasi nomidan chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz hamda kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilaymiz!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Zukko xotin-qizlar "Zakovat”da bellashdilar
TerDUda o’tkazilayotgan "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusidagi seminar doirasida mamlakatimizdagi OTMlardan tashrif buyurgan 150 nafar xotin-qizlar jamoalarga bo’lingan holda "Zakovat” intellektual o'yinida o'z bilim va mahoratini sinovdan o’tkazishdi.
Shuningdek, TerDU Milliy libos va san’at fakultetining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviylikni o'zida uyg'unlashtirgan liboslar namoyishi o’tkazildi.
Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarni milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasidagi milliy liboslarimizga bo'lgan e'tiborni va kiyinish odobini yanada yuksaltirishdir.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#OAV | #Surxondaryo_TRK
“Kun mavzusi” ko‘rsatuvida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Termiz davlat universiteti laboratoriyalari sharoitlari bilan tanishdi
Markaz xodimlari Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» elektron platformalarida dolzarb ilmiy yangiliklar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar olib borayotgan ilmiy ishlar, laboratoriya ishlanmalari yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.
Xususan, ko‘p funktsiyali ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi (https://slab.gov.uz)da statistik manbalar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlanmalari, qurilma va uskunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib borilishi, hamda bazadan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi haqida ma’lumotlar berildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#adabiy_kecha
🔰 Termiz davlat universitetida Tojik tili kafedrasi tashabbusi bilan zulisonayn shoir, tasavvuf va sharqshunos olim, falsafa fanlari doktori(DSc), O‘zbekiston va Tojik tili yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Eron Akademiyasi adibi Jafar Xolmo‘minov (Jafar Muhammad Termiziy)ning 45 yillik ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy kecha tashkil etildi.
✅ Ushbu tadbirni universiet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berdi. Shundan so‘ng, kafedra professor-o‘qituvchilari shoirning hayoti va faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib o‘tishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Delegatsiya a'zolari "Janubiy Sibir botanika bog‘i"da ham bo‘lishdi.
19-22-oktabr kunlari bo'lib o'tgan III Xalqaro Oltoy forumi yakunida Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Gʻ.Raximov Oltoy davlat universitetining 50 ga hududni qamrab olgan "Janubiy Sibir botanika bog‘i"ga tashrif buyurishdi.
Tashrif o‘quv, ilmiy-amaliy va tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 500 metr kavdratdan iborat issiqxona bilan tanishishdan boshlandi.
Shu bilan birgalikda, “Oltoy lochini” noyob qushlar pitomnik labarotoriyasi va Oltoy Bioinjeneriya markaziy laboratoriyasidagi tadqiqotlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik qilish va qo‘shma ekspedisiyalar tashkil etishga kelishib olishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🏐Voleybol musobaqasining g'oliblari aniqlandi
📌 Termiz davlat universiteti talaba-yoshlar o'rtasida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Musobaqa davomida talabalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahslar olib borib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.
✅ Musobaqa natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi;
2-o'rinni O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasi;
3-o'rinni Fizika-matematika fakulteti jamoasi egalladi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Badminton
"Rektor kubogi" doirasida badminton musobaqasi bo'lib o'tdi
🏛Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida badminton bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Turnir yuqori kayfiyatda, ko’tarinki ruhda o‘tkazildi.
✅Yakuniy natijalarga ko’ra o'g'il bolalar o‘rtasida:
1-o'rinni Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Sherzod Yoqubov;
2-o'rinni Yuridik fakulteti talabasi Akmal Xursandboyev;
3-o'rinni Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabasi Boburmirzo Abdullayev;
✅Qizlar o‘rtasida:
1-o'rinni Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabasi Ma'suma Raxmatqulova;
2-o'rinni Yuridik fakulteti talabasi Farangiz Qobilboyeva;
3-o'rinni Kimyo fakulteti talabasi Mohira Mamatqosimova egalladi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
TerDU kimyogar olimlari Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurishdi
Termiz davlat universiteti kimyogar olimlari: prof. X.X.Turayev, prof.v.b. Sh.A.Kasimov, dos. Z.E.Jumayeva va doktorant N.D.Amanova Praga shaxrida bo‘lib o‘tayotgan “Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda faol ishtirok etishdi, shuningdek, ular Chexiya Respublikasi Fanlar akademiyasining Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo instituti 1950-yil professor Yaroslav Geyrovskiy tomonidan Polyarografiya instituti sifatida tashkil etilgan va 1959-yilda prof. Y.Geyrovskiy analizning yangi elektrokimyoviy usuli – polyarografik analiz usulini ixtiro qilib, ushbu analiz usulini rivojlantirish sohasida jahon ilm-fanida erishgan yutuqlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ya’ni Chexiya Respublikasidan 2 nafar olim Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ulardan biri kimyogar olim Y.Geyrovskiydir.
Kimyogar olimlarimiz prof.Y.Geyrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan tarixiy polyarograf bilan tanishdilar va ushbu institut olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, xalqaro loyihalarda qatnashish, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish hamda yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Trening
Ayni paytda TerDU Axborot texnologiyalari fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida trening bo’lib o’tmoqda.
Trener: Jahon banki konsultanti, texnologiyalarni tijoratlashtirish va biznesni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 20 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert Sergey Makarov
Trening bugun va ertaga soat 17:00 gacha davom etadi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Talant_shou
"Talant shou" yangi iste'dodlarni kashf etdi
Bugun Termiz davlat universitetida talaba va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talant shou” tanlovi o’tkazildi. Pozitiv kayfiyat bilan boshlangan tanlovda universitetdan 25 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Iste’dodli gitarachi talabalar o‘zlarining milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Karimov Javohir;
2-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Shaymardanov Baxrom va Nabiyeva Maftuna;
3-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Ramazonov Ozodbek va Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Shosaidov Davron egalladi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
DIQQAT EʼLON
🔰Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-kurs talabalari diqqatiga!
✅ Yuridik fakulteti sirtqi ta’lim yo’nalishlarining 2-kurs YuS-622,YuS-722 va YuS-822-guruh talabalari uchun 2023-2024-o’quv yilining kuzgi semestri dars mashg’ulotlari joriy yilning 30-oktabr sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining SIRTQI ta’lim shakli 2-kursida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!
✅ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 2-kurs S-I-122,222,322,422,522-guruhlar, Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yich) ta'lim yo'nalishi 2-kurs S-Bux-122,222,322-guruhlar, Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi S-Tur-122,222-guruhlar hamda Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta'lim yo'nalishi SMMT-122,222,322-guruh talabalari uchun 2023/2024-yilining oʻquv rejasiga muvofiq kuzgi semestri 2023-yilning 30-oktabr kunidan dars mashg'ulotlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
DUQQAT E’LON
🔰 Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat-marifat bo'limi tashabbusi bilan oliygohimizda 23-oktabrdan 15-noyabr kuniga qadar "REKTOR KUBOGI" musobaqalari va tanlovlariga start berildi.
✅ "REKTOR KUBOGI" doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari:
🔷 "VOLEYBOL"
🔷 "STOLL TENNIS"
🔷 "SHASHKA"
🔷 "SHAXMAT"
🔷 "BADMINTON"
✅ "REKTOR KUBOGI" doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar
🔸"QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR"
🔸"ZAKOVAT"
🔸"ZUKKO KITOBXON"
🔸"MUNOZARA"
🔸"TALANTLAR SHOUSI"
🔸"SPEELING "
🔸"ENG NAMUNALI XONA"
🔸"ENG YAXSHI INOVATOR"
🔸"ENG YAXSHI RASM"
🔸"SHE'RXONLIK "
🔸"PAZANDALIK TANLOVI"
🔸"KIBERSPORT O'YINLARI"
🔸"MENING UNIVERSITETIM" mavzusidagi "Eng yaxshi videorolik" tanlovlari
🔹Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun shaxmat-shashka musobaqasi o’tkaziladi.
❇️ "REKTOR KUBOGI" doirasida tashkil etilgan musobaqa va tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
☑️ Jamoaviy bahslarda:
1-oʻrin 1 500.000 soʻm;
2-oʻrin 1 200.000 soʻm;
3-oʻrin 1 000.000 soʻm.
☑️ Yakka tartibdagi bahslarda;
1-oʻrin 800.000 soʻm;
2-oʻrin 600.000 soʻm;
3-oʻrin 500.000 soʻm.
📍 Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.
⚡️Aziz talabalar shoshiling! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Будем сотрудничать! 🤝
Институт математики и информационных технологий договорился о сотрудничестве с двумя вузами Узбекистана. Директор ИМИТ Владимир Журавлев встретился с ректорами Термезского государственного университета и Денауского института предпринимательства и педагогики. Партнерство даст возможность реализовывать совместные образовательные программы обучения.
Более подробно рассказываем, какие преимущества это дает студентам, на нашем сайте.
Фото: Мария Дубовская.
Hashar—obodlik va hamjihatlik ramzi
Bugun Termiz davlat universiteti hududida oʻtkazilayotgan hasharda prorektorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etishyapti.
Hududlar va ariqlar tozalanmoqda. Daraxtlar oqlanib, shakl berilyapti. Atrof-muhitga chiroy va ifor taratib turuvchi anvoyi gullar ekildi. Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Fakultet binolari va unga tutash hududlar yanada chiroy ochayotgani barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishlashi shubhasiz.
Eng muhimi TerDU jamoasi hamjihat boʻlib, oliygoh obodligi, tozaligiga oʻzlarining katta hissalarini qoʻshishmoqda.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universitetida Tailand davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Termiz davlat universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, professor-oʻqituvchilar, tarixchi olimlar hamda Tailand Amaliy sanʼat departamenti Ijrochi direktori, Tailand muzeylari idorasi direktori Nitaya Kanokmongkol boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dastlab uchrashuvda oliygoh imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, arxeologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar qayd etildi. Maʼlumot uchun aytish joizki, bugungi kunda TerDU Fransiya, Chexiya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan davlatlarning arxeologiya markazlari bilan shartnomalar imzolagan boʻlib, hamkorlikda samarali tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Uchrashuvda tarixiy yodgorliklarni tadqiq etish, ularni asrab-avaylash, restavratsiya qilish va bus-butunligicha kelajak avlodlarga yetkazish boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari seksiyalarga boʻlingan holda tarix fakulteti talabalariga master-klass oʻtib berishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
TerDU majlislar zalida Rektor huzuridagi prorektorlar va fakultet dekanlari bilan ishlab chiqarish yigʻilishi oʻtkazildi.
Universitet rektori A.Maraximov boshqarib borgan yigʻilish kun tartibidan talabalar murojaati toʻgʻrisida, innovatsion gʻoyalar haftaligi “InnoWeek-2023”ni oʻtkazish davrida erishilgan natijalar va fakultet dekanlarining olib borgan ishlari, hisobotlari, talabalarning kontrakt-toʻlovi toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ustoz va talabalarning yillik hisobot konserti bo'lib o'tdi
Unda Surxondaryo viloyati maqom ansamblining sozanda va xonandalari, O'zbekiston xalq hofizi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli badiiy rahbari I.Vahobov, Yunus Rajabiy nomidagi respublika maqom ansamblining xonanda va sozandasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist A.Dadayev, Termiz davlat universiteti Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri A.Tursunov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Yillik hisobot konsert dasturida Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetining An'anaviy xonandalik va cholg'u yo'nalishi talabalari faol ishtirok etib, o'z mahoratlarini namoyon etishdi. So'ngida talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Xalqaro hamkorlik munosabatlari kengaymoqda
TerDUga Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom va uning yordamchisi Nazmul Alam tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TerDU rektori Avazjon Maraximov dastlab oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirib o’tdi.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat oliy ta’lim universitetlari o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
Uchrashuvda professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, tekstil, farmaseftika, qishloq xo’jaligi, tarix sohalarida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
TerDUda "Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar bo'lib o‘tmoqda
Bugun Termiz davlat universitetida O‘zbekiston oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar tashkil etildi.
Dastlab seminarni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berdi. Shundan so‘ng Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha boshqarma mutaxasissi D.Solixo‘jayeva va universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi D.Xamzayeva bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar, ularning erishayotgan yutuqlarini mamnuniyat bilan e'tirof etishdi.
Ushbu seminarga respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari tashrif buyurgan bo‘lib, seminar davomida ishtirokchi moderatorlar tomonidan “Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash”, “Milliy libos – millat ko‘zgusi”, “Xotin- qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish”, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo'yish va boshqa masalalar qamrab olindi. Muhokama va mulohazalar yuritildi.
Seminar doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
🏛Termiz davlat universitetida "Vazir kubogi" kurash musobaqasining g'oliblari aniqlandi
⚜Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universiteti talabalari o'rtasida kurash bo‘yicha "Vazir kubogi" musobaqalarining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
🔰Musobaqa kurash federatsiyasining qonun-qoidalari asosida o'tkazildi. Jamoalar tarkibi har bir fakultetdan 7 vazndagi talabalardan iborat.
👏Yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
📚 TerDU rektori bakalavr bosqichi talabalariga navbatdagi maʼruza mashgʻulotini oʻtdi
✅ Termiz davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Maraximov Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari uchun “Sunʼiy intellekt va neyron to'rli texnologiyalar” fanidan qiziqarli dars mashg‘ulotini olib bordi.
⚡️ Universitetning 3-kurs bakalavr talabalari uchun "Rekurrent neyron tarmoqlari" mavzusida qiziqarli maʼruza qildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#5_tashabbus
2023-yilning 2-5-noyabr kunlari Buxoro shahrida "5 tashabbus olimpiadasi“ning final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
130 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining 180 mingdan oshiq talabalarini qamrab olgan olimpiadada Mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishadi.
"5 tashabbus olimpiadasi“
Finalda Buxoroda ko‘rishguncha!
———
2-5 ноября т.г. в Бухаре пройдет заключительный этап «Олимпиады 5 инициатив».
Более 180 тысяч студентов из более чем 130 высших образовательных учреждений будут соревноваться в мини-футболе, настольном теннисе, волейболе, легкой атлетике и стритболе.
До встречи в Бухаре на финале
«Олимпиады 5 инициатив»!
———
November 2-5, 2019 The final stage of the “Olympiad of 5 Initiatives” will take place in Bukhara.
More than 180 thousand students from more than 130 higher educational institutions will compete in mini-football, table tennis, volleyball, athletics and streetball.
See you in Bukhara at the finals of the
“Olympiad of 5 Initiatives”!
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Sayyor_qabul
Termiz davlat universiteti 4-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida oʻtkazilgan navbatdagi “Sayyor qabul”da Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda talabalardan moddiy yordam, TTJdagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha 3 ta taklif va 17 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning yechimini oʻz vaqtida hal etish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Rektor_kubogi
TerDUda "Rektor kubogi" sport musobaqalari davom etmoqda
🔹 Bugun, 24-oktabr kuni Termiz davlat universiteti talabalari o'rtasida shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
O'g'il bolalar o'rtasidagi shaxmat o’yinlarida:
1-o'rinni Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Korshayev Xasan;
2-o'rinni Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Chorshanbiyev Temur;
3-o'rinni Milliy libos va san'at fakulteti talabasi Tashatov Zafar;
Qiz bolalar o'rtasida:
1-o'rinni O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Turdimurodova Dildora;
2-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Xo'shboqova Gulmira;
3-o'rinni Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Karimova Shaxlo;
Shashka natijalariga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida:
1-o'rinni Tabiiy fanlar fakulteti talabasi O'ralov Adham;
2-o'rinni Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Jumayev Eldor;
3-o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi O'roqov Sharofiddin;
Qiz bolalar o'rtasida:
1-o'rinni O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Ziyoqulova Munisa;
2-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Soatova Xusnigul;
3-o'rinni Kimyo fakulteti talabasi Abdushukurova Sevara egalladi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Sayyor qabul: talabalar murojaatlari ijobiy yechim topmoqda
Termiz davlat universitetining 6-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida talabalardan 30 ta murojaat va takliflar kelib tushdi. Ularning 16 tasi shu joyning o'zida hal etilgan bo'lsa, 14 tasiga tushuntirish berildi va mas'ullarga biriktirildi.
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
🏛Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi "Streetball" musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
✅Universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan streetball musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi va so'nggi natijalarga ko'ra Termiz davlat universiteti o'g'il bolalar jamoasi 1-o'rinni egalladi.
👏Musobaqa g‘oliblari «Besh tashabbus olimpiadasi»ning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi hamda universitet sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
💐Ushbu g’alaba bilan universitetimiz jamoasini tabriklaymiz! Keyingi Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!
🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Ректор Термезского государственного университета Аваз Марахимов на открытии III Международного алтаистического форума:
— Как представитель академической среды, уверен, что тема единства народов евразии имеет большой пласт для изучения и проведення научных исследований специалистами – историками, археологами, этнографами, антропологами, лингвистами, исследователями фольклора, искусства и культурного наследия. Безусловно, в этих целях необходима постоянно действующая научная площадка по изучению истории народов региона. Считаю, что цели и задачи сегодняшнего форума имеют важное значение не только для университетов, связанных с евразийской интеграцией, но и для других вузов желающих установить различные формы сотрудничества с партнерами в Евразийском пространстве.